O’zbekiston respublikasioliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


Tarmoqlarning tasniflanishi va ularni qo’llash xususiyatlari



Yüklə 266,56 Kb.
səhifə6/12
tarix13.05.2022
ölçüsü266,56 Kb.
#87032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
zari

1.2.Tarmoqlarning tasniflanishi va ularni qo’llash xususiyatlari

Hozirda kompyuterlarni qōllashda kõpgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi xisoblanmish Internet misolida yaqqol kõrish mumkin.Uzatish kanallari orqali õzaro bog'langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog'i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmogi resurslaridan jamoa bõlib foydalanishni taminl aydi.

2-rasm.Tarmoqlarning tasniflanishi va ularni qo’llash xususiyatlari

Kompyuterlarning tarmoqga birlashishi qimmatbaxo asbob-uskunalar - katta xajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bõlish imkonini beradi. Global tarmoklar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoklar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarkatish va qabul qilish jarayonini butunlay õzgartirib yubordi, xizmat kõrsatishning eng keng tarkalgan tarmogi - elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmok resurslariga oddiy, qulay va ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bõlib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari õrtasida ma’lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Umumiy axborotlash davrida katta xajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlari saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoklarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iktisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.

Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma’lumotlarni markazlashtirishda, ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab qayta ishlash borasida kõpgina vazifalar mavjud. Bularga bir qancha misollar keltirish mumkin: bank va boshaa moliyaviy tuzilmalar; bozorning ahvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi (“talab-taklif”); ijtimoiy ta’minot tizimi; soliq xizmati; oraliq masofadan turib kompyuter ta’limi; avia chiptalarni zaxira qilib quyish tizimi; uzoqdan turib tibbiy tashxislash; saylov tizimi. Kõrsatilgan ushbu barcha kõshimcha ma’lumotlar tõplanishi, saklanishi va undan foydalana olish (kirish) notõg'ri ma’lumotlar bõlishidan va ruxsat berilmagan kirishdan himoyalangan bõlish kerak. Ilmiy, xizmat, ta’lim, ijtimoiy va madaniy hayot sohasidan global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam olish mashg'ulotini yaratdi. Tarmoq kundalik ishni va turli soxadagi kishilarning dam olishini tashkil etish quroliga aylandi.

Kompyuter tarmoqlarini kõpgina belgilar, xususan hududiy ta’minlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga kõra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.Global tarmoqlar butun dunyo boʻyicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va kõpincha bir-biridan 10-15 ming km uzoklikdagi EXM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yõldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi.Mintakaviy tarmoqlar uncha katta boʻlmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida koʻpincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 kmni tashkil etadi.EXMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qanchancha yaqin binolaridagi abonentlarni bogʻlaydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot õsha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlar har qanday tizilmaga ega boʻlishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bogʻlangan buladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bõlishi - lokal tarmokning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yoruglik õtkazgich inson soch tolasi qalinligida yasalgan. Bu uta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga kõrsatadigan xizmati bilan õlchanadi. Tarmoqning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi.

3-ram.Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur



Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti kõpgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin boʻlgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga mõljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bulgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bõlishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serverini disk hajmi odatdagi kompyuterdagidan kõp bõlishi kerak, chunki undan kõpgina kompyuterlarda foydalaniladi.


Yüklə 266,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə