1.3.Kompyuter tarmog`ining dasturiy ta`minoti
Amaliy dasturiy ta`minot foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab chiqish va bajarish uchun mo`ljallangan.
Amaliy dasturiy ta`minot tizimli DT, xususan, operasion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
- turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari;
- foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari;
Amaliy dasturlar paketlari (ADP) foydalanuvchi xal etayetgan vazifalarni avtomatlashtirishning kuchli kurolidir, u axborotni kata ishlash bo`yicha kompryuter biror ishni qanday bajarayetganini bilish zaruriyatidan amalda tulik ozod etish.Hozirgi paytda o`z funksional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga kura farqlanuvchi ADPning keng spektori mavjud. Amaliy dasturlar paketi (ADP) - bu muayyan (funksional tizim osti, biznes ilova) sinf vazifalarini xal etish uchun mo`ljallangan dasturlar majmuidir.
ADP quyidagi turlari farqlanadi:
- umumiy vazifadagi ( universal);
- uslubiy yo`naltirilgan;0
- global tarmoq;
- hisoblash jarayoni tashkilotlari (ma`muriylashtirish).
Umumiy vazifadagi ADP - foydalanuchi va umuman axborot tizimi funksional vazifalarini ishlab chiqish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan.Bu ADP sinfiga quyidagilar oiddir:
- matnli (matnli prosessorlar) va grafik muharrirlar;
- elektron jadvallar;
- ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
- integrasiyalangan paketlar;
- case - texnologiyalar;
- eksport tizimlar qobiqlari va sunpiy intellekt tizimlari.
Muharrirlar deb matnlar, grafik ma`lumotlar va illyustrasiyalarni yaritish va o`zgartirishlar uchun mo`ljallangan ADP ga aytiladi.Ular asosan firmada xujjat aylanishini avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan. Muharrirlarni o`z funksional imkoniyatlariga kura matnli, grafik, nashriy tizimlarga bo`lish mumkin.Tekstli (matnli) muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo`ljallangan va asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
- matnni faylga yezish;
- qo`shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, katorlar, matn parchalarini almashtirish;
- orfografiyani tekshirish;
- matnni turli shriflarda bezash;
- matnni tekslash;
- boblarni tayyorlash, matnlarni saxifalarga bo`lib tashlash;
- so`z va jumlalarni izlash vaalmashtirish;
- matnga sodda bezaklar kiritish;
- matnni terib tayyorlash;
Microsoft Word, Word Rerfect (hozida Corel firmasiga tegishli ) ChiWrite, Multi-Edit(American Cybernetics) va boshqalarning matnli muharrirlari keng tarqagan.Grafik muharrilar diagramma, illyustrasiya (bezaklar), chizma va jadvallarni o`z ichiga olgan grafik xujjatlarni qayta ishlash uchun mo`ljallagan. Figura va shriftlarni o`lchamini boshqarish, figura va xujjatlarni kuchirish, turli tasvirlar xosil qilishga yo'l quyilgan.Ancha mashxur grafik muharrirlaridan RC Raintbrush, Boieng Graf, Fantovision va boshqalarni keltirish mumkin.Nashriy tizimlar o`zida matnli va grafik muharrirlari imkoniyatlarini birlashtiradi, grafik materiallardan saxifani shaklga keltirish va uni bosishga tayyorlash bo`yicha rivojlangan imkoniyatlarga ega. Bu tizimlar nashriy ishlarda foydalanishga yo`naltirilgan va saxifalash tizimlari deb ataladi. Shunday tizimlardan Adobe firmasining RageMaker va Corel korporasiyasining Ventura Rublisher maxsulotlarini misol tarikasida keltirish mumkin.
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko`rsatadigan xizmati bilan o`lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda unga kirish uchun dasturiy ta`minoti ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko`plab foydalanuvchilar foydalanishi uchun mo`ljallangan bo`lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta`minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko`pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo`lgan tarmoqning bosh Kompyuteri resurslarini takdim etishga mo`ljallangan. U fayl - server deb yuritiladi. Bosh Kompyuterning asosiy resursi fayllar bo`lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma`lumotlarga ega fayllar bo`lishi mumkin Fayl-server-bu serverning eng umumiy turi. Fayl-serverning disk sig`imi odatdagi kompyuterlardan ko`p bo`lishi kerak, chunki unda ko`pgina kompyuterlar foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |