O‘zbekiston resublikasi



Yüklə 466,28 Kb.
səhifə2/8
tarix07.12.2017
ölçüsü466,28 Kb.
#14424
1   2   3   4   5   6   7   8

II.Pedagogika fani O‘zbekistonda shaxs manfaati va ta‘lim ustivorligi e‘tirof etilgan bir davrda erkin shaxsni rivojlantirish qonuniyatlari, yoshlar shaxsini hayotga moslashtirishning shakl va metodlari, mazmuni va printsiplarini jumbuljam o‘rganadi.

Bugun pedagogik nazariya va amaliyot muammolarini tadqiq qilishh texnologik yondashuv asosida olib borilishi lozim yoxud pedagogika mutlaq texnologik fandir va u ta‘lim fazosining barcha qatlamlarini qamrab oladi.

Pedagogika fani predmeti jamiyat extiyoji va rivojlanayotgan shaxs qiziqishiga hamohang holda sun‘iy tarbiyaviy jarayonni ko‘rish qonuniyatlarini o‘rganishh va bu jarayonni amalga oshirish hisoblanadi. Ana shu sun‘iy tarbiyaviy tizim “pedagogik tizim”, unda kechadigan jarayonlar esa “pedagogik texnologiya” deb ataladi. Pedagogik tizim tashqarisida hech qanday maqsadli ta‘lim-tarbiya jarayoni kechmaydi yoxud pedagogik texnologi bu amaliyotga joriy etishh mumkin bo‘lgan pedagogik tizim loyixasidir. Uning asosida “tashxisli maqsad”, “ta‘lim-tarbiya mazmuni”, “didaktik jarayonlar”, “ob‘ektiv nazorat”, “ta‘lim standartlari” kabi nazariy tushunchalar yotadi. Bu nazariyalar pedagogik texnologiyaning metodologik jihatlarini o‘zida aks ettiradi va yangi tadqiqot yo‘nalishlari belgilab beradi.

Pedagogik texnologiyaning metodikadan farqli tomoni shuki, u ma‘lumot texnologiyasini joriy etishh taktikasini ifodalab beradi va «o‘qituvchi-pedagogik jarayon-o‘quvchi” funktsionala tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Shu nuqtai nazardan pedagogik tadqiqotlar maqsadi ana shu tizimga yo‘naltirilishi kerak, ya‘ni:

-ta‘limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiya mohiyati va muammolarini ko‘p bosqichli ta‘lim tizimi uchun tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ishlab chiqish:

-ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini tahlil qilishh asosida pedagogik texnologiyalar loyihalarini yangilab va boyitib borish;

-o‘qituvchi faoliyatini yangi pedagogik texnologik texnologiya qonuniyatlariga moslashtirish;

-“o‘qituvchi-texnolog” kasbi tavsifnomasini yaratishh;


Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimida gomogen guruhlar, talabalarning individual-psixologik xususiyatlari, avvalo aqliy rivojlanish darajasi asosida tuziladi.


Параллельные группы разных уровней




I.A

II.B

III.C




Внутри групповая (внутрипредметная) дифференциация


I.A

II.B

III.C





1.rasm. «Tabaqalashtirilgan o‘qitish» ning blok-sxemasi

O‘zbekistonda yagona pedagogik texnologiya davlat Markazini tuzish va xozirgi kunda bir-biridan “izolatsiya”langan ta‘lim muassasalari /boshlang‘ich ta‘lim, maktab, kasb-hunar kolleji,oliy o‘quv yurtlari/ uchun yaxlit texnologiyalarni loyihalashni yo‘lga qo‘yish va boshqalar.



III.Pedagogika fani va amaliyotida qo‘llanilayotgan «pedagogik texnologiya” atamasi inglizcha ap “edecatianal tecnrology” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan tarjimasi “ta‘lim texnologiyasi” degan ma‘noni bildiradi.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalar egallaydilar.

Bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash murakkab psixologik jarayondir. Bilim-bu ob’ektiv reallikning ongimizda aks etishhidir. Bu bilimlar tasavvur, tushuncha shaklida bo‘lib, har bir kishining nutqida ma’lum bir tizimda aks etadi. Haqiqiy bilimlar bilish faoliyati, mustaqil fikr yuritishning natijasidir. Ular hech qachon kotib va o‘zgarishsiz qolmaydi. Formal bilimlargina ana shunday bo‘lishi mumkin. Haqiqiy bilimlar-rivojlanib boruvchi bilimlardir. Bilish jarayonida bilimlarning rivojlanishi, ularni aniqlash, oydinlashtirish, to‘ldirish va chuqurlashtirish yo‘li bilan boradi.

Ko‘nikma-bu bilimning harakatga kelishidir. Ko‘nikma-u yoki bu harakatni ongli va mustaqil bajarishni ta’minlaydigan priyomlar tizimidir. O‘qish jarayonida o‘quvchi tomonidan egallanadigan ko‘nikmalar turli-tumandir: kuzata bilish va kuzatganlardan to‘g‘ri xulosa chiqara bilish ko‘nikmasi; texnik chizmalarni tuza bilish va uni o‘qiy bilish ko‘nikmasi; o‘z fikrini yozma va og‘zaki bayon eta bilish ko‘nikmasi; masalalar yecha bilish ko‘nikmasi; mexanizmlarni bo‘laklarga bo‘lish va uni yig‘a bilish ko‘nikmasi. U yoki bu ko‘nikma sostaviga kiruvchi priyomlar (usul) avtomatlashib malakaga aylanadi. Masalan, harfni yozish, o‘qish va hokazolar. Malaka bu ko‘nikmaning avtomatlashgan komponenti bo‘lib, u ko‘nikmani muvaffaqiyatli va tez ta’minlaydi.

Bilim, ko‘nikma va malakalar murakkab o‘zaro munosabatda bo‘ladilar. Bilimlarni tegishli ko‘nikma va malakalarsiz egallash mumkin emas. Masalan, matematika bilimiga ega bo‘lish uchun hisoblash malakasiga ega bo‘lish zarur. Umuman bilimlarni egallash uchun kuzata bilish, eshita bilish, o‘qish va bayon eta bilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish kerak. Boshqa tomondan, ko‘pgina ko‘nikma va malakalarni egallash tegishli bilimlarsiz bo‘lishi mumkin emas. Masalan, o‘qish va yozish malakasiga ega bo‘lish uchun harflarni bilish kerak, elektr energiyasidan oilada foydalanishh (elektr qo‘ng‘irog‘i o‘tkazish) uchun elektr haqida bilimga ega bo‘lish kerak. O‘simliklarni parvarish qilishh uchun uning o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini bilish kerak.

Ta‘lim jarayonida bularni o‘rgatishning o‘ziga xos redagogik texnologiyasini yaratishh lozim. Buning uchun pedagogik texnologiya atamasiga aniqlik kiritish kerak.

Pedagogika fanida pedagogik texnologiya tushunchasini ta‘riflashda hali yagona bir fikrga kelinganicha yo‘q.

Ayrim amaliyotchi pedagoglar “pedagogik texnologiya” deganda texnologik yondashuvga asoslanmagan (ba‘zi foydali, samarali usullarni yoki o‘qitish jarayonida texnik vositalarni qo‘llashni) tushunadilar. Vaholanki, pedagogik texnologiya ta‘lim jarayoniga yangicha, o‘ziga xos belgilar, xususiyatlarga ega bo‘lgan, tizimli, texnologik yondashuvga asalanadi. U, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik tafakkurining maxsuli; texnokratik ilmiy fikr /ong/ning ta‘lim sohasidagi loyihasi, ta‘lim jarayonini ma‘lum darajada standartlashtirish, takrorlanadigan pedagogik jarayon (tsikl)ga aylantirishdir.

Pedagogikada qayta takrorlanadigan pedagogik jarayon (tsiklni) yaratishh oson ish emas. Bunga o‘quv-tarbiya vazifalarining turli-tumanligi, ta‘lim mazmuni va o‘quv materiallarining har xilligi, talabalarning bilim o‘zlashtirish qobiliyatlarini xotira xususityalari bir xil emasligi kabi qator faktorlar sabab bo‘ladi. Shunga qaramay rivojlangan mamlakatlarda olimlar pedagogik texnologiya usulini shlab chiqdilar, ular yaratgan pedagogik texnologiya usuli qayta takrorlanadigan pedagogik tsikl bo‘lib, ta‘lim olishda rejalashtirilgan natijalarni kafolatlaydi.

Pedagogik amaliyotlarda pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan ta‘riflarni va uning muhim belgilari, xususiyatlarini quyida umumlashtirilgan holda keliramiz.

YUNESKO tashkiloti ma‘qullagan ta‘rif: «Pedagogik texnologiya-bu, ta‘lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta‘sirini inobatga olib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratishh va qo‘llashning tizimili metodidir”. /Progremmsivnie pedagogicheskie texnologii, Toshkent, 1999,3-bet/.

Boshqa mualliflarning ta‘riflari.

-pedagogik texnologiya-amaliyotda joriy etishh mumkin bo‘lgan ma‘lum pedagogik tizimning loyihasidir;

-pedagogik texnologiya-ta‘lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan usullar, vositalar majmuidir;

-pedagogik texnologiya oldindan belgilangan, loyixalashtirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini izchil oshirish kabilar.

Yuqorida keltirilgan ta‘riflar pedagogik texnologiya usulining mazmunini anglash va aniqlash jarayoni hali poyoniga etmaganligidan dalolat beradi. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun avvalo, pedagogik texnologiya usulining muhim belgilarini aniqlash talab etiladi. Pedagogik adabiyotlarni o‘rganishh va tahlil etishh pedagogik texnologiyaning muxim xususiyatlari, belgilari qatorida quyidagilarni ko‘rsatishga imkon beradi:

-ta‘lim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda o‘quvchilar bilan qayta ishlab chiqish;

-tizimli yondashuv asosida talabaning o‘qish-blish faoliyati tasvirlaydigan ta‘lim jarayoni loyihasini tuzish;

-ta‘lim maqsadi real, aniq diagnostik bo‘lishi va o‘quvchining bilim o‘zlashtirish sifatini ob‘ektiv baholash;

-ta‘lim jarayonining tuzilishi va mazmuni yaxlitligi, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta‘sirda bo‘lishi;

-ta‘lim shakllarini optmallashtirish (qulaylashtirish);

-ta‘lim jarayonida taxnik vositalar va inson salohiyatining o‘zaro ta‘sirini hisobga olish;

-ta‘lim maqsadlarini ko‘zlangan etalon asosida o‘quvchilarning kuzatiladigan, o‘lchanadigan xarakatlari shaklida juda oydinlashtirish:

-talabaning faolligiga tayanib o‘qitish;

-bilim o‘zlashtirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlab tuzatib borish;

-shakllantiruvchi va jamlovchi baholar;

-belgilangan mezonlarga binoan test vazifalarini bajarish;

-ta‘limning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolotlanganligi;

-ta‘lim samaradorligining yuqoriligi.

Pedagogik texnologiya tushunchasiga doir mavjud ta‘riflar hamda pedagogik texnologiya usulining muhim belgilari, xususiyatlarini umumlashtirilgan holda keltirdik. Ma‘lumki, mantik faniga ko‘ra, biror tushunchaga ilmiy ta‘rif berish uchun ta‘rifda tur va jins tushunchalar keltirilishi va ta‘riflanayotgan tur tushunchasi jins tushunchaga kiradigan boshqa tur tushunchalardan farqini ko‘rsatuvchi muhim belgilari ko‘rsatilishi talab etiladi.

YUNESKOning ta‘rifida «pedogogik texnologiya”-tur tushuncha, “tizimli metod”-jins tushuncha hisoblanadi. Ta‘rifda pedagogik texnologiya usulini o‘qitishning boshqa usullaridan farqini ko‘rsatuvchi ayrim belgilari ham /ta‘lim shakllarini optimallashtirish, texnik vositalar va inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta‘sirini inobatga olish; o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratishh va qo‘llash ko‘rsatilgan.

Lekin bizningcha, YUNESKO ta‘rifida pedagogik texnologiyani ta‘limning boshqa usullaridan keskin farqini yaqqol ko‘rsatuvchi: “ta‘lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuv; ta‘lim maqsadlarini oydinlashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash” muhim belgilar aks etmagan. Jins tushuncha sifatida ishlatilgan “tizimli metod” atamasi ham bitta metod /ya‘ni tizimli metod/ ma‘nosini bildiradi.

Pedagogik texnologiya-tizimli,texnologik yondashuvlar asosida ta‘lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta‘sirini inobatga olib, ta‘lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Bunday usul va metodlarni ishlab chiqish pedagogik texnologiya nazariyasi va metodikasining vazifasidir.

Pedagogik texnologiya-ta‘lim usuli, ma‘lum ma‘noda ta‘lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui. O‘quv materiallarini tanlash, qayta ishlab o‘quvchilarning kuchiga, o‘zlashtirish xususiyatlariga moslab shakli, xajmini o‘zgartirish ham ta‘lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya ta‘lim-tarbiyaning ob‘ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o‘quv jarayonlari, ta‘lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir.

Pedagogik texnologiya uchun pedagogik amaliyot jarayonlarini belgilash va tasvirlash; o‘quvchi yoki talaba kelgusi faoliyatida duch keladigan vazifalarni oldindan aniqlash; o‘qitishning har bir bosqichida ta‘limning mazmuni /o‘quv rejasi, o‘quv elementlari, ularning mantiqiy tuzilmasi, o‘quv dasturlari, darsliklarini/ belgilash; o‘quv yuklamasi bolaning kuchiga moslik darajasini va talabaning o‘zlashtirish tezligini aniqlash; ta‘lim –tarbiyaning shakllari va vositalari /o‘quv qo‘llanmalari, ta‘lim tarbiyaning texnik vositalari/ni tayyorlashh; o‘quv jarayonining motiv komponentini ro‘yobga chiqarish maqsadida predmetning mazmuniga kiritish uchun qo‘shimcha ravishda vaziyatli matnlar, testlar tayyorlashh; shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma‘naviy fazilatlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimini ishlab chiqi; ta‘limning natijasi va o‘zlashtirish darajasi, sifatini baholash mezonlariga mos ravishda talabaning bilim va malakalarni egallash sifatini ob‘ektiv baholash uchun test /nazorat/ vazifalarini tayyorlashh; darsda va darsdan tashqari o‘quvchiga beriladigan vazifalarni rejalashtirish, mustaqil mashg‘ulotlarning tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish kabilar ham pedagogik texnologiyaning vazifalari hisoblanadi.

Ta‘lim sifatini yaxshilash, talabalarning intellektual faolligini oshirish bugungi kunda pedagogikaning bosh vazifasi hisoblanadi. Intellektual faollikni oshirishda interaktiv usullardan foydalanishh yaxshi samara beradi. Bu esa ta‘lim jarayonida yangiliklarni joriy etishhni talab etadi.

Interaktiv usullar – ( Interaction – inglizcha –aro, o‘zaro, ast - harakat ma‘nosini anglatadigan so‘zlardan iborat) o‘zaro harakat, yoki hamkorlik asosida harakatni bildiradi.

Interaktiv usullarning bir qancha turi mavjud:

Bularga: “fikriy hujum” (“fikr janggi”), sinektika, mojaro metodi, “dumaloq stol”, “uch bosqichli intervyu”, muammolarni hal qilishh metodi, “stol o‘rtasidagi ruchka”, “galeriyani aylanish”, “akademik munozara”, “qor bo‘ron” metodi, “asalari galasi”, “munozarali vaziyatni tahlil qilishh” va boshqalar kiradi.

Bu metodlar bo‘yicha ishlash uchun bir necha kishidan iborat guruhlar tuzib, ishonch vaziyatini vujudga keltirish, oshkora muhokama uchun xalal beradigan psixologik keskinlikni bartaraf etishh zarur.

Ushbu guruh metodlari fikrlash doirasini kengaytirib, mavjud cheklovlarni nazardan qochirib turish, fikrlash faoliyati harakatchanligini rivojlantirish, o‘quv faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan. Ularning samarasi yangi o‘quv axborotini ishlab chiqish va mustahkamlashdan iborat.

IV.Pedagogik texnologiyaning fan sifatidagi vazifasi ta‘lim-tarbiya amaliyotida eng samarali va tejamli o‘quv jarayonlarini shaxsni kasb egasi sifatida shakllantiruvchi pedagogik, psixologik qonuniyatlarni aniqlash, shuningdek falsafa, sotsiologiya,fiziologiya, matematika, kibernetika, informatika va boshqa fanlarning qonuniyatlaridan foydalanishh yo‘llarini aniqlashdan iborat.

Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti quyidagi qonuniyat va printsiplarga asoslanadi.

-ta‘lim-tarbiya jarayoni tuzilishi va mazmuni jihatidan yaxlitligi va birligi;

-ta‘lim jarayonini optimallashtirish: qulay sharoit yaratib, oz vaqt, kam kuch sarflab, yuqori natijaga erishish;

-zamonaviylik pedagogik amaliyotga ilmiy asoslangan didaktik yangiliklarni, yangi tartib-qoidalarni joriy etishh, ta‘lim mazmunini uzluksiz yangilab zamonaviylashtirib borish;

-ilmiylik: ta‘lim-tarbiyada yangi shakl vositalar, faol metodlar, didaktik materiallarni qo‘llash, uzluksiz izlanish, tadqiqot;

- talaba va qo‘ituvchi faoliyatini oqilona uyushtirish: o‘qituvchi ta‘lim maqsadini, mazmunini puxta bilishi, ta‘lim usullari va texnik vositalarni yaxshi egallagan bo‘lishi; o‘quvchining manfaatdorligi, qiziqishi va intiluvchanligi;

- pedagogik jarayonni jadallashtirish; axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanishh samaradorliligini oshiruvchi didaktik materiallarni ishlab chiqish va keng qo‘llash;

- o‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik baza yaratishh;

- pedagogik jarayon natijalarini xolisona va ob‘ektiv baholash, test usuli, reyting tizimi, talabalning bilim va kunikmalarini egallash jarayonini nazorat qilishh, baholashni avtomatlashtiri;

- ta‘lim-tarbiyaning tabiatga mosligi;

- ta‘lim-tarbiyaning jamiyatga moslashuvi va boshqalar.

Har bir darsda o‘qituvchi bosh figura hisoblanadi. U axborot berish, tezroq o‘qitish bilan ovora. Lekin o‘quvchining yangilikni qabul qilishh darajalari har xil, xoxish-istaklari turlicha, ular passiv eshituvchi, quloq soluvchi, bu ularning o‘quv jarayonidagi mas‘uliyatini, javobgarlik xissini susaytiradi.demak, ular mustaqil fikr yuritish, mushohada qilishh, xulosa chiqarishdan yiroq.

Unga nima qilmoq kerak? Pedagogik texnologiya asosida o‘tiladigan dars jarayonida, ta‘lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta‘lim jarayoni sub‘ekti bo‘lishi kerak, ya‘ni o‘qish, o‘rganishh, mutolaa qilishh o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak.

O‘qituvchi esa o‘qitishdann o‘qishni o‘rgatishga, bilim berishdan o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga ko‘maklashishi zarur. U o‘quvchini ehtiyoj tug‘dirishdan, muhit yaratishhga va undan mas‘uliyatni sezishga yo‘llashi kerak.

Har bir dars uchun ta‘limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, ya‘ni bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan uch yoqlama maqsadlar quyiladi. Darsni tashkil qilishh shakli uning qatnashchilarining o‘zaro aloqalariga bog‘liq bo‘lib, u maqsadlarga, o‘quv materiali xususiyatlariga, ta‘lim metodlariga va o‘quv imkoniyatlariga bog‘liq.bunga erishi uchun o‘qituvchi rahnamoligida o‘qituvchi bilan o‘quvchilar birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu jarayonni didaktikada o‘quvchi jarayoni deyiladi.

O‘quv jarayoniga bunday yangicha qarashning tub mohiyati shundan iboratki, o‘qitishda ichki motivatsiyadan /diqqatni tortish, ichki tuyg‘u, istak, zaruratni shakllantirish/ kelib chiqish kerak. O‘quv jarayonida asosiy xarakatlantiruvchi kuch o‘quvchi uchun ham, o‘qituvchi uchun ham ichki motivatsiya bo‘lishi kerak. Bunda o‘quvchilar bilim olishga intilish /xuddi benzini bo‘lmasa, avtomashina o‘rnidan qo‘zg‘ala olmagani kabi, bilim olmasang hayotda o‘rnining yo‘q, jamiyatga qo‘shila olmaysan.../ va bilim olishga extiyoj bo‘lishi kerak, o‘qitish maqsadlari ichki ehtiyojga aylanishi kerak. O‘quvchi real hayotga kirib borishi uchun bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga ilmiy bo‘lim metodlariga ega bo‘lishi kerakligini ongli ravishda tushunib etishhi lozim. Chunki ochiq jamityannig asosiy belgisi –bu dunyoni anglab etishh va unda o‘zining munosib o‘rnini topish uchun erkin izlanishdir.

O‘qituvchidan o‘quvchilarga tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o‘zlashtirishni, zarur malaka va ko‘nikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni tafakkur va bog‘lanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik printsip bu ta‘limdagi faollikdir. Faollik printsipi onglilik printsipi bilan bevosita aloqador. Chunki faollik bor joyda onglilik bor.


Bilimlarini faollashtirish maqsadida beriladigan savollar:


  1. Yangi pedagogik texnologiyalar ta‘lim-tarbiya jarayonida qanday ahamiyatga ega?

  2. Pedagogik texnologiyaning muhim xususiyatlari nimalardan iborat?

  3. Pedagogik texnologiya haqida qanday ta‘riflar mavjud?

  4. Pedagogik texnologiya qanday usul?

  5. Pedagogik texnologiya qanday qonuniyatlarga asoslanadi?

  6. Pedagogik texnologiyaning asosiy vazifasi nimalardan iborat?


3 MAVZU. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari. (2 soat)

Reja:


1. Pedagogik texnologiyalar tushunchasi va uning o’ziga xos jihatlari.

2. Pedagogik texnologiyalarlarning darajalari.

3. Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi.

4. PTning umumiy tavsifi va uning tarkibiy mazmuni.


FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


  1. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T: “SHarq” nashriyot matbaa kontserni, 1997.

  2. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.- T: O‘zbekiston, 1992.-78 b.

  3. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishhga xizmat etsin.-T: O‘zbekiston, 1998.-30 b.

  4. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda: O‘zR Prezidenti I.A.Karimovning Birinchi chaqiriq O‘zR Oliy Majlisining O‘n tO‘rtinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. 1999 yil 14 aprel.-T.: O‘zbekiston, 1999.-48 b.

  5. N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y.

  6. .

  7. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.



QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Sayidahmedov N.Yangi pedagogik texnologiyalar. T. “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. – 171 b.

  2. M.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. “Nasaf”2000 y.-80 b.

  3. Talipova J.O., G’ofurov A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari: O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari biologiya o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. – T.: O’qituvchi, 2002.

  4. U. Tolipov, M.Usmanbayeva. pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005.

  5. O‘. Tolipov. Oliy pedagogik ta‘lim tizimida umummehnat va kasbiy kO‘nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari. T. “Fan”.-167 b. 2004y.

  6. O‘. Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005 y.-205 b.

  7. T.G‘afforova, A.Qurbonov, E.Godfri. Ta‘limning ilg‘or texnologiyalari. Qarshi “Nasaf”. 2003y.-112 b.

  8. Farberman. B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. T.,2001

  9. Choriev A. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma‘ruzalar matni, Qarshi 2000.

  10. Fаrbеrmаn B. Ilg‘or еdаgogik tехnologiyalаr – T.: 1999.


Asosiy tushunchalar: Pedagogik texnologiya, «jamiyat-ta’lim» tizimi, o‘quv materialni to‘la o‘zlashtirish, ilmiylik tamoyili, loyihalanish tamoyili, tizimlilik tamoyili, maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili, faoliyat yondashuvi tamoyili, boshqaruvchanlik tamoyili, qayta takrorlanish tamoyili, samaradorlik tamoyili, pedagogik texnologiyaning slok-sxemasi, pedagogik-texnologik xarita, maqbullashtirilgan o‘quv jarayon.

Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta‘lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.




  • Pedagogik texnologiyaning farqli xussiyatlari va afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • o‘quv jarayonning qayta takrorlanish imkoniyati;

  • uzluksiz teskari aloqani ta’minlash, o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritish o‘rgatuvchi sikllarning mavjudligi;

  • o‘qitish natijalarini rejalashtirish va unga erishishni kafolatlaydi.

Ma‘lumotlilik asosida yotuvchi bosh g‘oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, qanoatli, o‘zgalar fikrini xurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini ko‘zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qay darajada ta‘limni texnologiyalashtirish bilan bog‘liq.

Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan – “texos” (techne) – san‘at, hunar va “logos” (logos) – fan so‘zlaridan tashkil topib “hunar fani” ma‘nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob‘ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta‘sir etishh natijasida mahsulot yaratishh borasidagi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Anna shu ta‘rifni tadqiqot mavzusiga ko‘chirish mumkin, ya‘ni: PT – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta‘sir ko‘rsatish va aks ta‘sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishining kafolatlaydigan jarayondir.

Yuqorida keltirilgan ta‘rifdan ko‘rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlahsda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta‘riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko‘pdir. Pedagogik adabiyotlarda “texnologiya” atamasining xilma-xil ko‘rinishhlarini uchratish mumkin: “o‘qitish texnologiyasi”, “O‘quv jarayoni texnologiyasi” va hokazo.

PT o‘qitish jarayonining o‘zaro bog‘liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etishh shartlarini aniqlashtirish, mavjud imkoniyatlarni hisobga logan holda belgilangan maqsadga erishishni ta‘minlaydi. Yoxud PT o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta‘limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig‘indisidir. Texnologiya o‘zining egiluvchanligi, natijalarning turg‘unligi, smaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi.

Ob‘ektiv borliqni o‘rganishhning tizimli yondasis metodi fanda keng ko‘lamda qo‘llanilgach, uning ta‘siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan o‘quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tusuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o‘qitish texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qaras lozimligini uqtiradi: ” O‘qitish texnologiyasi – bu o‘quv jarayonini nima real tavsiflasa o‘sa, o‘qituvchiga o‘rnatilagan maqsadlarga erishish uchun nimaga tayanishh zarur bo‘lsa. Bu alohida fan.

PTni fan sifatida e‘tirof etishh G.K.Selevko tomonidan ham ma‘qullandi: “Pedagogik texnologiya o‘qitishning birmuncha oqilona yo‘llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, ta‘limda o‘llaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham real o‘qitish jarayoni sifatida mavjuddir”.

Yuqorida keltirilga ta‘riflardan ko‘rinib turibdiki, PT belgilangan boslang‘ich maqsad va mazmun asosida o‘quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etilayapti. Bu bir jihatdan to‘g‘ri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaliligi ko‘zga taslanadi yoki bunday yondashuvlarda o‘quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchiliklarni birinchi bo‘lib akademik V.P.Bespalko payqadi va o‘zining yirik asarida “PT – bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirishh jarayonining loyihasidir” deb ta‘rifladi.



Yüklə 466,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə