O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


- sinf O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi



Yüklə 370 Kb.
səhifə5/6
tarix23.04.2018
ölçüsü370 Kb.
#39880
1   2   3   4   5   6

7- sinf O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi




I- Qism O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi

(51 soat birinchi yarim yillikda o`tiladi haftasiga 3 soatdan )



I - bo`lim

O`rta Osiyoning umumiy tabiiy- geografik tavsifi (7 soat)

O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi haqida tushuncha (1 soat)

Kursning mazmuni. O`rta Osiyo Yevrosiyoning tabiiy o`lkalaridan biri ekanlaigi (shu munosabat bilan geografik qobiq va Yevrosiyoning tabiiy geografik o`lkalarga bo`linishi gapiriladi). Kursni o`rganishning ilmiy, ma`naviy va amaliy ahamiyati ochib beriladi.



Geografik o`rni, chegaralari va tabiiy o`lka sifatida o`ziga xos xususiyatlari (2 soat)

O`lka hududining geografik koordinatalari, okeanlarga, geografik mintaqalarga, ayrim davlatlarga nisbatan joylashgan o`rni. Tabiiy- geografik chegaralar o`tkazish tamoyillari. Shimoliy-g`arbiy va shimoliy chegralarining xususiyatlari. Sharqiy va janubiy chegarasining tog‘larning suvayirg‘ichlaridan va g‘arbiy chegaralarining dengiz qirg`oqi yonidan o`tkazilishi. Tabiiy o`lka sifatida o`ziga xos xususiyatlari: okeanlardan uzoqda, eng katta materik o`rtasida, mo‘tadil va subtropik kengliklarda joylashganligi, undan kelib chiqadigan oqibatlar, ekologik sharoiti jihatdan ham berk havza ekani, relyefining o`ziga xos ekanligi va uning tabiiy-geografik oqibatlari, O‘rta Osiyoning jahon fani va ma`naviyatiga hissa qo`shgan buyuk kishilar vatani ekanligi.


O`rta Osiyoning o`rganilish tarixi (2 soat)

O`rta Osiyoning juda qadimiy madaniyat markazlaridan biri ekanligi. Afrosiyob, Baqtriya davlatlari. O`lkani geografik o`rganish tarixi bosqichlari: «Buyuk ipak yo`li» tashkil bo`lguncha, «Buyuk ipak yo`li» davri, Rossiyaning O`rta Osiyoni istilo qilgan va istilodan keyingi davrlar va hozirgi davr. Uning qisqacha tahlili. O`rta Osiyoni geografik o`rganshda Xitoy, arab tadqiqotchilari, mahaliy olimlar- Muhammad al- Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa olimlarning xizmatlari. Rus harbiylari va olimlarining geografik ishlari. Geograf olimlar- Q. Zokirov, M. Qoriyev, N. Dolimov, H. Hasanov, Z. Akromov va boshqalarning ishlari. Hozirgi davrdagi geografik tadqiqotlar.


O`rta Osiyo aholisi va siyosiy xaritasi 2 soat

O`rta Osiyo aholisining ko`p millatli: o`zbek, qozoq, turkman, qirg`iz va uyg`ur, tojik, afg`on, fors, rus ukrain, koreyslar yashashi. Aholining soni (davlatlar bo`yicha) va zichligi. O`rta Osiyoda aholining hududiy joylashishida o`ziga xos xususiyatlar. Siyosiy xarita.



Amaliy ish (1 soat)

Geografik xaritalar. Topografik xaritalar va globus. ( 12 soat )
Geografik xaritalar, atlaslar, globuslar haqida tushuncha. Ularning ta`rifi, xususiyatlari va ahamiyati. Xaritalar va globuslarning turlari. Abu Rayhon Beruniy globusi.

Xaritalarning andozalari haqida tushuncha (2 soat)

Konusli, silindirli, ko`p konusli andozalar, turli andozalardagi xatoliklar.



Geografik xaritalar (2 soat)

Siyosiy–ma`muriy, geografik komponentlar xaritalari, iqtisodiy-geografik tarmoqlar xaritalari, yirik, o`rta va mayda masshtabli xaritalar.



Xaritalarning turlari. Globus (1 soat)

Xaritalardan foydalanish ( 2 soat)

Xaritalardan ilmiy ishlarda foydalanish. Xaritalar yordamida geografik kesmalar tuzish.



Topografik xaritalar ( 1 soat)

Ularning geografik xaritalardan farqi. Gradusli va kilometrli to`rlar



Topografik xaritalardan foydalanish (1 soat)

Topografik xaritalar bilan ishlash. Xaritalarga qarab azimutlarni aniqlash.



Vaqt o`lchovi (2 soat)
Sutka. Quyosh, Yulduz, Oy sutkalari. Mahalliy vaqt. Mintaqa vaqti. Dunyoning soat mintaqalariga bo`linishi. Taqvim. Grigoriy taqvimi. Hijriy taqvim. Hijriy- qamariy va hijriy shamsiy taqvimlar. Kabisa yillari.

Geografik nomlar (4 soat)
Toponimika va geografiya. Toponimik atama va tusunchalar (1 soat)

Geografik nomlarning paydo bo‘lishi (1 soat)

Geografik nomlarning turlari (2 soat)
Amaliy ish (1 soat)

O`rta Osiyoning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari va relyefi ( 6 soat )

Geologik sana (1 soat)

Tog‘ jinslarining nisbiy yoshi, tog‘ jinslarining mutlaq yoshi



O‘rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi ( 1 soat)

O‘rta Osiyoda ro‘y bergan tektonik harakatlar. Zilzilalar, foydali qazilmalar. Eng yirik konlari.



Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari (3 soat)

O`lkaning sharqiy va janubiy qismlarining tog`li, g`arbiy va shimoliy qismlarining tekislik ekanligi. Kaledon, gersen, alp burmalanishlarida vujudga kelgan tog`lar, ularning o`ziga xos xususiyatlari: yirik tekisliklar, qirlar, tog` oralig`idagi vodiylar.

Inson xo`jalik faoliyatining Yer yuzasi tuzilishiga bog`liqligi. Insonning relyefga ta`siri

Amaliy ish (1soat)

Iqlimi 5 soat

Iqlimga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar (1 soat)

O‘lkaning geografik o‘rni. Quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi. To‘g‘ri radiatsiya, yalpi radiatsiya, tarqoq radiatsiya



Havo massalari, siklon va antisiklonlar (1 soat)

Havo frontlari, ulardagi ob – havo



O‘lka iqlimining ta’rifi ( 1soat)

Tekisliklar iqlimi. Iqlimning umumiy tavsifi. Turli fasllardagi ob – havo. Havo harorati, yog‘inlar, mutloq haroratlar



O‘rta Osiyo tog‘larining iqlimi (1soat)

Tog ‘lik relyefining iqlimga ta’siri



O‘rta Osiyodagi iqlimiy tafovutlar (1soat)

Turon va Qozog‘iston iqlimlari ta’rifi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari



Amaliy ish (1soat)

Suvlari (5 soat)

Umumiy tushuncha ( 1soat)

O`rta Osiyoning bir butun geografik, gidrogeologik havza ekanligi. Yer usti suvlarining iqlimga bog`liq ravishda kambag`alligi va hududda juda notekis joylashganligi. Daryolar suv sarfini hisoblash. Yer osti suvlarining, xususan artezian suvlarining yirik havzalar hosil qilib joylashganligi, o`lkaning janubda joylashganiga qaramasdan tog`larda yirik muzliklarning mavjudligi.



Daryolari ( 1 soat )

O`rta Osiyodagi yirik daryolar, daryolar sistemasining inson tomonidan o`zgartirilganligi va uning geografik hamda ekologik oqibatlari. Daryolar suvidan foydalanishni yaxshilash tadbirlari. Amudaryo, Sirdaryo, Nil daryolari.



Ko`llari ( 1 soat)

Ko`llarning hududiy taqsimlanishida o`ziga xos xususiyatlar. Ko`llarning hosil bo`lishiga ko`ra turlari. Yirik ko`llarning ko‘pligi. Ko`llardan xalq xo`jaligida foydalanish.. Ko`llarda ro`y berayotgan antropogyen o`zgarishlar. Orol muammosi. Balxash, Issiqko‘l, Aydarko`l, Olako`l, Qorabo`g`oz ko`l, Qorako`l, Sarichelak va boshqalar. Suv omborlari, kanallar. Ularning xo`jalik maqsadlariga ko`ra turlari. Atrof-muhit ekologik holatga ta`siri. Suv omborlari va kanallarning xo`jalikdagi ahamiyati. Eng yirik suv omborlari va kanallar tavsifi. Boshqa sug`orish inshooatlar Yer osti suvlari ( 1soat )

Yer osti suvlarining tarkib topish sharoiti. Grunt suvlari, bosimli suvlar, artizian suv havzalari. Yer osti suvlarini gidroximik xususiyatlari. Mineral, termal, shifobaxsh suvlar, grunt suvlarini atrof-muhit ekologik holatiga ta`siri.

Amaliy ish ( 1soat )

O`rta Osiyo tuproqlari, o`simliklari, hayvonot dunyosi, tabiat zonalari (8 soat)

Tuproqlar haqida tushuncha (1soat)

Tuproqlaning tabiat ko`zgusi ekanligi. Tuproq zonalari. Tuproqning tarkibiy qismlari. Ona jinsi organik tarkibi- chirindi, tuproq eritmasi. Tabiiy va madaniy tuproqlar.



O`rta Osiyoda tarqalgan tuproqlar (1soat)

Chalacho`l adir, tog`, yaylov tuproqdari. Ularning xususiyatlari, turlari. Tuproqlardan foydalanish. Tuproq meliorativ holatini yaxshilash. O`z joyining tuproqlari va ulardan foydalanish holati.



O`rta Osiyo o`simliklar (2soat)

O`rta Osiyo o`simliklari haqida umumiy tushuncha. O`rta Osiyo o`simliklarining tarkib topishi. Tubjoy o`simliklari, boshqa joylardan kelgan o`simiklar.



Cho‘l va adir o‘simliklari O`simliklar zonalari va balandlik mintaqalari hamda ularda tarqalgan o`simliklar. Ayrim o`simliklar- qum akatsiyasi, yulg`un, saksovul.

Tog‘ va yaylov o‘simliklari Chinor, archa, o`tlardan yantoq, kavil, butalardan- na`matak, qoraqand ta`rifi. Dorivor o`simliklar. “Qizil kitob”ga kiritilgan o`simliklar. O`simliklarni muhofaza qilish.

Hayvonot dunyosi. (1soat)

O`rta Osiyo hayvonot dunyosi umumiy ma`lumotlar. Hayvonot dunyosining tabiiy sharoitga moslashganligi. Cho`l va chalacho`llar, adir, tog`, yaylov hayvonot dunyosi. Hayvonlarning inson uchun ahamiyati. Insonning O`rta Osiyo hayvonot dunyosiga ta`siri. «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlar. Iqlimlashtirilgan hayvonlar.



Tabiat zonalari va balandlik mintaqalari (1soat)

O`rta Osiyoda tabiat (landshaft) komplekslarining geografik kenglikka va mutlaq balandlikka qarab o`zgarishi.Kenglik zonalari: chalacho`l, cho`l, quruq subtropiklar. Ularda tarqalgan tuproqlar, o`simliklar, hayvonot dunyosi. Inson ta`sirida tabiat komplekslarining o`zgartirilishi, antropogen va madaniy landshaftlar.

Balandlik mintaqalari- adirlar, tog`lar, yaylovlar, ulardagi landshaft zonalari: tog` oldi chalacho`llari, efemer dashtlar, tog` savannalari, keng bargli o`rmonlar. Archazorlar, tog` dashtlari, baland tog` dashtlari, baland tog` cho`llari, tog` landshaflariga insonning ta`siri, tog`larda tabiatni muhofaza qilish. Qo`riqxonalar va milliy bog`lar. Ularda olib boriladigan ishlar.

Amaliy ish (1 soat)

II- bo‘lim O`rta Osiyoning tabiiy geografik rayonlashtirilishi (3 soat)

Tabiiy geografik rayonlashtirish haqida tushuncha (1soat)

Rayonlashtirish tamoyillari va usullari. O`rta Osiyoning tabiiy rayonlashtirish va rayonlashtirish bilan shug`ullanadigan tadqiqotchi olimlar. Tabiiy rayonlashtirishning klassifikatsiya tizimi.



Turon tabiiy- geografik kichik o`lkasi (1soat)

Kichik o`lka tabiatiga qisqacha ta`rif. Kichik o`lka hududida mavjud bo`lgan umumiylik va tafovutlar. Ana shu tabiiy tafovutlar asosida kichik o`lka doirasida ikkita tabiiy rayonlar guruhining ajratilishi. Tog`li tabiiy- geografik rayonlar guruhi va tekislik tabiiy- geografik rayonlar guruhi. Tabiiy rayonlar guruhi tarkibidagi hududlar. Tabiatdan foydalanishning umumiy xususiyatlari.



Qozog`iston tabiiy geografik kichik o`lkasi, uning geografik o`rni va chegaralari (1soat)

Tarkibiga kiruvchi tabiiy- geografik rayonlar, ularning ikki guruhga ajratilishi. Kichik o`lka tabiatidagi umumiy xususiyatlar va turli qismlardagi tafovutlar. Kichik o`lka doirasida o`lkalar guruhining ajratilishi hamda buni asoslash. Kichik o`lka tabiatidan foydalanishning umumiy xususiyatlari.



Yakuniy takrorlash va o`quvchlar bilimini tekshirish (1 soat)

II -Qism

O`zbekiston tabiiy geografiyasi

(Ikkinchi yarim yillikda o`tiladi haftasiga 3 soatdan)

Kirish. (2 soat )

Geografik o`rni, chegaralari, chekka nuqtalari, Yer maydoni va tabiatning o`ziga xos xususiyatlari. Siyosiy xaritasi.



I –bo‘lim O`zbekiston tabiatining umumiy tavsifi

Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari (4 soat)

Yer yuzasining tuzilishi va uning o`ziga xos xususiyatlari. Asosiy tog`lari, platolari, botiqlari va tekisliklari. Eng muhim tog` tizmalari- Garbiy Tyanshanga kiruvchi tog`lari: Oloy tog` tizimi tog`lari- Oloy, Turkiston, Molguzar, Nurota, Oqtog`, Zarafshon, Ziyovuddin, Zirabuloq, Xisor, Boysun. Hazrati Sulton cho`qqisi (4463m) O`zbekistonning eng baland nuqtasi ekanligi. Platolari- Ustyurt, Qorabovur, Ohangaron, Jarqoq . Botiqlari- Farg`ona, Zarafshon. Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Surxondaryo. Tekisliklari- Turon va undagi past tog`lar va botiqlar. Cho`llari- Qizilqum, Mirzacho`l, Qarshi, Nishon, Jom, Qarnob.

Geologik rivojlanish tarixi. Turli eralarda sodir bo`lgan tektonik jarayonlar, ularning ta`sirida vujudga kelgan tog`lar, platolar, tekisliklar. Zilzilalar, syesmik rayonlar hududlar, sodir bo`lgan kuchli zilzilalar, va ularning joylari. Foydali qazilmalar, ularning turlari va joylashish qonuniyatlari. Eng muhim foydali qazilma konlar.

Amaliy ish:

Yozuvsiz xaritaga O`zbekistondagi eng muhim tog`larni, platolarni, botiqlarni, tekisliklarni, cho`llarni va yirik foydali qazilma konlarini tushirish.



O`zbekiston iqlimi (4 soat)

O`zbekiston iqlimining o`ziga xos xususiyatlari va iqlim hosil qiluvchi omillar- geografik o`rni va u bilan bog`liq quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulatsiyasi, Yer yuzasining tuzilishi, Yer yuzasining holati va antropogen omil. Haroratning hududiy va fasllar bo`yicha taqsimlanishi. Havoning namligi va bulutligi. Yog`inlarning hududiy va fasllar bo`yicha taqsimlanishi. Bosim va shamollar. Yil fasllari. Iqlim resurslari. Yozuvsiz xaritaga iyul (qizil rangda) va yanvar (qora rangda) izotermalarini, yog`inlarning taqsimlanishini, asosiy shamollar (qishdagi va yozdagi) yo`nalishini tushirish.



Ozbekistonning ichki suvlari va suv boyliklari (6 soat)

O‘zbekistonning ichki suvlari (daryolar, ko`llar, Yer osti suvlari). Daryolar, ularning hududiy taqsimlanishi. Daryolarning to`yinishi (qanday manbalardan suv olishi)ga ko`ra turlarga bo`linishi. Daryo suvlarining harorati, muzlashi va oqiziqlari. Yirik daryolarning (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Qashqadaryo, Surxondaryo, Ohangaron) tavsifi. Ko`llar va ularning geologik joylashishi, kelib chiqish jihatdan turlarga bo`linishi. Yirik ko`llarga (Orol, Arnasoy, Tuz kon, Aydar, Sudoche va boshqalar) tavsif. Yer osti suvlari va ularning hamda hududiy taqsimlanishi. Eng muhim suv omborlari. Ichki suvlarning xo`jalik ahamiyati va suvlarni toza saqlash muammosi.



Amaliy ish:

O`zbekiston tabiiy xaritasidan daryolar, ko`llar va suv omborlarini topib eng muhim daryolar suv sarfini oylar bo`yicha grafigini tuzish.


O`zbekistonning tuproqlari, o`simlik va hayvonot dunyosi (6 soat)

O`zbekiston tabiat unsurlarining xususan tuproq, o`simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishining sabablari. Cho`l mintaqasi: tarqalgan hududlar va chegaralar. Cho`l iqlimining adir iqlimidan farqi. Asosiy tuproqlari (surqo`ng`ir, taqir, sho`rxok, sho`rxok- botqoq, o`tloq- botqoq va ochbo`z) ularning o`ziga xos xususiyatlari va hududiy joylashishi. Tuproqlarning tabiiy sharoitga bog`liq holda o`zgarishi va sho`rlashish sababi. Tuproqni muhofaza qilish. Cho`l o`simliklari va ularning cho`l tabiiy sharoitiga moslashishi. EfermYer, efemYeroid, kserofit, galofit kabi o`simlik turlari. To`qay o`simlik turlari va ularning tarqalgan hududlari. Cho`l hayvonlari. Ularning issiq va quruq yoz sharoitiga moslashishi. Asosiy hayvon turlari (sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar, hashoratlar va boshqalar) Suvda va to`qayda yashovchi hayvonlar.

Adir mintaqasi: tarqalgan hududlari va chegaralari. Iqlim va uning cho`l iqlimidan farqi. Asosiy tuproqlari, (och bo`z, tipik bo`z, to`q bo`z, o`tloq- bo`z, madaniy, voha) va ularning tabiiy sharoitga bog`liq holda hududiy tarqalishi. Adir tuproqlarida chirindi miqdorini cho`l tuproqlariga nisbatan ortish sababi. O`simliklari va ularning o`ziga xos xususiyatlari. Cho`lga nisbatan o`simlik turlari ko`pligining sababi. Hayvonot dunyosi va uning o`ziga xos xususiyatlari. Asosiy hayvon turlari, ularning hududiy joylashishi.

Tog` mintaqasi: geografik o`rnining balandligi. Yer yuzasining balandlashishiga bog`liq holda iqlimning o`zgarishi. Asosiy tuproq turlari (jigarrang, qoramtir qo`ng`ir, to`q qo`ng`ir, tog` o`rmon) va ularning relyef, iqlim va o`simlik qoplamiga bog`liq holda tarqalishi. Tog` mintaqasi tuproqlarida chirindi miqdorining ko`p bo`lish sabablari. O`simliklarning tog` sharoitiga moslashishi. Asosiy o`simlik turlari va hududiy tarqalishi. O`simliklarning tog` yon bag`irlarida bir xil o`smasligini sababi. Hayvonot dunyosi va ularning tog` sharoitiga moslashuvi. Asosiy hayvon turlari va ularning tarqalishi.

Yaylov mintaqasi: tog`larning eng baland qismini egallaganligi tufayli tabiiy sharoitning noqulayligi. Yozning salqin va qisqa, qishi sovuq va davomli ekanligi tufayli tuproq qoplami yaxshi rivojlanmagan. Asosiy tuproqlari- och tusli, qo`ng`ir, tog` o`tloq, torfli botqoq. O`simliklari siyrak bo`lib subalp va alp o`tloqlaridan iborat ekanligi. Hayvonlari murakkab relyef sharoitiga, uzoq davom etadigan sovuqqa moslashgan bo`lib yirik sut emizuvchilar ko`p, sudralib yuruvchilar kam.

Amaliy ish:

Quyidagi «O`zbekistonning tabiat mintaqalari» jadvalni to`ldirish.





Tabiat mintaqalari

Balandligi, m, hisobida

Iqlim

Tuproqlari

O`simlik lari

Hayvonlari

Cho`l

Adir


Tog`

Yaylov


















O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish (2 soat)

Tabiiy boyliklari va ularning turlari. Tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar insonlarning hayot manbai ekani. Tabiat va uni ifloslanuvchi omillar. Havo, suv, tuproqning ifloslanish sabablari. Tuproq eroziyasi va ularning turlari. Tabiat ifloslanishining salbiy oqibatlari. Turi va soni, kamayib ketayotgan o`simlik va hayvonlar. O`zbekistondagi kamayib ketayotgan o`simlik va hayvonlarni, noyob tabiat yodgorliklarni saqlab qolishda qo`riqxona, milliy bog` va buyurtmalarning roli. «O`zbekiston Qizil kitob»iga kirgan o`simlik va hayvonlar.



Amaliy ish:

Noyob kamayib ketayotgan o`simlik va hayvonlar ro`yxatini tuzish. Yozuvsiz xaritaga O`zbekistondagi qo`riqxonalar, milliy bog`lar, buyurtmalar va parvarishxonalarni tushirish.


II - Bob O`zbekistonning tabiiy- geografik rayonlari ( 27soat )

O`zbekiston hududining tabiiy- geografik rayonlashtirilishi ( 1 soat)
O`zbekiston Yer tuzilishi, iqlim va tabiatining boshqa unsurlarini xususiyatiga ko`ra avvalo yirik tabiiy geografik kompleks hisoblangan tekislik hamda tog`oldi va tog`li qismlariga bo`linishi. Yirik komplekslar o`z navbatida tabiiy- geografik rayonlarga bo`linishi. Tekislik tabiiy- geografik o`lkasi Ustyurt, quyi Amudaryo va Qizilqum tabiiy geografik o’lkasiga, tog`oldi va tog`li o`lkasi esa Chirchiq- Ohangaron, Farg`ona, Zarafshon, Mirzacho`l, Qashqadaryo, Surxondaryo tabiiy geografik o‘kalariga bo`linishi.

Amaliy ish:

O`zbekistonning yirik tabiiy – geografik o`lkalari va tabiiy- geografik rayonlarini yozuvsiz xaritaga chegaralari bilan tushirib, nomlarini yozib qo`yish.



Chirchiq- Ohangaron vodiysi (4 soat)

Geografik o`rni chegarali va umumiy tavsifi. Yer yuzasining tuzilishi, geologik taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Gersin va alp burmalanishida shakllangan relyef shakllari. Hududidan qachon dengiz chekinganligi. Zilzilalar. Foydali qazilmalari. Iqlimning o`ziga xos xususiyatlari. Harorat va issiqlikning taqsimlanishi, shamollari. Ichki suvlari, daryolar. Ularning to`yinish manbalari. Yer osti suvlari.. Tuproq o`simlik qoplamasi va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tabiatni muhofaza qilishda Chotqol biosfera qo`riqxonasi va milliy bog`ining ahamiyati.



Amaliy ish:

Chirchiq- Ohangaron tabiiy- geografik o ‘lkasidagi tog`lar, platolar, daryolar, suv omborlarining ro`yxatini tuzish.



Farg`ona vodiysi (3 soat)

Geografik o`rni, chegaralari va umumiy tavsifi. Geologik tuzilishining asosiy xususiyatlari. Vodiyni o`rab olgan tog`larning gersin burmalanishida ko`tarilishi, so`ngra peneplenlashishi, alp bosqichida qayta ko`tarilishi va adirlarning vujudga kelishi. Zilzilalar. Asosiy foydali qazilmalari. Yer usti tuzilishi. Vodiy va uning atrofidagi adir va tog`larning asosiy relyef shakllari. Iqlimining o`ziga xosligi va iqlim hosil qiluvchi omillar. Bekobod va Qo`qon shamollarning vujudga kelish sabablari. Asosiy daryo va soylari, ularning to`yinish manbalari. Yer osti suvlari. Suv omborlari va kanallari. Tuproq- o`simlik qoplami va hayvonot olami va balandlik mintaqalanishi. Tabiiy boyliklari va ularni muhofaza qilish.



Amaliy ish:

O`zbekistonning relyef, iqlim, tuproq va o`simlik xaritalari yordamida vodiyning biror qismini kompleks tabiiy – geografik profilini tuzish.


Mirzacho`l (3 soat)

Geografik o`rni, chegaralari. Geologik tuzilishi. O`lka janubdagi tog`larning gersin burmalanishida ko`tarilib, so`ngra pasayib qolganligi, alp bosqichida qayta ko`tarilganligi. Mirzacho`l tekislik qismidan dengiz suvi neogenda chekinganligi. Foydali qazilmalari. Yer usti tuzilishi va uning shimol va shimoli- g`arbdan janub va janubiy- sharq tomon ko`tarilib borishi. Tekislik qismining Yer usti tuzilishi. Janubdagi tog`lar, ular relyefining asosiy xususiyatlari. Iqlimning o`ziga xos tomonlari va uning shakllanishida Yer usti tuzilishining o`rni. Hudud bo`yicha issiqlik va yog`inlarning taqsimlanishi. Shamollari. Daryo va soylari hamda Yer osti suvlari. Tuproq o`simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tuproqlarining sho`rlanishi sabablari. Tabiatini muhofaza qilishda Zomin tog`-o`rmon qo`riqxonasi va milliy bog`ning hamda Nurota tog`- o`rmon qo`riqxonasining ahamiyati.



Amaliy ish:

Zomin tog`- o`rmon qo`riqxonasi va milliy bog`ida hamda Nurota tog`- yong`oqzor qo`riqxonasida muhofaza ostida olingan o`simlik va hayvonlar ro`xatini tuzish.



Zarafshon vodiysi (3 soat)

Geografik o`rni va chegaralari. Geologik tuzilishi. Vodiyning o`rab turgan tog`lar burmalanishining asosiy bosqichlari. Vodiyning antropogen tarixi. Zilzilalari. Foydali qazilma boyliklari. Vodiy va uni o`rab turgan tog`larning Yer usti tuzilishi. Samarqand, Buxoro va Qorako`l vohalari relyefi. Iqlimining o`ziga xos xususiyatlari. Unga shimol tomonidan o`rab olgan Turkiston – Nurota – Oqtog`larning ta`siri. Issiqlik va namlikni g`arbdan sharq tomon, pastdan yuqoriga ko`tarilgan sari o`zgarishi. Zarafshon daryosi va uning gidrologik xususiyatlari. Undan boshlanuvchi kanallar. Vodiyning atrofidagi tog`lardan boshlanuvchi daryo va soylar. Yer osti suvlari va suv omborlari. Amu – Buxoro magistral kanali. Tuproq va o`simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Buxoro, Qorako`l vohalarida tuproqlarning sho`rlanish sabablari. To`qay o`simlik va hayvonlari. To`qay landshaftini muhofaza qilishda Zarafshon qo`riqxonasining ahamiyati.



Amaliy ish:

O`zbekiston tuproq va o`simlik xaritalarining shartli belgilari yordamida vodiyda qanday tuproq va o`simlik turlari mavjudligini, Buxoro hamda Qorako`l vohasi tuproqlarining sho`rlanganligi sababini tahlil qilish.



Qashqadaryo (3 soat)

Geografik o`rni, chegaralari. Geologik tuzilishi. Tog` tizmalari rivojlanishining asosiy bosqichlari. Tekislik qismining neogen davr tarixi. Yer yuzasining tuzilishi. Tekislik qismini sharqdan va shimoldan o`rab olgan tog`lari. Ularning relyef shakllari. O`lka adirlari va ularning Farg`ona adirlaridan farqi. Qarshi Jom, Malik, Qarnob, Nishon cho`llari. Iqlimining asosiy xususiyatlari. Iqlim unsurlarining hududiy joylashishi. Daryolari, soylari, kanallari va suv omborlari. Cho`l, adir, tog`, yaylov mintaqalari va ularning tuproq - o`simlik qoplami hamda hayvonot dunyosi. Tabiatni muhofaza qilish. Hisor qo`riqxonasi va Kitob kenglik stansiyasi.



Amaliy ish:

Qashqadaryo viloyati tabiiy xaritasi yordamida tabiiy o`lkadagi tog`larning orografik sxemasini mustaqil ravishda tuzish.


Surxondaryo (3 soat)

Geografik o`rni va chegaralari. Yer yuzasining geologik rivojlanish bosqichlari. Zilzilalar. Qazilma boyliklari. Tog` tizimlari va ularga tavsif. O`lka O`zbekistonning eng janubida joylashgan bo`lib, atrofini sovuq havo oqimidan to`sib turuvchi tog`lar tufayli quruq subtropik iqlimning vujudga kelganligi. Iqlim unsurlarining joylashishi. Afg`on shamoli va uning vujudga kelish sabablari. Asosiy daryolari, ularning to`yinishi va suv rejimi. Yer osti suvlari, suv omborlari. Tuproq - o`simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Surxondaryo qo`riqxonasi va Denov o`simliklar stansiyasi.



Amaliy ish:

Surxondaryo viloyati tabiiy xaritasi va darslikdan foydalanib, o`lka tabiatining o`ziga xos xususiyatlarini daftarga mustaqil ravishda yozib kelish.


Qizilqum (2 soat)

Geografik o`rni va chegaralari. Relyefining taraqqiyot tarixi. Yer usti tuzilishining o`ziga xos tomonlari. Eng muhim relyef shakllari: qoldiq tog`lari, botiqlari, qum relyef shakllari. Foydali qazilmalari. Zilzilalar (gazli). Iqlimining o`ziga xos xususiyatlari. Iqlim unsurlarining hududiy joylashishi. Tuproq - o`simlik qoplami va hayvonot dunyosi. O`simlik va hayvonot dunyosining iqlimiy sharoitga moslashuvi. Qum va to`qay landshafti. U Yerdagi o`simlik va hayvonlarni muhofazasida Qizilqum qo`riqxonasining ahamiyati.



Amaliy ish:

O`zbekiston tabiiy xaritasidan va darslikdan foydalanib, Qizilqumda uchrovchi qoldiq tog`lar, botiqlar va qumliklar ro`yxatini tuzish.



Quyi Amudaryo (2 soat)

Geografik o`rni va chegaralari. Amudaryoning ko`hna (eski) va yangi delta tekisliklarining vujudga kelishi. O`lkaning Yer usti tuzilishi. Iqlimi va uning shakllanishida (shimolning ochiqligi tufayli sovuq havo massalari bemalol kirishligi) Yer usti tuzilishining holati. Iqlim unsurlari va ularning hududiy joylashishi. Orol suv sathi pasayishining iqlimga ta`siri. Amudaryo, uning eski va yangi o`zanlari, asosiy kanallari. Eng muhim ko`llari. Tuproq o`smlik qoplami va hayvonot dunyosining o`ziga xos xususiyatlari. To`qay o`simlik va hayvonlari. To`qay landshafti va u Yerdagi o`simlik va hayvonlarni muhofaza qilishda Bodayto`qay qo`riqxonasining ahamiyati.



Amaliy ish:

Darslik tuproq va o`simlik xaritalaridan foydalanib Quyi Amudaryoda qanday tuproq va o`simlik turlari mavjudligini, ularning Ustyurt tuproq va o`simliklaridan farqini aniqlash.


Ustyurt (2 soat)

Geografik o`rni va chegaralari. O`lka relyefining kelib chiqish (rivojlanish) tarixi. Yer yuzasi relyefi: qirlar, tekisliklar, botiqlar va chinklar. Foydali qazilmalari. Iqlimining o`ziga xos xususiyatlari. O`zbekistonning qishi eng sovuq, yozi eng issiq hududi ekanligi. Yer osti suvlari. Tuproq - o`simlik qoplami va hayvonot dunyosi. Muhofaza ostiga olingan va «O`zbekiston Qizil kitobi»ga kirgan hayvon turlari.



Amaliy ish:

O`zbekiston tabiiy xaritasidan foydalanib, o`lkada uchrovchi qir, plato, qumlik, botiq va chinklarning ro`yxatini tuzish.



Yakuniy takrorlash va o`quvchilar bilimini nazorat qilish (1 soat)

8 - SINF

O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY VA IJTIMOIY

GEOGRAFIYASI

Birinchi qism

Kirish (1 soat)
O‘zbekistonning geografik o‘rni (1 soat)
Iqtisodiy geografiya fani, uning maqsadi,vazifalari, tarkibiy qismlari, beriladigan bilimlar tizimi, tarmoqlari. Geografik joylanish haqida tushuncha. Iqtisodiy geografik joylanish. O`zbekiston dunyo xaritasida. O`zbekistonning buyuk davlat bo`lishining iqtisodiy geografik asoslari.

O`zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslarinig iqtisodiyotdagi ahamiyati (5 soat)

Tabiiy sharoitining xo`jalikdagi ahamiyati. Tabiiy resurslar va ularning turlari: mineral, suv, Yer, biologik va iqlimiy (o`simlik, tuproq, hayvonot va rekreatsiya) resurslari. Tugaydigan, tugamaydigan, tiklanadigan, tiklanmaydigan, ko`p maqsadli, sanoatda va qishloq xo`jaligida ishlatiladigan resurslar. Tabiiy resurslarni xo`jalik jihatdan baholash. Tabiiy resurlardan oqilona foydalanish va ekologik muammolar, rekultivatsiya.



1- Amaliy ish ( 1 soat )

Aholi geografiyasi ( 5 soat)

Aholi” tushunchasi, uning mazmuni, bajaradigan vazifalari. Aholi soni, tabiiy o`sishi, ko`payishi. Tug`ilish va o`lim ko`rsatgichlari. Aholi zichligi. Aholining joylanish xususiyatlari. Zichlik ko`rsatkichi va uning sabablari. Aholi migratsiyasi. Tashqi va ichki migratsiyasi. Mehnat resurslar, ishga yaroqli aholi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari. Aholi bandligi. Aholining milliy, diniy, jinsiy, til va yosh tarkibi. Aholi manzilgohlari: shaharlar, aglomerasiyalar, urbanizasiya jarayoni.



Ikkinchi qism

Milliy iqtisodning asosiy tarmoqlari geografiyasi.

Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi.

Milliy iqtisodiyotning tuzilishi va tarmoqlarining umumiy tavsifi (6 soat)

Sanoat, qishloq xo`jaligi va transport. Mehnat unumdorligi, ekstentiv va intensiv rivojlanishi. Bozor islohotlari sharoitida iqtisodiyotning (iqtisodiyoti xalq xo`jaligining) rivojlanishi.

Ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, ixtisoslashuv, kooperasiya va kombinatlashuv.

Bozor munosobatlarga o`tish davrida ishlab chiqarishni joylashtirish, mujassamlashuv va markazlashuv, uning turlari, kooperasiya va kombinatlashuv, ularning turlari iqtisodiy tarmoqlardagi xususiyatlari.


Yoqilg`i- energetika majmuasi (YOEM) (6 soat)

YOEM tushunchasi, yoqilg`i- energetika balansi, shartli yoqilg`i, mahsulot tannarxi. YOEM tarkibiy qismlari. Yoqilg`i sanoati: ko`mir, neft va gaz sanoati. O`zbekistonning asosiy ko`mir, neft va gaz sanoatining joylashishi. Yoqilg`i- Energetika majmuasi (kompleksi). Elektroenergetika sanoati: issiqlik elektr markazlari; gidroelektrostansiyalar; atom elektrostansiyalar, noan’anaviy energiya manbalari, shamol, to`lqin, qalqish, geotermal, quyosh elektr stansiyalari. O`zbekiston elektroenergetika sanoatining asosiy tarmoqlari va ularning joylashishi qonuniyatlari.



2- Amaliy ish ( 1 soat )

Metallurgiya sanoati (4 soat)

Metallurgiya tushunchasi uning tarmoqlari, kombinatlashtirish, ishlab chiqarishning yuqori darajada va markazlashuvi va maydalashuvi, mehnatning va materiallarni ko`p talab qiluvchi tarmoqlar. Asosiy metallurgiya bazasi. Qora metallurgiya sanoati va uning asosiy hududiy shakllari.

Qora metallurgiya korxonalarining joylanishidagi omillar (xomashyo va yoqilg`i bazasi). Tarkibiy qismlari (rudani qazib olish, cho`yan, po`lat eritish, prokatv va turli qotishmalar ishlab chiqarish) O`zbekiston metallurgiya zavodi (Bekobod). Mamlakatimizdagi qora metallurgiya xomashyo zahiralari va rivojlanishi istiqbollari.

Rangli metallurgiya uning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati, joylanish omillari. Rudada metall miqdorining kamligi. Elektroenergiya, xomashyo manbalariga yaqin joylashtirilgan tarmoqlari. Og`ir, engil, qimmatbaho va nodir metallar. Tarkibiy qismlari: rudan qazib olish, boyitish, eritish va qotishmalar ishlab chiqarish. O`zbekistonda rangli metall konlari. Mamlakatimizdagi rangli metallurgiya tarmoqlari (mis, oltin va boshqalar) va markazlari (Olmaliq, Chirchiq, Angren, Navoiy, Zarafshon va boshqalar). Rangli metallar zahirasi va ishlab chiqarish bo`yicha O`zbekistonning jahonda tutgan o`rni

Metallurgiya sanoati bilan bog`liq ekologik muammolar.

Mashinasozlik sanoati (4 soat)

Vazifasi, tarmoqlari (priborsozlik kimyo mashinasozligi, stanoksozlik elektrotexnika, energetika mashinasozligi, traktorsozlik va qishloq xo`jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik, kemasozlik, samalyotsozlik va hokazolar). Joylanish omillari: ilmiy markaz, xomashyo, ishchi kuchi omillari. Fan texnika taraqqiyoti va mashinasozlik.

O`zbekistonda mashinasozlik rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari. Qishloq xo`jalik, kimyo, kommunal xo`jaligi, hamda oziq-ovqat mashinasozligi. Avtomobilsozlikning asosiy markazlari. Andijon va Samarqand avtomobil zavodlari. Toshkent samalyotsozlik zavodi. O`zbekistonda mashinasozlik rivojlanishi istiqbollari. Mashinasozlik sanoatidagi qo`shma korxonalari.
Kimyo va neftkimyo majmuasi (4 soat)

Kimyo sanoati haqida tushuncha. Kimyo sanoatining asosiy xususiyatilari: yangi metallar, yaratilishi, kombinatlashtirishda katta imkoniyatlarning mavjudligi, keng xomashyo bazasiga egaligi. Asosiy tarmoqlari: Asosiy kimyo: mineral o‘g‘itlar, turli xil ximikatlar (defoliant, gerbetsid, pestetsid) ishlab chiqarish. Organik sintez kimyosi; polimerlar kimyosi, kimyo sanoatining asosiy markazlari va mahsulotlari va istiqbollari.



3-Amaliy ish ( 1 soat )

O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza qog‘oz sanoati (2 soat)

Tabiiy omilari: yog`och tayyorlash, yog`ochga mexanik ishlov berish. O`rmon-kimyo kombinatlari. Joylanishidagi asosiy omillar. O`zbekiston yog`ochsozlik sanoatining tarmoqlari va rivojlanish istiqbollari.



Binokorlik va qurilish materiallari sanoati (2 soat)

Tarkibiy qismlari. Xom-ashyosi, sement ishlab chiqarish, temir- beton buyumlari ishlab chiqarish, uysozlik kombinatlari, g`isht, shifer va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish. O`zbekiston qurilish sanoatining yirik korxonalari va ularning joylanishi. Mustaqillik yillarida qurilish sanoatining rivojlanishi.


Yengil va oziq-ovqat sanoati (5 soat )

Yengil sanoatning asosiy tarmoqlari (to`qimachilik, poyabzal, ko`n-galanteriya, tikuvchilik, paxta tozalash va boshqalar), xomashyosi, joylanish omillari. O`zbekistondagi yengil sanoatning asosiy tarmoqlari va qo`shma korxonalari. Oziq-ovqat sanoati va uning joylanishuvidagi asosiy omillar. O`zbekiston oziq- ovqat sanoatining asosiy tarmoqlari va mahsulotlari. Agrosanoat majmui va oziq- ovqat sanoati.



4 - Amaliy ish ( 1 soat )

Qishloq xo`jalik geografiyasi (6 soat )
Qishloq xo`jaligining tarkibiy qismlari. Ixtisoslashuvini tabiiy sharoitga bog`liqligi. Sug`orma dehqonchilik, adir-tog` hamda cho`l-yaylov mintaqasida qishloq xo`jaligining rivojlanishi. Dehqonchilik. Tarkibiy qismlari. Dehqonchilik, texnika ekinlari, moy, shakar, tola beradigan o`simliklar. Kartoshkachilik. Bog`dorchilik va uzumchilik. Paxtachilik, Chorvachilik. Tarkibiy qismlari. Qoramolchilik, qo`ychilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik. Mulkchilik shakllarining o‘zgarishi. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining rivojlanishi, shirkat xo‘jaliklari soni va ularning keskin qisqartirilishi. Ipakchilik, asalarichilik. Qishloq xo`jaligidagi bozor islohatlari.
Aholiga xizmat ko`rsatish geografiyasi (3 soat)

Tarkibiy qismlari. Vazifasi. Joylanishi. O`zbekistonda transport va aloqa (rekreasiya xo`jaligi), xizmat ko`rsatish turlari: (pochta, telegraf, telefon,) medisina xizmati, fan, ta’lim, madaniyat, turizm.

Mustaqillik yillarida turizmning rivojlanganligi, Rekreatsiya resurslari. Rekreatsiya rayonlari.

5-Amaliy ish ( 1 soat )

Transport geografiyasi (3 soat)


Yüklə 370 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə