O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 108 Kb.
səhifə1/2
tarix19.08.2023
ölçüsü108 Kb.
#120698
  1   2
Sodda gap va uning mazmuniy qurilishi


Sodda gap va uning mazmuniy qurilishi
Reja:
1. Gap – sintaksisning o’rganish ob’ekti
2. O’zbek tilida gap va uning tasnifi
3. Gapni gap bo’laklariga ajratish tamoyillari
4. Bosh bo’laklar va ularning o’ziga xos xususiyatlari

Tayanch tushunchalar


Shakl va mazmun, sintaktik aloqa, sodda gap, qo’shma gap, egali gap, egasiz gap, grammatik asos, gap bo’laklari, bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, yig’iq bo’lak, yoyiq bo’lak.
Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo’lishiga qaramasdan, yaqin yillargacha sintaktik tadqiqotlarda, asosan, gapning shakliy tomoniga e’tibor berilgan. Faqat ayrim o’rinlardagina (masalan, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlarini belgilashda ikkinchi darajali bo’laklarning ichki tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini o’rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan bo’lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasida bir xillik yo’q. Ular orasida ikki qaramaqarshi qo’nalish ajralib turadi. Birinchi yo’nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik ma’nosiga asoslanadilar.
Bu yo’nalishda gapning xar bir tuzilish tarixning umumiy grammatik ma’nosini topishga xarakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik ma’nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko’ra, mazmun grammatik shakllanmay, o’z xolicha mavjud bo’lmaydi. Shuning uchun gapning barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari gapning nominativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga asoslanadi. Bunga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi tuzilish tarxlari doirasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari va mazmuniy tuzilish bir-biri bilan kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi.
O’zbek tilida gaplar grammatik asoslarining miqdoriga ko’ra 2 ga bo’linadi: Sodda va qo’shma: Bu shaharda tanish bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko’zlarini allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko’ra 2 xil bo’ladi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz yangi filmni tomosha qildik – yangi filmni tomosha qildik.
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi: sodda yig’iq gap (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi).
O’zbek tilida gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib gap bo’laklarini hosil qiladi. Har bir gap bo’ladi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatiga ko’ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo’lagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi: Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi – bu gapda so’zlar qo’yidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1. Dildora gapirdi. 2. Zavqlanib gapirdi. 3. Uchrashuv haqida gapirdi. 4. Kechagi uchrashuv.
Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: fe’l kesim, ot kesim. Tuzilishiga ko’ra esa sodda kesim va murakkab kesimga bo’linadi.
Fe’l kesim qo’yidagi ko’rinishlarga ega:
A) sof fe’l kesim: Men maktabga boraman.
B) Ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi.
S) Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It xurar – karvon o’tar.
Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z, harakat nomi) bilan ifodalangan kesim ot kesimdir:
A) Yaxshi ro’zg’or – jannat, yomon ro’zg’or – do’zax.
B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
S) Birniki – mingga, mingniki – tumanga.
D) Maqsadim – shu.
E) Sizdan umidim ko’p.
Yo) Mening g’am ulug’ niyatlarim bor.
Murakkab kesim ikki yoki undan ortiq so’z bilan ifodalanadi: Ayozli kunlar asta-sekin o’tib borayotir.
Murakkab ot kesimlar ot+bog’lama vazifasida kelgan yordamchi fe’l yoki ko’makchi fe’l tarzidagi qo’shilishdan hosil bo’ladi. Bunda asosiy ma’no otdan anglashiladi. Bog’lama kesim bilan egani bog’lovchi so’zlardir. Ular mustaqil ma’nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan so’zlardir. Bularning vazifasi fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’shilib, kesimni shakllantirishdir, ya’ni mayl, zamon, shaxs son ma’nolrini ifodalashdan iborat. Kesimni shakllantirishga hizmat qiladigan bunday bog’lamalar bo’l - , qil - , edi, ekan, emish, hisoblan-, sana – kabi yordamchilardir. Kerak, zarur, darkor so’zlari ham bog’lama vazifasida qo’llanadi.
Xursand edi, qiziqarli bo’ldi, Yaxshilik qil, obod qildi, ozod bo’ldi, oz emish, xursand bo’ldi, to’g’ri chiqdi, ko’p edi.
Kesim birikmalar va iboralar bilan ham ifodalanadi. Kengaygan birikma va iboralar gapda yaxlit xolda bitta gap bo’lagi bo’lib keladi va o’z ichida boshqa bo’laklarga ajratilmaydi: Vazifamiz – bilim maskanlarida hamisha a’lo o’qish. Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad – milliy o’zligimizni chuqurroq anglash.
Baquvvat xotiraning mohiyati – unutmaslik. Komil insonlardagi olijanob hislat – o’tmishni unutmaslik.
Ega va kesim gapning grammatik asosidir. Gapni gap bo’laklariga ajratishda bir necha usullardan foydalaniladi. Ulardan ko’p qo’llaniladigani gap tarkibidagi so’zlarga so’roq berishdir. Ammo bu usul har doim ham o’zini oqlamaydi. Chunki gapda so’roqqa javob bo’la oladigan, amo gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan bo’laklar – undalmalar ham ishtirok etadi. Masalan: Bolalar, ilm olish – yuksalishdir. Gapida bolalar so’zi so’roqqa javob bo’lsada lekin gap bo’lagi vazifasida kelmagan. Shuningdek gapni gap bo’laklariga ajratishda ularning grammatik shakliga ham e’tibor beriladi. Ammo bu usul ham to’liq o’zini oqlamaydi. Masalan, qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichli aniqlovchi vazifasinibajarishi mumkin, ammo jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi so’zlar to’ldiruvchi ham, hol ham bo’lishi mumkin: Paxtani zavq bilan terdim – paxtani mashina bilan terdim. Sen nimaga kechikding – suvni nimaga quymoqchisan.
Ba’zan gap bo’laklarini belgilashda uning qaysi so’z turkumiga taalluqli ekanligi ham e’tiborga olinadi. Lekin bu usul ham to’liq asos bo’la olmaydi. Chunki biror bo’lak aynan bir so’z turkumi bilan har doim ham ifodalanavermaydi. Shuning uchun gapni gap bo’laklariga ajratishda tobe aloqa asosiy vositadir.
Ega quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
Yo’lchi o’rnidan turdi.
Mard maydondda bilinar.
To’qqiz uchga kasrsiz bo’linadi.
Men mnstitutda o’qiyman.
Tirishgan tog’dan oshar.
So’zlagandan so’zlamagan Yaxshiroq.
Taraq-turuq o’zgarishsiz davom etadi.
Uzoqdan yosh bolaning dod-voyi eshitildi.
Burgaga achchiq qilib kurpani kuydirish sizga yarashmaydi.
“Edi” – to’liqsiz fe’l.
“A” – unli tovush.
Extiyot bo’ling, tag’in ketidan “lekin”i chiqib qolmasin.

Masalan: 1. Korxona ilg’orlariga mukofotlar topshirildi. 2. Sport zalida bolalar badantarbiya bilan shug’ullanadilar. 3. O’tkazilgan sayr sizda qanday taassurot qoldirdi? 4. Sinfingizda kimlar o’qish va intizomda boshqa o’quvchilarga namuna bo’lmoqda? 5. Bolalar, gullarni parvarish qilib tkring. 6. O’quvchilar uzrsiz dars qoldirmang.


Biz gap yordamida biror narsa haqida xabar beramiz, so’raymiz, iltimos qilamiz, buyuramiz, o’zimizning fikrimizni, tuyg’umizni, istagimizni boshqalarga bildiramiz.
Gap tugallangan fikr, mazmun bildiradi, anglatgan mazmuniga mos ohang bilan o’qiladi (aytiladi).
Gapda so’zlar bir-biri bilan grammatik bog’lanadi. Gapning asosini bosh bo’laklar – ega va kesim tashkil qiladi.
Berilgan so’zlarni bir-biri bilan bog’lab gap tuzing:

  1. Biz, topshiriqlar, o’z vaqtida, bajaramiz.

  2. Shaharlar, ko’p, qavatli, binolar, qurilmoqda.

  3. Biz, jonajon, Vatan, gullab-yashnatmoqda.

  4. Biz, o’qish, uchun, qulay, sharoit, yaratilgan

Shu kunga qadar o’rganib chiqqan sintaktik hodisalar va ularga xos ba’zi muhim xususiyatlarni umumlashtiriidir. Darhaqiqat, dastlabki ma’ruzalarimizda-qayd etganimizdek, sintaksis gap va uni tashkil etgan so’z shakllarining o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatlari hamda bu munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi vositalarni o’rganib chiqdi. Lekin bu uning bir qismi, xolos. Eng asosiy qismiga endi kirib boramiz. Hozirgacha


bizga ma’lum sintaktik aloqa turi, vositasi va usullari, so’z birikmasi va gap haqidagi nazariy bilimlar go’yo binoning qad rostlashini eslatadi. Binoning qad ko’tarishida material bo’lgan ashyolar tilda sintaktik birliklar-so’z, suz irikmalari, gaplar shaklida namoyon bo’ladi. So’zlardan so’z birikmalari, so’z birikmalaridan gaplar va gaplardan matnlar keltirib chiqariladi. Biroq gapning sintaktik tahlili deganda ko’pchilikka faqat gap bo’laklariga ajratishgina anglashiladi. Biroq sodda gapning tarkibiy tahlili bo’laklarga ajratish emas, ularni dastavval so’z birikmalariga ajratish, shu birikmalarning bog’lanish turi, yo’l va usullarini o’rganish, undan keyin gapning o’zi klassifikatsiya nuqtai nazaridan qanday tahlil etilsa shunga e’tibor qilinadi. Bunda ayniqsa gapning ifoda maqsadiga ko’ra turi, voqelikka munosabatiga ko’ra turi, emotsionalligiga ko’ra turi, struktura asosining miqdoriga, struktura asosining tarkibiga, ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga, zaruriy bo’laklarning ishtirokiga va bo’laklarga ajralish va ajralmasligiga ko’ra- turi kabi tahlil tartibi o’qiladi. so’ngra gapni bo’laklaria ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. An’anaviy tilshunosligimizda esa
sodda gapni sintaktik tahlil qilinadigan bo’lsa, uni bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajratiladi, undalma yoki kirish so’z kabilar qatnashgan bo’lsa sintaktik aloqaga kirishmagan bo’laklar deb tahlil etiladi. Bu tahlilda gap yoki so’z birikmasi klassifikatsiyasi tartibi ham hisobga olinadi, biroq bu oliy va maktab dasturida birdek shakllanish kasb etmagan. Shuning uchun hozirgi davr tilshunosligining taraqqiyoti ta’lim tizimining mazmunan yangilash yo’nalishlarini belgilab bermoqda. Bunga ko’ra maktab ona tili o’qituvchisi "So’z birikmasi" mavzusi bo’yicha quyidagi bilimlar silsilasini to’la o’zlashtirgan bo’lishi shartdir:"-bo’laklari so’zlar bilan ifodalangan gaplarni kesimdan berilgan so’roq orqali tarkibiy qismlarga ajrata olishi: Paxtakor dalada ishlaydi: paxtakor ishlaydi; dalada ishlaydi; va shunga o’xshash bo’laklari so’z birikmalari bilan foydalangan gaplarni ham tarkibiy qismlarga ajratishni bilishi: Mohir paxtakor kolxoz dalasida fidokorona ishlaydi. Shu tarkibiy qismdagi so’zlarni ma’nodosh yoki uyadoshlari bilan almashtirib, yangi birikmalar yaratishi: mohir paxtakor-epchil paxtakor, kolxoz dalasi-kolxoz bog’i, g’ayrat bilan ishlaydi kabi-so’z birikmasi va undagi tobe, hokim so’zlarni aniqlash, biridan ikkinchisiga so’roq berish.
-berilgan matndagi gaplarni so’z birikmalariga ajratib, aniqlovchili, to’ldiruvchili, holli turlarini aniqlash:
-bo’laklari so’zlar bilan ifodalangan gaplarni aniqlovchili so’z
kiritish bilan kengaytirish, aniqlovchili so’z birikmalarida tobe va hokim so’zlarga ma’nodosh, uyadosh so’zlar tanlab, yangi birikma va gaplar tuzish;
-so’z birikmalarini klassifikatsiya asosida tahlilini o’tkazish, bunda sodda tuzilishli birikmalarni ma’noviy kengaytiruvchilar ta’sirida murakkab birikmalarga aylantirish;
-turg’un birikmali so’z birikmalarini shakl jihatidan o’zgartirish kabi tahlillar hozirgi kunning eng muhim ilmiy ham uslubiy yo’nalishlaridir.
"Gap" mavzusi va uning sintaktik tahlili bo’yicha esa quyidagi amaliy ishlarni bajarish talab etiladi:
-berilgan matndagi gaplarni bir bo’lakli va ikki bo’lakli turga ajrata olish;
-Boraman. Bilmaysizmi? Ko’ramiz. kabi bir bo’lakli gaplarki ikki bo’lakli turga aylantirishni bilish;
-gaplardagi tasdiq yoki inkor ma’nolarini farqlash va vositalarini aniqlay olish;
-gap markazi kesim ekanini sharxlash va kesimni shakllantiruvchi grammatik formalarni aniqlash;
-kesimdan so’roq berish asosida gapni kengaytirish, so’z ma’nosiga bog’liq holda kelgan kengaytiruvchilarni gap "kengaytiruvchilaridan farqlash;-berilgan gaplarni bo’laklarga ajratish, sintaktik aloqaga kirishmaydigan so’zlar (gapni murakkablashtiruvchi vositalar) ma’noviy guruhlarini aniqlash va hokazolar. Buning uchun albatta, mutahasis nafaqat an’anaviy tilshunosligimiz nazariyalari, balki zamonaviy, chuqur nazariy asosdagi talqinlardan ham bohabar bo’lmog’i darkor. Jumladan, gap kesimini shakllantiradigan vosita-zamon, shaxs-son; mayl, tasdiq-inkor ekanligini bilmaydigan shaxs, kesimning gap markazi bo’la olish imkoniyatini ham tushuntirib bera olmaydi. Gap markazi esa predikativ yadro va uning atrofini qurshab turuvchi argumentlardan iborat.Bu argumentlar ham o’z mazmuniy xususiyatlari bilan agons, lokalis, temporalis kabi turlarning kengaytiruvchilik funksiyalari asosida reallashadi. Buni til birliklaridagi oddiydan murakkabga borish deb tushunish birmuncha qulay. CHunki kichik sath birliklari katta sath birliklari uchun material bo’lib xizmat qiladi. Qimmat jihatdan bir xil birliklarning o’zaro sintaktik munosabati o’zidan yuqoriroq va yangi sifatga ega bo’lgan butunlikni hosil qiladi.
Sintaktik birliklariing bunday butun va bo’lak munosabati -
darajali munosabat hisoblanadi. Biroq nima bo’lganda ham gapda
obektiv mazmun ma’lum moddiy vositalar-sintaktik shakllar
orqali ifodalanadi. Gapning bunday moddiy ifodalanish tomoni
uning sintaktik tuzilishidir. Sintaktik tuzilish esa uzaro munosabatda bo’lgan bir necha unsurlarning bir butuklik sifatidagi birlashishi. Sintaktik tuzilish unsurlarini an’anaviy tilshunoslikda gap bo’laklari atamasi bilan nomlaydilar. Lekin
sintaktik tuzilish tarkibidagi barcha sintaktik shakllar gap
bo’laklari tarkibiga kiritilmaydi. An’anaviy tilshunoslikda
sintaktik shaklning tobe aloqaga kirishi (deminatsiya munosabati) uning gap bo’lagi deb hisoblanishining bosh mezoni sanaladi.
Gap bo’lagi ma’lum sintaktik shaklning shakliy sintagmatik- munosabatdagi vaziyatiga qarab belgilanadi: ega vaziyati, kesim vaziyati, to’ldiruvchi va boshqalar. Natijada ayrim mazmuniy munosabatda bo’lgan shakliy jihatdan tobe aloqa orqali emas, balki undash, kirish munosabati orqali ifodalangan birliklar snntaktik tuzilish birligi sifatida karalmaydi. Bu esa butunni bo’laklarga bo’lish asosiga zid keladi. Chunki butun bo’laklarga ma’lum asosda shunday bo’linishi kerakki, butunning birorta ham unsuri bo’linishdan tashqarida qolmasligi kerak. Lekin an’anaviy yo’nalishda bunday emas. Gap bo’laklari gapni tashkil etgan sintakiik shakllarni to’la qamrab olmas ekan, demak, gapni bo’laklarga gap bo’laklari rubrikasi ostida ajratish-etarli asosga ega emas. Shuning uchun bu tilshunoslikda eng munozarali masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
Sintaktik birlik hisoblangan ganining shakliy tuzilish jihatdan uning ziddiyatini hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo’lish-mumkin:
I. Sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar;
2. Sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar;
Birinchisi an’anaviy gap bo’laklari hisoblanadi. Ya’ni tobe aloqa tarkibida muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik shakl gap bo’lagi sanaladi. Tobe aloqadorlik asosidagi so’z shakllar
juftligida tobe qism hokim qism talab etgan vaziyatda keladi.
Bunda tobe kismning vaziyati anik, hokim qism vaziyati esa
noaniq bo’ladi. Uning qaysi vaziyatda kelganligi nutq zanjirining keyingi xalqasida aniqlanadi. Gap bo’lagi ham til birligi sifatida shakl va mazmun qarama-qarshiligi birligidan iborat. SHakl va mazmun tomoni ham o’zining muayyan unsurlarga egaligi bilan ajralib turadi. SHuning uchun gap bo’laklari shakliy va mazmuniy tuzilishlarini hamda ular o’rtasidagi munosabatni belgilash nazariy tilshunoslikning muhim vazifasidir.



Yüklə 108 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə