O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

74-modda. Jamoat birlashmalari
Ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o‘z manfaatlarining
mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy
birlashmalari jamoat birlashmalari hisoblanadi.
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki o‘zga
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.
Jamoat birlashmalarining ishtirokchilari (a’zolari) ushbu birlashmalarga mulk qilib bergan
mol-mulklariga, shu jumladan a’zolik badallariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular
a’zo sifatida ishtirok etayotgan jamoat birlashmalarining majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydilar, mazkur birlashmalar esa — o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoat birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari 
qonunchilik 
bilan belgilanadi.
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40
,
73

75 — 78-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
11-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining
03.04.1992-yildagi “O‘zbekiston respublikasi jamoat birlashmalari qonunga xilof ravishda mablag‘ bilan
ta’minlanishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Qarori
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə