O‘zbеkistоn rеspublikаsi xаlq tа’limi vаzirligi rеspublikа tа’lim mаrkаzi



Yüklə 78,59 Kb.
səhifə1/3
tarix29.08.2018
ölçüsü78,59 Kb.
#65398
  1   2   3




http://maktabim.uz/ http://azamat.moy.su/

O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI XАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI

RЕSPUBLIKА TА’LIM MАRKАZI

2016-2017 O‘QUV YILIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM

MAKTABLARINING BITIRUVCHI 9-SINF O‘QUVCHILARI

UCHUN ONA TILI, CHET TILI, TARIX, JISMОNIY TАRBIYA

FАNLARIDАN YAKUNIY NAZORAT IMTIHON

MATERIALLARI VA METODIK

TAVSIYALAR

TОSHKЕNT – 2017

Imtihon materiallari va tavsiyalar Respublika ta’lim markazi qoshidagi ilmiymetodik kengashlar tomonidan muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.

Maktab metod birlashmalari imtihon biletlariga 15-20 % hajmda o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Tuzuvchilar:

Ona tili

G. Ziyodullayeva –RTM, filologiya fanlari bo‘limi bosh metodisti.

Tаrix

Sh.Safarova –RTM, ijtimoiy-iqtisodiy bilim asoslari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi bosh metodisti.

Chet tili

Х.Isakdjanova – RTM, xorijiy tillar bo‘limi boshlig‘i.

Jismoniy tarbiya

Q.Mavlonov - RTM, Musiqa, san’at, mehnat ta’limi, jismoniy komolot va salomatlik bo‘limi bosh metodisti.

.


Imtihon materiallarini ko‘paytirib tarqatish taqiqlanadi.

So‘zboshi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010- yil 8- iyundagi 23 va 11/QQ –son qarori bilan tasdiqlangan “ 5-9 - sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yili tamom bo‘lganidan so‘ng bosqichli nazoratlar va bitiruvchi sinflarda o‘qish tamom bo‘lganidan so‘ng yakuniy nazorat o‘tkaziladi. Bosqichli nazorat natijalariga ko‘ra o‘quvchining reytingi aniqlanadi va uni navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Bosqichli va yakuniy nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi. Materiallarga ijodiy yondashgan holda o‘quv fani o‘qituvchilari bosqichli nazorat materiallariga o‘zgartirish kiritishi va ularni uslubiy birlashmalar muhokamasidan o‘tkazib, joriy etishlari mumkin.

O‘quvchilarning bilimini baholash ularning o‘quv fani mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi, mavzuning mohiyatini tushunib yetishi va aytib bera olishi, olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi, mustaqil mushohada yurita olishi, ijodiy fikrlay olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalarni yecha olishi va amaliy topshiriqlarni bajara olishi kabi mezonlarga qarab amalga oshiriladi.

Metodik tavsiyada har bir fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda nazoratlarni yozma yoki og‘zaki holda o‘tkazilishini nazarda tutib, imtihon materiallari keltirilgan. Har fan bo‘yicha o‘quvchilarning javoblarini baholash bo‘yicha ball meyorlari berilgan. Ular namunaviy bo‘lib, o‘qituvchi undan ijodiy foydalanishi kerak.

Fanlar chuqur o‘rganiladigan maktab(sinf)lar uchun mazkur imtihon materiallariga qo‘shimcha ravishda savollar kiritiladi. Qo‘shimcha savollar fan o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanib, tegishli uslubiy birlashma tomonidan muhokamadan o‘tkaziladi va maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.



IX SINF BITIRUVCHILARINING YAKUNIY ATTESTATSIYASI BO‘YICHA TAVSIYA

O‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari uning og‘zaki nutqida namoyon bo‘lishi bilan birgalikda u yaratgan matnda ham aks etadi. 9- sinfda asosiy ko‘rsatkich fikrni mantiqiy izchillikda ona tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ravon va to‘g‘ri bayon eta olish malakasi, fikr bayon etilayotgan soha bo‘yicha o‘quvchining bilimlari kengligi va chuqurligi, tuzgan matnining imloviy (talaffuziy), uslubiy savodlilik darajasi bilan belgilanadi. Shu sababli IX sinf bitiruvchilari ona tili fanidan yakuniy attestatsiyada ijodiy bayon yozadilar.



Ijodiy bayon ta’limiy bayonning murakkab turlaridan biri. Ijodiy bayon tanlangan matn mazmuniga o‘quvchining ijodiy yondashishi jihatidan bayonning boshqa turlaridan farq qiladi. Ijodiy bayon o‘quvchilarni tanlangan matnning badiiy jihatdan aniq va puxta, mantiqiy izchil, ijtimoiy hayot va voqelik bilan bog‘liq holda yoritishga, mustaqil ijodiy fikrlashga, ona tilining boy ifoda vositalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish, yozma nutq malakalarini tarkib toptirish va savodxonlik darajasini oshirish, bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida yoziladi.

Ijodiy bayonda ko‘proq badiiy, ma’naviy-ma’rifiy masalalar, ijtimoiy va siyosiy hayot, fan va texnika yangiliklari, fanlararo bog‘liqlik to‘g‘risidagi mavzular yoritiladi.



O‘quvchilar bayonning quyidagi turlaridan foydalanib ijodiy bayon yozadilar: matnga badiiy tasvir vositalarini kiritish orqali ijodiy bayon yozish.

boshlab berilgan matnni o‘z fikr-mushohadalari asosida davom ettirish matn shaxsini o‘zgartirib ijodiy bayon yozish

grammatik topshiriqli ijodiy bayon

Ijodiy bayon yozish jarayonida o‘quvchilar quyidagilarga e’tibor berishlari lozim:

matnning mazmun-mohiyatini chuqur anglab olishi, nima haqda yozish kerakligini bilishi;

matn mavzusiga oid ma’lumotlarni eslab qolishi; matn rejasini (sodda) tuzishi; reja asosida asosiy fikrlarni aniq , ketma-ket bayon etilishiga erishishi; matndagi voqea-hodisalarni atroflicha mushohada etgan holda yoritishi; mavzuga doir o‘z mustaqil fikr-mulohazalarini yozishga erishishi; jumlalarni tuzishda uslubiy ravonlikka, imlo savodxonligiga e’tibor berishi; ijodiy bayon qoralama nusxasi tayyor bo‘lgach, uni qayta o‘qib chiqishi; tayyor bo‘lgan yozma ishni oqqa ko‘chirishi.

Bayon matnlari ko‘p variantli tarzda tayyorlanadi. Har bir variantda bittadan matn bo‘lib, har bir matn bilan birga ijodiy bayon yozishning bir turi asosidagi topshiriq beriladi. Bir o‘quvchi havola etilgan variantlardan (konvertdan) bittasini tanlab oladi. Tanlab olingan konvertdagi matn mavzusi doskaga yozib qo‘yiladi. Ijodiy bayon uchun berilgan topshiriq ham doskaga yozib qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan ijodiy bayon matni bir (lozim bo‘lsa ikki) marta o‘qib eshittiriladi. O‘quvchilar eshitgan matn yuzasidan berilgan topshiriq asosida ijodiy bayon yozadilar. Ijodiy bayon hajmi kamida 3,5 bet bo‘lishi lozim.



Ijodiy bayon yozish uchun 3 astronomik soat beriladi.

Ijodiy bayon matnlari o‘qituvchi tomonidan tanlanadi va maktab metod birlashmasida muhokama qilinib ma’qullanadi. Ma’qullangan materiallar maktab rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining IX sinflarida o‘quvchilarning ta’lim tayyorgarligi darajasini baholashning reyting tizimiga ko‘ra ijodiy bayon quyidagi umumlashtirilgan BKM elementlari asosida tekshiriladi va baholanadi.

Bunda ijodiy bayon uchun ikkita baho, jumladan, mazmuniga va savodxonligiga (5 /5 tarzida) qo‘yiladi.



Bayonni baholash mezoni:

T/r

Bilim, ko‘nikma, malakalar

mazmuni

savodxonligi

1.

Reja mavzuga muvofiq tuzilgan, matn mazmuni to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa; so‘z








boyligi, ifoda qurilishi va uslubi adabiy til

talablariga mos bo‘lib; mazmun va ifodada bir ikki xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;

savodxonlikda qo‘pol bo‘lmagan bitta imlo

yoki ikkita ishorat xatosi bo‘lsa; uslubiy xato bo‘lmasa.



5 ball

5 ball

2.

Matn reja asosida yoritilib, so‘z tanlashda va ifoda qurilishida har xillik bo‘lsa; mazmun va ifodada kamchilik bo‘lib, savodxonlikda 2

imlo, 2 ishorat va ikkitagacha uslubiy xato mavjud bo‘lsa.



4 ball

4 ball

3.

Mavzu to‘liq yoritilmagan, mavzudan qisman chetga chiqilgan bo‘lsa; aniq voqealar izohida

nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; so‘z boyligi va ifoda tuzilishida nochorlik sezilib tursa;

savodxonlikda 3 tagacha imlo, 4 tagacha ishorat, 3 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.


3 ball

3 ball

4.

Matn mazmuni ko‘p buzilgan bo‘lsa; ish rejaga mos bo‘lmasa, fikr bayoni va qurilishida kamchilik bo‘lsa, fikrlar bir-biriga bog‘lanmasa; so‘z boyligi sayoz bo‘lib; mazmun va ifodada 56 tagacha nuqsonga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; savodxonlikda 7 tagacha imlo, 7 tagacha ishorat va 7 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.

2 ball

2 ball

5

Me’yorlash «2» ball uchun belgilangan mezondan oshsa.

1 ball

1 ball



IJODIY BAYON UCHUN MATNLARDAN NAMUNA

Ilm

Ilm deb o‘qimoq, yozmoqni yaxshi bilish, har bir kerakli narsalarni o‘rganmoqni aytiladi. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatadi. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qiladi.

Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Chunki ilmsiz kishilar ota-onasiga, qarindoshurug‘iga, yor-do‘stiga, din va millatiga foyda yetkaza olmaydi. Ilmning foydasi shu qadar ko‘pdir-ki, ta’rif qilgan bilan ado qilish mumkin emas. Bizni madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosiga chiqaradi, yomonlikdan qaytaradi, yaxshi xulq va odob sohibi qiladi. Zeroki butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, himmatimiz, yaxshi yashashimiz, g‘ayratimiz ilmga bog‘liqdir. O‘qigan olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shuning uchun o‘qimog‘imiz va doimo o‘rganmog‘imiz lozim.

( A. Avloniy, «Turkiy guliston yoxud axloq»)

Topshiriqlar:


  1. Matn mazmunini so‘zlab bering.

  2. Matn rejasini tuzing.

  3. To‘plagan materiallaringiz asosida til haqidagi o‘z fikrlaringizni qo‘shib, to‘liq bayon yozing



Sarishtalık – noyob fazılat

Uy tartibi, intizomi, saranjomligi, asosan, oila bekasining zimmasida bo‘lishi tabiiy. Bunga e’tiroz yo‘q, lekin oilada zahmatkash onadan boshqa hech kim yo‘qmi? Ishga yaroqli boshqa erkaklar, o‘g‘il bolalar-chi? Nahotki hamma ish oila bekasiga tashlab qo‘yilsa. Bu vijdon burchidan faqat qo‘lidan ish kelmaydigan kichkina bolalar-u qarilargina ozod, xolos. Supurgi hamma vaqt bir yerda tursin! Pichoq, sanchqi, qoshiq, taqsimcha, lagan, kosa, xullas, shularga o‘xshash narsalarni doimo tayinli joyga qo‘yinglar. Qaychi, ip, tugma, ignalarni hamma vaqt bir joyda saqlang, olib ishlatgandan keyin yana joyiga keltirib qo‘ying. Ko‘zga xunuk narsalarni ko‘zdan qochirishga harakat qiling. Yana bir xil oilalarda oshxonadagi idishlari yuvilmasdan pashsha bosib yotadi, qani endi parvoyiga kelsa? Bolalar! Bilib qo‘yinglar, har qaysi inson saranjom, toza, tartibli bo‘lishi kerak!

( Mirzakalon Ismoiliy, «Inson husni») Topshiriqlar:


    1. Matn mazmunini so‘zlab bering.

    2. Matn rejasini tuzing.

    3. Saranjom –sarishtalik haqida o‘z fikrlaringiz va matn mazmuni asosida bayon yozing.

Yuksak fazilatlar sohibi

Har bir ulug‘ shoir yoki yozuvchi, olim va san’atkor ayni vaqtda ulug‘ insondir. Shuning uchun bunday ijodkorlarning asoslarini o‘qish, o‘rganish bilan cheklanib qolmasdan, ularning shaxsiy hayotini ham bilish, ularning hayotini ijodi bilan qo‘shib o‘rganish kerak.

Alisher Navoiy ham shunday buyuk siymolardan edi. Ulug‘ shoir shaxsiyatida birinchi ko‘zga tashlanadigan narsa bu uning o‘ta yuksak zehn va qobiliyat egasi ekanligi edi. U juda erta – to‘rt-besh yoshlarida o‘qish, yozishni o‘rganib oldi, she’riyatga mehr qo‘ydi.

Navoiydagi bu noyob qobiliyat undagi mehnatsevarlik sifati bilan qo‘shildi. U o‘z umrining hamma davrlarida mehnat qildi.

Navoiy o‘ta saranjom va sarishtalik bilan, intizom va izchillikda ish ko‘rar edi. Shuning uchun ham bizga uning adabiy merosi deyarli to‘la holda, hatto qit’a va fardlarigacha yetib kelgan.

(A. Hayitmetov. “Navoiyxonlik suhbatlari”) Topshiriqlar:



  1. Matn mazmunini so‘zlab bering.

  2. Matn rejasini tuzing.

  3. Yuksak fazilatlar haqida o‘z fikrlaringiz va matn mazmuni asosida bayon yozing

Kamtarlık

Kamtarlik – inson qiyofasini bezovchi bebaho fazilatlardan biri. Haqiqiy kamtarlik, insonparvarlik, odamiylik kabi xislatlar bilan uzviy bog‘liqdir. Kamtar odam o‘zini hech qachon mehnatkash xalqdan ustun qo‘ymaydi. Xalq bilan doimo bir tan, bir jon bo‘lib yashaydi. Oilada, turmushda, yurish-turishda, kiyinishda oddiy odamlarga nisbatan samimiy munosabatda bo‘ladilar.

«Kamtar kam bo‘lmas», «Kamtarga kamol», – deydi dono xalqimiz. Isbot talab qilmaydigan bu haqiqat ming yilliklarning sinovidan o‘tib kelmoqda. Shu bois, kuyunchak birodarlarimiz o‘z yaqin qadrdonlariga doimo kamtar bo‘l, kamsuqum bo‘l, kam bo‘lmaysan deb nasihat qiladilar. Chinakam kamtar, chinakam kamsuqum kishilardan har qanday buyuklikni, har qanday fidoyilikni kutish mumkin. Chunki, undaylar ota-ona-yu do‘st – birodarlarga samimiy mehr-muhabbat ko‘rsatishni, ko‘zlagan maqsad sari sabr-u bardosh bilan intilishni o‘z hayotlarining mazmunmohiyati deb biladilar.

( U. Mahkamov, «Axloq-odob saboqlari»)



Topshiriqlar:

  1. Matn mazmunini so‘zlab bering.

  2. Matn rejasini tuzing.

  3. Kamtarlik haqida o‘z fikrlaringiz va matn mazmuni asosida bayon yozing.



TARIX 9-SINF

Tushuntirish xati

“Tarix” fanidan yakuniy attestatsiya imtihonlari uchun taklif etilayotgan mazkur topshiriqlar umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida tayyorlangan. Ushbu topshiriqlar biletlarda aks ettirilgan bo‘lib, har bir biletda to‘rt yo‘nalishdagi mavzu asosida to‘rttadan savol beriladi: Topshiriqlar quyidagi mazmunda tuziladi.



    1. Jahon yoki O‘zbekiston tarixida mavjud bo‘lgan biror-bir joy nomi bilan bog‘liq bo‘ladi.

    2. O‘zbekiston va Jahon tarixi darsida o‘rganiladigan tarixiy me’moriy inshootlardan biri beriladi.

    3. Biletdagi uchinchi topshiriq dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxslaridan biri haqidagi savoldan iborat bo‘ladi.

    4. O‘zbekiston va Jahon tarixi darsida o‘rganiladigan mavzulardagi atamalarga izoh beriladi.

Birinchi savol bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

1.

Joy nomining ma’nosi yoki mazmunini ayta olishi

1 ball

2.

Qayerda joylashganligini haritadan ko‘rsata olishi

1 ball

3.

Hududning qaysi tarixiy davrlarda shu nom bilan atalganini bilishi

1 ball

4.

Shu hudud bilan bog‘liq biror tarixiy voqeadan misol keltirishi

1 ball

5.

Joyning geografik makoni haqida ma’lumot bera olishi

1 ball



Jami:

5 ball

Ikkinchi savol bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

1.

Obida qayerda bunyod etilganligini to‘g‘ri aytishi

1 ball

2.

Obida qurilgan sanasi yoki davrini to‘g‘ri aytishi

1 ball

3.

Obidaning qayerda joylashganligini (haritadan ko‘rsata olsa) ko‘rsata olishi

1 ball

4.

Obidaning o‘ziga xos ko‘rinishini tasvirlay olishi

1 ball

5.

Obidaning qanday maqsadda qurilganligini to‘g‘ri aytishi

1 ball



Jami:

5 ball

Uchinchi savol bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

1.

Tarixiy shaxsning yashagan yillari (yoki davri)ni to‘g‘ri aytishi

1 ball

2.

Tarixiy shaxsning hayoti haqida xronologik tarzda xronologik tarzda ma’lumot berishi

1 ball

3.

Qaysi fan yoki madaniyat sohalarida ijod qilganligi haqida ma’lumot berishi

1 ball

4.

Tarixiy shaxsning asarlari yoki amalga oshirgan ishlarini aytib o‘tishi

1 ball

5.

Tarixiy shaxsning insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida

fikr bildirishi



1 ball



Jami:

5 ball

To‘rtinchi savol bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:



1.

Tarixiy atamaning ma`nosini tushunishi.

1 ball

2.

Tarixiy atamaga to‘g‘ri va to‘liq izoh bera olishi

1 ball

3.

Tarixiy atama bilan bog‘liq qo‘shimcha ma`lumotlar bera olishi

1 ball

4.

Tarixiy atama qo‘llanilgan tarixiy voqealardan misollar keltira olishi

1 ball

5.

Tarixiy atamaning qaysi tildan kelib chiqqanligini bilishi

1 ball



Jami:

5 ball



Izoh: har bir yo‘nalish bo‘yicha ballar yaxlitlanib (Bunda yaxlitlangan ball 4,5 dan past bo‘lsa – 4 baho, yuqori bo‘lsa – 5 baho. Masalan: 5+4+5+4=14:3=4,6 yaxlitlansa 5 baho, 4+4+5+4=13:3=4,3 yaxlitlansa 4 baho), yakuniy attestatsiya imtihoni sinovining yakuniy bali sifatida sinf jurnalining “O‘zbekiston tarixi” sahifasiga qo‘yiladi. O‘quvchilarga bilet olganlaridan keyin tayyorgarlik ko‘rishlari uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.

Imtihon savollariga maktab metodbirlashmasi qarori bilan tuzatishlar, qo‘shimchalar va takliflar kiritilishi mumkin. Imtihon topshirish jarayonida o‘quvchi o‘z fikrini faqat darslik materiallari asosida emas, balki boshqa manbalarga tayangan holda ham bayon qilishi mumkin. Shuningdek, tarix fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinf va maktablarda imtihon biletlari 5 ta savoldan iborat bo‘ladi. Tarix fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinf va maktablarning imtihondagi beshinchi savollari o‘qituvchi tomonidan tuzilib, maktab metodbirlashmasi tomonidan tasdiqlanadi. Savol tuzishda umumta’lim maktablarida maxsus kurs sifatida o‘qitiladigan Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli asarlari hamda “Dunyo dinlari tarixi” darsliklariga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Beshinchi savol yuzasidan baholash mezoni ham maktab metodbirlashmasi tomonidan shakllantiriladi.



1-Bilet

  1. Mayalar davlati haqida so‘zlab bering.

  2. Bog‘doddagi Bayt-ul hikma (Donishmandlar uyi) to‘g‘risida ma`lumot bering.

  3. Al-Farg‘oniyning hayoti va faoliyati.

  4. “Parlament” atamasiga izoh bering.



Yüklə 78,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə