O`zbekiston respublikasi


Malaka ishining maqsadi va vazifalari. Akademik litsey



Yüklə 78,82 Kb.
səhifə3/14
tarix02.01.2023
ölçüsü78,82 Kb.
#98093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O`zbekiston respublikasi

Malaka ishining maqsadi va vazifalari. Akademik litseylarida matematika darslarida ilmiy izlanish metodlarini Blum taksonomiyasi printsipiga amal qilishning o`ziga xo`s usullarining nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish hamda o`qitishni tako`millashtirish bo`yicha xulosalardan kelib chiqqan ho`lda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Malaka ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Malaka ishida matematik ko`nikma va malakalarni tarkib toptirishda ilmiy izlanish metodlarini qo`llash. Bugungi kunda iqtidorli o`quvchilarni aniqlash va zarur yo`nalishlar bo`yicha tavsiyalar berish, o`quvchilarini maxsus tayyorlangan testlar yordamida pedagogik-psixologik tashxis qiladilar, bo`shqacha qilib aytganda, o`quvchilarning qobiliyatlariga qarab kelgusida qanday yo`nalishda o`qishni davom ettirishi maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab beradilar. Bu markazning asosiy maqsadi o`quvchilarning qo`biliyatlarini rivojlantirishning ijtimo`iy, psixologik va pedagogik shart-sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Qo`yilgan vazifalarga erishish iqtidorning har xil aspektlarini o`rganish uchun zaruriy psixologik-pedagogik tahminotni yaratish va ijtimoiy - pedagogik eksperimentlarni o`tkazishni taqozo etadi. Lekin o`quvchilar qobiliyatlari va iqtidorini aniqlash borasida qo`llanilayotgan testlar saviyasi va o`tkazish usullarining talablarga to`liq javob bermasligi, ota-onalarning zamon talablarini tushunib yetmayotganligi kabi sabablarga ko`ra bu borada olib borilayotgan ishlarning natijalarini ko`ngildagidek deb bo`lmaydi. Shuning uchun hozirgi kunda, birinchi navbatda o`quvchilarni iqtidoriga qarab kelajakda qanday yo`nalishda shug`ullanishi maqsadga muvofiqligini yetarlicha aniqlikda bashorat qilish va ularning iqtidorini rivojlantirish imkonini beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur. Shuningdek, ularni akademik litseylarida o`qitish uchun iqtidoriga mos maxsus dastur, hamda o`qitish metodikasini ishlab chiqish va bu yo`nalishni rivojlantirishga e`tiborni kuchaytirish kerak. Yuqoridagi fikr-mulohazalar tanlangan tadqiqot muammosining dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 78,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə