O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 113 Kb.
səhifə5/11
tarix16.06.2022
ölçüsü113 Kb.
#89592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yuqori energiyali adron-adron va yadro-yadroto’qnashuvlarida

5. Spin. Spin zarraning xususiy mexanik momentini ko„rsatadi va Plank doimiysi (h)birliklarida o’lchanadi. Zarra spini zarraning qaysi statistikaga bo„ysunishini va zarra to’lqin funksiyasining skalyar, spinor yoki vektor xarakterga ega bo’lishini belgilaydi. Spini nol bo’lgan zarralar harakati skalyar, yarimga teng bo’lganlari spinor va nihoyat, birga teng spinli zarralarharakati vektor to„lqin funksiyalar bilan ifodalanadi. Zarralar spini noldan 3/2 ga qadar qiymatlarni olishi mumkin.
6. Juftlik. Fazoda koordinatalar inversiyasi bilan bog’liq bo„lgan juftlik fazoviy juftlikdeb ataladi va P simvol bilan belgilanadi. Zarraning fazodagi o’rnini belgilovchi koordinatalariishorasi o„zgartirilganda fazoviy juftlik o„zgarmasligi (P=+1) va aksincha, o’zgarishi (P=-1)mumkin. Shunga qarab, fazoviy juftlik juft yoki toq juftlikka ega bo„ladi. Zarralar ichki juftlikka
ega bo’lib, u ham juft yoki toq bo’lishi mumkin. Zarralarning ichki juftligi ularning asosiy kvant xususiyatlaridan biridir. Spin va juftlik birgalikda JP simvol bilan ko„rsatiladi. Ichki juftlik saqlanish qonuni sistemada biror fizik hodisa ro„y berganda uning ko„zgudagi tasvirida ham shu hodisaning o’sha yo’nalishda ro’y berishini ko’rsatadi. Matematika nuqtai nazaridan aytganda P juftlikning saqlanishi fizik qonunlarning fazoviy koordinatalar ishorasining o„zgarishiga bog„liq
emasligini ifodalaydi.Kuchli va elektromagnit o„zaro ta‟sirda P juftlik saqlanadi va bunday jarayonlarda yaxshi kvant soni bo’ladi. Kuchsiz o’zaro ta’sirda P juftlikning saqlanish qonuni buziladi.
7. Izotopik spin. Hamma zarralarning zaryad holatlari ularning izotopik spini bilan belgilanadi. Izotopik kvant soni T kuchli va elektromagnit o’zaro ta’sirga nisbatan elementarzarralarning qanday namoyon bo„lishini ko„rsatadi. Zarra zaryad multipleti i ta zarradan tashkil topgan bo’lsa, uning izotopik spini quyidagicha aniqlanadi:
T=(i-1)\2
Kuchli o’zaro ta‟sirda bir zaryad multipletiga kiruvchi va o’zlarini bitta zarra kabi
tutuvchi zarralar elektromagnit o’zaro ta’sir ostida massalari va zaryadlari bilan farqlanuvchizarralarga aylanadi. Ma’lumki, uchta -mezon +, 0, - bir-biridan faqat zaryadlari bilan farqqiladi. -mezonning izospini T=1, izospin proyeksiyalari esa Tz=+1, 0, -1 ga teng.Izotopik spinning saqlanish qonuni izotopik fazodagi almashtirishlarga nisbatan kuchlio’zaro ta'sirning simmetriyasi (invariantligi) bilan bog'liq. Kuchli o„zaro ta‟sirdan boshqa hamma o'zaro ta'sirlar bu simmetriyaga ega emas, ya'ni ularda izotopik spinning saqlanish qonuni buziladi. Kuchli o„zaro ta‟sirga nisbatan izospin va uning proyeksiyasi yaxshi saqlanuvchi kvant sonlari bo'lsa, elektromagnit o'zaro ta'sirga nisbatan esa faqat uningproyeksiyasi saqlanadi yaxshi kvant soni bo'ladi.Murakkab sistemaning to'la izotopik spini shu sistemaning tarkibiga kiruvchi zarralar izotopik spinlarining vektor yig'indisiga teng. Izotopik spinning vektor yig„indisi oddiy spinning vektor yig’indisi kabi hisoblanadi. Masalan, nuklon-pion sistemasining izotopik spini ½ ga va 3/2 ga teng. Chunki nuklon uchun T=1/2, pionniki T=1, ularning vektor yig’indisi ½ yoki 3/2
bo’ladi

Yüklə 113 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə