O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 441,56 Kb.
səhifə1/4
tarix14.04.2018
ölçüsü441,56 Kb.
#38323
  1   2   3   4


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI

EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH KAFEDRASI

ALOUTDINOVA UMIDA MAXMUDOVNA
ZARAFSHON QO’RIQXONASIDA YASHOVCHI AYRIM QUSHLARNING UYALASH EKOLOGIYASI

«5420200 – ekologiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun



bitiruv malakaviy ish

Ilmiy rahbar katta o’kit . Belyalova l.E.

20__ y. «____»__________

Bitiruv malakaviy ish “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” kafedrasida bajarildi. Kafedraning 20__ yil “__” _________dagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (____ -bayonnoma).

Kafedra mudiri: dots. Boymurodov H.

Bitiruv malakaviy ish YaDAKning 20__ yil “__”__________dagi majlisida himoya qilindi va ____ ball bilan baholandi (____-bayonnoma).

YaDAK raisi: ________________

Samarqand-2013



Mundarija


Kirish . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

3

1. Adabiyotlar sharhi

1.1. Zarafshon daryosi havzasining umurtqali hayvonlar faunasini o’rganish tarixi. . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . .



7


2. Tadqiqot sharoiti, materiali va uslublari

2.1. Tadqiqot sharoiti………………………………………………….


9


2.2. Tadqiqot materiali………………………………………………...

15

2.3. Tadqiqot uslublari………………………………………………...

15

3. Tadqiqot natijalari

3.1. Buxoro chittagi ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlari……..


17


3. 1. 1. Tarqalishi ……………………………………………

17

3.1.2. Kuchib – ketish xarakteri

18

3.1.3. Biotopi …………………………………………………

18

3.1.4. Soni

20

3.1.5. Ko’payishi …………………………………………………

20

3.1.6. Polaponlarining oziqlanishi

32

3.1.7.Uyalashning samaradorligi

35

3.1.8. Buxoro chittagi ahamiyati

35

4. Zarafshon vodiysi bioxilma-xilligi va uni asrash muammolari

36

4.1. O’zbekistonda qo’riqxonalarni o’rganish holati

44

4.2. Zarafshon quriqhona hududida qushlar turlari va ekologik guruhlari

46

Xulosalar………………………………………………………………

51

Tavsiyalar …………………………………………………………….

52

Foydalangan adabiyotlar………………………………………………

53


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. So’ngi yilarda inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’siri kuchayib bormoqda. Biosenozlarda insonning xo’jalik faoliyati ta’siri darajasining oshib borishi, tabiatdagi mufozanatning bo’lishiga olib kelmoqda. Bunday o’zgarishlar esa hayvonlar va o’simliklar turlar tarkibi va ular sonining o’zgarishiga olib keladi. Ayrim hayvon turlari sonining qisqarishi genofondda va turlarning butunlay yo’qolib ketish xovfini keltirib chiqarmoqda. Qo’riqxonalar tizimining tashkil etilishi ekotizimlar holatini yaxshilash va ularni boyitishga muhim o’rinni egallaydi. O’zbekistonda qo’riqxona ishlari o’tgan asrining 20-yilarida boshlagan edi. 1926 yilda O’zbekistonda birinchi qo’rikxona – Guralash qo’riqxonasi (hozirgi Zomin qo’rikxonasi) tashkil etildi. Bugungi kunga kelib O’zbekiston Respublikasi hududida 9ta qo’riqxona va 2ta milliy bog’lar faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistonda umumiy yer madonining 4,3% ko’rikxonalar hududiga to’g’ri keladi. Ammo hayvonot do’nyosini asrab kolish uchun kamida qo’rikxonalar hududi kamida 10%ni tashkil etishi zarur bo’ladi. O’zbekistonda daryo qayirlari keskin o’zgarishlarga uchragan xududlar xisoblanadi. Qayir o’rmonlari deyarli yo’qolib ketgan. Masalan, Zarafshon daryosi bo’ylaridagi 500 ming gektar to’qayzorlardan hozirgi kunga kelib 50 ming gektari saqlanib qolingan. 50-yillarda O’zbekiston hududidagi to’qayzorlar 3 mln 880 ming gektarni tashkil etgan. To’qayzorlarning o’zlashtirilishi, o’rmonzorlarining qurilish materiallari sifatida kesilishi, mol boqilishi, suv omborlarining qisqarishi, suv bosishi yong’inlar va boshqa sabablar oqibatida to’qayzorlar maydoni keskin qisqarib ketdi. Ma’lumki, ekotizimlar maydonining 10 barobar qisqarishi natijasida uning tarkibidagi turlar soni o’rtacha 30 % ga kamayib ketadi. To’qayzorlarda o’simliklarning yo’qolishi bilan bu o’simliklar bilan chambarchas bog’liq bo’lgan hayvonlar turlari ham qisqarib boradi. To’qayzorlarning o’ziga xos ekotizimini saqlab qolish maqsadida O’zbekiston hududida Zarafshon, Badayto’qay, Qizilqum qo’riqxonalari tashkil etilgan. Zarafshon quriqxona 1975 yilda tashkil kilingan. Uning maydoni samarqandning Chupon ota tepaliklardan boshlanib, daryoning o’ng qirg’og’ bo’i olab oqimga qarsh 47 kilometrga chuziladi, eni esa, 300-1500 metrlar oraligida. Quriqxona maydoni 2352ga bo’lib, shundan 680 ga ormon bilan qoplangan.

Butun yer yuzida 40 turkumga mansub 8600 tur qushlar bor. Undan xozirgi kunda Yer yuzidagi 600 tur qushlarni noyob populyasiyalarning minimal darajasidaga qadar qisqargan turlar qatoriga kiritish mumkin. Qushlarni muhofaza qilish muammosi tabiatni muhofaza qilish umumiy muammosining bir qismi bo’lib hisoblanadi. Ko’pgina qushlar tabiiy muhit o’zgarishlari va populyasiya soni o’zgarishlarining indikatorlari hisoblanadi. Ayniqsa ayrim tur qushlarning yo’qolib ketishi bu jarayonni puxta o’rganishi talab qiladi. Foydali hasharotho’r qushlardan zarakunanda hasharotlarga biologik qarshi kurash usuli sifatida foydalanish mumkin. Shu sababli ularning biologiyasini o’rganish nafaqat amaliy, balki nazariy ahamiyatga ham ega. Qushlar zararkunanda hasharotlarni kirishda insonga beqiyos yordan beradi. Ayniqsa uyalash davrida ko’pchilik qushlar polaponlarini hasharotlar bilan boqib, zarakunandalar sonini boshqaradi. Yildan-yilga kichik hasharotho’r qushlarni muhofaza qilish va ularni bog’larga va o’rmonlarga jalb qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Hasharotho’r qushlar zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashining arzon va samarali vositasi bo’lib hisoblanadi

Qo’riqxonalarda hasharotlarga qarshi kurashda zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash mumkin emasligi inobatga olinsa, hasharotxo’r qushlar ekotizimdagi ozuqa zanjirining asosiy bo’g’inlaridan biri bo’lib qoladi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda hasharotxo’r qushlardan foydalanish, ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qushlar ekologiyasiga oid bilimlarga ega bo’lish, birinchi navbatda ularning uya qurish sharoitlarini bilishni talab qiladi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, qushlarning xo’jalik ahamiyati masalasi u yoki bu sharoitda ularning hayotini o’rganish, ularning biologiyasi va yashash sharoitlarini bilish asosida qarab chiqilishi kerak.

Ushbu malakaviy bitiruv ishi Zarafshon qo’riqxonasida yashovchi ayrim qushlarning uyalash ekologiyasi, ularning uyalash joylari va muddatlari, tuxum qo’yish muddatlari, tuxumlarini bosib yotishi, polaponlarini boqshi jadalligi va polaponlarning o’sishi, oziqlanishi, tuxumlarining taqdiri va boshqalari o’rganishga bag’ishlangan.

Tadqiqot maqsadi.

Samarqand viloyati Zarafshon qo’riqxonasida yashovchi ayrim qushlarning uyalash ekologiyasini o’rganishdan iborat.



Tadqiqot vazifalari.

1. Zarafshon qo’riqxonasi qushlarning turlar tarkibini o’rganish

2. Zarafshon ko’rikxonada asosiy qushlarning yashash muhitini o’rganish.

3. Zarafshon ko’rikxonada asosiy qushlarning na primere buxoro chittagi uyalash xususiyatlari, polaponlarining o’sishi va rivojlanishi o’rganish.

4. Polaponlar va katta yoshdagi qushlarning oziqlanishini o’rganish.

5.Zarafshon ko’rikxonasi sharoitida asosiy qushlar turlarning ahamiyati aniqlash.



Tadqiqot nazariy va amaliy ahamiyati. Foydali hasharotxo’r qushlardagi zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurash usuli sifatida foydalanish mumkin. Shu sababli ularning biologiyasini o’rganish nafoqat amaliy, balki nazariy ahamiyatga ham ega. Qushlar zararkunanda hasharotlarii kirishda insonga beqiyos yordam beradi. Ayniqsa uyalash davrida ko’pchilik qushlar poloponlarini hasharotlar bilan boqib, zararkunandalar sonini boshqaradi. Yildan-yilga kichik hasharotxo’r qushlari muhofaza qilish va ularni bog’larga va o’rmonlarga jalb qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Hasharotxo’r qushlar zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashining arzon va samarali vositasi bo’lib hisoblanadi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijalari O’zbekiston faunasi qushlarining uyalash biologiyasiga doir ma’lumotlarni to’ldirish imkonini beradi. Shuningdek, ishning materiallaridan Oliy o’quv yurtlari va maktablarda zoologiya va ekologiya fanlarini o’qitish amaliyotida foydalanish mumkin.



Ishning amaliy ahamiyati. Ish materiallaridan buxoro chittagi sonini prognoz qilishda foydalanish mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari O’zbekiston faunasi qushlarining uyalash biologiyasiga doir ma’lumotlarni to’ldirish imkonini beradi. Shuningdek, ishning materiallaridan Oliy o’quv yurtlari va maktablarda zoologiya va ekologiya fanlarini o’qitish amaliyotida foydalanish mumkin.

Ishning tarkibi va hajmi. Malakaviy bitiruv ish kirish, 4 bo’lim, xulosa, tavsiyalardan iborat bo’lib, unga 5 jadval, 3 ta grafik, va 9 rasmlar kiritilgan. Ish 56 bet kompyuterda terilgan matndan iborat. Foydalangan adabiyotlar ro’yxati 48 ta nomni o’z ichiga oladi.


  1. Adabiyotlar sharhi

1.1. Zarafshon daryosi havzasining umurtqali hayvonlar faunasini o’rganish tarixi.

Zarafshon vodiysi flora va faunasining turli-tumanligi bilan avvaldan juda ko’p tadqiqotilarni o’ziga jalb qilib kelgan Zarafshon vodiysida 1820 yildan boshlab ko’plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ular Zarafshon daryosi suv havzllarining yuqori va quyi oqimlarigacha bo’lgan hududlardailmiy izlanishlar olib borganlar va zoologik materialar to’plaganlar. 1840-yil 25-avgustdan 25-oktyabrgacha Zarafshon vodiysi bo’ylab A.Leman sayohat qildi. U Buxoro, Karmana, Kattaqo’rg’on, Samarqand, Panjakent, Vorziminora bo’ylab sayohat qildi. U shu yerlardagi 30 tur qushlar haqida ma’lumot bergan. Zarafshon daryosining o’rta oqimlarida ilmiy izlanishlar vodiyga tashrif buyurgan buyuk olim A. P. Fedchenkoning [38] tadqiqotlari bilan boshlangan. 1868-1870 yillarda A.P.Fedchenko Zarafshon vodiysi bo’ylab ikki marta sayohat qiladi. U 1869-yilda Samarqand, Kattaqo’rg’on, Jomboy, Shaxrisabz, Qoratepa, Urgut, Panjakent, Jizzax va Toshkent marshruti bo’ylab sayohat qildi. A.P.Fedchenko ko’proq entomologiya materiallar yig’ish bilan shug’ullangan. U to’plagan kolleksiyalar 5000 ekzemplyardan 4500 tasi hasharotlarga xosdir. A.P.Fedchenko tomonidan qushlar va sut emizuvchi hayvonlarning katta kolleksiyasi to’plangan edi. 1878-yilda V.F.Russov Samarqand, Boysun, Kitob, Dahbet va boshqa marshurutlar bo’ylab sayohat qilgan. Russov to’plagan materiallarni 1889-yilda F.D.Plesske (1888) ishlab o’zining maqolasida 419 tur qushlarning biologiyasini keltirmagan holda ro’yhatni ko’sratib o’tdi. Shulardan 109 ta tur qushlar Zarafshon vodiysiga xosdir. 1887-yil yozda S.A.Lidskiy (1988) Samarqand, Yakkabog’, Darbent, Boysun, Denov bo’yicha qilgan sayohatiga asoslanib «Turkiston o’lkasi va Buxoro bo’ylab 1887-yilgi sayohat» bo’yicha hisobotini yozadi. 1892-yil Buxoroda, D.L.Glazunov, Samarqand, Jizzax, Qizilqum, Nurota, Kattaqo’rg’on bo’ylab sayohat qiladi. 1897-yilda Kaznakov Zarafshonning yuqori oqimlari bo’ylab Samarqand, Panjikent, Qushtup, Iskandarkul, Hisor bo’ylab sayohat qiladi. 1907-1908 yillarda Samarqandda Duglas Carrruzers hayvonlarni kolleksiyalash bilan shug’ullanadi. Samarqanddan Hisor tog’lari hayvonlarini o’rganlarini o’rganadi va to’plangan materiallarni 1910-yilda chop etadi. 1909-yil sentyabr oyida M.N.Divnogopskiy Samarqandga keladi va shaqar ichida materiala yig’adi. Keyin Urgut orqali Surxandaryoga o’tib ketadi. Uning yig’gan kolleksiyasi akademik M.A.Menzber tomonidan qisman qayta ishlangan. 1930-yilda R.N.Meklenbursev Samarqand bo’ylab (Ohalik, eski aerodrom, Xo’ja Ahror qishlog’i, Samarqand shahri, Cho’pon-Ota tepaligi, Jomboy qishlog’i) ekspedisiya uyushtilidi. 1941-yildan boshlab umurtqali hayvonlar zoologiyasi kafedrasi o`qituvchilari A.K.Sagitov, M.V. Kalujina, Ye.V. Kiseleva va boshqalar tomonidan Zarafshon vodiysining qushlar ekologiyasi chuqurroq o`rganila boshlandi [33].

1947-yildan tekshirishlar Samarqand viloyati va uning atroflari (Urgut, Oxalik, Jomboy, Pastdarg`om, Kattaqo`rg`on va boshqa) da o`tkazilgan. 1950-yilda A.K.Sagitov va I.A. Abdusalyamov boshchiligidagi ekspedisiya 30 –iyuldan 30-avgustgacha Zarafshon vodiysining yuqori qismlarida olib borilgan. 1952 yilda bahorda uchinchi ekspedisiya, M.V. Kalujina A.K.Sagitov, I.A. Abdusalyamov, I.M. Ananevlar boshchiligida o`tkazilgan. 1955-yildagi ekspedisiya A.K. Sagitov, M.V.Kalujina, I.M. Ananev, M.P.Larina tomonidan uyushtirilgan. Ekspedisiyalar paytida Jumabozor, Jartepa, Urmetan, Zominsoy, Oqtepa, Samarqand marshuruti bo`lab o`tigan. Barcha ekspedisiyalarda qushlar kolleksiyalari to’plangan, alohida turlar ekologiyasi o’rganilgan. Zarafshon vodiysi qushlarini o’rganishga S.K.Dal [8,9], O.P.Bogdanov [6], A.K.Sagitov [34,35], X.V. Salimov [31], J.L.Laxanov [21], M.V.Kalujina katta hissa qo’shdilar [33]. Zarafshon daryosi xavzasi qushlarini o’rganishning barcha bosqichlari A.N. Bogdanov [5] maqolasida o’z aksini topdi. SamDUning umurtqalilar zoologiyasi kafedrasining o’qituvchilari qushlarning faunasini va ekologiyasi bo’yicha 120 ga yaqin maqola chop etgan. Zarafshon davlat qo’riqxonasi tashkil etilgandan keyin uning florasi va faunasini o’rganish bilan Samarqand Davlat universiteti biologiya fakul’teti olimlari shug’ullanmoqdalar [17].

2.Tadqiqot sharoiti, materiali va uslubl
2.1. Tadqiqot o’tkazilgan hududning fizik – geografik tavsifi.

Rel’efi. Zarafshon vodiysi Turkiston va Zarafshon tog’ tumanlari va ularning yon bag’irlari orasida joylashgan. Zarafshon vodiysining relyefi keskin o’zgaruvchandir O’zbekiston hududida Zarafshon vodiysining uzunligi 700 km dan ortiqni tashkil etadi. Zarafshon qo’riqxonasining hududi kenglik yo’nalishi boyicha Zarafshon va Turkiston tog’ tizmlari yon bag’irlari orasida joylashgan Zarafshon vodiysining tabiati o’ziga xosdir. Uning butun hududi uning o’ziga qaragan va oqim bo’yicha qiyalashgan tekisliklardan iborat. Hududning tekisligi daryo o’zanlari, eski va amaldagi irmoqlari, kanallar va dambalar (ko’tarmalar) tomonidan buzilib turiladi. Dengiz sathidan balangligi 620 – 900 metrni tashkil etadi.

Gidrografiyasi. Mintaqaning asosiy suv tarmog’i bo’lib, Zarafshon daryosi hisoblanadi va u Zarafshon muzliklaridan boshlanadi. Yuqori qismlarda daryo toshli chochiqlar va qoyali tog’lar orasidan ochib keladi Zarafshon daryosi suv hovzalarining umumiy maydoni 56ming km2 ni egallaydi. Shundan 10ming km2 ini tog’li mintaqa, 28ming km2 ini tog’ oldi mintaqasi, 18ming km2 ini cho’l mintaqasi tashkil etadi [32].

Zarafshon qo’riqxonasining hududida asosiy suv Zarafshon daryosi va uning irmoqlari hamda o’ng qirg’ig’dagi kanal hisoblanadi. Suv sarfi bo’yicha Zarafshon daryosida yillar bo’yicha va yil davomida katta beqarorlik kuzatiladi. Suvning eng ko’p sarflanishi iyun – iyul oylarida, eng kam sarflanishi yanvar – mart oylarida kuzatiladi. Yil davomida ikkita toshqin kuzatiladi: qorlar erishi davriga (bahorda) va tog’ cho’qqilaridagi muzliklarining erish davriga (yozda). Bu vaqtlarda daryoda suvning sathi keskin ko’payib ketadi.

Qo’riqxona hududida botqoqlillar yo’q. Yer osti suvlarining asosiy manbai bo’lib, zarafshon daryosi hisoblanadi. Ba’zi maydonlarda yer osti suvlarining joylashishi chuqurligi mavsumiy va yillik o’zgarishlarga ega.

Iqlimi. Vodiyning iqlimi O’zbekistonning iqlimiga xos bo’lib, o’zining ayrim alohida xususiyatlariga ega. Yoz fasli uzoq, jazirama va quruq, qish fasli sernam, sovuq, lekin shimoli-sharqiy qismdagi nisbatan bir oz yumshoq bo’ladi. Kuz fasli uzoq va quruq. Atmosfera yog’ingarchilik miqdori yilik 150-300mm ni tashkil etib, uning asosiy qismi qishda va bahorda yog’adi. Qor qoplami barqaror emas. Bir mavsum ikkinchi mavsum bilan tezda almashinadi. Qo’riqxona hududida iqlimi kontinental. Yog’ingarchilik miqdori yil davomida 300 mm dan 600 – 700 mm gacha o’zgarib turadi.

Havo haroratinig absolyut maksimum iyul oyida bo’lib, 370C ni tashkil etadi. Yoz mavsumi 140 kun may oyining 10 sanasidan sentabr oxirigacha davom etadi. Yoz fasli quruq va issiq bo’ladi. Dekabr oyining birinchi yarmidan mart oyining boshlarigacha qish fasli hisoblanadi va u 80 kunni tashkil etadi. Qishgi oylarning o’rtacha oylik harorati quyidagicha: dekabr – 100C, yanvar – 15 – 2.50C, fevral – 200C.

Qishda yog’ingarchilik yomg’ir va qor ko’rinishida bo’ladi. Qor qatlamining balangligi 6 – 8 sm atrofida o’zgarib turadi. Ayozsiz davrning o’rtacha uzunligi 209 kun, oxirgi ayozli kunlar o’rtacha 2 aprelga, birinchi ayozli kunlar 29 – oktabrga to’g’ri keladi. Barqaror qor qatlami hosil bo’lmaydi. Qishda va yozda sharqiy yo’nalishda, kuzda va bahorda janubiy – sharqiy yo’nalishda shamol esadi.

Tuprogi. Vodiyning tuproq qatlami ancha xilma-xildir. Asosiy tuproq tipi bo’z tuproqlar hisoblanadi. Daryo vodiylarida nam tuproqli sharoitlarda o’tloq, botqoq-o’tloq, botqoq tuproqlari, shuningdek, sho’rxon tuproqlar taraqqiy etadi.

Tuproq hosil qiluvchi jinslar Zarafshon daryosida oqib kelgan shag’al – qum yotqiziqlari hisoblanadi. Qo’riqxonanig yoqori qismlarida tuproq shag’alli joylarda hosil bo’lgan.

Shuningdek qo’riqxona hududida quyidagi tuproq turlari uchraydi:

- bo’z – o’tloq tuproqlari;

- allyuvial – o’tloq tuproqlari;

- qaytar – allyuvial, tuproqlari;

- o’tloq – botqoq tuproqlari;

- botqoq tuproqlari.

Bu tuproqlardan eng keng tarqalganlari qaytar allyuvial va allyuvial – o’tloq tuproqlari hisoblanadi.

Yer osti suvlari 0,3-0,5 metrdan 1,5 m chuqurlikda joylashgan. Gumus miqdori 1.5 % dan 2.5 % gacha o’zgarib turadi.



O’simliklar olami. Vodiyning pastki qismlarida to’qayzorlar bilan qoplangan qayir landshafti taraqqiy etadi. «To’qay» so’zi o’rmon ma’nosini anglatadi. U juda ham o’ziga xosdir. To’qayzorlarda uchraydigan o’simliklar orasida tol, terak, turang’il, jiyda, chakanda, tog’larda na’matak, maymunjon ko’p uchraydi. O’rta va quyi oqimlarda ba’zi joylarda chakalokzorlar hosil qiluvchi yulg’unlar uchraydi. Qo’riqxonaning hamma hududlari to’qayzorlar zonasiga kiritiladi. To’qayzorlarning o’ziga hos xususiyatlaridan biri bo’lib, ularning alohida shart – sharoitlar yuqori harorat va yuqori namlik haroitida taraqqiy etish hususiyati hisoblanadi.

To’qayzorlarning aksariyat o’simliklari suv bosimiga moslashgan. Baquvvat ildiz sistemasiga ega. Tuproq qatlamining xilma – xiligi va namlik rejimi to’qayzor o’simliklarining turli – tumanligi ta’minlaydi. O’simliklarning o’sish joylariga qarab bu erda qayir, qayir usti va cho’l fitotsehozlari farq qilinadi. Qo’riqxona hududida daraxtchil o’simliklar Zarafshon daryosi o’zani bo’lab uzuq – uzuq unchalik keng bo’lmagan polosa bo’lib joylashgan va hilma – xil daraxtlardan iborat: terak, tol, shumtol, zarang, akatsiya va boshqalar. Daraxtchil to’qayzorlarda o’tchil o’simliklar qatlami asosan veynik, imperata, eriantus, qizilmya, qamish, kandir, ajiriq, lomonos, pechaklar, qiyoq va boshqalargan tashkil tongan. Jiydali to’qayzorlarda o’simliklarning 60 %dan ko’prog’ini jiyda tashkil etadi. Bu yerda ular bilan mirga yulg’un jingil va boshqa siyrak va zich butachil o’simliklar o’sadi. O’tchil o’simliklar qaplami zich va baland bo’yli bo’lib u asosan yovvoyi g’alladoshlar, qamish, eriantus, kandir, qizilmiya, veynik va boshqalardan tashkil topgan. Jiydaning bo’lashi kuzgiqishki davrlarida bu joylarning yemxashak jihatidan ahamiyatini oshiradi. Jiyda mevalari bilan bu davrda to’qayzorning ko’pgina hayvonlari oziqlanadilar. Baland bo’yli va himoya shart – sharoitlarining bo’lishi bu joylarga ko’p miqdoridagi hayvonlarni jalb qiladi.

Chakandali to’qayzor tarkibiga 60 % chakanda to’g’ri keladigan o’simliklar uyushmasidan iborat. Chakandali to’qayzorlar daryo va soylar yoqasida tor polosa bo’lib joylashadi. Chakandali to’qayzorlar o’zining himoya va oziqa sifatlari jihatidan jiydali to’qayzorga o’xshab ketadi. Kuzgi – qishgi davrda chakanda mevalari o’troq hamda qishlovchi qushlarning oziqasi bu’lib xizmat qiladi. (2.1-rasm).

Suv bilan yaxshi ta’minlangan ochiq joylarda qayir o’tloqlari xosil bo’ladi. U qizilmiya, yantoq, qo’g’a, ulynik qiyoqlar va boshqalardan tashkil topadi. Qo’riqxona hududida turang’il o’sadi. Hammasi bo’lib qo’riqxona hududida 300 dan ortiq o’simliklar o’sadi. Ularning ko’pchiligi dorivor, asal beradigan, texnik va oziqabob o’simliklar sanaladi. Shunindek bu yerda korol’ kov shafrani singari qizil kitobga kiritilgan turlar ham qayid qilingan [17].



Hayvonot olami. Qo’riqxona umurtqali hayvonlari ro’yhati baliqlarning 13 turini, suvda va quruqda yashovchilarning 2 turini, sudralib yuruvchilarning 11 turini, qushlarning 190 turini o’z ichiga oladi [24,26]. Baliqlar asosan zog’ora baliqlar turkumi vakillaridan iborat. Suvda va quruqlikda yashovchilardan ko’l baqasi tez – tez uchib turadi. Yashil qurbaqa kam uchraydi. Sudralib yuruvchilar faunani unchalik ko’p sonli emas. Yo’llarning chekkalida, ariqlarda, toshlarning tagida osiyo ilonquyrug’i, o’simliklar o’smaydigan joylarda tez kaltakesakchalar uchraydi. Bu yerda suvilonlar keng tarqalgan. Bundan tashqari guldor chipon iloni, qum bug’ma ilonchasi va o’qilon tez-tez uchraydi. Yuqori maydonlarda cho’l toshbaqasi tarqalgan.

Qo’riqxona hududida qushlar faynasi juda hilma-xildir. Bu yerda uchraydigan 190 tur qushdan 10 turi o’troq, 30 turi uyda quruvchi, 36 turi qishlovchi, qolganlari bahorgi va kuzgi uchib o’tish vaqtlarida uchraydi. Uya quruvchi turlar orasida qirg’ovul, buxoro chittagi, mayna, xakka, qoraboshli vohma qushi va boshqalar odatdagi turlar hisoblanadi. Zarafshon qirg’ovuli – oddiy qirg’ovulning 12 ta kenja turlaridan biri hisoblanadi. Uning soni unchalik ko’p emas va 2000 – 2300 ta atrofida o’zgarib turadi.

Qo’riqxonada mayna juda ham ko’p uchraydi. Bu qush uya qurish joylari uchun ko’k qarg’a va tillo kurkunaklar bilan uya joylari uchun raqobatlashadi [7].

Qo’riqxona hududida nisbatan erta, mart oyining oxiri aprel oyining boshlarida haqqush uchib keladi. Aprel oyining o’rtalaridan ularning bir uchta tuximi bo’lgan uyalarini uchratish mumkin.

Yirtqich qushlardan qo’riqxona hududida toshqirg’iy, jig’iltoy, miqqiy, oddiy sog’, quloqdor ukki (ba’zi yillarda) uya quradi. Daryo o’zanlarida, tentakqush, kichik chigitchilar uya quradi. Zarafshon daryosi qirg’oqlaridan jarliklarda ko’kqarg’a, tilla kurkunak kok kaptar, qora va kichik uzunqanotlar, zog’cha, mayha, malabel qaldirg’och va boshqalarning uyalari joylashadi. Kuzgi uchib o’tish sentabr oyida boshlanib, oktabr – noyabr oylaricha davom etadi. Qo’riqxona hududida go’ng – qarg’a, qora qarg’a, qora to’sh shaq – shaq, b’yuroh, gizilqorinli va bo’zbosh qizilquyurqlar, sariq tomoqli chittaq, sariq qorinli lazorevka, bigiztumshuqlar qishlaydi.

Sut emizuvchilar faunasi qo’riqxonada kam sonlidir. Ularning asosiy qismini kemiruvchilar: qum sichqonlari, yumronqoziqlari, dala sichqonlari, sichqonlar tashkil etadi. Jayra qo’riqxonaning ko’rki hisoblanadi.

Yulg’un qumsichqoni, oddiy ko’rsichqonlar odatdagi tur hisoblanadi. Dala sichqonlaridan bu yerda afg’on dala sichqoni, jamoatchi dalasichqon, oddiy va kaspiy orti dala sichqonlari uchraydi.

Daryo qirg’oqlarida iqlimlashtirilgan va O’rta Osiyo qunduzini siqib chiqargan ondatra uchraydi. Qo’riqxonada qum tovushqonining soni serilarli darajada qisqarib ketgan. Yirtqichlardan qo’riqxona hududdida shoqol, karagan tulki, korsaklarni, kamdan – kam xollarda olaqo’zan va o’sgan to’qayzorlarda goho – goho bo’rsiq uchrab turadi. Bo’rsiq qishda uyquga ketadi. Ba’zan to’qay mushugi va dasht mushuklarini ko’rish mumkin [7].




Yüklə 441,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə