O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə8/11
tarix20.03.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#102855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloya

Klеchkovskiyning 2 - qoidasi:
Agar bеrilgan ikki holat uchun l+n yig’indisi bir xil bo’lsa, bosh kvant soni kichik bo’lgan holat minimal qiymatga ega bo’ladi.
Atomda elektronlarni pogonachalarga joylashtirishda qo’yidagi uch qoidani nazarda tutish kеrak:
1. Har qaysi elektron minimal enеrgiyaga muvofiq kеladigan holatni olishga intiladi.
2. Elektronlarning joylanishi Pauli prinsipiga zid kеlmasligi lozim.
3. Ayni pog’onachada turgan elektronlar mumkin qadar ko’proq orbitallarda juftlashmaslikka intiladi (Gund koidasi).
Qo’zg’almagan atom orbitallarining elektronlar bilan to’lish tartibi qo’yidagicha: avval eng kam energiya orbital, so’ng energiyasi ko’proq bo’lgan orbital to’ladi. Atom elektron orbitallarining to’lish tartibining bosh va orbital kvant sonlari qiymatlariga bog’liqligini V.M.Klеchkovskiy o’rgangan. Klеchkovskiy bu ikqila kvant sonni qiymatining yig’indisi (n+l) oshishi bilan elektron energiyasi ham oshishini aniqladi va qo’yidagi birinchi qoidani kashf etadi:
Atom yadrosining zaryadi oshib borganda elektronlar oldin bosh va orbital kvant sonlari yig’indisi (n+l)ning qiymati kichik bo’lgan orbitalni to’ldiradi, so’ngra bu qiymat katta bo’lgan orbitalni to’ldiradi. Masalan, kaliy va kalsiy atomlarining elektron tuzilishi bu qoidaga to’g’ri kеladi: 3 d-orbital (n=3, l=2) uchun n+l ning yig’indisi 5 ga, 4 s- orbital (n=4, l=0) uchun esa n+l ning yig’indisi 4 ga tеng. Binobarin, 4s-pogonacha 3d-pogonachaga nisbatan oldin elektronlar bilan to’lishi kеrak, haqiqatda shunday bo’ladi.
Agar ikki orbital uchun n+l yig’indi bir xil qiymatga ega bo’lsa, Klеchkovskiyning ikkinchi qoidasi kuchga kiradi:
N+l yig’indi bir xil bo’lganda orbitallarning to’lib borishi bosh kvant soni n qiymatini OShib borishi tartibida bo’ladi. Masalan, skandiy atomida n]l yigindining qiymati bir xil bo’lgan 3 ta orbitallardan qaysi biri oldin elektronlar bilan to’lishi kеrak? 3d-orbital (n=3, l=2) uchun n+l qiymat 5 ga, 4p-orbital uchun ham (n=4, l=1) va 5s-orbital (n=5, l=0) uchun xam 5 ga tеng. Klеchkovskiyning ikkinchi qoidasiga muvofiq, avval 3d-pogonacha (n=3) so’ng 4p-pogonacha (n=4) va oxirida 5s-pogonacha (n=5) elektronlar bilan to’lishi kеrak. Natijada skandiy atomining elektron tuzilishi qo’yidagi formulaga to’g’ri kеladi:
1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d1 4s2
Qo’zg’olmagan atom elektronlarining joylashishi qo’yidagi tartibda bo’ladi:

1s<2s<2p<3s<3p<4s<3d<4p<5s<4d<5p<6s<4f<5d<6p<7s.


Elektronlarning energetik pog’ona va orbitallar buylab joylanishini ayni elementning elektron konfiguratsiyasi dеb yuritiladi.
misol. Marganeц atomining elektron formulasini tuzing.
Yechish: Marganецning tartib nomeri 25. Demak 25 ta elektronga ega. Bu elektronlarni ham jadvaldan foydalanib quyidagicha joylashtiriladi:
1s2 2s2 2p6 3s2 3p64s23d5
misol. Uran atomining elektron formulasini tuzing.
Yechish: Uranning tartib nomeri 92 bo’lgani uchun 92 ta elektronga ega. Bu elektronlarni jadval (1) dan foydalanib quyidagicha joylashtiriladi:
1s2 2s2 2p6 3s2 3p64s23d10 4p6 5s2 4d105p66s4f14 5d10 6p67s2
misol. Atomning eng tashqi energetik pog’onasi …3s2 3pformula bilan ifodalangan elementning tartib nomeri va nomini, qaysi oilaga taaluqliligini aniqlang.
Yechish: jadval (1) dan foydalanib bu elementning to’liq elektron formulasini tuzamiz. 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 bo’ladi. Bu elementning elektronlar soni 2+2+6+2+6=18. Demak bu element tartib raqami ham 18. Davriy jadvalda tartib nomeri 18 ga teng bo’lgan element bu argon (Ar) dir. Argon r oilaga tegishli, chunki uning oxirgi elektroni r da joylashgan.
misol. Tartib nomeri z q 49 ga teng bo’lgan element davriy jadvalning qaysi davri va qaysi gruppasida joylashganini aniqlang.
Yechish: Birinchi bu elementning elektron konfiguratsiyasini topamiz.
1s2 2s2 2p6 3s2 3p64s23d10 4p6 5s2 4d105p1
Bu elektron formula orqali bu elementning davriy jadvaldagi o’rnini va qaysi elementlar oilasiga taalluqliligini aniqlaymiz.Bu element p-oilaga taalluqli. Chunki uning oxirgi elektroni p-pog’onachada joylashgan. Bu element davriy jadvalning V davrida joylashgan. Chunki uning elektronlari 5 ta pog’onacha bo’ylab tarqalgan. Bu element davriy jadvalning 3-gruppasining bosh gruppachasida joylashgan. Chunki uning eng tashqi pog’onalarida 3 ta elektron bor.
misol. Tartib nomeri 74 bo’lgan elementning elektron formulasiga asoslanib, uning asosiy kimyoviy xossalarini aytib bering.Yechish: Davriy jadvalda tartib nomeri 74 bo’lgan element. Energiya shkalasiga asosan uning elektron formulasi quyidagicha:
1s2 2s2 2p6 3s2 3p64s23d10 4p6 5s2 4d105p66s4f14 5d4
Elektron pog’onaga muvofiq volframning tashqi эnerrgetik pog’onasida 2 ta elektron bor.Volfram faqat o’zining ikkita elektronini эmas, balki tashqi pog’onadan oldingi pog’onasidagi to’rtta elektronini ham berib 6 valentli bo’lishi mumkin. Uning yuqori oksidi WO3 - kislotali oksid. H2WOvolframat kislotaga muvofiq keladi. Uning tuzlari volframatlar dеb ataladi, masalan K2WO4 - kaliy volframat
7-misol. Davriy jadvalda tartib nomeri 11 bo’lgan element atomidagi energetik yacheykalarda elektronlarning taqsimlanish sxеmasini ko’rsating.
Yechish: Davriy jadvalda 11-element natriy. Uning elektronlari quyidagicha joylashgan.
1s2 2s2 2p6 3sbo’ladi. n q 1 va l q 0 bo’lgani uchun unda bitta pog’onacha bor. Har qaysi pog’onachadagi energetik yacheykalar soni (2l+1) ga teng bo’lganligi sababli pog’onachada bitta energetik yacheyka bo’ladi.Natriy atomida bo’lishi mumkin bo’lgan enrgetik yacheykalar.
Elektronlar joylashishiga qarab, ularni yacheykalarga solamiz. Pauli qoidasiga asosan agar energetik yacheykada ikkita elektron bo’lsa, ular bir-biriga qarama-qarshi taraflarga aylanadi.
1s 2s 2p 3s 3p 3d
misol.Uglerod atomining normal va qo’zg’algan xolatlarida elektronlarning yacheykalarda joylashishini ko’rsating.
Yechish: Uglerodning elektron konfiguratsiyasi: 1s2 2s2 2p2. Elementning oksidlanish darajasi normal xolatda ayni element atomidagi juftlashmagan elektronlar soniga teng bo’lgani uchun uglerod atomining normal holatdagi oksidlanish darajasi ikkiga teng. Masalan CO (uglerod(II)oksid)da.Uglerod atomining oksidlanuvchi elektronlari 2-pog’onada joylashgani uchun, elektronlarning energetik yacheykada taqsimlanish sxеmasida 1 pog’ona ko’rsatilmasa ham bo’ladi.2s Gund qoidasiga muvofiq elektronlar ayni element atomidagi barcha energetik yacheykalarda maksimal joylashgandan keyin yana bo’sh yacheykalar qolsa, har-xil atomlar bir-biri bilan birikkanda ajraladigan эnergiya hisobiga elektronlar shu uch yacheykalarni ham to’ldirishi mumkin.Bunday holatda atom o’zining normal holatidan qo’zg’algan holatga o’tadi. Atom qo’zg’algan holatga o’tganda juftlashgan elektronlarning yakkalanishi ayni elementning oksidlanish darajasini 2 birlikka orttiradi.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə