O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 89,96 Kb.
tarix02.06.2018
ölçüsü89,96 Kb.
#47122


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Ro‘yxatga olindi
2014 yil « __ »______

Vazirlikning 2014_ yil “____” _________dagi “____”-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan


YOSH FIZIOLOGIYASI, ANATOMIYASI

VA GIGIENASI
FAN DASTURI

Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar


Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogik


Ta’lim yo‘nalishi 5110900 – Pedagogika va psixologiya

Toshkent-2014


Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb –hunar ta’limi o‘quv metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2014 yil «___» ________ dagi «_______».- son majlis bayoni bilan ma’qullangan.

Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida chiqildi va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi



Tuzuvchilar: P.B.Haydarova – Zoologiya, anatomiya va fiziologiya

kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi

D. A. Mamatqulov- Zoologiya, anatomiya va fiziologiya

kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi

Taqrizchilar:


Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ilmiy-metodik kengashida tavsiya qilingan (2014_ yil “___” _________dagi “___” -sonli bayonnoma).
KIRISH

Yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigienasi fan dasturi ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limi odam anatomiyasiga, ikkinchi bo‘limi esa odam fiziologiyasiga va gigenasiga bag‘ishlangan. Unda odam organizimining anatomiyasi; skelet, muskul, ichki organlar, nerv sistemasi tuzilishini, yosh xususiyatlarini hamda gigenasini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari organ va organlar sistemasining fiziologiyasini, yosh davrlarida organizmda bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlarni hamda bu o‘zgarishlar markaziy nerv tizimi orqali ta’siri haqidagi ma’lumotlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. Gigienani o‘rganish orqali organizmdagi patologik o‘zgarishlarni oldini olish va organizm uchun mo‘ta’dil sharoitlarni yaratish haqida ma’lumotlar beradi.



Fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga odam organizmini tuzilishi, organlarni ontogenez davomida takomilashishini, a’zolarning fiziologiyasini, yoshlar organizmining o‘sish va rivojlanishiga ta’sir qiladigan omillar va patologik o‘zgarishlarni o‘rgatishdan iborat. Bu fanlarni o‘qitish davomida talabalar organlar sistemasi ularning tuzilishi, fiziologiyasi va kasalliklarni oldini olish maqsadida gigienasi to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladilar.

Fanning vazifasi talabalarga odam organizmining tuzilishi va a’zolarning fiziologiyasi, organizmning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini, a’zolarda bo‘ladigan fiziologik holatlarni, ulardagi patologik o‘zgarishlarni hamda tashqi muhitning yosh organizmga ta’sirini va organizmga qo‘yilgan gigienik talablarni fan sifatida o‘rganishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma malakasiga qo‘yiladigan talablar

Yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigienasi o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

-hujayra va uning tuzilishi, odam anatomiyani o‘rganishda qo‘llaniladigan asosiy metodlar, odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani tarixini bilish, odam anatomiyasi va fiziologiyasida ishlatiladigan terminlar, organ, organlar sistemasi, odam anatomiyasida satxlar. Suyaklar tuzilishi xillari va birikishi, muskullar va ularning xillari, ichki organlar va ularning turlari, qon aylanish sistemasi, nerv sistemasi, sezgi organlari, ichki sekresiya bezlarini tuzilishi hamda organ, organlar sistemasi fiziologiyasini va gigenasini organizmning bir butunligini, organizm va tashqi muhitning o‘zaro bogliqligini, uning o‘ziga xos yosh xususiyatlarini, yoshlik davrlari va ularning tasnifini bilishi kerak;

- atlas, jadvallardagi rasmlarni taniy olishi, fiziologik jarayonlarni izohlash, ko‘krak va qorin sohasidagi organlarni ajrata olish, organlarda kechayotgan fiziologik holatlarni izohlay olishi, bolalar va o‘smirlarning ishchanlik qobiliyatini aniqlash, ular sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatuvchi zararli, foydali odatlarni aniqlash va organizmda uchraydigan patologik o‘zgarishlar haqida ma’lumotlarga va gigienik ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerak;

- odam organizmi a’zolar sistemasining ishlashi va uning markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarilishi, mashq qilishning organizm muskul va tayanch – harakat sistemasi rivojlanishiga ta’siri, jismoniy mashqning odam salomatligiga ta’siri, a’zolardagi fiziologik o‘zgarishlar, har bir yoshga qo‘yilgan gigienik talablar bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi kerak.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma – ketligi

Yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigienasi fani pedagogika-psixologi bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv rejasiga muvofiq o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘rta maktab litsey va kolledjlarda o‘qitiladigan biologiya, genetika, ekologiya, odam va uning salomatligi fanlaridan umumiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi



Fanning ta’limdagi o‘rni

Yosh fiziologiyasi, anomiyasi va gigienasi talabalarga turli sharoitda bolalar va o‘smirlar organizmini sog‘lomlashtirish, O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lida o‘z bilimlarini oshirish imkonini beradi va bu olgan bilimlarini yetuk mutaxasis sifatida ta’lim – tarbiya jarayonini sog‘lomlashtirishga yo‘naltiradilar.



Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning yosh fiziologiyasi, antomiyasi va gigienasi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda dars jadvallarining va sinf jixozlarining namunalari va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslariga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi



Asosiy qism

Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni

Kirish – Yosh fiziologiyasi, antomiyasi va gigienasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va o‘rganish usullari

Yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigienasi fanining predmeti, maqsadi. Anatomiya, fiziologiya, yosh fiziologiyasi va gigiena fanlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Yosh fiziologiyasi, antomiyasi va gigiena fanining biologiya, pedagogika va tibbiyot fanlari bilan o‘zaro bog‘liqligi. Sog‘lom avlod dasturi va uni targ‘ib qilish. Respublikamizda bolalar salomatligini saqlash yo‘lida olib borilayotgan islohatlar. Yosh fiziologiyasi va gigiena sohasidagi yutuqlar. Yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigienasi fanining o‘rganish usullari. Fanning vazifalari.



Yosh fiziologiyasi, antomiyasi va gigienasi fanining rivojlanish tarixi

Yosh fiziologiyasi, antomiyasi va gigienasi fanining fan sifatida rivojlanishi. Anatomiya faniga asos solgan olimlar. Qadimiy Yunonistonda anatomiyaning ilk rivojlanishi. Uyg‘onish davrida Aleksandriya, Rim, O‘rta Osiyo olimlarining anatomiya sohasidagi ishlari. XVIII - XX asrlarda anatomiya va fiziologiya fanining Markaziy Osiyo va O‘zbekistonda rivojlanishi. Fiziologiya faniga asos solgan olimlar. Gigienaning fan sifatida rivojlanishi. Fanga asos solgan o‘zbek olimlari va ularning iliy izlanishdagi yutuqlari.



Hujayra va to‘qimalarning tuzilishi

Hujayraning tuzilishi. To‘qimaning tuzilishi. Epitilial to‘qima, biriktiruvchi to‘qima, nerv to‘qimasi va muskul to‘qimasi. A’zolar haqida ma’lumot. . A’zolar sistemasining tuzilishi. Tayanch-harakat sistemasi, muskullar sistemasi, ichki a’zolar (ovqat hazm qilish,nafas olish, ayirish a’zolar) sistemasi, nerv sistemasi va qon aylanish sistemalari. Irsiy kasalliklar va ularning turlari



O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.

Organizm va muhit

O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Ta’lim jarayonida ratsional usullarni qo‘llashda, har bir o‘quvchiga individual yondoshishda pedagoglarning bola organizmining o‘ziga xos o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari. Organizmga muhitning ta’siri. Yoshlik davrlari va yoshga oid fiziologik o‘zgarishlari haqida tushuncha. Organizmning to‘g‘ri shakllanishida gigienaning o‘rni.



Tayanch-xarakat apparatining tuzilishi fiziologiyasi, yosh xususiyatlari va gigienasi
Tayanch-xarakat apparatining ahamiyati va vazifasi. Odam skeletinnig umumiy tuzilishi, fiziologiyasi va yosh xususiyatlari. Suyak tuzilishining yosh xususiyatlari. Umurtqa pog‘onasi va ularning egriliklari, egriliklarning shakllanishi. Bosh, gavda va qo‘l-oyoq skeletining tuzilishi, fiziologiyasi. Suyaklarning o‘sishi va rivojlanishi. Skolioz, uning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish. Suyaklarning rivojlanishi gigienasi. Tayanch xarakat apparati sistemasi organlarida uchraydigan, paydo bo‘ladigan nuqsonlarni oldini olish va bartaraf etish. Maktab yoshidagi bolalar qaddi-qomatining shakllanishida jismoniy tarbiyaning ahamiyati. Yassi oyoqlilik. Odam gavdasining statikasi va dinamikasi.
Muskullarning tuzilishi, fiziologiyasi, gigienasi va yosh xususiyatlari
Muskullarning anatomik tuzilishi. Muskullarning shakliga ko‘ra xilma xilligi. Muskullarning dinamik va statik ishi. Turli yosh davrlarida muskullar kuchi, tezligi, chaqqonligi, chidamligi va massasining o‘zgarishi. Nafas olish muskullari va qorinni tarang saqlaydigan muskullarning rivojlanishiga mashq qilishning ta’siri. Qorin muskullarining bo‘sh qismidan dabba (churra) hosil bo‘lishi. Mushaklarning mexanik, elastik xususiyatlari. Mushak uzunligi, mushak qisqarishi mexanikasi. Mushakning harakatlangan holati, mushak tortilishining mexanik, anatomik va fiziologik shartlari. Charchash va uning fiziologik mexanizmi. Muskullarning ishiga qo‘yilgan gigienik talablar.
Ovqat hazm qilish tizimining tuzilishi, fiziologiyasi, yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigienasi
Ovqat hazm qilish tizimining tuzilishi va fiziologiyasi. Og‘iz bo‘shlig‘ining tuzilishi va fiziologiyasi, Og‘izda ovqatning hazm bo‘lishi. Me’da va ichakda ovqat hazm bo‘lishining xususiyatlari. Ovqat hazm qilish organlarining evolyusiyasi va yoshga bog‘liqlik xususiyatlari. Turli xildagi jismoniy harakatlar vaqtida oshqozon-ichaklar sistemasida bo‘ladigan o‘zgarishlar. Jigarning tuzilishi va fiziologiyasi. Hazm a’zolarining yosh xususiyati. Hazm a’zolarida uchraydigan patologik holatlar va ularni oldini olish chora tadbirlari.. Turli yosh davrlarda bolalar ovqatlanishining o‘ziga xosligi. Ovqat ratsionlari. Ovqatlanish gigienasi. Hazm a’zolariga qo‘yilgan gigienik talablar. Hazm organlarining rivojlanishi davrida uchraydigan anomaliyalar.
Moddalar va energiya almashinuvining yosh xususiyatlari
Moddalar va energiya almashinuvining yosh xususiyatlari. Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar almashinuvi. Jismoniy mashq faoliyatida oqsil almashinuvining o‘zgarishi. Karbon suvlarining aerob va anaerob parchalanishi jarayonlari va ularning energiya hosil bo‘lishida ahamiyati. Glyukozaning qondagi miqdori. Giper va gipoglikemiya. Uglevodlar almashinuvining boshqarilishi va uning muskullar ishida o‘zgarishi. Yog‘ kislotalarining muskullar ishida energiya sifatida ishlatilishi. Moddalar almashinuvi jarayonining gumoral va reflektor boshqarilishi.

Bola o‘sishi va rivojlanishida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, suv, mineral tuzlarning ahamiyati. Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Organizmning mineral tuzlarga ehtiyoji. Vitaminlar haqida tushuncha. Suvda va yog‘da eriydigan vitaminlar tasnifi. Vitaminlarning fiziologik ahamiyati. Avitaminoz. Organizmda suv-mineral moddalar va vitaminlarning boshqarilishida gormonlarning tutgan o‘rni.


Qon sistemasi fiziologiyasi
Qon plazmasining tarkibi. Qonning shaklli elementlari: eritrotsitlar, leykotsitlar. Ularning tuzilishi, miqdori. Odamning jismoniy ishi, mehnati va tinch holatidagi gemoglabin miqdori. Eritrotsitlarning rezistentligi va gemolizi. Leykotsitlarning miqdori tuzilishi va funksiyasi. Agronulotsitlar va granullotsitlarning turlari. Leykotsitar formula. Trombotsitlarning miqdori, tuzilishi va funksiyasi, qon ivishidagi ahamiyati. Qonning ivishi.

Immunitet. Tug‘ma va hayot davomida orttirilgan immunitet. Qon guruhlari. Qonning agglyutinnogenlari va agglyutininlari. Rezus-faktor tushunchasi. Gemoliz. Salomatlik haqida tushuncha. Bolalar va o‘smirlar salomatlik holati. Kasalliklar. Sog‘liq holatining maktab o‘quvchisining ishchanlik qobiliyatiga ta’siri. o‘tkir va surunkali kasalliklar. Kasalliklarni tarqalish manbalari. Ta’lim va tarbiyaning talaba sog‘ligiga ta’siri


Yurak-qon tomirlarining tuzilishi fiziologiyasi va yosh xususiyatlari
Yurak-qon tomirlari sistemasi. Qon aylanishining ahamiyati. Katta, kichik va koranar qon aylanish doiralari. Yurak muskullarining funksional xususiyatlari. Yurakni qon bilan ta’minlanishi. Yurak avtomatiyasi. Yurakning o‘tkazuvchi sistemasi, uning ahamiyati.

Yurak sikli, fazalari, yurak tonlari. Elektrokordiografiyani o‘rganish metodlari. Qon tomirlari fiziologiyasi. Arteriya, vena va kapillyarlardagi qon bosimi. Arteriya pulsi. Venalarda qon oqishining xususiyatlari. Limfa sistemasi, uning tarkibi, funksiyasi. Limfaning organizmdagi ahamiyati. Yurak-qon tomirlarining yosh xususiyatlari va gigienasi.



Nafas sistemalarining yosh

xususiyatlari va gigienasi

Nafas organlarining yosh xususiyatlari va gigienasi. Nafas olishning ahamiyati. Nafas sistemasining vazifasi. Nafas olish va chiqarish mexanizmi. Nafas aktida diafragma va qovurg‘alararo muskullarning ahamiyati. Tashqi va ichki nafas olish. o‘pkaning tiriklik sig‘imi. o‘pka ventelyatsiyasi. Jismoniy mehnat va mushak mashqida o‘pka ventilyatsiyasi o‘zgarishi. Atmosfera, alveola va chiqarilgan nafas havosining gaz tarkibi. O‘pkada gazlar almashinuvi mexanizmi. Nafas markazining avtomatik va nerv-gumoral, reflektor boshqarilishi mexanizmlari.

Uning yoshga, jismoniy mashqqa bog‘liqligi. Muskul ishi vaqtida nafas olish. Pnevmotraks. Gippoksiya. Asfeksiya. Nafas gigienasi.
Ayiruv tizimining yosh xususiyatlari va gigienasi
Ayiruv organlarining asosiy vazifasi. Ayiruv jarayoni organizmning ichki muhiti doimiyligini ta’minlovchi murakkab jarayon ekani. O‘pka va me’da–ichak traktining ayiruv funksiyasi.

Buyraklar strukturasi va funksional birligi-nefron haqida tushuncha. Filtratsiya reabsorbsiya, sekresiya. Siydik hosil bo‘lishi nazariyasi. Siydikning miqdori va tarkibi. Birlamchi va ikkilamchi burmalar, Genli qovuzloqlari haqida tushuncha. Majburiy va ixtiyoriy reabsorbsiya. Buyrakda moddalarning sekresiya jarayoni, oxirgi siydikning tarkibi va xossasi. Buyrakning ichki sekretor faoliyati. Ayrishini reflektor va gumoral boshqarilishi. Siydik ajratish mexanizmi. Turli gormonlarning siydik hosil bo‘lishi jarayoniga ta’siri (antidiuretik, andosteron, adrenalin, vazopresin). Sun’iy buyrakning ahamiyati. Jismoniy mashq va mehnat jarayonlarida ayirish organlari ishining o‘ziga xos xususiyatlari.

Ayiruv jarayonlarining ahamiyati. Turli yoshdagi bolalar sutkalik siydik miqdori. Bolalarda tunda siydik tuta olmaslik, uning kelib chiqish sabablari. Ayiruv a’zolari gigienasi

Ichki sekresiya bezlarining anatomiyasi, fiziologiyasi va yosh xususiyatlari
Organizmdagi fiziologik jarayonlarning neyroendokrin sistema orqali boshqarilishi. Ichki sekresiya bezlarining tasnifi va funksiyasi. Gormonlar tushunchasi, ularning biologik xarakteristikasi. Ichki sekresiya bezlarining fiziologik roli va o‘rganish metodlari. Gipofiz bezi funksiyasi.

Qalqonsimon bez va uning oldidagi bezlarning funksiyasi va boshqarilishi. Gormonlar va ularning moddalar almashinuviga ta’siri. Buyrak usti bezining po‘stloq va mag‘iz qismi gormonlari hamda ularining asab sistemasiga ta’siri. Po‘stloq qavatining gormonlari: minerolokortikoidlar va glyukokortikoidlar. Me’da osti bezining endokrin vazifasi. Epifiz va jinsiy bezlarining vazifalari. Jinsiy gormonlarning odam o‘sishi va rivojlanishi hamda mehnat faoliyatiga ta’siri. Balog‘atga yetishda jinsiy gormonlarning ahamiyati. Garmon va stress. Garmonlar va jinsiy yetilish. Ichki sekresiya bezlarining yoshga oid xususiyatlari.


Markaziy nerv tizimining anatomiyasi, fiziologiyasi va

yosh xususiyatlari

Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi. Boshmiya katta yarim sharlarining kulrang va oq moddasi. Uzunchoq va orqa miyaning tuzilishi va fiziologiyasi. O‘rta va oraliq miyaning tuzilishi va fiziologiyasi. Miyachaning tuzilishi va fiziologiyasi. Miya stvolining retikulyar formatsiyasi, uning fiziologik roli. Retikulyar formatsiyaning nafas, qon aylanishi va ichki organlar funksiyasiga ta’siri. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining tuzilishi. Bosh miya po‘stlog‘ining turli sohalarining funksional ahamiyati. Bosh miya katta yarim sharlarining yosh xususiyatlari. Markaziy nerv tizimining umumiy vazifalari, periferik nerv tizimi. MNSning reflektor tamoyili. Refleks va uning turlari. Neyronlar vazifalari va ularning ta’rifi.

.
Nerv markazlari xaqida tushuncha
Nerv markazlarining fiziologik xususiyatlari: qo‘zg‘alish va tormozlanish, taassurotlarni summatsiyalash, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, irradiatsiya, induksiya, A.A.Uxtomskiyning dominanta qonuni. Markaziy nerv sistemasi bo‘limlarning yoshga oid xususiyatlari. Vegetativ nerv sistemasining o‘ziga xos xususiyatlari. Organizm reflektor faoliyatining yosh xususiyatlari. Markaziy nerv sistemasiga gigienasi
Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Shartsiz refleks va instinktlar. I.P.Pavlovning reflektor nazariyasi prinsiplari. Shartli reflekslarning hosil bo‘lishi xususiyatlari va mexanizmlari. Organizmlarning yashash muhitiga moslashishida shartli reflekslarning ahamiyati. Shartli reflekslarning tormozlanishi. Tashqi va ichki tormozlanish. Jismoniy mashq va mehnat faoliyatida ularning ahamiyati. Shartli reflekslarning harakat malakalari hosil bo‘lishida ahamiyati. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i ishidagi tartiblilik (dinamik, sterestik avtomatlashgan harakat malakasining fiziologik mohiyati. Emotsiyaning biologik ahamiyati.
Odamning oliy nerv faoliyati xususiyatlari. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari.
Bolalarda birinchi va ikkinchi tartibli signal sistemasi. Nutq funksiyasi va uning fiziologik asosi. Bolalarda nutqning buzilishi.

Oliy nerv faoliyatining tiplari, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda uning ahamiyati.

Oliy nerv faoliyatining shikastlanishi. Nevrozlar. Xotira, uning ahamiyati va fiziologik mexanizmlari. Uyqu fiziologiyasi, uning fazalari va gigienasi. Xotira va fikrlashning fiziologik mexanizmlari.

Bolalar oliy nerv faoliyatining tiplari va ularning plastikligi
Nerv tizimi gigienasi. Bolalar va o‘smirlarning ishchanlik qobiliyati, charchash va o‘ta charchash haqida tushuncha. Ta’lim tarbiya psixogigienasi. Nevroz (asabiylik). Nevrozning kelib chiqish sabablari. Bolalarda uchraydigan nevrozlar. Asab buzilishini oldini olish.

Analizatorlarning anatomiyasi fiziologiyasi, yosh xususiyatlari va gigienasi

Sezgi organlari (analizatorlar) fiziologiyasi. Sezgi organlarning fiziologik ahamiyati. I.P.Pavlovning analizator to‘g‘risidagi ta’limoti. Retseptorlar klassifikatsiyasi. Retseptorlardan qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi mexanizmlari. Sezgi organlari organizmning ichki va tashqi muhiti to‘g‘risida ma’lumot beruvchi manba ekanligi. Informatsiyaning uzatilishi, qayta ishlanishi, saqlanish mexanizmlari. Sensor sistemalarining harakatlar boshqarilishidagi ahamiyati.

Ko‘rish analizatori. Ko‘rish organining tuzilishi va retseptorlari. To‘r pardaning yorug‘ni sezuvchi elementlari. Akkomodatsiya mexanizmi. Retseptorlarning sezgirligi o‘zgarishi. Adaptatsiya. Rang ko‘rish nazariyasi. Ko‘rish gigienasi. Yaqindan va uzoqdan ko‘rishning mohiyati. Qorachiq reflekslari. Ko‘rish analizatorining yosh xususiyatlari. Ko‘rish qobiliyatining pasayishini oldini olish. Ko‘rish gigienasi.

Eshitish analizatorlarining anatomiyasi, fiziologiyasi, gigienasi va yosh xususiyatlari



Quloqning tuzilishi va fiziologiyasi. Ichki quloqning retseptor apparati tuzilishi. Tovush tebranishlarining o‘tkazilishi va qo‘zg‘alishi, paydo bo‘lishi. Eshitish analizatorlarining adaptatsiyasi. Vestibulyar apparat. Vestibulyar apparat. Muskul tonusi boshqarilishida, apparatning roli. Eshitish analizatori. Bolalarda eshitish organining rivojlanishi. Eshitish gigienasi. Muvozanat apparati. Hid, ta’m bilish, teri, taktil va termo, sensor sistemalarning funksiyalari. Bu sensor sistemalarning retseptorlari, ularni qo‘zg‘atadigan adekvat ta’siri. Og‘riqning biologik ahamiyati. Teri gigienasi.
Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar


  1. Sinf xonalarining yoritilishi, isitilish va shamollatishini gigienik baholash. Tabiiy va su’niy yoritilish manbalarini aniqlash. Tabiiy va su’niy yoritilish koeffitsientlarini topish. Sinf xonasini bo‘yalishini gigienik baholash.

  2. Sinf xonalarning yoritilishini baholash. Sinf xonalarini va ustaxonalarni tabiiy va su’niy shamollatishni gigienik baholash. Sinf xonalari, va ustaxonalar va sport zalini isitishini gigienik baholash. Xona haroratini o‘lchash.

  3. Sinf jihozlarini gigienik baholash. Parta turlari va ularning nomerlarini aniqlash. Bolani bo‘yicha, eshitish, va ko‘rish qobiliyatiga qarab parta, stullarga o‘tkazish.

  4. Partada to‘g‘ri o‘tirishni gigienik baholash. Sinf doskasini gigienik baholash. Sinf doskasining noldan balandligini aniqlash. Uning rangini va o‘lchovini aniqlash. Sinf xonasi jihozlarini gigienik baholash.

  5. Dars jadvalini gigienik baholash. Dars predmetlarini o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasiga qarab xillarga bo‘linishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hafta va kun davomida ishchanlik qobiliyati.

  6. Yuqori sinf o‘quvchilarining xafta va kun davomidagi ishchanlik qobiliyati. Tanafusslar. Ularni tashkil etish. Imtihonlar, ularga qo‘yilgan gigienik talablar.

  7. Kun tartibini gigienik baholash. Kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish. Kun tartibini bolaning yoshiga mos ravishda tuzish. Kun tartibini tuzishdagi prinsiplarni aniqlash.

  8. Tana skeletining tuzilishi. Bosh skeleti, qovurg‘alarning tuzilishini o‘rganish. Chaqaloqlarda bosh suyaklar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Bosh skeleti suyaklari rivojlanishini yoshga bog‘liqligi. Tana skeletida uchraydigan nuqsonlar.

  9. Bolalarda umurtqa pog‘onasining rivojlanishini to‘g‘ri tashkil etish. Umurtqa pog‘onasining antomiyasini o‘rganish. Skolioz. Yassi oyoqlilikni oldini olish.

  10. Chanoq suyagining tuzilishi, rivojlanishi. Son va boldir suyaklarining tuzilishi. Suyak sinishlari haqida ma’lumotlar. Suyakka qo‘yiladigan gigienik talablar.

  11. Muskullar va ularning funksiyasi. Organizm uchun muskullarning ahamiyati. Muskullarning tuzilishi, shakli. Muskullarning ishlashi, charchashi

  12. Mus­kul qisqarishi turlari va kuchi. Muskullar rivojlanishi­ning odam yoshiga va ish faoliyatiga qarab o‘zgarishi. Tana bo‘limining og‘irlik markazlari.

  13. Bosh, bo‘yin, mimika va chaynov muskullari. Bosh fassiyasi. Bo‘yin muskullari va fassiyasi. Bo‘yinning yuza muskullari, til osti suyagiga birikuvchi muskullari. Gavda va muskullarning joylashishi, ahamiyati.

  14. Ichki organlarning umumiy tavsifi, ularning klassifikatsiyasi va funksiyasi. Tananing bo‘yi, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi organlari. Ichki a’zolar devoridagi seroz parda, muskul qavat, shilliq pardaning ta’rifi, ularning shakllanishi

  15. Ovqat hazm qilish organlarining evolyusiyasi va yoshga bog‘liqlik xususiyatlari. Turli xildagi jismoniy harakatlar vaqtida oshqozon-ichaklar sistemasida bo‘ladigan o‘zgarishlar. Jigarda qon aylanish xususiyatlari. Hazm organlarining rivojlanishi davrida uchraydigan anomaliyalar.

  16. Bola o‘sishi va rivojlanishida suv, mineral tuzlar va vitaminlarning ahamiyati. Turli yosh davrlarda bolalar ovqatlanishining o‘ziga xosligi. Ovqatlanish gigienasi.

  17. Tashqi va ichki nafas olish. o‘pkaning tiriklik sig‘imi. o‘pka ventelyatsiyasi. Uning yoshga, jismoniy mashqqa bog‘liqligi. Muskul ishi vaqtida nafas olish. Nafas gigienasi. Xiqildoqning tovush hosil kilish.Nafas a’zolarining yosh xususiyatlari.

  18. Siydik organlari, ularning rivojlanishi va anomaliyalari. Buyraklarning mikro-makro tuzilishi va rivojlanishi. Buyraklarda qon aylanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Siydik yo‘llari, qovuq, siydik pufagi, ularning ahamiyati va yoshga bog‘lik xususiyatlari.

  19. Salomatlik haqida tushuncha. Bolalar va o‘smirlar salomatlik holati. Kasalliklar. Sog‘liq holatining maktab o‘quvchisining ishchanlik qobiliyatiga ta’siri. o‘tkir va surunkali kasalliklar.

  20. Qonning tarkibi. Qon plazmasi va shaklli elementlar. Eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarning tuzilishi. Qon kasalliklari.

  21. Immunitet. Tug‘ma va hayot davomida orttirilgan immunitet.

  22. Qon aylanish va limfa sistemasining ta’rifi. Qon tomirlarinint turlari, joylanishi. Qon aylanish doiralari.

  23. Yurakning ahamiyati va tuzilishi. Yurak devorlari, bo‘shliqlari, klapanlari va muskullari haqida tushuncha. Yurakning toj tomirlari va o‘tkazuvchi sistemasi.

  24. Yurak va limfa tomirlari, yurak xaltasi va uning topografiyasi. Yurakning filogenezi va anomaliyalari. bo‘shliqlari, klapanlari va muskullari haqida tushuncha. Bola va katta odam yurak tomir sistemasining o‘ziga xos xususiyatlari.

  25. Nerv sistemasi va uning ahamiyati. Nerv sistemasining struktura birligi neyronning tuzilishi, turlari va ahamiyati. Nerv tolasining tuzilishi. Miyaning oq va kul rang moddalari. Nerv sistemasi markaziy va pereferik bo‘limlari tavsifi. Nerv sistemasi gigenasi.

  26. Bosh miya va uning rivojlanishi. Bosh miya bo‘limlari: uzunchoq miya, Voroliev ko‘prigi, miyacha, o‘rta miya, oraliq miya, ularning morfologiyasi, ahamiyati va tavsifi.

  27. Oq va kul rang moddalarning joylanishi. Bosh miyaning nerv markazlari va o‘tkazuvchi yo‘llari. Katta yarim sharlarning bo‘limlari, egatlari va burmalari

  28. Bosh miyaning kishi yoshiga binoan shakllanishi. Bosh miya nervlari, ularning soni, kelib chiqishi, tolalarning tarkibi va tarqalishi.

  29. Nerv snstemasining vegetativ avtonom qismi, uning asosiy anatomik va fiziologik xususiyatlari.

  30. Nerv markazlarining fiziologik xususiyatlari: qo‘zg‘alish va tormozlanish, taassurotlarni summatsiyalash, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, irradiatsiya, induksiya, A.A.Uxtomskiyning dominanta qonuni. Markaziy nerv sistemasi bo‘limlarning yoshga oid xususiyatlari.

  31. Orqa miyaning tashqi va ichki tuzilishi, sistemalari. Orqa miyaning rivojlanishi. Orqa miya nervlarining tarqalishi va chiqish joylari. Orqa miya nervlari shoxlari va bo‘linish joylari.

  32. Orqa miyaning yosh bilan bog‘lik xusu­siyatlari. Orqa miya reflekslari. Reflektor yoyini tahlil qilish. Organizm reflektor faoliyatining yosh xususiyatlari.

  33. Irsiy kasalliklar. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari.

  34. Oliy nerv faoliyatini tekshirish usullari. Shartli va shartsiz reflekslar xaqida tushuncha. Ularning bir-biridan farqi. Shartli reflekslarning hosil bo‘lishidagi shart-sharoitlar.

  35. Dinamik stereotip, nutq funksiyasi va uning fiziologik asosi. Bolalar oliy nerv faoliyatining tiplari va ularning plastikligi.

  36. Nerv tizimi gigienasi. Bolalar va o‘smirlarning ishchanlik qobiliyati, charchash va o‘ta charchash haqida tushuncha. Ta’lim tarbiya psixogigienasi. Nevroz (asabiylik). Asab buzilishini oldini olish.

  37. Eshitish, ko‘rish, ta’m bilish va teri analizatorlarining organizmdagi ahamiyati. Ta’m bilish organi, ta’m bilish boylamalari, ularning joylanishi, periferik, o‘tkazuvchi va markaziy bo‘limlar.

  38. Eshitish va vestibulyar analizatorlar. Tashqi, o‘rta va ichki qulok. Chig‘anoq, uning tuzilishi va ahamiyati Odam nutqini rivojlanishiga binoan chig‘anoqning takomillashib borishi.. Bolalarda eshitish organining rivojlanishi. Eshitish gigienasi.

  39. Ko‘rish analizatori. Ko‘zning tuzilishi. Ko‘z soqqasi va uning pardalari. Ko‘z gavhari va yordamchi apparatlar. Ko‘zning qon tomirlari va nervlari. Ko‘z innervatsiyasi, ko‘z anomaliyalari.

  40. Yaqindan va uzoqdan ko‘rish. Ko‘rish qobiliyatining kishi yoshiga binoan o‘zgarish xususiyatlari.

  41. Teri analizatori. Terining tuzilishi, pigmentlanish xususiyati va uning ahamiyati. Soch va tirnoqlar, teri innervatsiyasi. Teri gigienasi va chiniqtirishning ahamiyati.


Laboratoriya mashg‘ulotlari:

1.O‘quvchilar jismoniy rivojlanishini gigienik baholash. Antropometrik o‘lchovlar o‘tkazish orqali jismoniy rivojlanishga baho berish. o‘quvchilarning maktabdagi shaxsiy tibbiyot varaqlarini taxlil qilish.

2.Orqa miya reflekslarini o‘rganish. Tibbiyot bolg‘achasi yordamida ko‘z qovoqlarini yumib-ochish refleksi, tizza refleksi, axilli refleksi, ikki boshli muskul refleksilarini hosil qilish. Refleks yoyini analiz qilish.

3. Ko‘rish o‘tkirligi va ko‘rish maydonini aniqlash. Golovin jadvali orqali ko‘rish o‘tkirligini aniqlash. Perimetr asbobi yordamida ko‘rish maydonini aniqlash.

4. Faol diqqat tezligini aniqlash. Faol diqqat tezliginii aniqlash uchun 1 dan 25 gacha raqamlar tartibsiz joylashtirilgan 4ta jadvaldan foydalaniladi. Bu jadvallar orqali ma’lum vaqt mobaynida raqamlar tartib bilan topiladi, so‘ngra faol diqqatning konsentratsiyasi hisoblanadi.

5. Ixtiyoriy xarakat tezligini aniqlash. 6?10 sm2 hajmdagi oq qog‘ozga 10 sekund davomida nuqtalar qo‘yish usuli yordamida panja mushaklarining xarakat tezligi aniqlanadi.

6 Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir faoliyatiga ta’sirini o‘rganish. Jismoniy mashqni qon aylanishga ta’sirini aniqlash uchun tekshiriluvchining pulsi, qon bosimi, nafas soni, o‘pkaning tiriklik sig‘imi o‘lchanadi. Olingan ma’lumotlar yozib qo‘yiladi, so‘ng 1 minutda 20 martta turib o‘tirgandan so‘ng qaytadan puls, qon bosimi, nafas soni o‘lchanadi.

7. Ishchanlik qobiliyatini aniqlash. Nerv sistemasining ishchanlik qobiliyatini aniqlash uchun Anfimov jadvalidan foydalaniladi. Bu jadvalda alfavit xarflari tartibsiz yozilgan bo‘lib, bir xarfni ma’lum vaqt orasida belgilash bilan ishchanlik qobiliyati aniqlanadi.

8. Ovqat ratsionini tuzish. Ovqat ratsionini tuzish uchun qo‘yidagi jadvallardan foydalaniladi:

1.Ovqat moddalarining kimyoviy tarkibi va beradigan kalloriyasi.

2.Bir sutkada iste’mol qilinadigan mineral tuzlarning fiziologik normasi.

9. O‘smirlar uchun bir sutkada beriladigan oqsil, yog‘, va uglevodlarning fiziologik normasi.

10. Vitaminlar. Organizmga vitaminlarning ta’siri. Avitaminoz.


Mustaqil ishlarni tashkil etishning

shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

- darslik va o‘quv qo‘llanmalarning boblari va mavzularini o‘rganish;

- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish;

- o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtrilgan tizimlari bilan ishlash;

- o‘z –o‘zini baxolash orqali bilimni uzluksiz nazorat qilish;

- fanning boblari va mavzulari ustida ishlash;

- fanlar bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, qo‘shimcha

adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o‘rganish;

- yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rga-

nish;

- talabalarning ilmiy –tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq



holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish;

- faol o‘qitish metodidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;



- masofaviy (distansion ) ta’lim.

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari :

  1. Odam tanasining shakllari

  2. Tana skeletining tuzilishi

  1. Suyaklarning tuzilishi

  2. Suyaklarning birikishi.

  1. Muskullarning tuzilishi

  2. Muskullarning ishi

  3. Skoliozni kelib chiqish sabablari

  1. Tana muskullari

  1. Bosh va bo‘yin muskullari

  1. Nafas a’zolarining tuzilishi va fiziologiyasi

  1. Bo‘g‘im yuzalari va bo‘g‘im turlari

  1. Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi va fiziologiyasi

  1. Splanxnologiya asoslari

  1. Hiqildoqning tuzilishi

  1. Ayirish a’zolarining tuzilishi va fiziologiyasi

  1. Yurak va qon tomirlarining tuzilishi va fiziologiyasi

  1. Angiologiya asoslari

  1. Taloqning tuzilishi

  1. Nerv sistemasiningtuzilishi

  1. Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi va fiziologiyasi

  1. Orqa miyaning tuzilishi va fiziologiyasi

  1. Vegetativ nerv sitemasi

  1. Gipofiz tuzilishi va funksiyalari

  1. Ichki sekresiya bezlarining tuzilishi va fiziologiyasi

  1. Buyrak usti bezining tuzilishi va fiziologiyasi

  1. Analizatorlarning tuzilishi va fiziologiyasi

  1. Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog‘lig‘ini himoya qilish yo‘lida olib borayotgan ishlari.

  2. Akseleratsiya qanday jarayon?

  3. Yoshlik davrlarining morfologik va fiziologik xususiyatlari

  4. Irsiyat va irsiy kasalliklari.

  5. Inson organizmiga tashqi muhit omillarining ta’sirlari.

  6. Nerv sistemasining ahamiyati va gigienasi.

  7. Oliy nerv faoliyati.

  8. Oliy nerv faoliyatining tiplari.

  9. Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni olidni olish.

  10. Uyqu, tush ko‘rish va gipnoz, uyqu gigienasi.

  11. Ta’lim – tarbiya gigienasi qanday masalalarni o‘z ichiga oladi?

  12. Dars jadvalining gigienasi

  13. Kun tartibi va uning ahamiyati.

  14. sinf xonasiga qo‘yilgan gigienik talablar.

  15. Mehnat ta’limi gigienasi.

  16. O‘quv qurollariga qo‘yilgan gigienik talablar.

  17. Ko‘rish va eshitish organlarining xususiyati va gigienasi. Yaqindan ko‘rish va uni oldini olish.

  18. Sinf xonasining yoritilishiga qo‘yilgan gigienik talablar.

  19. Ichki sekresiya bezlarining yosh xususiyati va endokrin kasalliklar.

  20. Jinsiy tarbiya.

  21. Organizmdagi suyaklarning tuzilishi, ularning yosh xususiyatlari va xillari.

  22. Muskullarning tuzilishi.

  23. Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va kamchiliklari.

  24. Sinf jihozlariga qo‘yilgan gigienik talablar.

  25. Ovqat hazm qilishning yosh xususiyatlari

  26. Ovqatlanish gigenasi.

  27. Qon aylanish tizimining yosh xususiyati va gigienasi.

  28. Nafas tizimining yosh xususiyati va gigienasi?

  29. Ayiruv organlari.

  30. Organizmni chiniqtirish va chiniqtirish usullari

  31. Irsiy kasalliklar

Fan dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti

Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kammunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.

- yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigienasi bo‘limiga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan;

- o‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari, ishchanlik qobiliyatini aniqlash, nerv sistemasining gigienasi, ta’lim-tarbiya ishlari gigienasi mavzularida olib boriladigan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarda aqliy xujum,guruxli fikrlash pedagogik texnologiyalaridan;

- o‘quvchilar jismoniy rivojlanishini gigienik baholash, orqa miya

reflekslarini o‘rganish, ko‘rish o‘tkirligi va ko‘rish maydonini aniqlash,faol diqqat va ixtiyoriy xarakat tezligini aniqlash, jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir va nafas tizimi faoliyatiga ta’sirini o‘rganish,aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash mavzularida o‘tkaziladigan tajriba mashg‘ulotlarida kichik guruxlar musobaqalari, guruxli fikrlash pedagogik texnologiyalarni qo‘llash nazarda tutiladi.




Foydalaniladigan asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘lom avlod xaqidagi farmoni. Ma’rifat gazetasi №9 1.03.2000. .

2. Almatov K.T. Ulg‘ayish fiziologiyasi. M.Ulug‘bek nomidagi O‘zMU bosmoxonasi. T.2004.

3. Maxmudov E. Vozrastnaya fiziologiya i osnovы gigienы. Izd. Lit. Fonda soyuza pisateley Respubliki Uzbekistan. T. 2006.

4. Sodiqov B.Q, Aripova S.X., Shaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigiena ”. Darslik. T.:Yangi asr avlodi. 2009 y.

5. Rajamurodov Z.T., Rajabov A.L.. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” Tib. Kitob. T.2010 y

6. Axmedov N. Sodiqova Z.. “Normal anatomiya va fiziologiya” O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti.T. 2008.

7. Nuriddinov Ye. N. “Odam fiziologiyasi” T. “Aloqachi” 2005.

8. Almatov K.T., Allamuratov Sh.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Universitet. 2004
9. Xripkova A.G., Antropova M.V. Adaptatsiya organizma uchaщixsya k uchebnoy i fizicheskoy nagruzkam. M.:Prosveщenie. 2002.

10. www.search.re.uz -sistema poiska informatsii Uzbekistana.

11. www.ictcountcil.gov.ru – sayt koordinatsionnogo soveta Kabineta Ministrov po razvitiyu kompyuterizatsii.

12. www.ref.uz

13. www.ziyonet.uz

14. www.google.uz



15.www.nun.uz



Yüklə 89,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə