O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti umumiy tarix kafedrasi



Yüklə 279,62 Kb.
səhifə4/6
tarix04.12.2017
ölçüsü279,62 Kb.
#13833
1   2   3   4   5   6

Polien
«Qadimgi sarkarda va qahramonlarning jangovarlik maxoratini o’z ichiga olgan Polien asarini faqat harbiy kishilar emas, balki tarixiyligi jixatidan barcha toifadagi odamlar xam bilishi zarur bo’lgan ishdir. Faqat qurol kuchi bilan emas, uzoqni ko’zlaydigan o’tkir fikrlari bilan dushmanni mag’lubiyatga uchratgan sarkardagina eng oliy darajadagi harbiy san’atni egallagan hisoblanadi», —- deb ta’kidlaydi asarning ruscha so’z boshisida tarjimon Dimitriy Pappadopulo. Tarjimon o’z fikrida davom etib yana shunday deydi: «Uzoqni ko’ra olmaydigan sarkardalar juda ko’p talafot ko’rib, o’tkir fikrli sarkardalar shuncha ko’p foyda ko’rgan, yuksak harbiy mahoratga ega bo’lmagan sarkardaning qo’shinlari hamma vaqt o’limga mahkum etilgan. Tajribali, uzoqni ko’ra oluvchi sarkardalar boshliq bul­gan qo’shinning saf tortib turishiyoq dushmannn dovdiratib qo’ygan46.

Sarkardaning bitta oqilona fikri, harbiy tadbirkorligi dushman ustidan g’alabaga,"kuchli flotni qirib yuborishga, o’tib bo’lmas to’siqlarni yengishga, bir qancha viloyatlarni zabt etishga sabab bo’lishi mumkin. Bu haqiqatni isbotlash uchun xalqlar tzrixidan juda ko’plab misollar keltirish mumkin. Bu dalillar, vasiyatnomalarni yig’uvchi fidoyi yozuvchilar bo’lmaganida, ularning yigirmadan bir qismi ham bizning avlodimizga yetib kelmagan bo’lardi.

Poliyenning ijodi jahon madaniyati xazinasida alohida yuksak o’rin egallaydi. Uning asarlarining tarixiy va badiiy kimmati hali tadqiqotchilar tomonidan chuqur o’rganilgai emas. Shuningdek, hayotiga oid manbalar ham tiklanganicha yo’q. «Harbmy hiylalar» (Strategemы») deb nomlanuvchi sakkiz kntobdan iborat nodir asar Polien nomini jahonga tanitdi.

Uzbek xalq ogzaki ijodida afsona deb nomlanadigan «Shiroq» hikoyasp ham Polien asari orqali bizgacha yetib kelgan, Doroning skiflar yurtiga yurishi haqida ko’plab rivoyatlar mavjud. Ularning deyarli barchasida ham Doroning skiflardan yengilganligi hikoya qilinadi. Polien keltirgan «Shiroq» («Sirak») da Doro qo’shinlarining skiflar tomoni­dan tor-mor etilganligi bayon qilinsa, Gerodot asaridagi «Doroning skiflar o’lkasiga yurishi» hnkoyatida skiflar bi­lan bo’lgan jangda Doroning bevosita o’zi qatnashadi.

Skiflar ot ustidan o’q otishga juda usta bo’lib, asosan chorvachilik bilan shug’ullanishardi. Bepoyon tekisliklari o’t o’lanlarga juda boy edi. Doro ularga karshi yurish boshlaydi. Oldin choparlarni, so’ngra ularning orqasidan piyoda lashkarlarni yuboradi.

Izma-iz quvib kelayotgan Doro qo’shinlari kechasi horib-charchab, tamaddi qilishayotganlarnda skiflar qo’qqisdan hujum boshlaydilar. Skiflarning otliq. qo’shinlari hamma vaqt eroniylarning otliq qo’shinlaridan ustunlik kilishardi. Pnyodalari esa zaifroq. edilar. Bu talofatdan so’ng, tang ahvolda qolgan Doroga skiflar o’z vakillarini yuborishadi. Vakillar Doroga sovg’a-salomlar olib borishadn. Bu sovg’alar-ichida bitta qush, sichqon, qurbaqa va beshta yoy o’qi bor edi. Eronliklar butun aql-zakovatlarini ishga solpb, skiflar yuborgan sovg’annng mag’zini chaqishga, ma’nosini anglashga harakat qiladilar. Buning ma’nosi shunday edi: «Agar kushga aylanib, osmonga uchib ketmasang yo sichqon kabi yerning tagnga yashirinmasang yoki qurbaqaga o’xshab botqoqlikdan sakrab o’tmasang, sizlar uchun o’z ellaringpzga sog’-omon qaytish yo’q. Mana shu yoy o’qlaridan o’lib ketasiz».

Bu yerlarda yo’l yo’q edi. Lashkarlarning asosiy qismi piyodalardan tashkil tolgan. Eronliklar kaysp yo’ldan Istr da­ryosining xavfsnz kuprigiga yetib olishni o’ylab, hang-mang bo’lib qoladilar. Otliq skiflar yo’lni yaxshi bilishardi. Shunnng uchun ham, ular ko’prnkka eronliklardan ilgari yetib ke­ladi. Ular ko’prikni qo’riqlayotgan ioniyaliklarga shunday deydi: «Ioniyaliklar, oxirgi kunlaring keldi, bu yerda qolib, nohaq ish qilyapsizlar. Jonlaringning sog’ qolganiga shukur qilib, skiflar xudosidan minnatdor bo’linglar-da, ko’prikni buzib, zudlnk bilan o’z yurtlaringga kaytinglar. Dorodan shun­day qasos olaylikki, u qayta bu yurtlarga yovuzlik niyatida qadam bosmasin».

Ioniyalnklar o’zaro xengasha boshlashadi. Gellespont dav­rida Xerson xokimi va sardori bo’lgan afiniyalik Miltiad skiflar taklnfini ma’qullaydi. Miletlik Gistiyey sal boshqacharoq fikrda bo’ladi. U aytadiki, agar Doroning qudrati yakson qilingan bo’lsa, endi hokimiyatni hyech kim idora eta olmaydi. Davlatga endi xalq hokimlik qiladi. Uning bu fikriga boshqalar ham qo’shiladi. Ioniyaliklar o’zaro kenga­shib, skiflarning g’azabi qo’zg’almasdan ko’prikni buzib, o’z yurtlariga jo’nab qolishga qaror qiladi47.

Usha kuni kechasi yetib kelgan Doro vayron etilgan ko’prikni ko’rib vahimaga tushadi. Doro ovozi o’tkir bir misrlikka qirg’oq bo’ylab bornb, miletlik Gistiyeyni chaqirib, qaytarib kelishni buyuradi. Birinchi ovozni eshitishi bilanoq, Doro­ning sog’-omon ekanligini sezgan Gistiyey hamma kemalarni qaytarib, ko’prikni tuzatadi. Shunday qilib Doro skiflar o’lkasidan o’z yurtiga qaytib ketadi. Doro Frakiyani o’z hukmiga bo’ysundirgach, mamlakatda katta qo’shinga sardor qilib Megabiznn qoldiradi. Gistiyeyga esa qilgan xizmatlari evaziga Frakiyadan bir viloyat hokimligini beradi. Gistiyeyning qudrati oshib ketishidan qo’rqqan Megabiz, uni Suzga chaqirib olishni Dorodan o’tinib so’raydi. Doro uning maslahatiga quloq solib, Gistiyey­ni Suzga chaqirkb oladi.

To’maris kabi jasur ayollarimiz, Shirok kabi erksevar o’g’lonlarimiz, Spitamen kabi haqiqiy vatanparvarlar tarix-da juda ko’p bo’lgan. Sirakning bunday tadbirkorligini Vavilonni egallashda Zopir ham ko’llaydn.




II. 3. Kvint Kursiy Ruf, Plutarx, Pompey Trog va Yustin asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi

Kvint Kursiya Ruf eramizning oltinchi yilida Rim imperatorligiga qarashli Tira shahrida tug’ildi. Uncha katta bo’lmagan bu shaharning tabiati nihoyatda go’zal edi. Kuri Ruflar. xonadoni uncha badavlat bo’lmasa ham o’ziga yarasha to’q edi. Bo’lg’usi yozuvchining yoshligidan bilimga chanhaqligini sezganz xonadon egalari uni lotin maktabiga o’qishga berishadi. Savodi chiqqandan so’ng u lotin tilida yozilgan asarlarni ixlos bilan o’qiy boshlaydi. Biroq bu vaqtda lotin tilida yozilgan badiiy asarlar barchaga birdek yetishmasdi. Ko’pgina yuno» adabiyoti namunalarini lotin tilida o’qib qoniqmagandav keyin u grek tilini o’rganishga zo’r berib intiladi. 22—23. yoshida Afina safariga jo’naydi. Afinaning qadimiy adabiyot,. madaniyagg yodgorliklariga qiziqish bilan qaraydi. Afina sa­fari sayohat shinavandasining dunyoqarashiga juda katta ta’sir ko’rsatadi48.

Kurs Ruf Afinadan to’g’ri Gresiyaga qo’shni bo’lgan Sharq. mamlakatlariga yo’l oladi. U qayerda bo’lmasin, xalq og’zaki ijodi durdonalarini yig’ib-yuradi. U Aleksandr Makedonskiy haqida qiziq-qiziq hikoyag va rivsyatlar eshitadi. Shundan so’ng u Aleksandr Makedonskiy­ning tarixiga juda kiziqib qoladi. Afinaga qaytib kelib„ Aleksandr Makedonskiyning hayotiga oid manbalarni to’play boshlaydi. Ayniqsa, Aleksandriya shahri Kursiya Rufda katta taassurot qoldiradi. Aleksandrning Osiyo mamlakatlari; bo’ylab yurishi yozib borilgan maxsus «Shoh jurnali» «Efemerida» bilan tanishadi. Aleksandr bilan harbpy yurishga otlangan, shohning eng yaqin kishilari bo’lgan Ptolemey va Aristobulning «kundalik»larini sinchiklab o’qiydi49.

Bundan tashqari, Kurs Ruf Aleksandr haqida yozilgan ta­rixiy asarlar bilan ham diqqat bilan tanishib chiqadi. Ayniq-sa, Klntarx va Magasfen romanlarini qayta-qayta mutolaa qi-ladi. Chunki bu adiblar Aleksandrning zamondoshlari edi Klntarx va Magasfen bayon qilgan Sharq mamlakatlariga oid voqyealarning tafsilotlari bilan yaqindan tanishadi. Kurs Ruf eramizning 30-yillari oxirlarida Rimga qaytib keladi. Rimdagi adabiy guruhlar bilan aloqa boglaydi. No­tiqlik san’atiga oid asarlar yoza boshlaydi.

Uning bu asarlari o’sha davrdagi .adabiy jamoatchilikning e’tiborini o’ziga tortgan edi. Birok. Kurs Rufning o’z oldiga qo’ygan maqsadi butunlay boshqa narsa edi. U «Aleksandr Makedonskiyning tarixi» nomli romanini nihoyasiga yetkazish uchun tinimsiz ljod bilan mashhur bo’ladi.

Bunint uchun u uzoq, yillar zarur manbalar yig’ishga kiri-shadi. Urta Osiyoning tarixiga oid ma’lumotlarni o’rganish Qurs Ruf uchun birmuncha qiyinchiliklar tug’diradi. Uzoq, va begona o’lkalarning tarixini yozish yozuvchini ancha yillar o’ylantirib yuradi. Urta Osiyo va Hindiston tafsilotlari yozuv­chini tashvishga soladi. Muhimi shundaki, Kurs Ruf kelajak lvlod oldida javobgar bo’lib q.olishidan cho’chiydi. Shuning uchun ham tarixiy dalillarga juda hushyorlik bilan munosabatda bo’ladi. Tarixiy voqyealar bayonining anik, bo’lishiga intiladi.

Hatto Aleksandr bilan yonma-yon yurib, janglarda bevosita (Qatnashgan, voqyealarning jonli guvohi bo’lgan Ptolomeyning «Kundalik» lariga x.am bir qadar shubha bilan qaraydi. U bu haqda to’xtalib, «Ptolomey o’z «kundaligi» da Aleksandrii haddan ziyod maqtab yuborgan» degan, fikrni aytadi. Kurs Rufning tarixiy manbalarga bunday sinchkovlik bilan qara-ganligining sababi, yozuvchi tarixiy asar yozishning o’ta mas’-uliyatli bir ish ekanligini chuqur x.is etganligidan dalolat beradi.

Tarixiy asar yozishning naqadar murakkab ekanligini Kurs Ruf tushunib yetgan, albatta. Ayniqsa, Aleksandr Make­donskiy haqida asar yozish yozuvchidan .tinimsiz izlanish va ogir mehnatni talab etadi. Yozuvchi faqatgina tarixiy dalillarga, tarixiy asarlarga yoki «Kundalik»larga tayanibgina qolmasdan, Urta Osiyo va Hindiston safarida bo’lgan ko’pgina sayyoxlar bilan ham suhbatlashadi. Aleksandr Makedonskiyning Osiyo mamlakatlariga qilgan harbiy yurishidan avval ham, keyin ham Urta Osiyoga juda ko’plab Gresiya va Rim sayyohlari kelardi.

Kurs Ruf oldliga qo’ygan ezgu-mzqsadga, niyatiga erishadi. U Aleksandr Makedonskiyning tarixiga bagishlangan o’nta kitob yozadi. O’nta kitobni o’z ichiga olgan bu asarning keyingn taqdiri g’oyat achinarlidir. Asarning birinchi va ikkknchi kitoblari yo’qolib ketgan. Beshinchi kitobning oxiri va oltini kitoblarning boshlanishi saqlanmagan. Shuningdek, asarning o’sha kitobdagi ayrim sahifalari xam yirtilib ketgan. Asarning Urta Osiyoga bag’ishlangan kitobidagi saxifalardan ayrim satrlar o’chganligini hisobga olmaganda, asar bizgachg to’liq yetib kelgan.
ALEKSANDR MAKEDONSKIY TARIXI
Urta Osiyoning antik davrlari tasvirlangan asarlar ichida Kvint Kurs Rufning «Aleksandr Make­donskiy tarixi» asari alohida o’rin tutali. Unda Urta Osiyoning eramizdan avvalgi IV—III asrlariga oid voqyealari tasvirlangan. Kurs Rufning bu asarining Urta Osiyo haqidagi boshqa asarlardan farqli tomonn shundaki, unda ikki daryo Oks (Amu) va Yaksart (Sir) oraligidagi ta­rixiy voqyealar keng ifodalangan.

Kurs Rufning ushbu asari Diodor, Yustin, hatto jahon adabiyotida muhim o’ringa ega bo’lgan Plutarxning «Aleksandr» romanidan ham ustun ekanligini ko’ramiz. U «Aleksandrning yurishi» asaridan ham bir qadar ustun darajadadir. Asarda tasvirlangan voqyealarning bayoni fikrimizning isboti bo’la oladi50.

Asarning VII kitobida va VIII kitobning bir qismida Urta Osiyo voqyealari tasvirlanadi.Asarda ifodalanishicha, Aleksandr So’g’diyona yerlariga ko’sh-ni bo’lgan Girkoniyaga katta ko’shin bilan bostirib kiradi. «Atrof qumlik, sahro, quyosh qizdiradi. Suv tanqis edi. Qumlik xuddi olov purkayotgandek»51.

Asardan keltirilgan bu parchada yozuvchi Amudaryoning narigi tomonidagi turkman cho’llarini tasvirlayapti. Makedoniyaliklarning Urta Osiyoning olov purkab turgan issig’iga moslashishlari juda qiyin bo’ladi. «Bu yerlarda kechasi yurish ancha kulay. Ayniqsa, tong pallasidagi muzdakkina sahro sha-badasi, quyosh chiqishi bilan harorat ko’tariladi. So’ngra butun a’zoi badannngiz yona boshlaydi. Jangchilar avval ruhan tushkunlikka tushadi, so’ngra issiqqa bardosh berolmay, holdan toya boshlashadi».

Kurs Ruf xuddi U rta Osiyo cho’llarida o’zi bo’lgandek, bu yerlarning tabiat manzaralarini o’z ko’zi bilan ko’rgandek tasvirlaydi. Yozuvchi o’z asarida sahro manzarasiga ancha kekg o’rin bergan. Oy yoki kunpni aniq ko’rsatmasa ham, makedoniliklarning bu yerlardan saraton oylarida o’tganligini aniq-lash qiyin emas.

Yana bir o’rinda yozuvchi jangchilar issiqqa bardosh berolmay oxirgi vikolarigacha, hatto moylarigacha ichib qo’yganligini aytadi. Ularga suyuqlik bo’lsa bas edi, qarab o’tirmasdan icha-verardi. Ayrimlarining qorni shunday shishib ketgan ediki, hatto qurol ko’tarishga ham darmoni yetmasdi, deb hikoya qi-ladi yozuvchi. Haqiqatan ham Kurs Ruf asari Urta Osiyoga ba­gishlangan boshqa ko’pgina grek va Rim adabiyotidagi asarlar­dan shu bilan farq qiladiki, unda tabiat tasviriga aloxnda e’tibor berilgan.

Asarni o’qir ekansiz, sizga yaqindan tanish bo’lgan tabiat manzaralari, geografik muhit tasvirlari birma-bir ko’z o’ngingizdan o’taveradi. Odam o’tsa oyog’i, qush uchsa qanoti kuyadigan, bu borsa kelmas sahrolarda ham skif qabilalarining yashayotgaidigini ko’rib, yozuvchi hayratga tushgandek bo’ladi. Hatto asarni o’qigan kitobxon ham bunday voqyealarga qiziqib qaraydi. Zim-ziyo, poyonsiz sahroi-kabirda odamlar yashamoqda. Skif xalqi qadimdan mana shunday matonatli, mehnatkash va kuchli iroda egasi bo’lgan.

«Aleksandr jangchilari meshga suv to’ldirib kelayotgan bir cholni tutib keltiradilar. Aleksandr u kishidan suvni qayerga? olib borayotganini so’raydi. Shunda u sahroda chanqab yotgan o’g’illariga olib borayotganini aytadi. Aleksandr meshni qaytarib berib, «Bu suvning hammasini men icholmayman, askarlarimga bo’lib beray desam yetmaydi, undan ko’ra sen o’g’illaringga olib boraqol, deb suv tuldirilgan meshni cholga qaytarib beradi»52.

Yozuvchi bu shahar aholisining tarixiga alohida to’xtaladi. Eron shoxi Kserks greklar bilan bo’lgan jangda, ularning bir qismini asir olib, So’g’diyona cho’llariga- olib kelib tash-lagan edi. Bugun bu branxidlar Aleksandrii o’zlarining yaksht qavmlaridek .qarshn oladilar. Yezuvchining o’z asarida tasvir-lanayotgan voqyealardan ilgarigi davrga, uzoq va yaqin o’tmishga murojaat etishi tarixiy nasr talabiga xosdir. Bunday ret­rospektiv epizodlar tarixiy nasrda ko’p uchraydi. Bu o’rinda yozuvchi branxidlar tarixiga murojaat etib. katta bir voqyeani esga solishga muvofiq bo’lgan. Bunday qishloq va shaharlar Urta Osiyo hududining bir nechta joylarida bor.

To’rtinchi kuni Aleksandr Maroqand shahriga yetib keladi. «Maroqandning devorlari baland va mustahkam edi. Uning ichiga joylashgan qal’a ikknnchi devor bilan o’ralgan. Alek­sandr u yerda katta qo’shinni qoldirib, o’zi yaqin oradagi qish-loqlarni yoqib, talay boshlaydi».

Mana shu epizoddan ham ko’rinib turibdiki, Aleksandr Urta Osiyoda o’ta shafqatsizlik va talon-tarojlikni avjiga chi-qargan. Butun bir qishloqlarni kultepaga aylantirgan. Sha­harlarni o’zining toshotar mashinasi bilan buzib, vayron qilgan.
Plutarx

Plutarx eramizning 46-yilida Gresiyadagi Beotin o’lkasining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan uncha katta bo’lmagan Xeron shahrida tug’ilgan. Uning otasi Avtobul o’z zamonasining o’qimishli kishilaridan biri edi. Shuning uchun ham u Plutarxning chuqur ilm olishiga alohida e’tibor bilan qaraydi.

Uning bobosi Lampriy ham ilm-ma’rifatga rag’batli kishi edi. Lampriy xonadoniga xeronlik adabiyot ahllari, donishmandlar tez-tez tashrif buyurib, suhbatlar qilib turardi. Bobosining bobosi Nikarx ham Xeronda yashab, eramizdan avvalgi 31-yilda Antoniy bilan Oktavian qo’shinlari o’rtasida bo’lib o’tgan Aksium jangining ishtirokchisi bo’lgan edi. Plutarxning ikkala akasi Lampriy bilan Timon ham o’qimishli bo’lib ulg’ayadi53.

Plutarx Timoksena ismli go’zal ayolga uylanadi. Undan to’rt o’g’il, bir qiz ko’radi. Ikki o’g’li—kattasi va eng kichigi hamda qizi yoshligida o’lib ketadi. Qizining o’limi munosabati bilan xotini Timoksenga yo’llagan g’oyat hayajonli maktubi hozir ham Plutarxning tanlangan asarlaridan o’rin olgan.

Geografik sharoiti qulay bo’lgan bu shaharda qadimda bosqinchilik urushlari ko’p bo’lgan. Dastlab, o’zaro yaqin-atrofdagi o’lkalarda turli urush xatarlari bo’lib, kichkina Xeronni talab ketardi. Jangu jadallarnn boshidan ko’p kechirgan xeronliklar o’z shahrnni jon-jahdlari bilan himoya qilishardi. Bunday knrg’in urushlar nchkda eng daxshatlisi eramizdan avvalgi 338 yilda bo’lib o’tgandi. Shoh Filipp II davrida Makedoniya pstplochilari Xeronga bostirib keladilar. Xeron-liklar katta otryad tuzib, Filipp qo’shinnga qarshi bir necha kun qattiq turib jang qiladilar. Nihoyatda katta kuchga ega bulgan Filipp qo’shnnlarini qaytara olmagan bo’lsa ham, xeronliklarnnng vatanparvarligi keyinchalik uzoq yillar da-vomida tillarda doston bo’lib yurdi.

Xeron tarixiy voqyealarga boy shahar bo’lgani uchun xam uning odamlari ko’prok o’tmish haqida qiziq-qiziq hikoyalar so’zlashga odatlanib qelgan edilar. Mana shunday tarixiy voqyealarni bolaligida Plutarx ko’p tinglardn. Balki o’tmish sarguzashtlarining ta’siridadir, Plutarx ulg’ayganda o’z-shahrining va umuman grek xalqining tarixiga hayrat bilan qaray boshladi. Xeronni juda sevardi. U qasrda bo’lmasin, bu shahar bilan qalban bog’lanib turardi.

Plutarx sayohat qilishni yaxshi ko’rar, o’zga xalqlar-o’tmishiga ham qiziqish bilan e’tibor berardi. Keyinchalik u Afinadagi adabiy hayot bilan yaqindan aloqa bog’laydi. Madaniyat markazi bo’lgan bu shaharda grek donishmandlari asarlarini berilib o’qiydi. Qadimiy tarixga ega bo’lgan, ilm-ma’rifat maskani Afina shahri Plutarx dunyoqarashiga katta ta’sir o’tkazadi. Zamonasining ilg’or fikrli faylasfi Ammon Sakkas bilan yaqnn aloqada bo’ladi. U bilan bprga ko’p o’tmay Kichik Osiyo, Gresiya, Italiya sayohatiga jo’naydi. Bu sayohat davomida Plutarx ko’pgina sirli voqyealarning, g’aroynb sarguzashtlarning guvohi bo’ladi.

Afinada u falsafa ilmini chuqur o’rgatuvchi Ammoniya maktabiga qatnaydi. Bu maktabga u o’zining dastlabki ijod mashqlari bilan ishtirok etadi. Eramizning 60-yilida u zamonasi­ning ma’rifatli kishisv, tarixchi Neyron bilan Gresiya bo’ylab» sayohatga chiqadi.

So’ngra Makedoniya safari chog’ida Aleksandriya shahriga boradi. Plutarx bu shaharda bo’lganida Aleksandr Makedon­skiy haqida ko’plab rizoyat va hikoyatlar eshitadi. Aleksandr tarixi bilan yaqindan qiziqadi. U haqda asar yozish niyatida fakt va materiallar to’play boshlaydi. Eramizning 90 yillarigacha Plutarx Italiya yerlarida, xususan Rimda buladn. Rimdagi adabiy hayot uni yangi ijod sari undaydi, u lotin tilini o’rganpshga kirishadi. Biroq davlag ishlari bilan band bo’lganlngi tufayli u uzoq, yillar bu tilni o’rgana olmaydi. Faqat keksaygandagina lotin tilida yozil­gan asarlarni o’kishga muyassar bo’ladi.

Plutarx juda chuqur ilm sohibi edi. Uni qomuschi adib desak ham bo’ladi. Shu bilan birga, u sermahsul yozuvchi, katta talant egasi edi. Keksalik chog’ida Plutarx yana ona shahri Xeronga qaytib boradi. Mazmunli umr kechirib, eramizning 127 yilida vafot etadi.

Plutarxning adabiy hayot yo’li dramatik voqyealarga ni-hoyatda boy. Uning ko’pgika asarlari bizgacha yetib kelmagan. Plutarxning o’limidan so’ig uning asarlarini o’g’li Lampriyem to’playdi. Uning aytishicha, otasining asarlari 210 tadan ziyod bo’lgan.

Plutarx asarlarini ikki guruhga bo’lib o’rganishimiz mum­kin: tarixiy asarlar va falsafiy-adabiy asarlar. Plutarx asarlari janr jixatidan xam xilma-xildir. Mu-himi shundaki, uning asarlari falsafiy fikrlarga boyligi bilan antik adabiyetda yaratilgan ko’pgina asarlardan ajra-lib turadi. Uning «Qo’shalok hayotnomalar» asari greklar va rimliklar tarixiga asoslangan bo’lib, Plutarx nomini tanitadi. Bu asar zamondoshlari va o’tmishdoshlari tarjimai holini tasvirlashga qaratilgan bo’lnb, to’plamda u o’zining .hakiqiy badiiy mahoratini qahramonlariga xarakteristika berish va obrazlar yaratish jarayonida namoyish etadi.

Plutarxning bu asariga prototip bo’lgan qahramonlar ichida sarkardalar, imperatorlar, dazlat ishlari bilan band bo’lgan boshka kishilar, shuningdek, oddiy xalq vakillari, pok qalbli nnsonlar bor. Uzi Rim imperatosligiga yaqnn kishi bo’lgani, imperatorlikda mansabdor shaxs sifatida ishlagan-ligi tufayli, saltanatning ichki sirlari bilan yaqindan ta-nish bo’lgan Plutarx imperatorlar va sarkardalar obrazini yaratishga alohida e’tibor beradi. U o’z qahramonlarining taqdirini o’sha davr taqdiri bilan bog’laydi. Qahramonlarining xarakteridan davrning muhim xususiyatlarini axtarishga intiladi.
QUSHALOQ HAYOTNOMALAR

Plutarx ijodida biografik xarakterdagi «Aleksandr» nomli romani alohida o’rin tutadi. Xarakterli tomoni shun­daki, bu asarda yozuvchi Aleksandrning hayotiga oid muxi.m sa-nalarni birma-bir sanab o’tirmaydi. Aleksandrning ' hayoti bilan bog’liq voqyealarni ko’proq badiiy yo’sinda hpkoya qilnsh-ga e’tibor beradi. Shu jihatdan, «Aleksandr» tarixiy roman bo’lsa ham, tarixda qayd etilgan sanalarni biz bu asarda deyarli uchratmaymiz. Asosan Aleksandrning xarakteriga oid xislatlarni teranroq ochib berish yozuvchining asosiy diqqat markazida turganlipshi sezamiz. Shuning uchun bo’lsa kerak, kitobda Urta Osiyo, jumladan hozirgi Uzbekistan tasviriga kamroq e’tibor berilgan. Bu roman Urta Osiyoning, shuningdek, Uzbekistonning antik davrlarini tasvirlovchi boshqa grek va Rim romanlaridan shu jixati bilan farq qiladi. Qving Kurs Rufning «Aleksandr Makedonskiyning tarixi», Arrianning «Aleksandrning yurishn» kitoblarida o’lkamizdagi kadimiy shaxarlarniig nomlari, daryo va tog’lar tasviri, geogra­fik muhit belgilari keng tasvirga olingan bo’lsa, Plutarxning «Aleksandr» romanida bu masalalarga unchalik katta e’tibor bilan qaralmaydi. Yozuvchi Aleksandrning O’rta Osiyodagi hayotini uning xarakteri bilan bog’lab o’rganishga xarakat kiladi.



POMPEY TROG VA YUSTIN
Qadim So’g’diyona tasviri va Urta Osiyoning antik davrlarida ruy bergan voqyealar Pompey Trog va Yustin asarlarida alohida mahorat bilan chizib bernladi. Bu ikkala ulug’ adib ijodining biri ikkinchisining davomidir. Ya’ni Pompey Trog ijodining davomini Yustin ijodida ko’ramiz.

Pompey Trogni biz Yustin ijodi orqali taniymiz. Uning 44 kitobdan iborat «Filipp tarixi» asari turli xil sabablarga ko’ra keyinchalik yo’qolib ketgan. Pompey Trog bu asarini eramizning 7-yillarida yozdi. Uning hayotiga oid juda kam ma’lumotga egamiz. Pompey Trog Narbon viloyatining Galli elida yashab o’tadi. Uning bobosi Sertori jangida jasorat ko’rsatganligi tufayli imperator Gney Pompey tomonidan Rimning grajdanlik huquqiga ega bo’lgan edi. Uning amakisi Mitridatov jangida Gney Pompey sarkardaligidagi otliq qo’shinning bir qismiga boshliq qi-lib tayinlanadi. Uning otasi imperator Yuliy Sezar davri­da kotib va tarjimon bo’lib ishlaydi.

Pompey Trogning «Filipp tarixi» asarida asosan Filipp va Aleksandr Makedonskiy davrida yuz bergan voqyealar tasvirlanadi. Muximi shundaki, asarda faqat Makedoniya tarixi o’z ifodasini topib qolmasdan, o’sha davrda va undan keyin yashab o’tgan shohlar hayoti haqida ham qiziqarli voqyealar tasviri beriladi. Shuningdek, asardan Filipp II hayoti va uning harbiy yurishlari, Aleksandr Makedonskiyning Osiyo­dagi tarixiy sarguzashtlarga boy xayoti keng o’rin olgan. Hatto o’z zamonasi, Avgust asri bilan bog’liq bo’lgan voqyealar ham qalamga olnnadi.

Pompey Trogning «Filipp tarixi» asari syujeti bilan ham biz asosan Yustin asari orqali tanishamiz54. Muximi shun­daki, Yustin asarining ham ko’p sahifalari yo’qolib ketgan. Keyinchalik boshqa bir noma’lum tadqiqotchi bu asarning kam-chiliklarini, yo’kolib ketgan sahifalari o’rnini to’ldirishga harakat qilgan. Shu bilan Yustinning nomini jahonga tanitgan Pompey Trogning «Filipp tarixi» asaridir. Pompey Trogni jahonga tanitgan esa Yustinning «Pompey Trog epitomi» nomli asa- ridir. Pompey Trog haqida qisqagina ma’lumot bergan Yustin o’zi haqida lom-lim demaydi. Shu tufayli biz Yustin haqida juda' kiska ma’lumotga egamiz. Uning Avgust asridan keyin eramizning I—II asrlarida Rimda yashab o’tganligi ma’lum, holos.

Bu ikki adib o’z zamonasida unchalik katta obro’-e’tibor topmagan bo’lsa ham, Urta asrlar va Renessans davrlariga kelib, nomlari ko’pchilikka tanish bo’lib qoldi. Yustin hayotining ko’p qismi Avgust asri va undan keyingi davrlar adabiyoti va san’atining rivoji bilan bog’liqdir. Ma’lumki, eramizdan avvalgi 31 yilda o’ziga «Avgust» degan muqaddas nomni olgan Rim imperatori Oktavian adabiyot va san’atning ravnaq topishi va gullab-yashnashiga aloxida e’ti­bor bilan qaragan. Imperator zamonasining ulug adiblari va buyuk san’atkorlarini o’z qoshiga chorlab, adabiyot kechalari va san’at anjumanlari o’tkazib turardi. Jaxrn adabiyotiga Vergiliy, Gorasiy, Ovidiy kabi buyuk so’z san’atkorlarini yetkazib bergan Avgust asri yana o’zining son-sanoqsiz katta-kichik ijodkorlari bilan e’tiborga loyiq55.

Yustin o’z zamonasining adabiyot va madaniyat ahllari bilan yaqin aloqada bo’lgan. Uning «Pompey Trog epitomi» ni varaqlab chiqsak, muallifning katta iste’dod va ilm-ma’rifat egasi bo’lganligini anglaymiz. Uning Pompey Trog ijodiga alohida hurmat bilan qaraganligining o’zi fikrimizning isbotidir.

Yustin tarixni juda yaxshi bilgan, ayni paytda, mahoratli yozuvchi edi. Tarixchi sifatida Pompey Trog hikoya qilingan tarixiy voqyealarning asoslarini puxta o’rgangan va ularga o’zining munosabatini bildirgan bo’lsa, yozuvchi sifatida Pom­pey Trog asaridagi badiiy tasvirlarning davomchisi sifatida ko’zga tashlanadn. Chunki, asardan yo’qolib ketgan ko’pgina sa-hifalarning badiiy xususiyatlarini va ifoda vositalarini tiklashga harakat qilgan.

U Pompey Trog asaridagi badiiy epizodlarni o’zining mustahkam g’oyaviy pozisiyasida turib tahlil etadi. Mana shu belgi va xususiyat Yustin dunyoqarashining kengligidan, bi-limining chuqurligidan darak beradi. Aks holda, unga Pompey Trogning tarixiy romanini o’rganish va unga badiiy jilo be­rish nasib etmagan bo’lardi. Muximi shundaki, Yustin o’z sa-lafining romanini qayta kashf etadi, kerakli o’rinlarda unga badiiy jilo beradi. Hatto Pompey Trog asaridagi ayrim xom, maromiga yetmagan epizodlar Yustin ijodxonasida pishib yetiladi, yozuvchining tasvir uslubida yoritiladi.

Yustin Pompey Trogning dardiga sherik bo’lganligini, ayrim lavha-larni hamdard bo’lib, u bilan birgalikda bitganligini ko’ra-miz. Yana shunisi xarakterliki, Yustin o’ziga yoqmagan ayrim lavhalarni o’z salaflarining asaridan olib tashlagan. yoki boshqa o’rinlarda bunday badiiy lavhalarga qaytadan ishlov bergan. Ba’zi bir o’rinlarda boshqacha holatga duch kelishimiz ham mumkin. Romandagi katta-katta badiiy lavhalarni, tari­xiy voqyealar tasvirini o’zi yaratadi. Shuning uchun ham Yustin­ning xizmati Pompey Trog mehnatidan qolishmaydi. Shu tu­fayli bo’lsa kerak, Yustin nomi jahon adabiyotida katta hurmat bilan tilga olinadi. Chunki, Yustinning «Pompey Trog epitomi» asari o’ziga xos badiiy asardir. Hatto u g’oyaviy yuksakligi va badiiy go’zalligi jixatidan ayrim grek va Rim romanlaridan ustun turadi. Shuningdek, bu asar ilmiy xarakterga ega. Unda xalqlar tarixiga oid muhim ma’lumot­lar bor.

Biz uchun e’tiborli tomoni shundaki, So’g’diyona tarixi va O’rta Osiyoning antik davrlariga oid ayrim epizodlar roman­da saqlanib qolingan. Albatta, badiiy lavhalarning hammasi emas, bu davrga tegishli bo’lgan ayrim sahifalar yo’qolgan. Shunday bo’lsa ham, biz saqlanib qolgan epizodlar yuzasidan ham ona yurtimizning tarixiga oid tegishli xulosalarni chiqarib olishimiz kerak.

Pompey Trog va Yustin haqida qo’lga kiritilgan manbala-rimiz asosan shundan iborat. Bu ikkala adib hayoti va ijodi haqida yirik tadqiqot ishlari olib borgan atoqli rus olimi K. K. Zelin o’zining «Pompey Trog va uning,«Filipp tari­xi»1 asarida bir qator muhim fikrlarni aytib o’tgan. Lekin tarixiy kundaliklar Makedoniyalik shoh Filipp II davridayoq muhim hujjatlarni saqlaydigan maxsus arxiv mavjud edi.

Bu arxivda Filippning shaxsiy hayotiga oid va uning sal-tanatnga tegishli muhim hujjatlar qattiq nazorat ostida saqlanardi. Bu davlat ahamiyatiga ega bo’lgan xujjatlar ora­sida Filippning harbiy taktikasini belgilovchi, og’ir janglar tarixini o’rganuvchi va bo’lajak janglar rejasini ifodaloz-chi ma’lumotlar ham mavjud edi. Shuningdek, bu arxivda Yevro-padagi va Osiyodagi ko’pgina katta-kichik mamlakatlarning joylashuz xaritasi, jugrofiy xarakterdagi boshka sxemalar, harbiy bo’linmalarning joylashuv holati mahorat bilan ishlab chiqilgan edi. Bu xujjatlar bilan tanishgan kishi Fi­lippning katta harbiy kuchga ega ekanligiga, uning harbiy taktikasiga hayrat bilan qaramasdan iloji yo’q. Saqlanadigan hujjatlarning tuzilishi, saqlanish tartibi yosh Alek­sandrii lol qoldiradi.

U barcha ilmlar singari janglar ta­rixi bilan ham yaqindan tanishishga kiziqadi. Janglar taktikasining nazariy asoslarini o’rganishga alohida diqqat kiladi. Bunday jang tasvirlari aksariyat hollarda badiiy ifodalardan iborat edi. Jang tafsilotlari qiziq-qiziq ba­diiy epizodlarda hikoya qilingan. Aleksandr bunday lavha-larnp yoshligida berilnb o’qiydi. 12—13 yoshlar chamasida'gi Aleksandr katta qo’shinga qo’mondonlik qilib, dushman bilan bo’lgan jangda zafar qozonadi. Bo’lib o’tgan jang haqida otasp Filippga to’lib toshib hikoya kiladi. Shubhasiz, bunday g’alabaga erishishda otasi Filippning arxividagi janglar tarixiga oid xujjatlar muhim ahamnyatga ega bo’lgan.

Arxivda Osiyoning fors va arab mamlakatlariga oid ma’­lumotlar juda ko’p. Bunday ma’lumotlar grek—Rim adabiyo­tida xam istagancha topiladn. Chunki Gresiya xam, Rim xam bu mamlakatlar bilan deyarli qo’shni joylashgandn. Aleksandr davridan avval xam bu mamlakatlar o’rtasida o’zaro turli xil aloqalar mavjud bo’lgan.



Yüklə 279,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə