O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti umumiy tarix kafedrasi


Umumta’lim maktablarida O’rta osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni



Yüklə 279,62 Kb.
səhifə5/6
tarix04.12.2017
ölçüsü279,62 Kb.
#13833
1   2   3   4   5   6

2.3. Umumta’lim maktablarida O’rta osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni

mavzusini o’rganish – tajriba sinov ishi
O’rta osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni mavzusini interfaol usulda yoritishda biz trening darslarida o’qitilishini amaliyot mobaynida bir necha bor sinovdan o’tkazdik va u boshqalariga nisbatan ijobiyroq samara berdi.

Interfaol metodlarda ishlash va o’sha sharoitlarda ishlash malakalarini xosil qilish uchun treninglar tashkil etiladi. Treningda ishtirok etuvchilar ma’lum bo’lgan metodlarni o’z o’quv faoliyatlarida foydalanish uchun malaka va ko’nikmalarni xosil qiladilar. Treninglar davomida mavjud bo’lgan yangi metodlar muxokama qilinadi, o’rganiladi, ko’nikmalar xosil qilinadi. O’zlari shu asosda yangicha ishlash faoliyatiga o’rganadilar.

Umuman treninglar qo’shimcha ta’lim olishning asosiy formalaridandir. Treningning o’ziga xosligi shundaki, mutaxassisni o’z faoliyatini, qobiliyatini oshirishga yo’g’rilgan bo’ladi. O’qituvchi o’z o’quv-biluv faoliyatida vaqtdan unumli foydalanishni mustaqil ish yuritish, qarorlar kabul qilishni o’rganadi.

Mutaxassislar treningni to’rt guruhga bo’lishni tavsiya etadilar:

- o’z faoliyatini tashkil etuvchi mashg’ulotlar;

- komanda bo’lib ishlashga tayyorlanish; boshqalarni o’qitish ko’nikmasini olish; qo’shimcha ta’lim oluvchi ehtiyojini qondirish.

Trening guruhlarida ishlarni tashkil etish qoidalari qanday bo’lmogi kerak?

Birinchidan, "Shu yerda va xozir" qoidasi, guruhni tashkil etish momentida qoida, fikr, muloxazalar, jarayon kechishi hisobga olinishi kerak. Shu yusinda har bir ishtirokchining diqqat e’tiborini shaxsan o’ziga va atrofida kechayotgan voqyealarga torta olish, ishtirokchining o’zini qanday tuta olishi, ko’rsata olishiga e’tibor qaratilishi kerak.

Ikkinchidan, samimiyat va ochiqchasiga qoidasi: Shunga erisha olish kerakki, guruh a’zolari ko’zbuyamachilik va yolgondan holi bo’lishlari shart,

guruhdagi shaxslarni o’ziga ishonchi va soglom vaziyat - ishning maqsadli borishiga turtki bo’ladi. Bunday muxitni yaratish shaxslar orasidagi muloqotning samarali kechishini ta’minlaydi. Albatta guruhlarda yangi ish boshlanganda bunday vaziyatni xosil qilish mumkin. Har doim ham guruhlar ishini tashkil etishda bir-birini qo’llash, xayrixoxlik ochiqchasiga samimiy fikr bildirish imkoniyatlari bulavermaydi. Bunday holda trener har bir ishtirokchining ximoyalanganligi, ochiqchasiga o’z fikrini bayon eta olishiga muxit yaratishi kerak. Shundagina guruh ishtirokchisi muloqot jarayonida o’zi o’ylagan, aytishi mumkin bo’lgan fikrni o’sha zaxotiyoq, o’z vaqtida aytadi, bildiradi.

Uchinchidan, "Men" qoidasi56. Guruhlarda hammaning fikri undok yoki bundok, deb aytish man etiladi. Fikrlar faqat ayrim shaxslar tomonidan, uning o’z nomidan fikr-muloxazalari alohida-alohida bildirilishi kerak. Bunda bildirilayotgan fikr yoki g’oya shaxe mas’uliyatiga yuklanadi. U qanday bo’lsa shunday kabul qilinadi. Shu yusinda guruhda har bir shaxsining roli va o’rni bo’lishiga erishiladi.

To’rtinchidan, faollik qoidasi. Guruh ishida passiv kuzatuvchi bulmasligi kerak. Topshiriklar yechimida hamma katnashchilar shaxsan ishtirok etishi zarur. Agar guruh a’zolaridan birortasi faol katnashishdan bosh tortsa, uni kelgusi ishda katnashishi yoki katnashmasligini kurib chщishga to’g’ri keladi.

Beshinchidan, guruhda nima sodir bo’lsa o’z joyida qolish qoidasi. Guruhda etik talablar, ruxiy holatlarni vujudga keltirish uchun guruhda sodir bo’ladigan nourin, noto’g’ri fikrlar tanqid ostiga olinmasligi, muxokama qilinmasligi juda muhimdir. Nimaiki aytilsa, gapirilsa guruhda qolib ketishi kerak.

Trening jarayonida qo’llaniladigan metodlar

Treningni tashkil etish va o’tkazishda shunday metodlar mavjudki ular universal harakterga ega. Masalan, guruhiy munozaralar, uyin asosidagi metodlar, vaziyatlarni modullashtirish, inson sezgilarini rivojlantirish texnikalari, mediativ texnikalar va boshqalardir.

Lekin biror maqsadni ko’zda tutadigan treninglarning o’ziga xos metodlari ham mavjud.



Guruhli-munozara bu metod muammoli savollarni hamkorlikda muxokama etishda katnashchilarning nazariya va strategiyalari asosida kechadi. Bunday metodlar masalaning yechimiga turli tomonlardan qarashga muljallanadi, masalani yechimiga har bir ishtirokchi alohida fikr bildiradi va shular asosida qandaydir yechimga olib kelinadi. Trener munozarani turli savollarni kuyish asosida boshqaradai va ularni yechim sari boshlaydi. Agar guruh a’zolari biror savolni o’rtaga tashlasalar, boshqaruvchisiz o’zlari yechimini izlab topishlari ham mumkin.

Birorta ta’lim tashkilotida komandani tashkil etish maqsad qilib olinishi ham mumkin.

Trening qoidani tashkil etish buyicha munozara o’tkazish bilan boshlanishi, komanda deganda nima tushuniladi, komandaning shakllanishi qaysi kriteriyalar asosida shakllantiriladi kabi savollar muhokamasi bilan yakunlanishi mumkin. Bunda komandaning shakllanishi turlicha bo’lishi mumkin. Shunday guruhlar shakllanishi mumkinki ular shaxsiy tarkibda samarali ishlashni yoqlab chiqishlari mumkin. Bunday munozaralar komanda tuzishda diagnostika rolini uynashi va trening oldiga aniq maqsadlarni qo’yishga yordam berishi mumkin.

Trening o’tkazishni didaktik vaziyatli-rolli, ijodkorlik, faoliyatsh tashkil etish, imitasiya, ishchanlik, uyinli metodlarga bo’lish mumkin.

Treninglarni uyinli metodlar bilan o’tkazilishi juda sermaщl| yo’ldir. Guruhlarda ishlash jarayonida ishtirokchilarni o’zaro tanishtirish! uyinlari ular orasida tortishish zo’riqishlarning oldini olish, o’zini| ruxiy ximoyalashda katta rol uinaydi. Uyin faoliyatini tashkil etish gurus a’zolari orasida kiyinchilik, mulokrtlarni olib borishdagi psixologik! holatlarni yaxshilaidi. Treningning samarali kechishi yangi ko’nikmalarni egallash, kasbiy maxoratlarni ochish, ijodiy faoliyatning rivojlanishiga olib keladi. Tortinchokdikdan holi bo’lish, ochiq-oydin fikr aytish holatlariga olib keladi.

Vaziyatlarni modellashtirish. Treninglar jarayonida ishtirokchinj o’zini qanday tutishi, qanday bir kolipdagi xulki bilan ishtirok etayotganligini tushunish, kuzatishga to’g’ri keladi. Vaziyatni modellashtirishda ishtirok etuvchi jarayonning borishida o’ziga foyda yokn| ziyon keltiradigan xolatlarni ko’ra bilishi, kuzatish va tahlil qilish! ork;ali eng kulay tomonlarini ajrata bilishi zarur.

Sensorik sezgirlikni rivojlantirish texnikasi. Bu sezgirlik orsali ishtirokchilar boshqa ishtirokchini kabul qila olish, to’shunish, sezish.[ baholashga o’rganadi, o’zini-o’zligini, guruhdi to’shu na boradi.

Maxsus mashklar orqali, verbal va noverbal axborotlarni olish orqali, boshk,a odamlar uni k,anday kabul qilayotganliklarini bilish orqali I ishtirokchi o’z qarashlariga ega bo’ladi, tashki kiyofadan shaxsiy k;arashlar| shakllanishini to’shunib boradi.

Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki treningda metodlar quyidagicha bo’lishi mumkin. Komanda bo’lib ishlash, kichiq guruhlarga bo’linib ishlash, I rolli uyinlar, mini-ma’ruzalar (15 minutgacha), ular trening a’zolariga! o’quv-metodik qo’llanma materiallar tarqatish ork.ali amalga oshiriladi.

Treninglarning mazmun jihatidan yunalishlari

• Treninglarga ehtiyojni o’rganish buyicha foks-guruhdi ishini tashkil

etish, bunda tashkilotni o’rganayotganida trening roli va uni bilish.

• Trening mak,sadini belgilash va uni ximoyachi bilan kelishish. O’quv

maqsadiga k,arab trening turini tanlash.

• Treningning mazmuniga, kutilayotgan natijalariga qarab uning

davomiyligi belgilash. Vaqt hisobini olish.

• Trening korporativ xususiyati, tayyorgarlik fazolari va o’tkazish

jarayonini belgilash.

• Treningga tayyorgarlik "nimaga". "kim", "nimani", "kanon" va

"kayerda"ligining hisobini olish. Trening katnashuvchilaridan taxminiy anketalar olish.

• Trening dasturi va o’quv-metodik me’yoriy xujjatlarini tayyorlash.

• Korporativ treninglar porodokslarini olib borish, baholashni

oldindan ko’ra bilish.

• Trening olib borishda o’quv jarayoniga ketadigan taxminiy vaqt,

ishtirokchilarni joylashtirish, o’tiladigan joyni tartibga keltirish.

• Treningning boshlanishi (ochilishi) va tugallanishi (yakunlanishi).

Tabriknoma, Tanishish. O’quv jarayoniga ishtirokchilarni jalb etish metodlarini ishlab chiqish. (Ularning o’zaro muloqotini tashkil etish).

• Treningdan kutilayotgan natijalarni aniqlashtirish. Ishtirokchilar

bilan treningning so’nggi dasturini kelishib olish, trening jarayonidagi o’zaro munosabatlar konun-qoidalarini kelishish "uyin qoidalari".

• Murakkab harakterli ishtirokchilar bilan ish yuritish, o’ziga xos

ishtirokchilarning tiplarini, konfliktli vaziyatlar-simptomlarni ko’ra bilish, ularni vaqtida bartaraf etish57.

• Takdimot va qayta aloqa o’rnatish. Trening yakunida trening

ishtirokchilaridan anketa olish.

• Tajriba o’qitishning asosi. O’quv shallaridan iborat.



Trening o’tkazishning tuzilishi

Maqsadni belgilash, o’qitiladigan dasturning mazmunini belgilash; Ishtirokchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini diagnostiktaxlil qilish;

Programma mazmunini muxitga moslashtirish va trening o’tkazish metodikasini belgilash; Trening o’tkazish jarayoni. Trening natijasida olgan bilimlarini baholash.

Trener kim? U nima bilan shug’ullanadi?

Trener o’quv dasturi, trening mazmunini, trening faoliyatini olib borish, trening natijalarini baholash bilan shugllanadi. Uning bosh maqsadi mavjud bo’lgan yangi metodlarni, interfaol usullarni o’qituvchilarga o’rgatish orqali ular da yangi sharoitda, ehtiyojga muljallangan ta’lim jarayonini olib borish ko’nikmasini shakllantirad! Shu bilan barcha o’qituvchilarning interfaol usullarga, metodlarga bulga ehtiyojini o’rganib boradi. Shu asosda treninglarni ehtiyojlarga mosla loyixalash ishlarini olib boradi.

Shu bilan birgalikda trener o’quv kursi dasturini, mazmunin shakllantiradi, u bir vaqtning o’zida trener qatnashchilari hisobini oli^ jarayonni tashkil etish instro’qsiyasi, talab etilgan barcha o’qu materiallari, tarqatma materiallar, zaruriy texnik jixrzlarnish hisobini qiladi. Trener faoliyatidagi eng muhim davr trening jarayonini tashkil etj va olib borishdir. U o’quv kursining takdimoti. Amaliy sessiyala; menejmenti, munozaralar olib borish, qatnashchilardan olingan javoblarn] koordinasiya qilish, qayta aloqani o’rnatish, har bir borayotgan jarayonn] nazorat etish, vaqt, vaqtida dam berish, ularni o’quv jarayonida ruxiy ximo; qilish ijtimoiy ximoya qilish talab etiladi.

Trener trening materiallarini to’plash, tanlash, takdim etishg; yuborish kasbiy mayoratnыy namoyon etishi kerak. Ular juda oson mulokrtg, kirishuvchi suhbatdosh va tashkilotchi, kamtar inson bulmogi lozim. Albatta trening yakunida trener dan olingan natijani taxlil qil; olish, baholash kerak. Taxlillar har doim sistemali bir tizimda tashkil etilishi kerak.Trener treninglarning tashkiliy muammolarini x;al qilishi tajribasiga suyanishi, maslahat berib borishi talab etiladi.Trener yuksak kasb egasi, kommunikativ ko’nikma, yuqori malakali o’q,ituvchi, liderlik funksiyasini bajara oladigan, menejerlik darajasida rivojlangan shaxsdir.

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish trenerlarning ish faoliyatiga ko’p jihatdan bog’likdir. Interfaol metodlarni maktab ta’limiga kiritish avvalo ishni o’qituvchilarni shu jarayonga tayyorlash va malakasini oshirishdan boshlanadi. Uning uchun o’qituvchilarni tayyorlash interfaol seminar, trening, maxsus maqsadli kurslarda, doimiy harakatdagi o’quv kurslarida, ayrim hollarda shaxsiy dastur asosidagi mustaqil malaka oshirish jarayonida amalga oshiriladi.

Ularning interfaol metodlarni o’zlashtirishlari maxsus o’quv guruhlarida shakllanadi. Guruhlar va trenerlar bilan yonma-yon fasilitatorlar ish yuritadilar.

Shu munosabat bilan fasilitator kim? Uni funksiyalari nimalardan iborat degan savolga javob berish zaruriyati tugiladi.

Fasilitator davra suxbatlarini, munozara, mo’shoira, debat, seminar, treninglarni olib boruvchining - yordamchisidir.

Uning maqsadi - guruhda guruh a’zolarini kuyalash-ko’tatlash, oldida turgan vazifani bajarishga yunaltirishir. U guruh a’zolarining shaxsiy va kasbiy rivojlanishlariga kulay muxit yaratib beruvchi shaxe. Fasilitator guruhlarda o’zaro borayogan mulotkot jarayonii olib boruvchidir.

Fasilitator guruhda ishni tashkil etishda, olib borishda jarayonning samaradorligini ta’minlaydi. Uning vazifasi guruhda hamkorlikni, hamfikrlikni, ijodiy muxitni yaratish, guruhni jipslashtirish va vaqt reglamentini bopщarish. Fasilitator guruhlarni bir-birini qo’llab-kuvvatlashga, o’zaro yordam berish muxitida ish yuritishga yo’llovchidir.

Guruhlarda ishning muvaffakiyatli kechishi, sessiyalarda ishning jonli muloqotlarga boy bo’lishi fasilitatorning faolligi yoki befarqligi bilan belgilanadi. Guruhlarda sessiyalarni olib borishda ko’p kirrali ishlar yo’lga kuyilishi kerak, ruxiy holatni boshqarish, vaziyatlardan chiqa olish, ko’pchilikning diqqat-e’tiborini yunaltira olish, torta olish bilan belgilanadi.

Guruhlarda ish olib borish jarayonida uning funksiyalari quyidagicha bo’lishi ishning muvaffakiyatli kechishiga olib keladi:

Birinchi. U faoliyatga dirijyorlik qiladi. Guruhdagi har bir a’zoni payqashi, rivojlantirishi, eng kichiq g’oya o’rtaga tashlansa ham darhol uni qo’llashi kerak. E’tiborni kam tashabbusli a’zoga qaratib hammani shu g’oyani rivojlantirish, xulosalarga kelishga undaydi.

Ikkinchi. Bu faoliyat fasilitatordan "bashorat" qila olish qobiliyatini talab etadi. Ya’ni guruhdagi tugilayotgan vaziyatni payqay olish, kiska vaqtda masalani yechimi tomon burish. Erkin fikr yuritishga, tortinmasdan o’z g’oyalarini ayta olishga yo’llaydi.

Uchinchi. Fasilitator vaqt kelganda (rakkos) uyinchi hamdir. Ya’ni guruh ishini dadil, kurkmasdan o’z ketidan ergashtirishi kerak. Guruhdagi vaziyatni sekinlashtirish, tezlashtirish, jonlantirish, goxo ilgari ko’zda tutilgan ssenariyadan chiqishga ham borish mumkin. Tinib-tinchimay olga bosish uning shioriga aylanmogi zarur.

To’rtinchi. Tinib tinchimaydigan, izlanuvchan fasilitator tajriba sinov ishlarini yo’l-yo’laqay yecha oluvchi, kerak bo’lsa ilgari uchramagan, ko’zda tutilmagan yo’llarni izlab topib nestandart yo’llar bilan mantiqan o’ylab katta g’oyalar yechimini topa oluvchidir.

Beshinchi. Olmosdek qayralgan inson sifatida guruhdagi ish jarayonini biror kichiq g’oya tanlash, kutilmagan biror savol tashlash orqali sifatli, samarali kechishga yunaltiradi, maqsadga erishadi. Guruhda ijodiy, innovasion faoliyat yarata oladi.

Oltinchi. Guruh ishining borishida u aktyorlik funksiyasini bajaradi. Agar fasilitator jarayonga jon jaxdi va butun vujudi bilan kirishsa guruh ishi jonlanadi, uygonish intilish holatlari sodir bo’ladi.

Yettinchi. Fasilitator guruh ishlayotgan muxit ximoyasida bo’lishi kerak. Guruhda ishlash jarayonida, a’zolar tomonidan bildirilayotgan g’oyalar (xatto u juda arzimas bo’lsa ham) qo’llab-kuvvatlanib, e’tirozsiz ish tutilsa, guruh ishi muvaffakiyatli kechadi. Har bir aytilgan fikr va g’oyani rivojlantirib, asosiy yechim tomonga boriladi, guruhda yomon g’oya yo’q - unda biror fikr bor.

Sakkizinchi. Fasilitator qonun va qoidalar xizmatchisi. Un dan ishchanlik uyinlari jarayonida guruhlarda o’rnatilgan qoidalar, reglamentlarga kat’iy rioya ki lishni yo’lga kuyish talab etiladi.

Yuqorida biz eslatib o’tayotganimizdek darsning maksad, vazifa, pirovard natijalari oldindan rejalashtiriladi va o’quvchiga ma’lum qilinadi.




Xulosa

O’rta Osiyo haqidagi, Amudaryo va Sirdaryo bo’ylari, bu ikki daryo oralig’idagi ro’y bergan antik davr voqyealariga doir aniq ma’lumotlarni yunon va rim manbalaridan topamiz. Bu manbalar biz uchun nixoyatda bebaho asardir. O’rta Osiyo haqida hikoya qiluvchi grek va Rim adabiyoti namunalarini varaqlasak, Urta Osiyo xalqlarining madaniyati juda qadim zamonlardayoq o’ziga xos ravishda rivojlanganligining guvohi bo’lamiz. Bunday og’zaki ijod namunalari bo’lmish «To’maris» afsonasi Gerodotning «Tarix» asaridan, «Shiroq» afsonasi esa Polienning «Harbiy hiylalar» kitobidan salmoqli o’rin egallagan. «Greklar o’zlarining antik davrlari bilan, kishilikning mukammal va mumtoz namoyandalari sifatida, butun kishilik jamiyatining qadimgi davrini ifoda qiladilar.

Antik davrlarni o’rganishimizda yolg’iz arxeolo­gik qazilmalar kifoya qilmaydi, faqat ularning o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim topilmalar g’oyat go’zal va qanchalik noyob bo’lmasin, biz ularning faqat tashqi shakliga qarab fikrlaymiz, taxmin yuritamiz. Biz antik davrlarda yashagan bokalonlarimizning timsoliy shaklini emas, jonli hayotini ko’rgimiz, ular bilan dardlashgimiz keladi. Hozirgi daryolar, shaharlar, tog’lar antik davrda ham xuddi shunday bo’lganmi, ularni o’z ko’zimiz bilan ko’rsak deymiz. Buning imkoni bormi? Axir, bu haqda hyech bir yozma manbaga ega emasmizku? To’g’ri, antik davrdan bizga yozma «guvoh» yetib kelmagan. Qadim ajdodlarimiz haqida «so’zlovchi» shaharlarning qoldiqlari, go’zal san’at obidalari, bebaho arxeologik topilmalar mavjud. Shu bilan birga, bizgacha noyob yunon-rim adabiyoti namunalari ham yetib kelgan. Ushbu manbalarni o’qir ekansiz biz avlodlar qalbini bir bebaho boylik o’ziga asir etadi.

Jahonda grek adabiyotidan ma’naviy oziq olmagan bironta adabiyot topilmasa kerak. Antik dunyoning badiiy go’zalligiga asos solgan Homer ijodigina emas, shu bilan birga, Esxil, Sofokl, Evripid va Aristofan kabi so’z san’atkorlarining nodir adabiy durdonalari ham bitmas-tuganmas badiiy estetik zavq manbaidir.

Gesiod, Gerodot, Fukidid, Ksenofont kabi tarixiy nasrni go’zal sahifalar bilan boyitgan ulug’ iste’dodlarning mo’tabar nomlari ham biz uchun g’oyat qimmatlidir. Bu adiblarning asarlarida antik o’tmishning o’ziga xos qirralarini kuzatamiz.

Antik dunyoning yana bir go’zal badiiy sahifasi bo’lmish Rim adabiyoti ham yunon adabiyotidan oziq olib, uning ta’sirida rivojlandi, taraqqiy etdi. Shuning uchun ham Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go’yo qadim klassik zamonning shu’lasi bo’ldi—deyish mumkin. Antik davrning so’nggi bosqichi hisoblangan Rim adabiyoti ham insoniyatga olam-olam ma’naviy boyliklar in’om etdi. Ularda Aleksandrning harbiy yurishlari, uning oyogi yetgan joylar tasviri, jang tafsilotlari batafsil bayon qilinadi. «Kundalik» da Aleksandrning o’limidan keyingi qarama-qarshiliklarga boy bo’lgan sosial hayot, o’zaro toj-taxt uchun kurash harakatlari ham yorqin ifodalangan.

Biz uchun qimmatli sanalgan bu «Kundalik» ning mualliflari Ptolomey bilan Aristobul kim edi, degan savolning tug’ilpshi tabiiy. Bu ikki zotning o’z «Kundalik» lari bo’lgan. Ular o’z ko’zlari bilan ko’rgan, bevosita o’zlari guvoh bo’lgan voqyealarni qalamga oladi.

Ptolomey ham, Aristobul ham O’rta Osiyoda bo’lgan. Bu ikki adib O’rta Osiyoning antik davrlarndagi Girkaniya, Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona mamlakatlariga safar qilishgan. Uchta yirik davlat — Baqtriya, So’g’diyona, Xorazmda yashaganlar. Bu yerdagi elatlarni o’z ko’zi bilan ko’rgan, ularning madaniy xayoti bilan yakindan tanish bo’lgan. Gurgong’op, Murg’ox, Qunduz, Araks, Yaksart, Oks, Politimet daryolarni kechib o’tib, ularning vohasini kezgan. Bu haqda ular-o’z “Kundalik” larida qiziqarli badiiy lavhalar keltirishgan.

Ona yurtnmizning antik davrini o’rganishda mana shu ikki zotning ijodi g’oyat muhim rol o’ynaydi. «Kundalik» da tasvirlagan voqyealar anik, joylar nomi konkret, jug’rofiy holatlar jonli lavxalarda ifodalangan. Hatto «Kundalik»da berilgap tabiat manzaralari xam bizga tanish. Ayniqsa, hozirgi Uzbekiston hududini tasvirlaganda bizning qalbimizga yakin bo’lgan bo’yoqlarni ko’ramiz.

Adabiyotlar




  1. Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari. T., O’zbekiston, 1997.

  2. Karimov I. A.Tarixiy xotirasiz kelajak yuq .T.,1998,11 b.

  3. Karimov I.A.. O’zbekistonnning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li // O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O’zbekiston, 1996. – 39 b.

  4. Karimov I.A.. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz // Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T.8. – T.: O’zbekiston, 2000. – 331-332 b.

  5. Asqarov A. O’zbekiston tarixi (eng qadimgi davrlardan eramizning V asrigacha) T, 1994.

  6. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991.

  7. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994.

  8. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000.

  9. Ashirov A. Avesto”da meros marosimlar. T., 2001. –B. 10

  10. Abdullayev K.A. Kult xaomы v drevney Sentralnoy Azii.. –Samarkand.: Mejdunarodnы Institut Sentralnoaziatskix issledovaniy 2009, –S. 20,56

  11. Asqar Maxkam, Avesto Tarixiy – adabiy yodgorlik. Toshkent, 2001. Boynazarov F.O’rta Osiyoning antik davri. T., O’qituvchi 1991, 29b.

  12. Gerodot. Istoriya v devyati knigax.Kniga chetvertaya. M.,1985,219-232 s.

  13. M.Isxokov. «Avesto». Yasht kitobi. Toshkent 2001.

  14. Sagdullayev A.A. O’zbekiston tarixi. – T.: Universitet, 1999, 43 b.

  15. Boynazarov F.O’rta Osiyoning antik davri. T., O’qituvchi 1991, 29b.

  16. Gerodot. Istoriya v devyati knigax.Kniga chetvertaya. M.,1985,219-232 s.

  17. Strabon. Geografiya. V semnadsati knigax. Kniga sedmaya, glava shestaya. Tipografi Ris. Uyazsk. ., 1979 512 s.

  18. Xo’jayev A.,Xo’jayev K. Qadimgi manbalarda xalqimiz o’tmishi.T.,Ma’naviyat

  19. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994.

  20. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.

  21. Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992.

  22. Sentralnaya Aziya v Kushanskuyu epoxu, T. 2, Moskva, 1974


Elektron resurslari:

1. www. tdpu.uz

2.www.pedagog.uz

3.www.Ziyonet.uz

4.www.edu.uz

5.tdpu-INTRANET.Ped.

6. www.grain. Ru

7. www.plant protection.com




1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йуқ. – Т.:Шарқ, 1998. 12-13 б.

2Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29 б.


3 Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг қадимги давр тарихи. Т., 1994, 60 б.

Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 212-215с.



 Н.Я.Бичурин(Иакинф) Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. ,IIIқисм.М.-Л.,1950,174 с.


4 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008.

5 Адабиётлар охирида келтирилган

6 Сагдуллаев А.А. Ўзбекистон тарихи\\Т.,Университет, 1999, 43 б.

7 Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. М.,1985,219-232 с.

8 Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29б.

Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории, 1954,N2, N8, 212-215с.



9.Филанович М.И. Ташкент –Зарождения и развитие города и городской культуры \\Т., Фан, 1983 14стр.

10Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29б.

Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. М.,1985,219-232 с.





11Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008, 75 б.

12 Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 30б.

Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 212-215с.


Yüklə 279,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə