O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

8. “Shu yerda va hozir” qonuni.
Ayni vaqtda va shu yerda bo’layotgan 
jarayonning, shuningdek, qatnashchilarning his-tuyg’ulari, kechinmalari va 
munosabatlarini trening doirasida ko’rib chiqish va ularni kelajak yoki o’tmish bilan 
bog’lamaslik kerak. Bu qoida guruhning har bir qatnashchisiga mazkur trening 
vaqtidagi kechinmalarni anglab yetish imkonini beradi. 
9. “Konfidensiallik” qonuni. “
Trening vaqtida sodir bo’ladigan barcha 
holatlar, vaziyatlar faqat shu yerda va faqat trening qatnashchilari bilan muhokama 
qilinadi va tashqariga chiqmaydi”. 
Bu qonun trening qatnashchilariga o’z fikrlarini erkin bayon etish imkonini 
beradi.
10. “Ishtirokchi sifatida faqat o’zini taklif etish” qonuni.
Ko’p hollarda 
ba’zi ishtirokchilar biror bir mashqda ishtirok etishni hohlamasdan boshqa 
ishtirokchilarni taklif etadilar. Bu esa boshqalarga ham ta’sir ko’rsatib, treningning 
muvaffaqiyatli o’tishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun bu qonunni trening 
boshlanishidan avval tanishtirish kerak bo’ladi. 


11. “Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni.
Bu 
ishtirokchilarda mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo’lgan tamoyildir. 
12. “Ixtiyoriylik” qonuni.
Seminarda o’z mulohazalarini bayon qilish, 
munozaralarda, o’yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi 
mumkin. 
13. “Vaqtni tejash – sarishtalik” qonuni.
Guruh ishtirokchilari trening 
mashg’uloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, lo’nda ifodalashi, mavzu 
doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim. 
14. “Shaxsni baholamaslik” qonuni.
Har bir ishtirokchi o’z fikr 
mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va 
qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari kerak va 
so’zlovchining o’sha paytdagi xulq-atvori, hatti-harakatini baholashdan qochishlari 
kerak. M: “o’sha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak 
edi” va hok... Buning o’rniga bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki deyardim 
kabi variantlarda so’zlashish yoki fikrini bildirish so’raladi. 
«Olma». 
Qatnashuvchilar davra ko’rib o’tiradilar. Boshlovchi «Mening ismim... Men 
...ni yaxshi ko’raman (xohlagan narsa yoki kishini aytishi mumkin)», - deydi va olma 
(koptok)ni biron kishiga qarab otadi. Olma (koptok)ni ilib olgan ishtirokchi ham o’z 
navbatida o’zini shunday tanishtiradi va koptokni boshqa ishtirokchiga uzatadi. O’yin 
barcha ishtirokchilar o’zlarini tanishtirib bo’lgunlariga qadar davom etadi. 
Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytilishi mumkin bo’lgan jumlalar: 
Men ... yaxshi ko’raman (kishini ismi xam bo’lishi mumkin). 
Bolaligimda yaxshi ko’rgan ovqatim ... (kasha) edi. 
Men yoqtiradigan rang (gul yoki meva) - ... 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə