O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

2. “Mikrofon” qonuni.
Kimning qo’lida mikrofon bo’lsa o’sha odam gapiradi. 
Mikrofon sifatida mashq o’tkazish vaqtida aylana bo’yicha har bir ishtirokchiga 
uzatiladigan biror bir yumshoq o’yinchoqdan, oddiy marker yoki ruchkadan 
foydalanish mumkin. 
3. “Faollik” qonuni.
«Siz biror bir mashqni bajarishda ishtirok etmasligingiz 
mumkin. Bu siz vazifani bajara olmaysiz degani emas, balki siz chetdan turib 
kuzatmoqchisiz. Bu haqida avvaldan ma’lum qilish kerak bo’ladi. Lekin guruhdan bir 
kishining chiqib ketishi shu guruhning ishiga ta’sir qilishini ham e’tiborga olish kerak 
bo’ladi. 
4. “Faqat o’z fikrini bayon etish” qonuni.
Bu qonun o’zining fikrini birinchi 
shaxs nomidan bayon etish, ya’ni “Mening fikrimcha, men his qilaman, mening 
o’ylashimcha...”. Har bir ishtirokchi guruhninig boshqa qatnashchilarining fikrlarini 


bilmaydi. Guruh nomidan gapira olmaydi, shuning uchun ko’pchilik, ya’ni “biz” deb 
boshlanadigan fikrlar mumkin emas.
5. 
“Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda
xushmuomala bo’lish” qonuni. 
Ushbu qonun quyidagicha talqin qilinadi: 
“Barchamizning afzallik tomonlarimiz va kamchiliklarimiz bor. Trening vaqtida 
boshqalarning xususiyatlariga sabrli bo’lish kerak. Agar sizni nimadir qoniqtirmasa
hyech bir ishtirokchiga zarar yetkazmagan holda bu haqida trenerga ma’lum qiling”. 
Bu qonun ayniqsa o’smirlar guruhida muhimdir. Trening vaqtida bir-birini familiyasi 
va laqabi bilan atash mumkin emas.
6. “O’z ismini aytish” qonuni
. Agar trening qatnashchilari bir-biriga notanish 
bo’lsa har bir chiqish oldidan o’z ismini aytishi kerak bo’ladi. 
7. “Muloyimlik” qonuni.
Barcha qatnashchilar bir-birlariga xushmuomalalik 
bilan va o’zlarini taqdim qilganda aytgan ismlari bilan murojaat qilishlari kerak 
bo’ladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə