O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 484,92 Kb.
səhifə1/6
tarix23.03.2023
ölçüsü484,92 Kb.
#102964
  1   2   3   4   5   6
7-8-sinflar uchun kasbiy trening


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
respublika tashxis markazi



7-8-sinf o‘quvchilari uchun kasbiy treninglar
(umumta’lim maktabining kasb-hunarga yo‘naltiruvchi psixologning ish rejasiga ilova)

Toshkent- 2022
Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha 1-trening mashg‘uloti


Treningning borishi.
Boshlovchi: Bu dunyoda biz o‘zimiz yashayotgan tarixiy davrni, ota-onamizni yoki o‘sha bolalik davrimizni tanlay olmasligimiz mumkin. Boshqa narsalarni esa o‘z hayotimizda u yoki bu ma’noda tanlashimiz mumkin. Va bu tanlovning eng ma’suliyatlisi, bizning taqdirimizni belgilab beradigan kasb tanlash hisoblanadi. Kasbni to‘g‘ri tanlash uchun 3 ta jihatga etibor qaratish lozim:
Birinchidan, sizning kasbiy qiziqish va layoqatingiz qanday, biz buni qisqa qilib “hohlayman” deb ataymiz;
Ikkinchidan, o‘zingizning kasbiy muhim sifatlari bo‘lgan, ya’ni salomatligingiz, malakangiz va qobiliyatingiz, ya’ni sizning kasbiy yaroqliligingiz va imkoniyatlaringizni “uddalayman” deb ataymiz;
Uchinchidan, mehnat bozorida qanday kasblarga ehtiyoj mavjudligi, ularning qaysi biri istiqbolga ega, qanday kasblar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, bugungi kunda jamiyatga qanday kasblar “kerak”.



Agar bu uch komponentni birlashtirsakkina kasbiy tanlov to‘g‘ri bo‘lib, insonning mehnat faoliyati tadqiqot natijalariga ko‘ra 100% ga samarali bo‘ladi. Agar tanlangan kasbga qiziqish bo‘lmasa 85% ni tashkil etadi. Agar qiziqish va qobiliyat, kasbiy faoliyatda ayrim malaka va ko‘nikmalar bo‘lmasa bu holatda foyda faqatgina 30% ni tashkil etadi.


Tanishish.
Boshlovchi: Hozir esa tanishib olamiz. Tanishishni “Mening kasbim” deb nomlaymiz. Bunda o‘zimiz yoqtirgan kasbni va shu kasb egasi uchun asosiy bo‘lgan sifatlarni aytib o‘tish talab etiladi.
Masalan; Mening ismim Sevara va menga shifokor kasbi yoqadi. Bu kasb egalarida insonparvarlik, ozodalikka rioya qilish hamda birovning dardiga sherik bo‘la olish kabi sifatlar mujassamlashgan. Barcha ishtirokchilar aylana bo‘lib aytib chiqadilar. “Kasb” so‘zini eshitganingizda nimani tasavvur etasiz, boshlovchi javoblarni eshitib savol beradi o‘zining qiziqishi va qobiliyatiga mos kasbni tanlagan insonni qanday tasavvur etasiz.

Yüklə 484,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə