Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə26/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

Rangni tanlash
Subyekt rangni qanchalik uzoq, ishonchsizlik va qiyinlik bilan tanlasa, shaxsdagi buzilishlar ehtimoli shunchalik koʻp boʻladi.
Qora rang - tortinchoqlik, choʻchishlik.
Yashil rang - xavfsizlik hissiga ehtiyoj, oʻzini xavfdan asrash. Bunda daraxt barglari va uy tomi yashil rangda boʻlishi unchalik ahamiyatga ega emas.
Toʻq sariq (zargʻaldoq) rang - sezuvchanlik va dushmanlik kombinatsiyasi.
Toʻq qizil rang - hokimiyatga kuchli intilish ehtiyoji.
Qizil rang - kuchli sezuvchanlik. Atrofdagilardan iliqlik sezish ehtiyoji.
Sariq rang - kuchli dushmanchilikning belgisi.
Umumiy koʻrinish
Rasm varaqning chetiga joylashgan boʻlsa — xavfsirash, ishonchsizlik hissi. Koʻpincha bunday joylashish muayyan vaqtni bildiradi:
a) oʻng tomon – kelajak, chap – oʻtmish;
b) xona yoki unda doimiy yashovchilarni oldindan belgilab qoʻyilishi bilan bogʻliq.
v) kechinmalar mohiyatini koʻrsatadi: chap tomon – emotsional, oʻng tomon – intellektual.
Manzara
Pastdan yuqoriga nazar tashlash - subyektning inkor etilganligi, chetga surib koʻyilganlik, uyda tan olinmaganlik yoki subyekt oʻz uyiga nisbatan ehtiyoj sezadi va bunga erishish imkoniyati yoʻq deb hisoblaydi.
Manzara, rasm uzoqda aks ettirilgan boʻlsa konventsional jamiyatdan chetga chiqish istagi, ajralib qolish, rad etilish hissi. Agar individ uyning bir uchini toʻgʻri chizib, boshqa tarafida tom va devorning vertikal chiziqlarini aks ettirsa, kelajakdan choʻchish (oʻng taraf) yoki oʻtmishni unutish istagi (chap tomon)ni bildiradi.
Uch yoqlama manzara (subyekt 4 ta alohida devor rasmini chizsa) - bu atrofdagilarniig oʻzi haqidagi fikrlari toʻgʻrisidi haddan ortiq qaygʻurishini bildiradi.
Rasmning joylashtirilishi
Rasmning varaqning markazidan tepada joylashtirilganligi. Rasm qanchalik koʻp markazning tepasida boʻlsa, u holda shunchalik quyidagilar ehtimoli ortadi:

    1. subyekt oʻz maksadiga erishishda qiyinchilik his qiladi;

    2. subyekt xayolida qonikish hosil qilishni yoqtiradi (ichki zoʻriqish);

    3. subyekt chetda turishga moyil.


Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə