O`zbekiston respublikasining oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti


Zamonaviy texnik qurilmalar taxlili



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#133906
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning ro’li.

2.Zamonaviy texnik qurilmalar taxlili.
 
Axborot texnologiyasi deganda, mavjud axborotlar negizida yangi sifatdagi axborotni 
olish jarayoni uchun uchun zarur bo'lgan vositalar va uslublar jamlanmasi tushuniladi. 
Axborot texnologiyasining maqsadi - inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida 
qandaydiy xatti-harakatlarni bajarish bo'yicha aniq qaror qabul qilish uchun zarur 
bo'lgan axborotni ishlab chiqarishdan iborat ekan.
Turli texnologiyalarni qo'llagan holda bitta moddiy resursning o'zidan bir nechta buyum 
yoki turli sifatdagi mahsulotlarni olish mumkin bo'lsa, bu holat axborotni qayta ishlash 
texnologiyalari uchun ham o'rinlidir. 
Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish jarayonining eng 
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyutsiya 
bosqichlaridan o'tdi, bu bosqichlarning almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqiyotining 
rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo'lishi bilan 
belgilanadi. 
Shaxsiy kompyuter zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy 
texnik vositasi bo'lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlarni qurish va foydalanish 
konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta'sir o'tkazdi. Axborot sohasiga 
shaxsiy kompyuterni joriy etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo'llanishi 
axborot texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi va oqibatda 
"yangi", "kompyuter" yoki "zamonaviy" sinonimlaridan birini qo'shish hisobiga uning 
nomini ham o'zgartirdi. 
Elektron jadvallar inson xayotining xar xil soxasida uchraydigan, xisoblash va iqtisodiy 
masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkor 
ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank xujjatlari bilan ishlash kabi keng ko’lamli 
masalalarni yechishda qo’llaniladigan uta kuvvatli vosita xisoblanadi. 
Хisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators-
ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur 


Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jixatdan uning bozorda ommabobligi 
aniqlangan.1981 yili IBM PS kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar 
uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi.Visicals va Supercals dasturlarining yangi 
ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birgalikda Microsoft - Multiplan firmasining birinchi 
amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga 
aylandi. 
Хisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining 
paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami b’ldi. 1983 yil LOTUS 
firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan xam ziyodrok muvaffakiyatga erishdi. 
Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan 
EXCEL
dasturi taqdim etildi, u xozirgi kunda 
xam o’z sinfidagi eng quvvatli dastur xisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, 
sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina 
qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish 
imkoniyatini beradi.Bunda Win Word dasturidagi taxrirlash vositalardan foydalanish 
mumkin.
EXCEL
ning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas,ammo dasturning 
murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli , ular bilan tanishish uzoq davom 
etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko’rish 
mumkin. 
EXCEL
bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir. Undan 
ishbilarmonlar,o’qimishli kishilar,xisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. U yordamida 
turli xildagi ro’yxatlar, kataloglar, 
jadvallar
, moliyaviy va statik otchyotlar,jamoa fikrini 
xisobga olish biznes korxonalarni rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab 
chiqish, prezentatsion materiallar tayyorlash mumkin. Хullas, 
YeХSEL
qulay elektron 
jadvaldir. Jadvallarni jihozlash turli xil bo’ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar 
xuddi yaxshi tekst protsessordek, shriftlarni o’zgartirish mum-kin, rasm chizishni, qatorlar 
ajratishni, qatorli yoki aloxida yacheykalardagi tekstni rang bilan ko’pincha agar sizda 
rangli printer bo’lsa, ramkali va chiziqli, oblastlarni ranglash, berilgan jadvallarda grafik 
va diagramalar ko’rish, jadvallarda kartinkalar qo’ya bilish va hokazolarni bajarish 
mumkin. Shuni aytish lozimki, bu dastur xaddan tashqari kuchli,imkoniyatlari juda ko’p, 
ko’pincha oxirgi versiyalar (5.0 va 7.0 WINDOWS 95 uchun) mikesida berilgan. Biz, albatta 
o’zimizga kerakli bo’lgan tushunchalarni ko’rib chiqamiz, shuningdek, uning ishlash 
prinsipini xam, boshqa qolgan juda ko’p ma’lumotlarni kerakli vaqtda biz kengaytirilgan 
xolatdagi 
EXCEL 
sistemasidan qidirishimiz mumkin. 
Mikroprotsessor
(MP) shaxsiy kompyuter (SHK)ning markaziy bloki bo’lib, 
u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va 
mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga 
quyidagi qurilmalar kiradi.
Boshqarish qurilmasi
(BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq 
boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu 
signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan 
belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini 
shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi 
impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Arifmetik-mantiqny qurilma
(AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha 
arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi 


modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik 
soprocessor ulanadi).
Mikroprotsessorli xotira
(MPX) — mashina ishlashining eng yaqin 
taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, 
yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va 
mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira 
(AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan 
ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. 
Registrlar — turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt 
standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan 
farqli o’laroq).
Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHKning boshqa qurilmalari bilan ulash 
va aloqa qilish uchun mo’ljallangan, u o’z ichiga MPning ichki interfeysi, buferli 
eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish sxemalari 
va tizimli shinani oladi.
Interfeys 
(interface) — kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa 
qurilmalari to’plami bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.
Kiritish-chiqarish porti
(I/O port) — ulash texnik aviyurasi bo’lib, 
mikroprotsessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi.
Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy 
tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi, 
negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.
Tizimli shina
— kompyuterning asosiy interfeysli tizimi bo’lib, u 
kompyuterning barcha qurilmalari orasidagi o’zaro ulanishni va aloqani ta’minlaydi.
Tizimli shina quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• qiymatlarning kodli shinasi (AQSH), u operand sonli kodining (mashina 
so’zi) hamma razryadlarini parallel uzatish uchun simlar va ulash sxemalarini o’z 
ichiga oladi;
• adresning kodli shinasi (AQSH), u asosiy xotira yacheykalarining va tashqi 
qurilma kiritish-chiqarish portlarining adreslari kodining hamma razryadlarini 
parallel uzatish uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi;
• ko’rsatmalarning kodli shinasi (KKSH), u mashinaning hamma bloklariga 
ko’rsatmalarni (boshqaruvchi signallarni, impulslarni) uzatish uchun simlar va 
ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi;
• ta’minot (tok) shinasi, u energo ta’minot tizimiga SHKning bloklarini ulash 
uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi.
Mikroprotsessorlar haqida gapirar ekanmiz asosiy muhim tushinchalarga 
to’xtalib utishimiz lozim bo’ladi. Mirkoprotsessorga nisbatan amal bajaruvchi har 
qanday tashqi qurilma 
periferiya deb 
atash mumkin.


Registr- 
qurilmalarning o’ziga xos tengliklar birlashmasini anglatadi, 
ularning vazifasi ma’lumotlarni saqlash hamda ma’lumotlarga tezkor murojat qilish 
imkoniyatini beradi. Ushbu qurilmalar integral sxemada triggerlarda foydalaniladi. 
Trigger o’z navbatida tranzistor o’tkazgichlarda amalga oshiriladi (ya’ni elektron 
kalitlar). N trigger registrda N bit ma’lumotni tushinish mumkin.
Port 
–shunday sxemaki odatda o’ziga bir qancha registrlarni qamrab oluvchi 
hamda ulanish imkoniyatini beruvchi vositadir, masalan pereferiya qurilmasi 
mirkoprotsessorni tashqi shinasiga ulanishida ko’rishimiz mumkin. Amalda xar 
mikrsxema har xil maqsadlar uchun ishlatiladi. SHaxsiy kompyuterda har bir port 
o’ziga xos unikal raqamiga ega bo’ladi. SHuni aytib o’tish joyizki portlarni raqami 
mohiyatan registrlarning kiritib chiqarish manzili bo’lib xizmat qiladi. SHuningdek 
manzil kengligi asosiy xotira va kiritib chiqarish porti bilan kesishmaydi.
Uziliksizlik 
– 
tushinchasi asinxron jarayonning xabarini anglatadi (ya’ni 
protsessor qandaydir asinxron jarayonni tushinadi). Ushbu holatda buyruqlarning 
ketma-ketligi to’xtatiladi. Uning o’rniga esa boshqa bir ketma- ketlik amalga 
oshiriladi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə