2
Ushbu o`quv qo`llanma O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi
Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2001 yil 16 avgustda va 2015 yil 10 yanvardagi “Oliy ta`limning
Davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi Qarori, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta`lim tizimini rivojlantirish
chora-
tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2909-sonli, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta`lim
muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-
tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3775-sonli va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida ishlab
chiqilgan.
Mazkur o`quv qo`llanma ma`lumotlaridan 5120300 – Tarix (mamlakatlar va
mintaqalar bo`yicha) bakalavriat ta`lim yo`nalishi talabalari uchun o`tiladigan
“Buxoro xonligi tarixi” fani bo`yicha dars mashg`ulotlarida foydalanish mumkin.
Ushbu o`quv qo`llanma Buxoro xonligining
tashkil topishi va yuksalishi,
tanazzuli sabablarini o`rganish, bu orqali Buxoro xonligi tarixidan bir tizimli ilmiy
asoslangan
bilimlar berish, jumladan xonlik aholisining hayoti,
ularning
mashg’ulotlari, davlatchilik va me’morchilik tarixi, bosqichlari, o’zaro diplomatik va
elchilik aloqalari, savdo munosabatlari bo`yicha
dastlabki bilimlar, ko`nikma va
malakalar berishni belgilab beradi.