О‘zbekiston respublikasi



Yüklə 379,01 Kb.
səhifə3/9
tarix23.11.2017
ölçüsü379,01 Kb.
#11978
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Plavt

Ulug’ Rim komediyanavisi Tit Makk Plavit (taxminan 250-184 yil) Italiyaning Umbriya viloyatida tug’iladi. Uning hayotiga doir ma‘lumotlar juda oz. Borlari ham unchalik inobatga doir emas.

Plavtning nodir poetik mahorati uning asarlarini kattakon tekis yo’ldan Yevropa sahnasiga olib chiqdi. Yangi dunyoning Shekspir, Moler, Goldoni, Lope de Vega, Bomarshe, Lessing kabi dramaturglari Plavt komediyalariga qayta-qayta murojaat qilganlar. Bu hayotiylik qahramonlarning tilida, inchunin, juda yaqqol seziladi. Shoir asarlarining birinchi betidan to oxirgi sahifalariga qadar sochilib yotgan ajoyib xalq iboralari, asrlar o’tishiga qaramay, bizni hamon maftun etadi. Plavtdan keyin yashagan mashhur Rim olimlaridan biri: “Mabodo muzalar lotin tilida so’zlashishni istasalar, ular muqarrar Plavt tilini tanlashar edi”, - deb bejis aytmagan. Rim shoirining so’z san‘atkorligi haqida izhor qilingan bu tariqa yuksak bahoning to’g’riligiga aslo shubha yo’q. Rim madaniyati va umuman, Rim hayotining turli-tuman sohalarga xos milliy holat va alomatlarini ham to’la-to’kis ruhiga singdirib yuborish – Plavt ijodining asosiy xususiyatidir. Plavt o’z faoliyatini faqatgina komediya doirasi bilan chegaralagan va eng muhimi asarlarning deyarli hammasi bizga qadar yetib kelgan birinchi Rim komediyanavis shoiridir. Uning “Maqtanchoq jangchi” va “Xumcha” komediyalari o’zining badiiyligi va mohiyati jihatidan bir-biridan qolishmaydi. Sahna sirlarini nihoyatda chuqur bilish ham Plavtning eng muhim fazilatlaridandir.
7-MAVZU: O'RTA ASRLAR ADABIYOTI.
Reja:

1.Sharq va G‘arb qahramonlik eposlarining mushtarakligi

2.Fransuz, ispan qahramonlik eposlari.

3.Nemis va janubiy slavyan qahramonlik eposlari.


Adabiyotlar:

1. I. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kkuch. T., Ma`naviyat, 2008.

2.Alimuhamedov N. “Antik adabiyot tarixi”. Toshkent. “O’qituvchi”.1975 yil.

3.Komilov N. “Tafakkur karvonlari”. Toshkent. “Ma‘naviyat”. 1999 yil.

4.Ch.Aytmatov, M.SHoxonov. “Cho’qqida qolgan ovchining ohi-zori”. Toshkent. “Sharq”. 1998 yil.

5.Sitsiron. “Nutq”. Jahon adabiyoti jurnali. 2005 yil iyun.

6. SH. Normatova. Jahon adabiyoti. T., CHo’lpon, 2008
Reyn , Dunay va Visla daryolari yoqalari va Skandinaviyaning janubiy qismidagi yerlarda qadimgi german qabilalari yashar edilar. Ularda ibtidoiy jamoa tuzumi hukmron bo’lib, asosan, chorvachilik va ovchilik bilan shug’ullanganlar, dehqonchilik esa hali rivojlanmagan edi. Yer qabila jamoasi ixtiyorida bo’lib, u kollektiv ravishda ishlanar edi. Dushman hujum qilgan vaqtda butun qabila birgalanish, unga qarshi kurashardi. Urush ochish, harbiy boshliq tayinlash va boshqa masalalar xalq majlisida hal qilinar edi. Engelsning ko’rsatishicha, qabila-jamoa tuzumidan “harbiy demokratiya” o’sib chiqadi. Urug’ boshida xalq majlisi saylagan knyaz turadi. Harbiy ishlarda bevosita rahbarlik qilgan boshliq (gersog) jamoa hayotida katta rol o’ynay boshlaydi.

“Talonchilik ularning maqsadi bo’lin qolgan edi. Agar drujina boshlig’ining o’z joyiga yaqin yerlarda qiladigan ishi qolmasa va boshqa xalqlar yashaydigan joylarda urush bo’lib turgan bo’lsa, u, biror o’lja olish maqsadida, o’z otryadi bilan shu joylarga boradi…”

Yevropada feodal o’rta asrchiligining boshlanishi G’arbiy Rim imperiyasining yemirilish davriga to’g’ri keladi. Urug’chilik jamoa ittifoqlariga birlashgan “varvar” qabilalarining imperiya yerlariga qilgan hujumlari qul va dehqonlar revolyutsiyasining g’alaba qilishiga va eski quldorlik tuzumining yemirilishiga imkon beradi.

Xalqlarning ko’chib yurishi yoki ko’chmanchilik davri deb atalgan bu asrlar to’xtovsiz urushlar urushlar bilan to’lib-toshgan edi.

Ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan german qabilalarining xiyla rivojlangan og’zaki adabiyoti bo’lganligi haqida Yuliy Sezar (eramizgacha I asrning o’rtalari), Tatsit (eramizning I asr oxiri) va boshqa tarixchilarning asarlarida ma’lumotlar bor.

Qadimgi germanlarning mifologik xarakterdagi qo’shiqlarida qabila xudolari, mehnat va qahramonliklar, shuningdek, urug’ urf-odatlari aks etgan. Rim imperiyasi qulab, feodal munosabatlari tashkil topa boshlagach, xristian cherkovi xalq qo’shiqlaridagi majusiy qarashlarga qarshi kurash olib boradi, epik asarlarga ham xuddi shu tartibda xristian dini aqidalari ta’siri o’tkaziladi. Natijada Mazkaziy Yevropa germanlarining majusiy urf-odatlari aks etgan epik yozma yodgorliklari yo’qolib ketadi. German qahramonlik eposi XII – XIII asrlarda yozib olina boshlagan. Lekin xattotlar cherkov xodimlaridan iborat bo’lgani sabab, ular bu asarlarga xristianlik qarashlarini kiritganlar.

Bir qancha ertak va qissalarda german qabilalarining gunnlar bilan olib brogan urushlari tasvirlanadi:

Nibelunglarning o’limi haqidagi rivoyatda zolim Attila nibelunglar xazinasini egallash maqsadida burgundlar qiroli Gunter va uning sipohiylarini o’z mamlakatiga mehmonga chaqirib, ularni o’ldiradi. Rivoyatda aytilishicha, Attila o’z ajali bilan vafot etgan. Biroq keyingi epik ertaklarda german asirasi Ildiko akalari uchun qasos olib, Attilani o’ldiradi, deb ko’rsatiladi.

Nemischa “Nibelunglar haqida qo’shiq”da (XII asr) tarixiy voqealar yangi tus oladi, Krimxilda eri Zigfrid uchun o’ch olib, o’z akalarini o’ldiradi. Bu esa urug’chilik qonunlari o’rnini oila tartiblari egallanayotganidan darak berar edi.

Qadimgi german eposi harbiy qahramonlik, urug’ uchun o’ch olish, o’zaro janjallar va shunga bog’liq bo’lgan boshqa sarguzashtlarni aks ettiradi. Ijobiy obrazlar ham axloqiy, ham jismoniy jihatdan ideal qahramonlar, salbiy obrazlar esa qasoskor va jinoyatchi kishilar sifatida tasvirlanadi.

Qadimgi german eposining qabila drujina hayotini aks ettirgan birdan-bir namunasi “Xildebrant haqida qo’shiq”dan qolgan parcha bo’lib, u VIII asrda yozib olingan.

Kelt qabilalarining hayoti va urf –odatlari haqidagi xalq poeziyasi asosida asta-sekin qahramonlik eposi yuzaga keladi. Bu ertaklar davr o’tishi bilan ayrim qo’shiqchilar tomonidan aytiladigan bo’ladi. Qo’shiqchilar ikki guruhga – bardlar va filidlarga bo’linganlar. Bardlar lirik poeziya bilan, filidlar esa asosan qonunlar, qabila urf-odatlarini aks ettirgan epik poeziya bilan shug’ullanib ular qo’shiqchi-hikoyachi deb nomlanganlar.

Filidlar epik hikoyalarni sistemalashtirganlar. Ular, ayniqsa, qish kechlari knyaz saroyida qahramonlarning o’tmish sarguzashtlati haqidagi hikoyalarni aytganlar. Bu qissalar nasriy uslubda bayon qilingan. Shuning uchun ular keyinroq “saga” (qissa) nomini olgan. Filidlar sagadagi tasvirlar orasiga she’riy parchalar kiritib, uning ta’sir kuchini oshirganlar. Sagalar qabiladan-qabilaga o’tib, uzoq vaqt saqlanib qolgan. Irland sagalarini VII –VIII asrlarga yozib olgan monaxlari Rimga tobe bo’lmaganliklrin tufayli, sagalarni unchalik ko’p o’zgartirmaganlar. Shuning uchun irland sagalarida majusiy urf-odatlari, qabila hayotining qoldiqlari ravshan ifodalangan.



Kelt (irland) qissasi . Irlandiya qadimgi kelt madaniyatining markazi edi. Kelt qissalari syujetining xilma-xilligi, mazmundorligi, tilining rvonligi qahramonlar ruhiy holatining yorqin tasviri bilan ajralib turadi. Irland eposining eng qadimgi qismi ulad siklidagi qissalardir. Bu qissalar Shimoliy Irlandiyada yashagan ulad qabilalari o’rtasida yangi asrning boshlarida nasriy uslubda yuzaga keladi.

Qissalardagi voqea ulad qiroli Konboxar, uning jiyani paxlavon Kuxulinnng hayoti va sarguzashtlatiga bog’liq ravishda rivojlanib boradi. Irland eposida o’zaro qonli urushlar, qabila odatlari, ularning urug’chilik davri xudolariga e’tiqodi va boshqalar aks ettiriladi. Bu eposning dastlabki namunalaridan biri “Usnex o’g’illarining quvilishi”dir.

Uspex o’g’illarining quvilishi”. “Uspex o’g’illarining quvilishi” juda keng tarqalngan irlan qissalaridan biri bo’lib, keltlar tomonidan yaratilgan ajoyib badiiy yodgorlikdir. Qissaning mazmuni “Tristan va Izolda” haqidagi hikoyaga yaqin turadi. Qissaning qadimiyligi shundan ham ma’lumki, hali hikoyada qahramon Kuxulinni tilga olinmaydi, butun voqea uning tog’asi qirol Konboxar haqida boradi. Bu qissaning asl nusxasi va og’zaki variantlari mavjuddir.

Kuxulin haqida qissalar. Kuxulin haqidagi sagalar Kuxulinning tug’ilishi haqidagi qissa bilan boshlanadi. Qissada tasvirlangan urf-odatlar uning juda qadimgi davrga xos ekanligidan dalolat beradi. Kuxulinning kelib chiqishi haqida turli afsonalar bor. Bir rivoyatda Kuxulin Konboxarning singlisi Dextri bilan Lug (qadimgi kelt afsonalarida nur xudosi)ning o’g’li deb ko’rsatiladi; unda Setanta ismli bu bolaning yoshligidanoq tengdoshlaridan kuchli v chaqqon bo’lganligi hikoya qilinadi.

Konboxar va uning jangchilari temirchi Kulannikiga ziyofatga boradilar. Bola ham Kulannikiga qarab yo’l oladi. Kulanning juda zo’r iti bolaga hujum qiladi. Olti yoshli Setana sopqondan tosh otib, itni o’ldiradi. Kulan itning o’rniga saroyni bir necha vaqt qo’riqlab berishni talab qiladi, bolaning Kuxulin(Kulan iti) nomini olishi shu vaqtdan boshlangan. Kuxulin zabardast, chaqqon va go’zal yigit bo’lib o’sadi. U irland ayollarining diqqatini o’ziga tortadi. Uladlar ygitga munosib qalliq axtaradilar. Munosib qiz topilmagach , Kuxulinning o’zi qiz axtarishga kirishadi. Qiz topish uning birinchi qahramonlik kurashi bilan bog’langan.

Kuxulin Lug bog’ida Emer ismli qizni uchratib, u bilan suhbatlashadi. Ular bir-birlarini sinash uchun savollar beradilar. Kuxulin go’zal, don ova chevar Emirni sevib qoladi. Biroq qizning otasi Forgal yigitni halok etish maqsadida unga xavfli va nihoyatda og’ir topshiriq beradi. (Shu o’rinda Kuxulinning harbiy jnglarda chiniqishi hikoya qilinadi.)

Kuxulin xatarli yo’ldan o’tib, ko’p to’siqlarni yengib, Skatax eliga boradi, u yerda qahramo ayol qo’lida jangovarlik mahoratini oshiradi. Bu elga hujum qilgan dushman askarlarig ham zarra beradi. Kuxulin ko’p dushmanlarni yengib, Emirga erishadi va uni Konboxar saroyiga olib borib, baxtli turmush kechiradi. Kuxulin 17 yoshga kirganida juda katta qahramonlik ko’rsatadi.

Konnaxt qirolichasi Medb uladlarning zo’r bir buqasini tortib olish bahonasida ularga hujum qiladi. Bu vaqtda butun ulad sehrli dardga chalingan edi. Faqat Kuxulin, go’yo ilohiy avlodga mansub bo’lganidan, kasal bo’lmaydi. Shuning uchun yolg’iz Kuxulinning o’zi butun Irlndiyani uch oy davomida dushman qamalidan himoya qiladi, daryo kechigida turib olib, sehrgarlik bilan dushman askarlarini yakkama-yakka kelishga majbur etadi va ularni birma-bir mag’lubiyatga uchratadi. Uladlar kasallikdan tuzalib, yordamga kelganlaridan keyin, dushman butunlar tor-mor etiladi.

Bu voqea aks etgan “Kualngedan buqa o’g’irlash” qissasida Kuxulinning matonati, aqli va qahramonligi to’la gavdalangan. Bu epos o’z mazmuni bilan grek eposi “Iliada”ga o’xshaydi. Lekin itilof ayol uchun emas, buqa tufayli yuzaga kelishi bilan farq qiladi.

“Kuxulinning Feriad bilan jangi”. Kuxulinning Feriad bilan jangiqissasi Kuxulinning qahramonligiga bag’ishlangan. Hayot yo olim uchun kurashgan Kuxulin zo’r paxlavongina emas, chinakam inson ham edi. Kuxulin Ferdiad mening qo’l va oyoqlarimni qirqib tashlaganda ham, uning tirik qolishini istar edim, deyishi uning do’stiga bo’lgan vafodorligiga ajoyib dalildir. Kuxulin Ferdiadning qirolicha Medb nyranglari qurboni bo’lganidan qattiq iztirob chekadi.



Fransuz qahramonlik eposi.

Qadimgi fransuz poeziyasining ilk namunalari mehnat, jangovar yurish, maishiy hayot, diniy urf-odat va nikoh masalaalriga bag’ishlangan qo’shiqlar shaklida bunyodga kelgan. Xalq hayotidagi alohida voqealarni gavdalantirgan bunday qo’shiqlardan epik dostonlar tarkib topgan. Kollektiv ijodning samarasi bo’lgan va sevgi sarguzashtlari, qahramonona kurashlarni aks ettirgan bunday dostonlarda xalqning hayotim, orzu-umidlari o’z ifodasini topgan. Bu qo’shiqlar mazmun e’tibori bilan asosan uch siklga bo’linadi. Birinchi – karolinglar siklidagi qo’shiqlarda mamlakatning tashqi va ichki dushmanlariga qarshi kurashgan qirol obrazi namoyon bo’ladi. Ikkinchi – Gilgom d Oranj haqidagi poemalar siklidagi vatanga sadoqat hissi bilan to’lgan lekin mamlakatning birligini saqlashda ojizlik qilayotgan monarx (qirol)ga yordam berishga tayyor turgan qobiliyatli vassal-qahramon obrazi aks etadi. Doona de Mayans nomi bilan yuritiladigan uchinchi sikl (“Raul de Kambre”, “Lotaringlar” deb ataladigan poemalar ) de es bir-birlari bilan qonli urushlar olib boruvchi, shuningdek, qirolga qarshi kurashuvchi isyonkor feodallar tasvirlanadi, ularning xatti-harakatlari qoralanadi.

Karolinglar siklidagi qo’shiqlarda va umuman butun fransuz qahramonlik eposida “Roland haqida qo’shiq” juda katta o’rin egallaydi.

“Roland haqida qo’shiq”. Qo’shiqning yaratilish tarixi.

Xalq badiiy ijodining ajoyib namunasi sifatida ma’lum va mashhur bo’lgan “Roland haqida qo’shiq” 4002 misradan iboratdir. Poemaning dastlabki nusxasi Oksford teksti hisoblanadi. U Angliyada 1170-yillarda yozib olingan. Poemaning o’zi XI asr oxiri va XII asr boshlarida yaratilib, asrlar davomida og’izdan-og’izga o’tib kelgan, u so’nggi davrlrda badiiy tomondan mukammallashtirilib ixcham shaklga keltirilgan.

“Qo’shiq”da frnklar qiroli Karlning mavr-saratsinlar bilan olib brogan jangi, dushman tomonidan o’ldirilgan qahramon Roland uchun qasos olishi hikoya qilinadi. Poemaning g’oyaviy mazmuni uning negizida yotgan tarixiy voqelar tavsifida ravshanlashadi. Bag’dod xalifasi tarafdorlari Karlga murojaat qilib, Ispaniyada mustaqil musulmon davlati o’rnatgan Abdurahmonga qarshi kurashda undan madad so’raydilar. Ispaniya marvlarining o’zaro janjaliga aralashgan Karl 778-yilda Pireniy tog’laridan o’tib, ko’p yerlarni egallaydi. Karlning Shimoliy Ispaniyaga yurishi muvaffaqiyatsiz yurishi diniy kurash bilan sira aloqador bo’lmaganligiga qaramay, qo’shiqchi-hikoyachilab bu voqeani g’ayri dindagi arablar bilan bo’lgan yeti yillik urushga bog’laydilar. Karl qo’shining Ronseval darasidagi halokatini ham bask –xristianlarning hiyonati emas, balki ispan arablarining yovuz dushmanligi, deb ko’rsatadilar.

Poemadagi voqea VIII asrga oid bo’lsa ham , lekin uning mazkur asarda badiiy ifodalanishi, og’izda-og’izga o’tib mukammallashishi ikki-uch asr yuzini ko’radi, bu davrlarda esa Yervopa feodallarining ispan marvlariga qarshi kurashi, fransuz monaxlarining “g’ayridin”larga qarshi salib yurishi davom etayotgan edi. Poemadagi vatanparvarlik g’oyasining diniy qobiqqa kirib qolishi ham shu bilan izohlanadi.



Asosiy obrazlar . “Qo’shiq”da Fransiya yagona bir davlat sifatida qadrlanadi, uning imperatori Karl, “aziz Fransiya” uchun jon fido qilgan qahramon Roland ulug’lanadi.

Feodl tarqoqlik hamda o’zboshimchalik hukm surgan bir vaqtda mamlakatning birligini tiklash uchun jafokash ommaning markazlashgan hukumat atrofiga uyushtirilishi ijobiy hodisa edi, shuning uchun ham F.Engels ta’kidlaganidek, qirollik hokimiyati “tartibsizlik ichida tartib vakili edi”.

Qo’shiqda voqealar xalq eposiga xos tarzda mubolag’a bilan beriladi, qahramonlar (Roland, Oliver, Karl) favqulodda qudratli , zabardast qilib ko’rsatiladi.

Roland o’z syuzerni sodiq vassal, har qanday og’ir vaziyatda ham vatanini himoya qilishdan qaytmaydigan, qahraton sovuqqa ham, jazirama issiqqa ham bardosh beradigan mard va jasur jangchidir. Rolandning jo’shqin vatanparvarligi sotqin feudal Ganelonning munofiqligiga qarama-qarshi qo’yiladi.

“Qo’shiq”da muhim o’rin tutgan Ganelon obrazida zamonning siyosiy ziddiyatlari va feodal o’zboshimchaliklari qoralanadi.

Ispan qahramonlik eposi. VIII asrda Ispaniyani bosib olgan marvlar (arablar) Pireniy yarim orolida qudratli davlat barpo etadilar. Ispaniyaning zabt qilinmagan shimoliy qismida VIII -IX asrlar davomida Asturiya va Navarra davlatlari mustahkamlana boshlaydi.

Rekonkista harakatida turli ijtimoiy qatlamlar, ayniqsa dehqonlar katta hissa qo’shadilar. Xalq ommasidagi vatanparvarlik hissi pomeshchiklarga qaramlikdan ozod bo’lish harakati bilan qo’shilib ketadi. Dehqon, kosib va mayda ritsarlar hamma vaqt jangovar vaziyatda turadilar. Dushmandan ozod etilgan viloyatlarning chegaralarini qo’riqlaydilar. Biroq ozod etilgan olingan o’ljalar asosan feodal va ruhoniylar qo’liga qarar edi.

Ispaniyada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, feodallar o’rtasidagi o’zaro janjallar, arablarga qarshi rekonkista harakati ispan qahramonlik eposida o’z ifodasini topadi. Sid haqidagi romanlar va poema (“Mening Sidim haqida qo’shiq”) qadimgi ispan xalq poeziyasining ajoyib namunalaridir.

Sid tarixiy shaxs bo’lib, uning asl ismi Rodrigo (Ruy) Dias. Sid esa uning laqabidir. O’z qaramog’ida marvlar bo’lgan ispan senyorlariga shunday nom berilgan. Sid 1040-yilda Kastiliya zodagonlari oilasida tug’ilgan. U qirolning yaqin ayoni va qo’shin boshlig’i sifatida marvlarga qarshi kurashida qatnashgan.

Butun Ispaniyani dushmandan ozod etish janglarida ko’p qahramonliklar ko’rsatgan Sid 1099-yilda vafot etadi.

Sid rekonkista harakatining yirik arbobi, Ispaniyaning mustaqilligi uchun kurashgan milliy qahramon sifatida mashhurdir.

Sid haqida qo’shiq”. “Qo’shiq”ning yaratilish tarixi.

Mamlakatda rekonkista harakati avj olgan bir davrda yaratilgan ispan xalq qahramonlik eposining ajoyib yodgorligi “Sid haqida qo’shiq”dir. Bu “Qo’shiq” 1140-yillarda bunyodga kelgan bo’lib, uning XIX asr boshlarida yozib olingan qo’l yozma nusxasi saqlangan. “Qo’shiq” tadqiqotchilar tomonidan uch qismga bo’lingan.

Birinchisi – “Quvilish haqida qo’shiq”. Unda qirol Alfons bilan janjallashib qolgan Sidning quvilishi tasvirlanadi. Lekin bu voqeaning sabablari bayon etilgan asarning bir qismi saqlanmagan.

Qahramonning hayoti va faoliyati tavsifida fantaziya kuchli bo’lib, tarixiy voqelikdan ancha uzoqday ko’rinsa ham, lekin poema o’sha davr ruhini chuqur aks ettirgan, ya’ni unda rekonkistada qatnashgan keng xalq ommasining vatanparvarlik ruhi sezilib turadi. Bu ularning faqat marvlarga qarshi kurashidagina emas, tashqaridan bo’ladigan har qanday tazyiqlar, fransuz hukmronlarining Ispaniyada feodal tartiblarini o’rnatishi va shu orqali eng yaxshi yerlarni qo’lga kiritishiga qarshi noroziliklarida ham o’z ifodasini topadi. Shuningdek, bu ruh kuchsiz va tamagir qirolga shubha bilan qarashda ham yaqqol ko’rinadi. Oddiy kishilarga samimiy munosabat, g’amxo’rlik, mardlik va qahramonlik Rodrigoda ritsarlik intilishlaridan ko’ra kuchliroqdir. Shuning uchun ham uning laqabi arablar bilan munosabatni ko’rsatadigan Sid ham emas, bahodirligini bildiradigan Kampeodor ham emas, balki oddiy kastiliyalikdir.



Buyuk Karl monarxiyasi yemirilgandan so’ng X asr boshlarida Germaniya mustaqil davlat sifatida ajralib chiqdi. To’rt gersoglikdan tashkil topgan bu mamlakatda feodal tarqoqlik hukm surar edi. Mazkur viloyatlar frank davlati tarkibida ekanligidayoq feodallashish jarayoni boshlangan edi. Lekin bu hodisa hamma yerda bir vaqtda yuz bermadi. Germaniyaning birmuncha rivojlangan yerlarida ham bu jarayon uzoq davom etib, XI asr oxiri XII asr boshlariga kelib tugallandi. Qadimgi nemis adabiyotining yodgorliklari hu davrning mahsuli bo’lib, bu yodgorliklarda yuzaga kelayotgan feodal jamiyatdagi hayot va kurashlar o’z ifodasini topgan. Nemis ritsarlari dunyoviy adabiyoti feodalizm eng taraqqiy etgan Fransiya, shuningdek, boshqa mamlakatlar qahramonlik eposining qadimgi traditsiyalari bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan. Nemis eposida xalq og’zaki ijodidagi rasm-odat qo’shiqlari ritsarlik ruhida qayta ishlanadi. Drujina qo’shiqchisining o’rnini feodal sharoitida professional kuychi – shpilmanlar egallaydi. Ular o’tmish qahramonlari va qirollari haqida qo’shiq va dostonlar aytganlar. Ba’zan bu qo’shiqlarga xristianlik ruhi singdirilgan.

Shunday qilib, qahramonlik eposi va uning harbiy tematikasi yangi ma’no kasb etadi.Zigfridning qahramonliklari, nibelunglarning halokati, Ditrix Bernskiy haqidagi ertaklar katta poemalar shaklida qayta ishlanadi. Endi ular qo’shiq qilib aytish uchun emas, balki shpilman tomonidan o’qib berishga moslanadi.

Nibelunglar haqida qo’shiq” 1200-yillarda yaratilgan bu poema nemis qahramonlik eposining yirik yodgorligi bo’lib, u xalqlarning ko’chmanchilik davridagi hayoti, qahramonlik va jangovor yurishlarini aks ettirgan ertak va afsonalarni qamrab olgan. Poemaning qahramonlari mard, sodda odamlar sifatida tasvirlanadi. Bosh qahramon Ditrix bekorga qon to’kishni istamaydi. U adolat bilan ish ko’radi, zaruriyat tug’ilgandagina kuch ishlatadi. “Nibelunglar haqida qo’shiq”, “Gudruna”da kurtuaz-saroy adabiyoti uslubi sezilib turadi.
8-MAVZU:JAHON ADABIYOTIDA UYG’ONISH DAVR ADABIYOTI
Reja:

1. Sharq va G'arb uyg'onish davrining uzaro mushtarakligi

2. Evropa uyg’onish davri adabiyoti.

3. Italiya uyg’onish davri adabiyoti.

4. Dante ijodi va uyg'onish davr adabiyoti.

Adabiyotlar:

1. I. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kkuch. T., Ma`naviyat, 2008.

2. Alimuhamedov N. “Antik adabiyot tarixi”. T.: “O’qituvchi”. 1975 yil.

3. Sulaymonova F. “Sharq va G’arb”. T.: “O’zbekiston”. 1997 yil.

4. Kun N.A. “Qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari”. Toshkent. 1983 yil.

5. Mahmudov M. “Hayrat va tafakkur”. Toshkent. G’.G’ulom. 1990 yil.

6. Sh. Normatova. Jahon adabiyoti. T., Cho’lpon, 2008.

Feodalizm sharoitida shakllana boshlagan kapitalistik munosabatlar G’arbiy Yevropada


Renessans (Uyg’onish) harakatiga asos bo’ldi. Madaniyat tarixida Renessans nomi bilan yuritiladigan bu harakat dastlab Italiyada (XIV asr) va ko’p o’tmay Yevropaning qolgan mamlakatlarida ham yuzaga kelgan. “Renessans” so’zi frantsuzcha bo’lib, o’rta asrlar madaniyati, adabiyoti va san‘atidagi buyuk o’zgarishlar davrini anglatadi. Antik madaniyat barham topgandan so’ng o’n asrdan ortiq vaqt o’tgach, g’arb tafakkurida yana bir ulkan ko’tarilish, yangilanish ro’y berdi, shu sababli ham bu davrni Uyg’onish davri deb ataydilar. Yevropada Uyg’onish davri XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab, XVII asr gacha davom etdi. Renessans ilm-fan, madaniyat va san‘atda o’zini namoyon qildi. Uyg’onish davrining buyuk namoyondalari inson shaxsini ulug’laydilar, uning qadr-qimmati, his-tuyg’ularini qadrlaydilar, qoloq urf-odatlarga qarshi chiqadilar, ruh erkinligini yuqori qo’yadilar. Uyg’onish davri vakillarini gumanistlar ham deb ataganlar. Gumanistlar antik adabiyotga alohida hurmat bilan qaraganlar. Ular Rim va yunon adabiyotiga yuqori baho berganlar, Gomer dsotonlarini nashr qildirganlar. G’arbiy Yevropada tashkil qilingan universitetlarda qadimgi – lotin, grek, yahudiy tillari o’qitilgan. Uyg’onishning boshlanishi Italiyada namoyon bo’ldi, uning ilk yirik vakili Dante hisoblanadi. Keyinchalik Petrarka she‘rlari, Bokachcho hikoyalarida bu davrga xos asosiy belgilar – mavhum ramziy obrazlar o’rnini realistik obrazlar egallashi, voqelikni asliga muvofiq tasvirlashga intilish kabilar ko’zga tashlanadi. Bu harakat keyinchalik butun Yevropaga tarqaldi, Leonardo da Vinchi, Jordano Bruno, Kopernik, Ravle la Servantes kabi yirik mutafakkir va ulug’ yozuvchilarni yuzaga keltirdi. Renessans G’arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari madaniyatidagi o’rta asrlardan yangi davrga o’tish bosqichini anglatadi. Nemis faylasufi Gegel “Falsafa tarixi” da Uyg’onish davrini “tong yog’dusi” deb atagan edi.

Uyg’onish davri muhim xususiyatlari inson shaxsini ulug’lash, kishi ongini din sarqitlaridan tozalash, tabiat va jamiyatni esa inson manfaatlariga xizmat ettirishda aks etadi. Cherkov inson qadr-qimmatini, his-tuyg’ularini rad etib, uning dunyo lazzatlaridan bahramand bo’lish istagini yomonlik, aql-idrok hukmronligini esa kishini halokatga mag’rurlikka olib boruvchi qo’pol his deb qoralaydi. Uyg’onish harakati esa insonning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan ozod bo’lishi g’oyasini himoya qiladi. Uning qadr-qimmati, aqli va qobiliyatini to’la tan oladi. Uyg’onish davrining xususiyatlaridan yana biri optik madaniyatga munosabat masalasida namoyon bo’ladi. Gumanistlar antik davrga qaytish maqsadida emas, balki o’zlarining ilg’or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun uzoq o’tmishning ulug’ siymolari ijodiga murojaat qiladilar. O’rta asr jaholatparastligi, feodal-cherkov ideologiyasiga qarshi kurashda qadimgi davrning dunyoviy xarakteridagi adabiyoti va san‘ati katta madad bo’ladi.

Yevropa Uyg’onish harakatining vatani Italiya hisoblanadi. Italiya Renessansi Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi ijtimoiy harakatga ham katta ta‘sir ko’rsatadi. Frantsuz, nemis va ispan gumanistlari antik madaniy merosni bevosita o’rganishlari bilan bir qatorda, uni italyan mutafakkirlarining asarlarini o’qish orqali ham o’zlashtiradilar. Birinchi bo’lib Italiya shaharlarida oliy yuridik maktablarining paydo bo’lishi diqqatga sazovordir. XII asrda mashhur Bolonya universiteti tashkil etildi.

Mamlakat madaniy hayotida misli ko’rilmagan yangiliklar yuz bera boshladi. XII-XVI asrlar mobaynida Italiya shaharlarida 22 ta universitet ochildi: ularda ilohiyot ilmi emas, balki huquqshunoslik, meditsina fanlari o’rgatiladi.

Uyg’onish davri adabiyotida tabiat manzarasini tasvirlash ham yangi ma‘no kasb etadi. Bunday manzara Dante ijodidagi singari shoirning ruhiy holatini simvollashtirmaydi, balki o’zining cheksiz go’zalligi bilan inson his-tuyg’usini qo’zg’atuvchi va unga orom beruvchi manbaga aylanadi. Uyg’onish davri yozuvchilari ijodida inson va uni o’rab olgan muhit, kishining cheksiz imkoniyatlari va qizg’in ehtiroslarini atroflicha aks ettirish muhim o’rin tutadi. Petrarkaning sonetlari, Bokachcho hikoyalari shunday ruh bilan sug’orilgan asarlardandir.


Yüklə 379,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə