O’zbekiston respublikasi xalQ ta’limi vazirligi



Yüklə 69.19 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü69.19 Kb.
: upload -> book
book -> Psixologiyaning dolzarb masalalari bo’yicha test svollari
book -> Namangan davlat universiteti patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi
book -> Mavzu: Bolalar psixologiyasi predmedi va tarixi
book -> «Психологиянинг долзарб масалалари» курси бўйича тест саволлари
book -> Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi
book -> Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги махмудхўжа беҳбудий номидаги самарқанд вилояти педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш институти

O’zbekiston respublikasi xalQ ta’limi vazirligi


NAMANGAN VILOYATI XALQ TA`LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

TABIIY VA ANIQ FANLAR TA’LIMI

KAFEDRASI

QIZIQARLI KIMYOVIY MA’LUMOTLARDAN O’QUV JARAYONIDA FORDALANISHMAVZUSIDA



METODIK TAVSIYA



Namangan- 2016 yil

Ushbu metodik tavsiya Xalq ta’limi umumiy hrta ta’lim maktablari kimyo fani hqituvchilariga mo’ljallangan. Tavsiyada yangi pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda kimyo fanidan qiziqarli ma`lumotlaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishdagi o’rni yoritilgan

Tuzuvchi: Z. Xolmirzayeva- Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi.

Taqrizchilar: Q. Niyozov – Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi o’qituvchisi.

Ushbu o‘quv metodik tavsiya tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasining _______ 2016 yildagi yig‘ilishida № - sonli bayonnomasi va institut o’quv uslubiy kengashining “__” ______ 2016 yildagi yig‘ilishida № __ - sonli bayonnomalari bilan tasdiqlangan va foydalanishga tavsiya etilgan



Kirish.

Ma’lumki, biz hozir shiddat bilan rivojlanib, o’zgarishlar va yuksalishlar bo’layotgan zamonda yashayapmiz. Bugungi kun olimlarining izlanishlari tufayli kundan-kunga yangiliklarga erishilmoqda. Bu yangiliklarni hayotga tadbiq etish bugunning dolzarb vazifasiga aylanib ulgurgan. Ochilgan yangiliklar asosida biz turmush darajamizni ko’tarib, salmoqli natijalarga erishmoqdamiz. Qisqacha aytganda, biz o`z oldimizga qo`ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya'ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o`sishini ta'minlash, hayot darajasini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallash bizning bosh maqsadimiz.

Ma'lumki, O`zbekiston 1991 yili o`z mustaqilligini qo`lga kiritganidan so`ng umrini o`tab bo`lgan ma'muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, "o`zbek modeli" deb nom olgan o`z taraqqiyot yo`lini tanlab oldi.

Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan ushbu modelning ma'no-mazmuni - davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o`zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan holi etish, uning siyosatdan ustunligini ta'minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya'ni islohotlar tashabbuskori bo`lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta'minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir[1].

Har bir kunimizda yangiliklar bo’lishiga o’rganib qolganmiz. Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda har bir sohaga kimyoning ta’sirini ko’radigan bo’lsak, ishlab chiqarish sohasimi, oziq-ovqatmi, xizmat ko’rsatish sohasi deysizmi barchasida kimyoning o’z ulushi bor. Kimyoviy xom-ashyolar asosida yaratilgan maxsulotlar turmushda keng ko’lamda ishlatilib kelinmoqda.

Ayniqsa qiziqarli kimyoviy ma’lumotlardan asosida o`tilgan darslar birinchi o’rinda turadi. Bu darslar tashkil etilish ko’lami tobora kengayib bormoqda. Shu Ular asosida o`quvchilarni kimyo faniga bo`lgan qiziqishlari ortib borishiga imkon yaratadi.

Metodik tavsiya da bayon etilgan qiziqarli kimyo ma`lumotlardan maktabda kimyo darslarida, ota-onalar o’rtasida hamda aholi o’rtasida turli mavzularda o’tqaziladigan kimyo kechalarida foydalanish mumkin.

Bu ma’lumotlar o’quvchilar bilimini kengaytirishga yordam bergina qolmay balki sinfning bilim saviyasiga mos viktorina savollari tuzishiga ham imkon beradi.



KIMYONI O’QITISHDA ANOLOGIYALAR VA QIZIQARLI MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH.

Anologiyalar murakkab tushunchalarni yetkazishda har bir o’qituvchining tarbiyaviy quroli hisoblanadi. Kimyo fanida, ayniqsa, yuqori abstrakt fikrlashni talab etadigan va tajriba orqali namoish etib bo’lmaydigan bo’limlarni o’rganishda juda samarali natija beradi. Bu hollarda anologiyalar ma’lum toifadagi o’quvchilarga o’quv materialini tushuntirishning yagona usulidir. Quyida shunday usullarning ba’zilarini keltiramiz:

An’anavaiy maktablarda darsning tarbiyaviy maqsadi o’quvchilarga e’lon qilinmaydi, faqat o’qituvchiga ma’lum.

Darsning maqsadini savol tarzida ham qo’yish mumkin. Darsda dars maqsadini odatda, o’qituvchi qo’yadi. O’quvchi bunday holda faqaqt ijrochi bo’ladi, xolos, o’z navbatida bu maqsadlarni amalga oshirishga qiziqmaydi.

Quyida darsni “jonlantirish”ning ba’zi bir usullarini ko’rib chiqamiz.

Fan va texnika tarixi, mashhur olimlarning biografiyasiga oid qiziqarli faktlar darsni “jonlantirish”da juda katta ahamiyat kasb etadi.

“Ma’ruzaning muvaffaqiyatli chiqishi uchun,-deb yozadi akademik I.A.Kablukov, -auditoriya kayfiyatini kuzatib borish lozim. Auditoriya kayfiyati tushsa, ma’ruzachi darxol kayfiyatni ko’taradigan qandaydir bir voqeani hikoya qilib berishi katta foyda beradi”. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, ma’ruza muvaffaqiyatli bo’lishi uchun o’qituvchi nafaqat o’z fanini tarixi, tarbiyaviy ahamiyatiga ega bo’lgan elementlarini bilishi lozim.

Fan va texnika tarixiga oid bir necha qiziqarli savollarni tuzish mumkin. Masalan: O’tgan asrning oxirlarida Rossiya janubida joylashgan metallurgiya zavodlaridan biriga notanish kishi borib, tsehlarni uzoq aylandi. U asosan koks pechlari bilan qiziqdi. U bu pechlarning sig’imi, ishlash rejimi, koksga aylanadigan ko’mirning miqdori haqida batafsil so’radi.

Bu mehmon suhbat oxirida zavod egasiga 20 yil davomida koks pechlarining tutunini sotishni taklif qiladi.


  • Ijozat bersangiz, - dedi zavod egasi hafa bo’lib. – Biz havo va tutun bilan savdo qilmaymiz.

- G’alati xaridor baribir o’z fikrida turib oldi.Koks pechlarining tutuni unga nega kerak? Hikoyani tinglab turgan o’quvchilar yuqoridagi savolga javob izlashga tushadi., bu esa ularni kokslashjarayonini aniqroq tushunib olishga sabab bo’ladi.

J: CO dan qaytarish yo’li bilan metan olinadi



Radiaktivlik haqida gapirilganida quyidagi savollarni berish tavsiya etiladi.

  1. Nega toza uranga nisbatan kam uran saqlovchi uran rudalarining radiaktivligi yuqori? J:

  2. Nima uchun mushuk sulьfat kislotani yodid qoldig’i ustiga to’kib yuborib yodni “kashf qilgan”u, xlorni bu usulda olib bo’lmaydi?

Nils Bor 1922 yilda atom tuzilish nazariyasini yaratgani uchun Nobel mukofatiga sazovar bo’lgan. Ikkinchi jahon urushi davrida nemislar Daniyani bosib olganida Bor medalni dushman qo’liga tushmaslik uchun yo’q qildi. Bunda u qanday usuldan foydalandi? (SHoh arog’ida eritgan)

1943 yilda Bor Kopengagenni tark etishga majbur bo’lgan, lekin Borning qo’lida yana ikkita antifashistlar, nemis fiziklari- Jeyms Frank va Maks fon Lauelarning Nobelь oltin medallari bor edi. U bu medallarni qanday asragan?

Javob variantlari:

A) Ularni alyuminiy bo’yog’i bilan qoplagan

V) Shoh arog’ida eritgan

S) Shokolod bilan qoplagan

Javob: Nilsь Bor ularni shoh arog’ida eritib, shishaga solib, uni chang bosgan boshqa shishalar orasiga joylashtirib ketgan. Nemislar laboratoriyaga kirib, hech narsa topolmaganlar. Urushdan keyin o’z laboratoriyasiga qaytgan Bor, avvalo, qimmatbaho shishani topib, eritmadan oltinni ajratib olib, ikkala medalni ham qaytadan tayyorlatgan.

OSMONDAN SOVG’A.

1944 yilda Hindistonning Bombey shahrida yashovchi qari etikdo’z kechqurun o’z uyi ostonasida o’tirganida birdan qattiq portlash yuz berib, etikdo’z oyog’i ostiga g’ishtga o’hshagan qandaydir bir buyum kelib tushadi. CHol bu g’ishtni ushlamoqchi bo’lganida uning qaynoqligidan qo’lini tortib oladi.

G’isht bu ...

A) oltin bo’lagi

V) samolyot bo’lagi

S) meteorit bo’lagi

Javob: Bombey aholisi haligacha bu kunni aniq eslaydi. Soat 16 dan 6 daqiqa o’tganda bir necha tonna portlovchi moddalar ortgan “Fort Staykin” paroxodi portlab ketgan. Bu portlash natijasida palubada bo’lgan barcha narsalar, shu jumladan har biri 22 kg.dan bo’lgan 155 ta oltin g’ishti ham bir necha km. Tepaga ko’tarilgan. Shulardan biri etikdo’z oldiga tushgan, qolganini topish imkoniyati bo’lmadi.

A: Maktabda kimyo 1(73), 2015 yil 5,6-b
1876 yili kimyogar Frits Xenkelь natriy silikati asosida tayyorlangan kukunni yaratadi va uni ilk marotaba kir yuvish uchun ishlatadi.

1933 yili kimyogar, farmatsevt va kosmetolog Xans Shvartskopf ishqorsiz suyuq sovunni yaratib, uni “Onalkali” deb ataydi va soch yuvish vositasi, ya’ni shampun sifatida sota boshlaydi. A: Maktabda kimyo 1(73), 2015 yil 5,6-b


XLORNING KASHF ETILISHI

Galogenlar ichida xlor birinchi bo’lib kashf etilgan elementdir.

1774– yili taniqli shved kimyogari Karl Sheyele (1742 - 1786) xlorid kislotaning (u bu kislotani “tuzli spirt” deb atalgan) marganes (IV)- oksidi bilan ta’siri natijasida o’tkir hidli, o’simlik bo’yoqlarini rangsizlantiradigan va ko’pgina metallar bilan tuz hosil qiladigan sariq – yashil rangli gaz ajralib chiqishini aniqladi. Lekin K. Sheyele bu gazni alohida kimyoviy element deb hisoblamaydi, balki xlorid kislatadan flogiston chiqishi tufayli hosil bo’lgan murakkab modda deb qaraydi va unga “muriy oksidi” deb nom beradi. Bu gaz (hozirgi xlor) xlorid kislatani oksidlash yo’li bilan olingani uchun uni muriy (ya’ni yangi element) bilan kislorodning birikmasidir, deb taxmin qilgan. Shu sababli K. Bertolle bu gazni oksidlangan xlorid kislata yoki oksimurit kislota deb atashni kashf etgan.

O’zining ko’p kashfiyotlari bilan nom qozongan G. Devi osh tuzining suyuqlanmasini elektroliz qilish natijasida K. Sheyele olgan gazni hosil qiladi. U kaliy metaliga mutlaq quruq, gazsimon “muriy kislota” (ya’ni vodorod xlorid) ta’sir ettirib vodorod gazini hosil qiladi. Shunga asoslanib G. Devi gazsimon “muriy kislotada” suv bor degan xulosaga keladi. Lekin qancha xarakat qilmasin, undan suvni, shuningdek, “oksimurit kislota”dan kislorodni ajratib ololmaydi.

G. Devi o’zining bir qator tajribalariga asoslanib “oksimurit kislota” murakkab modda emas, balki parchalanmaydigan oddiy modda, ya’ni yangi element deb xisoblaydi va bu moddani rangiga qarab xlorin (grekcha x l o r o s - yashilsimon) deb atydi.

Gey – Lyussak Deviyning xlorin element ekanligi haqidagi fikriga qo’shilib, uni hozur aytganimizdek, xlor (c h l o r) deb atashni taklif etadi.

Shunday qilib, 1774 – yili K. Shelle tomonidan birinchi bo’lib olingan gaz, 1810 – yilda ya’ni, 36 yildan so’ng yangi element – xlor ekanligi yirik omillar tomonidan tan olinadi.
KURTUA KASHFIYOTI

Yod elementini 1811– yilda Parijdagi selitra zavodining egasi

B. Kurtua (1777 - 1838) kashf etgan. Shunisi qiziqki, bu kashfiyot qandaydir olim yoki ilmiy tekshirish inistitutining kimyo laboratoriyasida emas, balki to’g’ridan to’g’ri zavodda qilingan edi. Xo’sh bu qanday sodir bo’lgan?

B. Kurtua Fransiyaning Jon shahridagi o’zining zavodida kaliyli selitra olish bilan shug’ullanar edi. U dengiz suvi ko’tarilganda Fransiya qirg’ogida ko’plab chiqarib tashlanadigan dengiz suv o’ti kulidagi


DAKTILOSKOPIYA

Daktiloskopiya- inson qo’l barmoqlari izidan foydalanib uning kim ekanligini aniqlash.

XIX asr o’rtalarida London shahrida Jek Potrashitel nomi berilgan noma’lum shaxs tomonidan ko’p vaqt davomida ayollarni shafqatsiz o’ldirib, javobgarlikdan qochib yurgan. Skodland Yard politsiyachilari ham bu ishni fosh etisha olmagan. 1900 yili Londonlik Frensis Galdon (Charliz Darvinning jiyani) ilk bora insonlarning barmoq izlari individual bo’lishi aniqlagan va shu bilan daktiloskopiya sohasiga asos solgan.

Insonlarning ovozi, ko’z setchatkasi, o’ziga xos ter hidi takrorlanmas bo’lganidek, qo’l va barmoq izlari ham takrorlanmasdir. Bir xil barmoq izli insonlar 4 mln asrda bir marotaba uchrash ehtimolligi hisoblab chiqilgan. Terimizdagi yog’lar , bizdan ajralgan ter va o’lik terlar inson barmoq izlarining betakror bo’lishini ta’minlaydi. Barmoq yostiqchasidagi 70 ta izga qarab inson shaxsini aniq topish mumkin. Bunda mutaxassislarga lyumenisentsiya jarayoni yordam beradi. Masalan jinoyat etilgan joy maxsus floritsent magnit kukuni bilan ishlov beriladi. So’ngra ulьtrabinafsha nurlar yordamida barmoq izi aniqlanadi. Agar barmoq izlari metall yuzasida bo’lsa, u magnit kukunida ishlov berish shart emas. Buni maxsus kimyoviy moddalar bilan topiladi. Masalan, ningidrin moddasi eritmasi bilan ishlov berilgan joylar inson organizmida ajralgan aminokislotalar bilan ta’sirlashuv jarayonidadan so’ng siyohrang moddaga aylanib izni topishga imkon beradi.

Egizaklar barmoqlari ham turlicha bo’ladi. Inson barmoq izlari ona qornida 13 -18 haftalik bo’lganida shakllanadi. Aynan shu paytda asab tizimi ham shakllanadi. Barmoq izlarini olov bilan ham, kislotalar bilan kimyoviy yo’l bilan ham yo’q qilish mumkin emas.

Dunyoda barmoq izlari umuman bo’lmagan insonlar ham bor. Lekin juda kam. Bu 2 ta garmonga bog’liq ekanligini Isroillik mutaxassislar aniqlagan. Qo’l terisining yuza qismining o’lishi buning sababchisi bo’lishi aniqlangan A: Maktabda kimyo 2(62)-son 2014- yil 32 b, (14,15 b)



VITAMIN

1911 yilda polyak shifokori va biokimyogari K. Funk sholi kepaklaridan bir moddani ajratib oldi, bu modda faqat oqlangan guruch bilan oziqlangan kaptarlardagi falaj kasalligini davoladi. Moddaning kimyoviy analizi uning tarkibida azot borligini ko’rsatdi. Funk bu moddani Vitamin deb atadi (vita- hayot, min-azot tutuvchi) Keyinchalik vitaminlarning hammasida ham azot bo’lavermasligi aniqlandi. A: Maktabda kimyo 2(62)-son 2014- yil 32 b, (31b)


ILON ZAHRI.

1 gramm ilon zahrini olish uchun 130 ta ilon kerak bo’ladi. Sababi bitta ilonda 5\7 mgr. (zahar KCN) zahar mavjud. Bir gramm ilon zahri oltindan 35 marta qimmat. A: Maktabda kimyo 2(62)-son 2014- yil 32 b, (28 b)



GUGURT YAQIN DASTYOR

Gugurtlar paydo bo’lgunga qadar, inson olov yoqishga qadar nimalar qilmagan? Yog’och sirlarini bir-biriga ishqalagan, kremniy orqali uchqun keltirishga, oyna orqali quyosh nurini tutib olishga harakat qilishgan. Buni amalga oshirishga muvofiq bo’lganlarida esa, yonib turgan olovni loy xumchalarda saqlashga harakat qilishgan.

Faqatgina XVIII asr oxirlariga kelib, yashash ancha osonroq bo’ldi. Frantsiyalik kimyogar Klood Bertolle, keyinchalik bertolet tuzi deb atala boshlangan, tajribaviy yo’l bilan modda ishlab chiqargan. SHunday qilib, 1805 yilda “Makanka” gugurtlari paydo bo’ldi-quyuq sulfat kislotaga botirilgandan so’ng yonadigan, bertolet tuzi bilan moylangan ingichka cho’pchalar. Birinchi “quruq” gugurtlarni ingiliz kimyogar va aptekachi Djon Uoker ihtiro qilgan. 1827 yilda, u yog’och cho’p ichiga surma sulfidi, bertolet tuzi va gumiarabika (akatsiya ajratib chiqaradigan yopishqoq suyuqlik) surkalsa ochiq havoda qurishsa, g’adir-budir qog’ozga ishqalangan bunday cho’pning uchi osongina yonadi.

Natijada esa, sulfat kislotali idishchani olib yurishning ehtiyoji ham qolmaydi. Uoker qalay idishiga 100 ta donadan joylashtirilgan , gugurt ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi, biroq o’z ixtirosida katta daromad ko’rmadi. Bundan tashqari, bu gugurtlarning hidi o’ta yoqimsiz edi.

1830 yilda 19 yoshli Frantsiyalik kimyogar Sharil Soriya bertolet tuzi , fosfor va element qotishmasidan tashkil topgan fosfor guguurtlarini tashkil qildi. Ular qattiq sirtga masalan etik tagligiga ishqalanganida umuman yengil o’t olgan. Soriya gugurtlari hidsiz bo’lib, biroq oq fosfor zaharli modda bo’lgani uchun sog’liqqa zarar yetkazar edi. 1855 yilda kimyogar Yohan Lundstro, qizil ba’zida oqidan ham yaxshiroq bo’lishini hayoliga keltirdi. SHved , katta bo’lmagan qutisining tashqarisidagi jilvirli qog’ozga qizil fosforni gugurt ichidagi qorishmaga qo’shdi. SHunday qilib ular sog’liqqa zarar yetkazmaydigan va oldindan tayyorlangan sirtga i ishqalanganida , tez o’t oladigan gugurt paydo bo’ldi. Va nihoyat 1889 yilga kelib, Djoshuyu Pьyusi gugurt qutisini mxtiro qilgan, lekin bu ixtironing patenti xuddi shunday, biroq yonuvchan sirti tashqarida bo’lgan.(Pьyusida u sirt qutining ichida edi) qutini o’ylab topgan Amerikalik kompaniyasi Diomond Match companiy berilgan.

Rossiyaga fosfor gugurtlari Yevropadan 1836 yilda olib kirilgan va 100 ta dona uchun kumush rublьga sotilgan. Rossiyaga gugurtlarni ishlab chiqaruvchi ilk fabrika esa Sank-peterburgda 1837 yilda qurilgan.



KIMYO MO’JIZAKOR FAN.

Kimyo fani modda va uning xossalarini va bir biriga aylanishini o’rganadigan fan. Hech bir soha yo’qki bu fan kirib bormagan bo’lsa Ishlab chiqarishning har bir sohasida biz uni mo’jizasini ko’rishimish mumkin masalan: Raketasozlikda eng muhim xom ashyo tarkibi platinadan iborat. Nefьtning qora oltin sifatida, oq oltinimizning ham tarkibi kimyoviy elementlardan tashkil topgan. Bizga ma’lumki davriy sistemadagi elementlarning yettitasi qadimdan ma’lum

(qalay, oltin, kumush, simob, temir, qo’rg’oshin, mis) masalan: temirning kelib chiqishi haqida kitoblarda quyidagi ma’lumot berilgan Temir osmondan tushgan deb yuritiladi. Yerning asosiy qismini ya’ni yadrosini temir tashkil etadi. Temir xatto inson organizmining asosiy komponentlaridan biridir. “Yosh ximik 23 bet”
OLTIN –KO’TARADI, KUMUSH TUSHIRADI.

Kanadalik olimlar tilla taqinchoqlarning inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligini aniqladi. Ma’lum bo’lishicha, ular insondagi quvvatni ham tortib olarkan.

Bundan tashqari, teriga tekkandan so’ng asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada inson salomatligi va kayfiyatida muammolar yuzaga keladi. Uni uzoq vaqt taqqanlarda besabab hadiksirash hissi paydo bo’ladi, modda almashinuvi jarayoni sekinlashadi. Ruhiyati tez o’zgaruvchan kishilar esa depressiyaga tushib qolishi mumkin.

Vaqt o’tib tilla taqinchoqlar oksidlanadi va o’zidan turli kimyoviy reaktsiyalarni keltirib chiqaradigan modda ajratadi. Oksidlanishdan hosil bo’lgan moddaning, xatto milligrammdan bir ulushi ham erkaklar jinsiy bezining me’yorida ishlashiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin ekan.

Biroq tilla va tilla taqinchoqlar ayollarga hech qanday zarar yetkazmaydi. Tilla uzuk ularni tetiklashtiradi, shu bois yoshi katta xonimlar va yurak qon-tomir xastaligidan aziyat chekuvchilarga taqish tavsiya etiladi. Tilla qon bosimini tushuradi, kumush esa ko’taradi. Ammo tadqiqotchilar uyqu oldidan barcha taqincho qlarni yechib qo’yishni tavsiya etadi. (A: Oila davrasida gazetasi №49(187)2015 yil 3 dekabr 14-bet)
MINERAL O’G’ITLAR.

Bir tonna mineral o’g’itdan to’g’ri foydalanish hisobiga qo’shimcha 1,5-2 tonna don, 6-7 tonna kartoshka, 12 tonnagacha sabzavot hosili yetishtirish mumkin.

1950 yilda sobiq SSSrda ishlab chiqarilgan mineral o’g’itlar AQSH dagi ko’rsatgichning 31 % ni tashkil etgan bo’lsa 1969 yilga kelib, bu ko’rsatgich 69% ga ko’tarildi, 1973 yilda esa mineral o’g’itlar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda bo’lgan. 1985 yillarda sobiq SSSrda mineral o’g’itlar ishlab chiqarish 150-155 mln tonna ishlab chiqarilgan. Azotli o’g’itlarning 60%, fosforli o’g’itlarning 25%, kaliyli o’g’itlarning50% nigina o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi.

Odam o’zini necha yosh his qilsa, uni shuncha yoshda bo’lishi mumkin.

O’spirinlik davri 18-20 dan 25-30;

o’rta yosh 25-30 dan 45-50;

katta yosh 45-50 dan 65-70;

keksalik 65-70 dan yuqori.

Insonning yetuklik davri 30-55 yosh;

65-yoshdan qarish boshlanadi.

20 yoshda hissiyot;

30 da-iste’dod;

40 da-aql hukmronlik qiladi;

tana qariganda aql mustahkamlanadi,

60 da-axloq hukmron.

Avesto asarida insonni 500-900 yil, ba’zilar esa 1400 yil yashaganligi qayd etilgan.

Ibn Sino insonga toza havo bersang u 1000 yil yashaydi deb bashorat qilgan.

Nega endi insonlar 60-70 yoshida qariydi va ko’pchiligi esa 70-80 yoshda o’lib ketadi?

(Tug’ilish, o’sish, o’lish haqidagi fanni – gerontologiya fani deyiladi).

Insonning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlang?

Javob: Gen, ijtimoiy, atrof muhit, tarbiya,

qanday omillar inson faoliyatiga salbiy ta’sir etadi?

Inson uzoq yashashi uchun nima qilish kerak deb o’ylaysiz?

Insonga salbiy ta’sir etuvchi 5 ta fizik omilni ayting.



Javob: eng yuqori va eng past harorat, shovqin, bosim, quyosh nuri, namlik (A: E.O Turdiqulov, M.E.musaeva “O’qituvchilarni integrallashgan ta’lim –texnologiyasi asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish” T - 2008)


FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR:

  1. I. A. Karimov. O’zbekiston  XXI  asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari  va  tarakkiyot kafolatlari. – Toshkent "O’zbekiston" 1997 yil.

  2. Maktabda kimyo 1(73), 2015 yil 5,6-b.

  3. Maktabda kimyo 2(62)-son 2014- yil 32 b, (14,15 b)

  4. Yosh ximik entsiklopedik lug’ati. Toshkent – 1990 23 bet”.

  5. E.O Turdiqulov, M.E.musaeva “O’qituvchilarni integrallashgan ta’lim –texnologiyasi asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish” T - 2008

  1. www.cemnet.ru/rus/who.is.who/karginov.htm

  2. www.chan.kst.ru/butlerov-comm/voll/col-a/data

  3. www.macro.ru/rus/is/page 3.htm.

  4. www.science.support.ru/fanel/fond-l





Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə