O’zbekiston respublikasioliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


II. BOB Lokal tarmoqni loyihalash



Yüklə 266,56 Kb.
səhifə8/12
tarix13.05.2022
ölçüsü266,56 Kb.
#87032
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
zari

II. BOB Lokal tarmoqni loyihalash

2.1.Lokal kompyuter tarmog’ida ishlashning afzalligi

Lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalligi quyidagicha: kõp marta foydalaniladigan rejimda dasturli modem, printerlar tarmog'idagi disketlarning umumiy resurslaridan va hamma kirishi mumkin boʻlgan diskda saqlanuvchi ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir kompyuterdan boshqasiga axborot uzatish imkoniyati. Fayl - serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarini sanab utamiz.Shaxsiy va umumiy foydalanuvchi ma’lumotlarni faylli serverda saqlash imkoniyatining mavjudligi. Shu bois umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar ustida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi (matnlar, elektron jadval va ma’lumotlar bazasini kõrib chikish, ukish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidagi ma’lumotlar ko'p tomonlama himoya qilinadi; umumiy ma’lumotlarning Excel, Access kabi tarmokli amaliy dasturlangan maxsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda amaliy dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operastion tizimi orqali õrnatilgan chegara doirasida bõladi.Kõpgina foydalanuvchilar uchun zarur buladigan dasturli vositani doimiy saqlash imkoniyati: u yagona nusxada fayl-server diskida bõladi. Shuni qayd etamizki, dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini buzmaydi. Kõpgina foydalanuvchilar uchun zarur boʻlgan dasturli vositaga avvalo matn va grafik tahrirlovchi, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi va boshqalar kiradi. Kõrsatilgan imkoniyatlar orqali quyidagi ishlarni bajarish mumkin: ishchi stanstiyalarining lokal diskni dasturlangan vositalarni saqlashdan ozod qilish hisobiga tashqi xotiradan unumli foydalanish; tarmok operastion tizim himoya vositasidan dasturli mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli maxsulotlarni ishlashga layoqatli ahvolda ushlab turishni va ularni yangilashni soddalashtirish, chunki ular fayl-serverda bir nusxada saqlanadi.Tarmoqning barcha kompyuterlari õrtasida axborot almashishi. Ayni paytda tarmokdan foydalanuvchilar õrtasida dialog saqlanadi, shuningdek elektron pochta ishini tashkil etish imkoniyati ta’minlanadi.Bir yoki bir qancha umumtarmok printerlarida tarmogʻidagi barcha foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi omillar ta’minlanadi: Har bir foydalanuvchining tarmok printeriga kira olishi; kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoni (malakasiz muomaladan himoyalangan holda); dasturli maxsulotlar sifatida bosishi (yozish)ni amalga oshirish.Õquvchilar va õqituvchilar kompyuterlari õrtasida axborot almashishning maxsus dasturini qõllash xisobiga õquv jarayonini uslubiy takomillashtirish uchun tarmoq muhitidan foydalanish imkoniyati. Shular sababli quyidagilarni amalga oshirish mumkin: õqituvchi kompyuterida bajariladigan ishlarni õquvchilar kompyuterida kõrsatish; õqituvchining kompyuter monitorida õquvchilar kompyuterlari ekranlarini aks ettirish orqali õquvchilar bajaradigan ishlarni nazorat qilish.Global tarmoqning yagona kommunkastiya uzeli bõlganda lokal tarmoqning har qanday kompyuteridan global tarmok resurslariga kirishni ta’minlash.

Tarmok topologiyasi - bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy sxemasi. Lokal tarmoqlaridan kõpincha quyidagi uch asosiy topologiyaning biridan foydalaniladi: monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshka kõpgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmok uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining õzi zarur.Kirish uslubi - bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar tõplamidir. Lokal tarmoklarida eng keng tarqalgan kirish uslublari Ethernet, Trken-Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma boʻlib, har bir kompyuter tarmogʻiga õrnatiladi va tarmoq kanallari boʻyicha axborot uzatish hamda qabul qilishni ta’minlaydi.

Monokanal topologiya tarmogʻi barcha kompyuter tarmogʻini birlashtiruvchi bitta aloqa kanalidan foydalanadi. Topologiya tarmogida eng keng tarqalgan uslub bu eltuvchi chastotani va ixtiloflarni aniqlovchi kirish uslubidir (CSMA/CD).Bunda avvalo tarmoqning kirish uslubida kommunikastiya kanali boʻyicha ma’lumotlarni junatishdan oldin kanal tinglab kõriladi va u uning bõsh ekanligiga ishonch xosil qilgandan soʻnggina, paket jõnatiladi. Agar kanal band boʻlsa, uzel tasodifiy vakq oraligida paketni uzatishga qayta urinib koʻradi. Bitti tarmoq uzeli orqali uzatiladigan ma’lumotlar barcha uzellarga yetib boradi, ammo bu ma’lumotlar uchun muõljallangan uzelgina ularni aniqlaydi va qabul qiladi.Kanal bandligi oldindan eshitilib kõrilsada, ikkita uzel orqali paketlarni bir vaktda uzatish paytida ixtilof paydo boʻlishi mumkin. Bu shu narsa bilan bogʻliqki, signal kanal bõylab õtayotganda vaqtinchalik ushlanib qolishi mumkin: signal yuborilgan, lekin eshitib kõriladigan uzelgacha etib bormagan bõladi, natijada uzel kanalini bõsh deb xisoblab, uzatish boshlanadi. Bunday kirish uslubiga ega tarmoqlar Ethernet tarmogʻi misol bõla oladi. Ethernet tarmogʻida lokal tarmoqlar uchun ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 10 Mbitga teng (Mbit/s).



Kichik EXM, mikro EXM va nihoyatda shaxsiy kompyuterlarning paydo boʻlishi ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini tashkil etishga zamonaviy axborot texnologiyasini yaratishga yangicha yondashuvni talab etadi. Ayrim EXMlarning ma’lumotlarini markazlashgan holda qayta ishlash tizimidan taqsimlangan holda qayta ishlashga o'tishi borasida mantiqiy asoslangan talab paydo bo'ladi.Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash - bu ma’lumotlarni mustaqil holda, lekin taqsimlangan tizimni ifodalovchi, bir-biri bilan bogʻlangan kompyuterlar tomonidan qayta ishlash demakdir. Shuningdek uzatish tezligi 100 Mbit/s ga teng Fast Ethernet mavjud. Gigabit Ethernet texnologiyasi yuzaga kelmoqda. Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlashni amalga oshirish uchun kõp mashinali assostiastiya tashkil etilgan. Uning tuzilmasi quyidagi yoʻnalishlarda biri bõyicha ishlab chikiladi:

  • ko'p mashinali hisoblash komplekslari (KXK);

  • kompyuter (hisoblash) tarmogi.

Ko'p mashinali hisoblash kompleks - qator õrnatilgan xisoblash mashinalari guruxi bõlib, maxsus tutashtiruvchi vosita yordamida birlashtirilgan. Ular birgalikda yagona axborot jarayonini bajaradi.Kõp mashinali hisoblash kompleksi quyidagicha boʻlishi mumkin:

  • lokal-kompyuterlar bitta binoda õrnatilgan sharoitda õzaro aloqa uchun maxsus asbob-uskuna va alohida aloqa kanali talab qilmaydi;

  • masofali (distanstion) - kompleksning ayrim kompyuterlari markaziy EXMdan ma’lum masofada õrnatilgan bõladi va bu ma’lumotlarni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi.

1-misol. Axborotlarni paketli qayta ishlash rejimini ta’minlovchi meynfreym turidagi EXMga bogʻlovchi qurilma yordamida mini EXM ulangan.Har ikki EXM bitta mashina zalida turibdi. Mini EXM keyinchalik meynfreymdagi murakkab masalalarni yechishda foydalaniladigan ma’lumotlarni tayyorlaydi va oldindan kayta ishlab chiqadi. Bu kõp mashinali lokal kompleks sanaladi.

2-misol. Qayta ishlanishga keladigan masalalarni qayta taqsimlash uchun kompleksga uchta EXM birlashtirilgan. Ulardan biri dispetcherlik vazifasini bajaradi va qayta ishlovchi qolgan ikkita EXMdan birining bandligiga kõra masalalar taksimlanadi. Bu lokal kõp mashinali kompleks.

3-misol. EXM ayrim mintakalar bõyicha joylashtirish yigʻadi, ularni oldindan qayta ishlab chiqadi va keyinchalik foydalanish uchun telefon aloka kanali orkali markaziy EXMga uzatadi. Bu masofali kõp mashinali kompleks.

Kompyuter (xisoblash) tarmogʻi - bu, ma’lumotlarni taqsimlab qayta ishlash talablarini qondiruvchi yagona tizimga aloqa kanali yordamida ulangan kompyuterlar va terminallar jamlanmasidir.Kompyuter tarmogʻi ko'p mashinali assostiastiyaning oliy shakli sanaladi.Kompyuter tarmogʻining kõp mashinali xisoblash kompleksidan asosiy farqini kursatamiz.

  • Birinchi farq - xajm, õlcham. Kõp mashinali xisoblash kompleksi tarkibiga odatda bitta binoda joylashgan ikkita, kõpi bilan uchta EXM kiradi. Xisoblash tarmogi bir-biridan bir necha metrdan tortib õn, yuz va xatto ming km uzoqda joylashgan õnlab, yuzlab EXMdan iborat boʻlishi mumkin.

  • Ikkinchi farq - vazifalarning EXMlar õrtasida bõlinishi. Agar kõp mashinali hisoblash kompleksida ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni uzatish va tizimni boshqarish bitta EXMda bajarilgan boʻlsa, xisoblash tarmogida bu vazifa turli EXMlar õrtasida taqsimlangan.

  • Uchinchi farq - tarmoqda xisoblarni marshrutlashtirish vazifasini hal etish zarurligi. Tarmoqda har bir EXMdan boshqasiga EXMlarni bir-biri bilan boglovchi aloqa kanallarining ahvoliga qarab uzatilishi mumkin.

Xisoblash texnikasini, aloqa apparaturalari va ma’lumotlarni uzatish kanallarini bitta kompleksga birlashtirish kõp mashinali assostiastiyaning xar bir elementi tomonidan õziga xos talablar sõraydi, shuningdek maxsus atamalarning shakllanishini talab qiladi.

Tarmoq abonentlari - tarmoqda axborotlarni yuzaga keltiruvchi yoki iste’mol qiluvchi ob’ektlar.

Alohida EXMlar, EXM komplekslari, terminallar, sanoat ishlari, rakamli dastur orqali boshqariladigan dastgohlar va hokazo abonent bõlishi mumkin.Har qanday abonent tarmogʻi stanstiyaga ulangan.

Stanstiya - axborot uzatish va qabul qilish bilan bogʻlik vazifalarni bajaruvchi apparatura.

Abonent va stanstiya majmuini abonent tizimi deb atash qabul qilingan. Abonentlarning õzaro aloqasini tashkil etish uchun uzatuvchi moddiy vosita kerak.Uzatuvchi moddiy muhit bu aloqa tarmogʻi yoki elektr signallari yaratiladigan kenglik va ma’lumotlarni uzatish apparaturasi.Bunday yondashuv har qanday kompyuter tarmogini abonentlar tizimi va kommunikastiya tarmogining majmui sifatida qurib chikishga imkon beradi.

Abonent tizimining hududiy joylashuviga koʻra xisoblash tarmogini uchta asosiy sinfga bõlish mumkin:



  • global tarmoqlar (WAN - Wide Area Network);

  • mintakaviy tarmoqlar (MAN - Memrorolitan Area Network);

  • lokal tarmoqlar (WAN - Local Area Network).

Global hisoblash tarmogi turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar õrtasidagi õzaro aloqa telefon tarmogʻi, radio-aloqa va yõldosh orqali aloka tizimi bazasida amalga oshiriladi. Global hisoblash tarmogʻi barcha insoniyatning axborot resurslarini birlashtirish va ushbu resursga kirishni tashkil etish muammosini hal etadi.

Regional (mintakaviy) tarmoklar bir-biridan ma’lum bir masofada joylashgan abonentlarni boglaydi. U aloxida mamlakatning katta shaxridagi, iktisodiy mintakadagi abonentlarni uz ichiga oladi. Mintakaviy xisoblash tarmogining abonentlari orasidagi masofa unlab, yuzlab km ni tashkil kiladi.

Lokal xisoblash tarmogi uncha katta bulmagan hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.Hozirda lokal hisoblash tarmogʻi tarqalgan hududda aniq chegara yõq. Odatda bunday tarmok aniq bir joyga bogʻlangan. Lokal hisoblash tarmogʻiga mansub sinfga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislar tarmogʻi kiradi. Bunday tarmoq 2-2,5 km hududni kamrab oladi.

Global, mintaqaviy (regional), lokal hisoblash tarmoqlari kõp tarmoqli ierarxiyani tashkil etadi. Ular ulkan axborot tõplamini qayta ishlovchi kuchli iqtisodiy vositani yaratib, cheksiz axborot resursiga kirish imkonini beradi. Lokal hisoblash tarmogi mintaqaviy tarmoqlar tarkibiga komponent sifatida kirishi mumkin. Mintaqaviy tarmoqlar global tarmoqlarda kirishi va nixoyat, global tarmoq murakkab tuzilmani tashkil etishi mumkin.



Misol. INTERNET kompyuter tarmogʻi mashhur global tarmok hisoblanadi. Uning tarkibiga kõpgina erkin birlashgan tarmoqlar kiradi. INTERNETga kiruvchi har bir tarmoq ichida aniq aloqa tuzilmasi va ma’lum boshqaruv tarkibi mavjud. INTERNET ichida ma’lum bir foydalanuvchi uchun turli tarmoqlar urtasidagi birlashish tuzilmasi va usullari xech qanaqa ahamiyatga ega emas.Hozirdagi kunda har qanday boshqaruv tizimining ajralmas unsuri bõlib qolgan shaxsiy kompyuterlar lokal hisoblash tarmogʻi yaratish borasida shov-shuvga sabab boʻlmoqda. Bu ham õz navbatida zamonaviy axborot texnologiyasini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.Shaxsiy kompyuterlar fan va texnika, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida qullash amaliyoti shuni koʻrsatdiki, hisoblash texnikasini tatbiq qilishda alohida ShK emas, balki lokal hisoblash tarmoklari kõprok samara beradi.Har qanday kommunikastiya tarmogi albatta quyidagi asosiy komponentlarni: uzatish (peredatchik), xabar, uzatish vositasi, qabul qilish (priyomnik)ni õz ichiga oladi.


Yüklə 266,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə