O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Uglerodning tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati, Uglеrodning fizik xossalari, Uglеrodning kimyoviy xossalari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə10/11
tarix20.03.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#102855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloya

Uglerodning tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati, Uglеrodning fizik xossalari, Uglеrodning kimyoviy xossalari.
Tabiatda tarqalishi. Uglerod tirik organizmlarning asosiy tarkibiy qismidir. Neft, tabiiy gaz, torf, ko`mir, yonuvchi slanes kabi foydali qazilmalar uglerodning turli xil birikmalaridir. Ayniqsa toshko`mir uglerodga eng boy tabiiy foydali qazilmadir. Yer sharida juda ko`p tarqalgan ohaktosh CaCO3 va dolomit CaCO3-MgCO3 lar ham uglerodning tabiiy birikmalaridir.Uglerodning Yer qobig`idagi miqdori O,O23% ni tas ikkil qiladi. Atmosferasida karbonat angidrid uchraydi, u o`simliklarning yashil barglarida fotosintezlanib turli xildagi uglevodlarga aylanadi. 6CO2 + 6H2O = C6H12O6 + 6O.Fotosintez natijasida hosil bo`lgan C6H12O6 dan o`simliklarning tanasini (poya, yog`och) tas ikkil qiluvchi selluloza, kraxmal (bug`doy, sholi, kartoshka), disaxaridlar (shakarqamishda, qand lavlagida), glukoza va fruktoza (mevalarda, uzumda) hosil bo`ladi.Fizik xossalari. Uglerod har qanday allotropik shakl o`zgarishida ham hidsiz, ta'msiz, qiyin suyuqlanadigan va odatdagi erituvchilarda erimaydigan modda. Suyuqlanish harorati 355O°C (olmos), qaynash harorati 483O°C (sublimatlariadi);zichligi 3513 kg/m3 (olmos), 226O kg/m3 (grafit); izotop soni 8 (9->16). Adsorbsiya. Pistako`mir yuqori adsorbsiyalovchi xossaga ega.Adsorbsiya - bir modda yuzasiga ikkiuchi moddaning yutilishi.Adsorbent - yuzasida yutilish jarayoni yuz beradigan modda. Suyuqlik yoki qattiq jismlar sirtida boshqa moddalarning molekulalari, atomlari, ionlarining yutilishi adsorbsiya deyiladi. Moddaga tashqi muhitdan boshqa moddalarning yutilishi sorbsiya deyiladi. o`z sirtiga boshqa moddalarni yutgan modda adsorbent, yutilgan modda adsorbtiv deyiladi.Adsorbsiya qobiliyati yuza maydoniga bog`liq bo`ladi. Ko`mirning adsorbentlik xossasini kuchaytirish uchun uni o`ta qizigan suv bug`i bilan faollashtiriladi. Bunda ko`mirning g`ovak bo`shliqlarini to`ldirib turgan moddalar chiqarib yuborilib, yutish yuzasi orttiriladi. Faollashtirilgan ko`mir havodagi va gazlar aralashmasidagi uchuvchan zaharli moddalarni yutishda (protivogaz); inson organizmidan zararli moddalarni tozalashda (qonni, hazm organlarini tozalash); oziq-ovqat mahsulotlarini (yog`-moylarni) tozalashda ishlatiladi.N.D.Zelinskiy biriuchi jahon urushi yillarida zaharli kimyoviy moddalarga qarshi aktivlashtirilgan ko`mirdan foydalanib, protivogazni ixtiro qildi. Zelinskiyning bu kashfiyoti yuz minglab jangchilar hayotini saqlab qoldi.Kimyo sanoatida katalizatorlar sifatida ishlatiladi.Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda uglerod uucha faol emas. Qizdirilganda ko`plab moddalar: kislorod, oltingugurt, azot, metallar, metall oksidlari bilan ta'sirlashadi; uglerod ftor bilan bevosita ta'sirlashadi (boshqa galogenlar bilan ta'sirlashmaydi). 2F2 + C = CF4 (uglerod (IV)-ftorid).Uglerod tabiatda erkin holda va birikmalar tarkibida uchraydi. Minerallar tarkibida, asosan, karbonat kislota tuzlari holida bo`ladi, masalan, kalsit (ohaktosh) CaCO3 va dolomit CaCO3-MgCO3 lar karbonat kislota tuzlaridir. Havoda uglerod karbonat angidrid - CO2 (uglerod(IV)-oksid) shaklida uchraydi. Uglerod - tirik tabiat, o`simlik va hayvonot olamining hamda ko`mir, neft, torflar asosini tas ikkil qiladi.Uglerod erkin holda grafit va olmos shaklida uchraydi. Ular atom kristall panjarali qattiq moddalardir. Kristall panjaralar tuzilishi fizik xossalari bilan farq qiladi. O`zbekiston ko`mir zaxiralari bo`yicha Markaziy Osiyoda ikkiuchi o`rinda turadi.Ko`mir Angren, Sharg`un va Boysun konlaridan qazib olinadi. o`zbekistonda ko`mirning geologik zaxiralari 2 milliard tonnadan ortiq.Azot atmosferasida ikki grafit elektrodi orasida elektr yoyi razryadi o'tkazilganda, clisian (CN), hosil bo'ladi:2C + N2 = (CN),Metallar uglerod bilan karbidlar hosil qiladi: Ca + 2C = CaCKarbidlar uglerodning metall oksidlari bilan ta'sirlashuvida ham hosil bo'ladi: 2A12O3 + 9C = A14C3 + 6CO CaO + 3C = CaC2 + CO.Ba'zi metall karbidlari suv yoki kislotalar bilan ta'sirlashadi va bunda uglerodning turli tarkibdagi vodorodli birikmalari (asetilen, metan) hosil bo'ladi:
CaC2 + 2H2O = Ca(OH)2 + C2H2 (asetilen) Al4C3 + 12HC1 = 4A1C13 + 3CH4 (metan). Oraliq metallar karbidlari (titan, volfram, temir, nikel va boshqa.) qimmatbaho xossalarga: elektr o'tkazuvchanlik, qattiqlik, yuqori haroratlarga chidamlilik, kimyoviy barqarorlik kabi xususiyatlarga ega.FeO + С = Fe + CO.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda D.I.Mendeleyevdan oldin olib borilgan ishlarning xech birida kimyoviy elementlar orasida o'zaro uzviy bog'lanish borligi topilmadi. Xech kim elementlar orasidagi o'xshashlik va ayirmalar asosida kimyoning muxim qonunlaridan biri turganligini D.I.Mendeleyevgacha kashf etolmadi. Chukur ilmiy bashorat va ilmiy izlanishlar natijasida D.I.Mendeleyev 1869 yilda tabiatning muxim qonuni-kimyoviy elementlarning davriy qonunini ta'rifladi. U ta'riflagan davriy qonun va uning grafik ifodasi - davriy jadval xozirgi zamon kimyo fanining fundamenti bo'lib koldi. D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning kupchilik xossalari shu elementlarning atom og'irligiga bog'liq ekanligini topdi. D.I.Mendeleyev usha zamonda ma'lum bo'lgan barcha elementlarni ularning atom og'irliklari ortib borishi tartibida bir qatorga kuyganida elementlarning xossalari 7 ta, 17 ta va 31 ta elementdan keyin keladigan elementlarda kaytarilishini, ya'ni davriylik borligini kurdi. Masalan,litiydan ftorga utganda atom og'irlik ortib borishi bilan elementlar va ular birikmalarining kimyoviy xossalari ma'lum qonuniyat bilan uzgarib boradi. Litiy tipik metall; undan keyin keladigan berilliyda metallik xossalar ancha kuchsiz ifodalangan. Berilliydan keyingi element - bor metallmaslik xossalarini namoyon qiladi. Ugleroddan ftorga utganda metallmaslik xossalari kuchayadi, ftor eng tipik metallmas sifatida topilgan elementdir, ftordan keyingi element - natriy (usha zamonda neon xali ma'lum emas edi) – uz xossalari bilan litiyga o'xshaydi. Uning oksidi Na2O uz shakli bilan litiy oksid Li2O ga o'xshashdir.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə