O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 473,89 Kb.
səhifə9/9
tarix26.09.2017
ölçüsü473,89 Kb.
#1915
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Sociolingvistika


(Ijtimoiy tilshunoslik)

Reja:

  1. Tilshunoslikda ijtimoiy yo`nalishning taraqqiyoti.

  2. Rossiyada sociolingvistikaning o`rganilishi.

  3. Sociolingvistik tipologiyaning mezonlari.

  4. Tillarning sociolingvistik tipologiyasi.

  5. O`zbekistonda hozirgi sociolingvistik jarayon.


Asosiy tayanch tushunchalar: adabiy til va davlat tili; tilning sociolingvistik tipi; hayotiylik mezoni; standartlashtirish mezoni; tarixiylik mezoni; standart tillar; kreol tillar; pijin tili; «o`lik til»; mahalliy til; dialekt, sheva va adabiy til; klassik til; sun`iy til.
Sociolingvistika atamasi hozirgi zamon tilshunosligida quyidagi ikki ma`noda qo`llanadi: a) til va jamiyat o`rtasidagi munosabat, tilning rivojlanishida jamiyatning ahamiyati muammolarini o`rganish; b) millat yoki xalqning ijtimoiy tabaqalanishi bilan bog`liq holda tilda vujudga keladigan farqlar muammosini o`rganish.

Tilshunoslik tarixida bu masalalar ma`lum darajada tadqiq etilgan. Ammo XX asrning 60 – 70- yillariga kelib tilshunoslikda ana shu muammolarni o`rganishga e`tibor yanada kuchaydi. Sociolingvistikaga oid bunday muammolarni o`rganishda tilshunoslik faqat jamiyatshunoslik faniga emas, balki falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya singari yana bir qator fanlar yutuqlarini ham inobatga olishi lozim bo`ladi.

Hozirgi zamon tilshunosligida sociolingvistik tadqiqotlarga qiziqishning kuchayib borayotganligi quyidagi ikki sabab bilan izohlanadi: a) hozirgi jamiyatda ilmiy asoslangan til siyosatiga ehtiyoj kundan-kun ortib bormoqda; b) struktural tilshunoslik shu vaqtga qadar faqat tilning ichki tuzilishini o`rganish bilan qiziqib keldi, tilning jamiyat bilan, o`sha til egasi bo`lgan xalk tarixi, urf-odati bilan munosabati muammosi tilshunoslar e`tiboridan chetda qolib keldi.

Til siyosati masalasi hozirgi jamiyatda borgan sari keskinlashmoqda. Masalan, sobiq SSSRda, uning ayrim mintaqalarida, Yugoslaviyada, Hindistondagi nizolar buning yorqin dalili bo`la oladi. Mustamlaka bo`lgan ko`plab Osiyo va Afrika mamlakatlarida shu vaqtga qadar til muammosi, ayniqsa, davlat tili muammosi aniq hal etilganicha yo`q. Ayrim mamlakatlarda mustamlakachilarning tili davlat tili vazifasini bajarib kelmoqda. Masalan, Hindiston, Filippin kabi mamlakatlarda mahalliy tillardan birini davlat tiliga, umummilliy aloqa vositasiga aylantirishga harakat qilinmoqda. Lekin bu mamlakatlarda ingliz tili o`zining kuchli mavqeini saqlab kelyapti.

Ma`lum bir milliy tilni davlat tiliga aylantirish quyidagi singari muammolarni xal etish bilan boglik:


  1. O`sha til o`z mavqei bilan shu davlatda yashovchi boshka millatlarga, xalqlarga manzur bulishi kerak, ya`ni bu til mamlakatdagi boshqa tillarga nisbatan ko`proq hududga tarqalgan bo`lishi, bu tilda mamlakatning ko`pchilik aholisi so`zlashishi, leksik-semantik, grammatik va uslubiy jihatdan mamlakatdagi boshqa xalqlarning tillariga namuna bo`la olishi lozim.

  2. Mamlakatda bu tilni targ`ib qilishni to`g`ri yo`lga qo`yish, shu tilda o`qish-o`qitish ishlarini kuchaytirish, buning uchun ommaviy axborot vositalaridan kengrok foydalanish lozim bo`ladi.

  3. Ma`lum bir mamlakatda, ayniqsa endigina mustamlakachilik iskanjasidan xalos bo`layotgan davlatda umummilliy davlat tiliga o`tish bir necha yillarni qamrab oladi. Fan va texnika yangiliklari bu mamlakatda ko`proq Ғarbiy Evropa tillari orkali keng o`rin oladi, shuning uchun bu davlatlarda Ғarbiy Evropa tillari ta`siridan qutilish qo`shimcha qiyinchiliklarga sabab bo`ladi.

Hozirgi davrda tilshunoslikda sociolingvistik tadqiqotlarning tez rivojlanishi strukturalizm oqimining salbiy tomonlari bilan ham bog`liqdir, chunki strukturalizm til birliklariga xos bo`lgan shakl va ma`no birligini rad etib, faqat shaklan o`rganishga ko`prok e`tiborni qaratgan edi. Ammo jamiyat rivojlanishi buning tamomila aksini isbotladi, ya`ni biror tilning yashashi va rivojlanishi bu tilda gaplashuvchi xalq va jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog`liq ekani ma`lum bo`ldi.

Jahon tilshunosligida tadqiqotlar Rossiyada, AQSh, Franciya, Angliya kabi mamlaktlarda jadal sur`atlar bilan olib borilmoqda.



  1. Rossiyada va O`zbekistonda sociolingvistik tadqiqotlar. Bunday tadqiqotlar Rossiyada va sobiq SSSR tarkibiga kiruvchi boshqa hududlarda 1917 yildan keyin jamiyat ehtiyojlari bilan bog`liq holda avj oldi. Bu hududda yashovchi xalqlar orasida qadimiy yozuv an`analariga ega bo`lganlari ham, umuman yozuvi bo`lmaganlari ham mavjud edi. Shuning uchun sociolingvistika fani bu davrda quyidagi masalalarni yoritish bilan shug`ullandi: a) adabiy tilga asos bo`lgan tayanch sheva yoki dialektni aniqlash va uning tayanch ekanligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash; b) bo`lajak adabiy tilning tovush tarkibini inobatga olib, o`sha xalqning milliy yozuvini, alfavitini, imlo qoidalarini yaratish; v) yangi barpo etilayotgan adabiy tidan rasmiy til sifatida ma`muriy boshqaruv, o`qish-o`qitish, ommaviy axborot vositalarida keng foydalanishga erishish va boshqalar.

Ana shunday muammolarni o`rganish sociolingvistika fani oldiga o`z vaqtida va yana qator masalalarni ko`ndalang qilib qo`ydi. Jumladan, adabiy til darajasiga ko`tarilgan tayanch sheva yoki dialekt o`sha til egalariga, xalqqa manzur bo`lishi lozim. Adabiy til o`z normalari va qoidalariga ega bo`lib, uni barcha sheva vakillariga to`la manzur qilish ancha murakkab masaladir.

Sociolingvistik tadqiqotlar atamashunoslik muammolari bilan ham bog`liq. Ma`lumki, biror fan va texnika, madaniyat va san`at sohasidagi aniq bir tushunchani ifodalaydigan so`zlarga atamalar (terminlar) deyiladi. Atamalarning lingvistik xususiyatlarini o`rganish bilan atamashunoslik (terminologiya) fani shugullanadi. Atamashunoslik fani atamalar shakllanishining sociolingvistik jarayonlarini belgilashda kyidagi ikki yunalishga duch keladi: a) baynalmilal so`zlarni atama sifatida o`zlashtirish va ulardan keng foydalanish; b) baynalmilal so`zlardan tamomila voz kechib, atamalar yaratishda fakt u yoki bu milliy til imkoniyatlaridan foydalanish. Bu yo`nalishlarning ikkalasi xam ma`qul emas, chunki barcha tillarda keng qo`llanadigan atamalardan voz kechib, sun`iy atamalardan foydalanish adabiy tilning mavqeini pasaytirishga olib keladi. Shu bilan birga, adabiy tilda mavjud atama o`rniga boshqa tildan o`zlashgan atamani baynalmilal so`z deb ishlatish ham maqsadga muvofiq emas: qarshilik – sopramat kabi.

Rossiya va O`zbekistonda sociolingvistik tadqiqotlar millatlararo aloqa vositasi muammosini hal etishga ham intiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligida bunday aloqa vositasi rus tilidir. Sociolingvistika fanining rivojlanishi natijasida quyidagi masalalarga oydinlik kiritildi: a) jamiyatning tarakkiyoti o`sha jamiyatga xizmat qiluvchi tillar ijtimoiy vazifalarining ortib, kupayib borishiga olib keladi; b) barcha adabiy tillarning lugat tarkibi fan-texnika tarakkiyoti, jamiyat extiyoji tufayli kengayib, boyib boradi; v) ijtimoiy taraqqiyotning jadallashib borishi adabiy tillarda o`z aksini topadi; g) qo`shni, yondosh tillar ta`siri kuchaya boradi; d) millatlararo aloka vositasi vazifasini bajaradigan tilning jamiyatdagi ijtimoiy mavqei osha boradi, uning jamiyatdagi boshqa tillarga ta`siri ham kuchayadi; e) jamiyatda ikki tillilik, uch tillilik hodisalari rivojlanib boradi.

Sociolingvistika fani yutuqlari shuni ko`rsatadiki, tillar bir-biriga leksik jihatdangina ta`sir etib qolmay, bir-birining ichki tuzilishiga ham ta`sir ko`rsatadi. Shunga muvofiq hozirgi zamon tilshunosligida «tillar ichki tuzilishining o`zaro hamkorlik jarayoni» degan tushuncha shakllangan. Mamlakatlararo aloqalarning rivojlanishi o`sha mamlakatlarda yashovchi xalq va elatlar madaniyatining yaqinlashuviga zamin hozirlaydi, natijada tillar xam bir-biriga ta`sir ko`rsatadi, bunday hamkorlik o`z navbatida tillarning ichki rivojlanishini ta`minlaydi.

2. Chet ellarda, ayniksa, AQShda sociolingvistika bo`yicha ko`p ishlar amalga oshirilmoqda. AQSh tilshunosi R.T.Bell ta`kidlashicha, ijtimoiy tilshunoslik sohasida AQShda ikki yo`nalish mavjud: a) sof sociolingvistika, bunda gapiruvchi va tinglovchi grammatikasi, bir-biriga ta`siri, hamkorligi o`rganiladi; b) til sociologiyasi, bunda til ishoralari, belgilarining jamiyatdagi turli ijtimoiy jabhalarda ishlatilishi masalalari o`rganiladi. AQShda birinchi yo`nalish mikrosociologiya deb yuritiladi, u bilan asosan tilshunoslar shug`ullanadilar. Ikkinchisi esa makrosociologiya deb nomlanadi, bu muammolar bilan sociologlar shug`ullanadilar.

Mikrosociolingvistika kichik ijtimoiy guruhlarni tashkil etuvchi shaxslarning nutqiy hamkorlik munosabatlarini o`rganadi. Makrosociolingvistika esa bir ijtimoiy guruh bilan ikkinchi guruh o`rtasidagi nutqiy muloqotni tadqiq etadi. Mikrosociolingvistika erishgan yutuqlar makrosocioingvistik tadqiqotlar uchun ilmiy zamin bo`lib xizmat qiladi. Sociolingvistika tilning ijtimoiy muxitga kura o`zgarish xususiyatlarini atroflicha tadqiq etadi. Bu tilshunoslikda tilning o`zgarish nazariyasi deb yuritiladi.

Sociolingvistika fani tillar tipologiyasi muammosi bilan ham shug`ullanadi. Tillarning sociolingvistik tipologiyasi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini inobatga olgan tipologiyadir. Bunday tipologiyaga quyidagi to`rtta o`lchov, mezon asos qilib olinadi:

1. Standartlashtirish – bunda ma`lum bir tilda gaplashuvchilar tomonidan qabul qilingan adabiy til tushuniladi. Standartlashtirishning asosiy omili tilning grammatikasini va lug`atini yaratishdir.

2. Hayotiylik - bunday ma`lum bir tilda gaplashuvchi jamiyatning bor-yo`qligi inobatga olinadi. Agar til hayotiy, tirik bo`lsa, bu tilni ona tilim deb biladigan, uni e`zozlaydigan jamiyat ham mavjud bo`ladi. Ba`zan ilgari o`lik tilga aylangan tillar ham qaytadan hayotiylik kashf etishi mumkin. Masalan, ivrit tili eramizdan oldingi 1-ming yillikda qadimgi Falastin aholisining tili bo`lgan, 1948 yilda Isroil davlati bu tilni ayrim o`zgarishlar bilan davlat tili sifatida qabul qiladi.

3. Tarixiylik – bunda ma`lum bir tilning jamiyat tomonidan ishlatilishi natijasida uning mo``tadil, bir tekis rivojlanib turishi nazarda tutiladi.

4. Avtonomlik – bunda ma`lum ijtimoiy guruh uchun ona tili sifatida xizmat qilayotgan u yoki bu til boshqa tillardan tuzilishi jihatdan tubdan farq qilishi yoki bir tilning varianti sifatida namoyon bo`lishi tushuniladi. Masalan, o`zbek, qirg`iz, qozoq, qoraqalpoq tillari o`zaro qiyoslanganda ular orasidagi fonetik, leksik, grammatik farqlar ko`zga tashlanadi. Ya`ni bu tillar avtonom, mustakil tillar degan xulosa kelib chiqadi. Ammo o`zbek tilining Samarqand, Andijon, Xorazm mintaqalarida yashovchi xalklar tillari garchi o`zaro farqli xususiyatlari bo`lsa-da, avtonom bo`la olmaydi. Chunki sheva bilan milliy adabiy til o`rtasida leksik, ayrim grammatik farqlar bo`lgani holda, umumiy tuzilish jihatidan o`zgarishlar ko`zga tashlanmaydi.

Ana shu tipologik xususiyatlardan kelib chiqib, tillarning sotsiolingvistik tasnifi amalga oshiriladi. Hozirgi zamon tilshunosligi tillarni sociolingvistik jihatdan quyidagi 7 tipga ajratadi:

1. Standart tillar. Adabiy til normasiga ega bo`lgan, jamiyatda adabiy til, davlat tili sifatida xizmat qiluvchi tillarga standart tillar deyiladi. Masalan, o`zbek, tojik, rus, qirg`iz, afg`on, ukrain kabi tillar shular jumlasidandir.

2. Klassik tillar. Klassicizm davrida takomilga etgan, o`z yozuviga ega bo`lgan, o`sha davrda buyuk asarlar yaratilgan tilga klassik til deyiladi. Masalan, lotin tili, sanskrit tili, qadimgi yunon tili, sugd, xorazmiy tili kabilar. Bu tillar hozirgi vaqtda o`lik tilga aylangan.

3. Mahalliy tillar. Son jihatdan ko`p bo`lmagan kichik millatlarga, halqlarga xizmat qiluvchi, o`z yozuviga ega bo`lmagan tillarga maxalliy tillar deyiladi. Masalan, Amerika qit`asidagi maxalliy hindular tili bunga yaqqol misol bo`la oladi. Afrika qit`asidagi ayrim mahalliy aholi tillari ham sociolingvistik tipologiyaga ko`ra ana shu guruhga mansubdir.

4. Kreol tillar. Mustamlakachilik natijasida Amerika, Afrika, Sharq mamlakatlari xalqlari tillari bilan Evropa tillari (ingliz, francuz, ispan, portugal) elementlari aralashuvidan tashkil topgan tillar kreol tillar deyiladi. Masalan, Amerikadagi Gaiti orolida mahalliy aholi bilan francuz tili aralashuvi natijasida gatti – kreol tili shakllangan. Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi tili aralashuvi natijasida ispan-nautl kreol tili yuzaga kelgan. Amerikadagi Aruba, Bonayre orollarida negr va ispan tillari aralashuvi bilan papiyamento kreol tili shakllangan. Bunday kreol tillari grammatik sistemasi soddalashgani, aloqa uchun qulaylashgani bilan ajralib turadi.

5. Pijin tillari. Mahalliy tillarning Evropa tillari bilan chatishuvi natijasida yuzaga kelgan tillardir. Pijin va kreol tillari o`xshash va farqli tomonlarga ega. Agar kreol tilida so`zlashadigan, uni ona tili deb hisoblaydigan aholi bo`lsa, pijin tili bunday xususiyatga ega emas. Pijin tillaridan ikkinchi aloqa vositasi sifatida katta port shaharlarida foydalaniladi. Umuman olganda, pijin tili kreol tillarining paydo bo`lishida boshlang`ich bosqich sanaladi. Hozirgi vaqtda eng ko`p tarqalgan pijin tillaridan biri «pijin-inglish» deb nomlanuvchi janubiy Xitoy portlarida qo`llanadigan tildir. Shuningdek, X1X asr o`rtalarida S.I.Cherepanov tomonidan urganilgan «rus tilining xitoy dialekti», ya`ni kyaxta deb atatuvchi pijin tili ham mavjud (Rosiya va Xitoy chegarasidagi Kyaxta shahrida yashovchi aholining o`ziga xos «tili»). Yamayka, Gaiti singari orollarda mahalliy aholi bilan francuz, ispan, portgal tillari aralashuvidan yuzaga kelgan pijin tillari hozir ham keng qo`llanadi.

6. Sun’iy tillar. Maxsus yaratilgan xalqaro aloqa tillariga sun`iy til deyiladi. Masalan, esperanto tili 1887 yilda polyak shifokori A.Zamengof tomonidan yaratilgan. Bu til ancha keng tarqalgan. Bu tilda gazeta va jurnallar nashr etiladi, badiiy asarlar nashr etiladi. Bunday sun`iy tillar qatoriga yana ido, volyapyuk, okcidental, interlingva, neo kabi tillarni ham kiritish mumkin.

7. Dialekt. Bu so`z yunoncha bo`lib, sheva, lahja ma`nosini ifodalaydi. Ma`lum bir qabila, xalq yoki millat tarkibiga kiruvchi kichik hududga tarqalgan aholi tilidir. Mahalliy dialektlar ijtimoiy dialektlar va jargonlardan o`ziga xos grammatik qurilishga, lug`at fondiga ega ekanligi, kelajakda milliy adabiy tilga asos bo`lib xizmat qila olishi bilan farqlanib turadi.

Demak, jamiyatga til qanchalik zarur bo`lsa, til uchun jamiyatning bo`lishi shunchalik ahamiyatlidir. Tilning mavqei, rivojlanishi uning muomalada bulishi, aloqa vositasi sifatida xizmat qilishiga bog`liq. Jamiyatning har bir a`zosi tilning sociolingvistika fani yuqoridagi masalalardan tashqari yana ayollar, erkaklar, o`smirlar, maktab va bog`cha yoshdagi bolalarning nutqiga xos xususiyatlarni o`rganishga xam katta e`tibor qaratadi.




Mundarija


  1. Kirish. Umumiy tilshunoslik fanining maqsadi va vazifalari ....3-4

  2. Tilshunoslik tarixi va uning davrlarga bo`linishi........... 4-12

  3. O`rta asr va uyg`onish davrida tilshunoslik...................12-15

  4. O`rta Osiyoda tilshunoslik........................................... 15-23

  5. Yevropada uyg`onish davridagi tilshunoslik.................23-29

  6. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik (Komparativistika)…… 30-34

  7. Umumiy tilshunoslikning vujudga kelishi.....................35-39

  8. Tilshunoslikda naturalism oqimi............................... 40-43

  9. Tilshunoslikda psixologizm oqimi................................43-46

  10. Sotsiologik tilshunoslik...................... ..............46-50

  11. Strukturalizm……………………………….….50-54

  12. Yosh grammatikachilar oqimi………………….54-56

  13. Moskva, Peterburg va Qozon tilshunoslik maktablari……………………………………………56-62

  14. Kommunikativ tilshunoslik. Matn tilshunosligi….62-65

  15. Sotsiolingvistika…..................................................65-70

  16. Mundarija…………………………………………....71




Yüklə 473,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə