O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

«Avtobus» o’yini. 
Maqsad: Muloqot mazmunini shaxsning noverbal harakatlaridan anglash 
imkoniyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish. Noverbal komponentlar: imo-
ishora, mimika va missiy holatlarni o’qiy olish qobiliyatlarini aniqlash. 
Boshlovchi ishtirokchilarga insonning muloqot jarayoni qanchalik boy ekanligi, 
u faqatgina og’zaki muloqotdan iborat bo’lmay, balki so’zlar yordamisiz uzatiladigan 
ma’lumotlarga ham boy ekanligi haqida aytib o’tadi. So’zlar yordamisiz uzatiladigan 
ma’lumotlar muloqotdagi noverbal komponent deyiladi. Bu xil komponentlarni: imo-
ishoralar, mimika (yuz ifodasi) va ixtiyorsiz tana harakatlarini muloqotga 
kirishayotgan har qanday odamda kuzatish mumkin. Bu xil komponentlarni zehn 
bilan kuzatish va tushunish natijasida ko’pincha suhbatdoshimiz ayta olmaydigan 
mayl, istaklari haqida ma’lumot olishimiz mumkin. Bu xil harakatlarni kuzata olish 
qobiliyati inson ichki olamida yuzaga kelayotgan noroziliklarni oldindan sezish, 
suhbatdoshini «yarimta» gapidan tushuna olish imkoniyatini beradi. Natijada
muloqot jarayonida bu xil omillarni hisobga olish bu jarayonni ancha yengillashtiradi 
va o’zaro tushunish hissini keltirib chiqaradi. 
O’quvchilarda bu xil bilimlarni mustahkamlash uchun quyidagi mashq taklif 
etiladi. O’quvchilar ikki qator bo’lib bir-birlariga qarama-qarshi holda yuzma-yuz 
turadilar. Har bir o’quvchi qarshisidagi sherigi bilan mashqni bajaradi. 
Yo’riqnoma: Tasavvur qiling, sizlar qarama-qarshi tomonlarga ketayotgan 
avtobusda ketayapsizlar, avtobus oynasidan boshqa avtobusda ketayotgan 
tanishingizni ko’rib qoldingiz. Birinchi guruhdagilar sizlarning o’sha tanishingizga 
biron zarur, muhim gapingiz bor. Imo-ishora orqali unga o’z fikringizni 
tushuntirishingiz kerak. Ikkinchi guruhdagilar, sizlar o’z suhbatdoshingizni imo-
ishorasidan nima demoqchi ekanligini tushunib olishingiz kerak. 


O’quvchilar mashqni bajarib bo’lganlaridan so’ng boshlovchi har bir guruh 
ishtirokchilariga quyidagi savol bilan murojaat kiladi: Sherigingiz bermoqchi bo’lgan 
ma’lumotdan nimani tushundingiz? Ikkinchi guruxdagilarga esa «Siz aslida nima 
demoqchi edingiz?», deb so’raladi. Natijalar solishtirib chiqiladi va noverbal imo-
ishora va xatti-harakatlar individal xususiyatga ega bo’lishi bilan birga umumiy 
tomonlarga ham egaligi ta’kidlab o’tiladi. Muloqot davomida bu jarayon 
ishtirokchilarning nafaqat so’zlari balki, xatti-harakatlari, yuz ifodasi, tovushidagi 
intonasiyalarni o’qiy olish zarurligi haqida xulosa chiqariladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə