O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Psixologik treningning maqsadi va vazifalari, psixologik treningda



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

Psixologik treningning maqsadi va vazifalari, psixologik treningda 
yechiladigan muammolar.
Treningning asosiy maqsadi: shaxsni psixologik (ruhiy) ozod qilish, bunda 
tabiiy erkinlikni his etishni, o’z guruhida va undan tashqarida o’zaro munosabat va 
aloqa o’rnata olishdan iborat. 
Demak-ki, trening — shaxsda mavjud bo’lgan yoki vujudga keladigan 
muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma malakalarni hosil qilish 
maqsadida bahs-munozara, o’yin va mashqlar orqali o’tkaziladigan mashg’ulotlar 
yig’indisidir. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish 
ham, bu boradagi bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs 
psixologiyasi, shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning 
uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi.
Hozirgi davrda odamlar orasida ruhiy zo’riqish hollari avvalgi paytlardagiga 
nisbatan ancha ko’p uchrayotganligi va buning natijasida ko’pgina hayotiy 
muammolar vujudga kelayotganligi ko’pchilikni, ayniqsa keng jamoatchilikni, 
shuningdek aynan psixolog mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi bejiz 
emas. Aytish mumkinki bunday holatlar turli darajadagi zo’riqishlar natijasida 
vujudga kelmoqda. 
Ayni kunlarda asabiylashish holatlari kuzatilayotgan quyidagi kishilar guruhini 
alohida ta’kidlab o’tish joiz: 
I. Bolalar orasida:
1. Bog’cha bolalari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari; 
2. Maktab o’quvchilari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari; 
3. O’smirlar orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari; 
II. Kattalar orasida:
1. Ish joylarida (rahbar yoki xodimlar orasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari; 
2. Oilada (er-xotin, qaynona-kelin, ota-ona va farzandlar orasida) kuzatiladigan 
asabiylik holatlari; 


3. Keksalar orasida (psixologik o’zgarishlar natijasida) kuzatiladigan asabiylik 
holatlari. 
Yuqorida sanab o’tilgan asabiylashishlardan kelib chiqadigan muammolar 
mavjud bo’lib, bu muammolarni yechish imkonini topa olmaslik natijasida psixologik 
maslahat va psixologik korreksiyaga muhtoj bo’lib qoladigan bir necha xil guruhlar 
vujudga keladiki, bular: 
1. Muloqotchanlikning yetishmasligi muammosidan siqilgan kishilar guruhi. 
2. Iqtisodiy yetishmovchilikdan siqilgan kishilar guruhi. 
3. O’z yaqinlarini yo’qotib siqilgan kishilar guruhi. 
4. Turli baxtsiz hodisalardan keyin qandaydir kasallik orttirib olgan kishilar 
guruhi. 
5. Begona joyga ko’chib kelib, tub aholining bosimidan siqilgan kishilar 
guruhi. 
6. Rahbarlar tomonidan yoki o’zidan kattalar tomonidan shaxsiyatiga tegilgan 
hollarda siqilishga duch kelgan kishilar guruhi. 
7. Yangi o’qish yoki ish joyiga moslasha olmasdan siqilishga duch kelgan 
kishilar guruhi. 
8. Chekish, ichish, narkotik moddalar iste’mol qilishdan qutula olmasdan 
siqilayotgan kishilar guruhi. 
Yuqorida sanab o’tilgan muammolarni hal qilishda psixologik trening deb 
ataluvchi o’yin va mashqlar seriyasidan iborat mashg’ulotlar yordam beradi. 
Yuqoridagi guruhlar o’zi istab, o’z xohishi bilan treningga keladi va trenerning 
ko’rsatmalariga amal qiladi. Lekin ba’zi guruhlar bo’ladiki, bu guruh a’zolari 
treningga istamasdan, xohlamasdan keladi: M, jinoyatchilar, bezorilar, o’g’rilar, 
narkotik bilan shug’ullanuvchilar. Lekin guruh a’zolarining istagidan qat’iy nazar 
treningning vazifasi ularning muammolarini hal etishga qaratilgan bo’ladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə