O‘zbekiston respublikasining davlat standarti sarguzasht turizmi. Xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Talablar



Yüklə 249,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix23.12.2023
ölçüsü249,61 Kb.
#157142
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
rr8dp8ncbko99wpenf2fc58cndxhpa6g (1)

8 Operatsiya 
8.1 Operativ rejalashtirish va nazorat qilish 
Tashkilot talablarni qondirish va 6.1-bandda belgilangan harakatlarni amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni rejalashtirishi, amalga oshirishi va nazorat qilishi kerak: 
- jarayonlar mezonlarini belgilash; 
- jarayonlarni mezonlarga muvofiq nazorat qilishni amalga oshirish; 
- jarayonlar rejalashtirilgan tarzda amalga oshirilganligiga ishonch hosil qilish uchun 
zarur bo‘lgan darajada hujjatlashtirilgan ma’lumotlarni saqlash. 
Tashkilot 
rejalashtirilgan 
o‘zgarishlarni 
nazorat qilishi 
va 
kutilmagan 
o‘zgarishlarning oqibatlarini ko‘rib chiqishi, kerak bo‘lganda har qanday salbiy ta’sirlarni 
yumshatish uchun choralar ko‘rishi kerak. 
Tashkilot autsorsing jarayonlari nazorat qilinishini ta’minlashi kerak. 
Tashkilot 6.2.da belgilangan xavfsizlik maqsadlariga erishish va xavflarni bartaraf 
etish uchun rejalarni, shu jumladan muqobil rejalarni ishlab chiqishi va amalga osh irishi 
kerak. 
Tashkilot quyidagi yo‘llar bilan samarali bajarilishini ta’minlash uchun tadbirlarni 
rejalashtirishi kerak: 
a) sarguzasht turizmi tadbirlarining yo‘qligi xavfsizlik siyosati va maqsadlaridan 
chetga og‘ishga olib kelishi mumkin bo‘lgan joyda sarguzasht turizmi tadbirlarini amalga 
oshirish uchun hujjatlashtirilgan tartib-taomillarni belgilash va qo‘llab-quvvatlash; ushbu 
tartib-taomillar ishtirokchilar va xodimlar uchun profilaktika va xavfsizlik choralarini o‘z 
ichiga olishi kerak; 
b) xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan sarguzasht turizmi faoliyatini 
amalga oshirishda foydalaniladigan tovarlar, uskunalar va xizmatlar bilan bog‘liq tartib-
taomillarni belgilash va saqlash; 
c) 
ishtirokchilarning 
minimal talab qilinadigan 
malakasini 
aniqlash 
va 
hujjatlashtirish; 
d) ishtirokchilar ushbu faoliyatni xavfsiz bajarish uchun zarur bo‘lgan minimal 
malakaga ega bo‘lishini ta’minlash. 
8.2 Favqulodda vaziyatlarga tayyorlik va ularga javob choralari 
Tashkilot potensial favqulodda vaziyatlarni va ularning oqibatlarini aniqlashi, ularga 
javob berish rejalari va tartib-taomillarini yaratishi va saqlashi kerak. 
Tashkilot favqulodda vaziyatlarga javob berish rejalari va tartib-taomillarini amalga 
oshirish uchun tegishli xizmatlar, vakolatli shaxslar yoki boshqa resurslar mavjudligini 
ta’minlashi kerak. 
Tashkilot favqulodda vaziyatlarda harakat qilish rejalari va tartib-taomillarini ko‘rib 
chiqishi kerak. 
Tashkilot har bir ishtirokchidan quyidagilar to‘g‘risida minimal ma’lumotlarni 
yig‘ish tartib-taomiliga ega bo‘lishi kerak: 
a) identifikatsiya ma’lumotlari (masalan, ID raqami, to‘liq ism, familiya); 
b) favqulodda vaziyatlarda bog‘lanish uchun aloqa ma’lumotlari (shu jumladan ism 
va aloqa vositalari); 
c) maxsus yordam zaruriyati; 
d) salomatlik va tibbiy sharoitlar. 
Tashkilot shaxsiy ma’lumotlarni tegishli qoidalar va talablarga muvofiq to‘plashi, 
saqlashi va ishlatishi kerak. 
Tashkilot vaqti-vaqti bilan favqulodda vaziyatlarga javob berish tartib-taomillarini 
sinab ko‘rishi kerak. Sinov natijalari hujjatlashtirilishi kerak. 


Oʻz DSt ISO 21101:2022 (ISO 21101:2014, IDT)
12 
Faoliyat boshlanishidan oldin ishtirokchilar favqulodda vaziyatlarga javob berish 
rejalari haqida xabardor qilinadi. 
8.3 Hodisalarni boshqarish 
Tashkilot quyidagilar uchun mas’uliyat va vakolatlarni aniqlash tartib-taomillarini 
belgilashi va ularni ishchi holatda saqlashi kerak: 
- hodisalarni ko‘rib chiqish, ular to‘g‘risida xabar berish va tekshirish; 
- hodisalardan kelib chiqadigan har qanday oqibatlarni kamaytirish bo‘yicha choralar 
ko‘rish. 
Hodisa to‘g‘risida hujjatlar kamida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: 
a) faoliyat; 
b) sana va vaqt; 
c) joylashuv; 
d) ishtirokchilar va xodimlar kabi jalb qilingan shaxslar; 
e) atrof-muhit sharoitlari, jihozlar va muayyan harakatlar yoki holatlarning tavsifi; 
f) ehtimoliy sabablar va ta’sir etuvchi omillar; 
g) javob choralari, shu jumladan har qanday tibbiy muolaja; 
h) oqibatlar; 
i) tuzatuvchi harakatlar; 
j) axborot manbai. 
Tashkilot hodisalarni qayd etish tartib-taomiliga ega bo‘lishi kerak. 
Izoh - Hodisalarni qayd etish va tahlil qilish kelgusidagi hodisalarning oldini olishga, 
sarguzasht turizmi xavfsizligini boshqarish tizimining samaradorligini baholashga va xavflarni 
nazorat qilishga yordam beradi. 

Yüklə 249,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə