O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə1/6
tarix18.05.2022
ölçüsü3,24 Mb.
#87323
  1   2   3   4   5   6
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar

Mavzu: O'zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari tuzilishi va mazmuni o'rganish.

  • O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari
  • Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO‘YILADIGAN DAVLAT TALABLARI 4 BOBDAN IBORAT BO‘LIB ULAR QUYIDAGILAR:
  • 1-bob.Umumiy qoidalar.
  • 2-bob. Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari.
  • 3-bob. Davlat talablarining tarkibi.
  • 4-bob. Yakuniy qoidalar.
  • Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalariga qo‘llaniladi:
  • davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
  • nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
  • maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari.
  • Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
  • Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
  • -rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;
  • -rivojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar;
  • -kichik soha — sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo‘nalishini ko‘rsatib beradi;
  • -refleksiv faoliyat — bolada o‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə