O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


b) Elementlarning solishtirma massasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə4/11
tarix20.03.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#102855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloya

b) Elementlarning solishtirma massasi, suyuqlanish temperaturasi, elementlar oksidlarining suyuqlanish temperaturasi va boshqa fizik xossalari ham davriy munosabatda o‘zgaradi.
v) Elementlarning atom radiuslari ham davriy suratda o‘zgaradi. Kristall modda tarkibidagi ikki atom markazlararo masofani hozirgi vaqtda turli fizik usullar yordamida juda aniq topish mumkin. Faraz qilaylik, ixtiyorimizdagi kristall modda biror element atomlaridan iborat bo‘lsin. U holda ikki qo‘shni atom markazlariaro masofani ikkiga bo‘lsak, o‘sha element atomining effektiv radiusi kelib chiqadi. Bu radius atomning haqiqiy radiusidan qisman katta yoki kichik bo‘lishi mumkin, chunki uni hisoblashda bir atom ikkinchi atomga faqat tegib turadi, deb faraz qilinadi va ular elektron bulutlarining o‘zaro qoplashishi natijasida yadrolar orasidagi masofa aniq hisoblanmay qoladi.
Atomlarning o'lchami, ionlanish energiyasi, elektronga moyilligi, elektrmanfiyligi, oksidlanish darajasi kabi xossalari atomning elektron konfiguratsiyasi bilan bog'liq. Elementning tartib raqami ortishi bilan bu xossalarning o'zgarishida davriylik kuzatiladi.
Atomlarning qat'iy muayyan chegarasi bo'lmaydi, bunga sabab elektronlarning to'lqin tabiatli ekanligidir. Hisoblashlarda effektiv yoki shartli radiuslar degan tushunchalardan, ya'ni kristall hosil bo'lishida bir-biriga yaqinlashgan sharsimon atomlarning radiuslari-dan foydalaniladi. Odatda ular rentgenometrik ma'lumotlardan hisoblab topiladi.
Atomning radiusi — uning muhim xarakteristikasidir. Atom radiusi qancha katta bo'lsa, tashqi elektronlar atomda shuncha zaif tortib turiladi. Aksincha, atom radiusi kichrayishi bilan elektronlar yadroga kuchliroq tortiladi.
Davrda atom radiusi chapdan o'ngga tomon kichrayib boradi. Bunga sabab yadroning zaryadi ortishi bilan elektronlarning tortilish kuchi ortishidir. Gruppachalarda yuqoridan pastga atom radiusi kattalashib boradi, chunki

qo'shimcha elektron qavat qo'shilishi natijasida atomning hajmi va demak, uning radiusi kattalashadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə