O‘zbekiston resublikasi


Bilimlarini faollashtirish maqsadida beriladigan savollar



Yüklə 466,28 Kb.
səhifə4/8
tarix07.12.2017
ölçüsü466,28 Kb.
#14424
1   2   3   4   5   6   7   8

Bilimlarini faollashtirish maqsadida beriladigan savollar:


  1. Pedagogik texnologiyalar tushunchasi va uning o’ziga xos jihatlari qaysilar?

  2. Pedagogik texnologiyalarlarning darajalari haqida ma‘lumot berihg?

  3. Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi va uning oziga xosliklari?

  4. Pedagogik texnologiyaning tavsifini kelturing?



4- MAVZU Pedagogik texnologiyalarni turkumlashtirish
Режа:

  1. Pedagogik texnologiyalar qo‘llanish darajasi.

  2. Pedagogik texnologiyalar falsafiy asosi.

  3. Pedagogik texnologiyalar yetakchi omili.

  4. Pedagogik texnologiyalar ilmiy konsepsiyasi.

  5. Pedagogik texnologiyalarning klas­sifikatsiyasi.


FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


  1. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T: “SHarq” nashriyot matbaa kontserni, 1997.

  2. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.- T: O‘zbekiston, 1992.-78 b.

  3. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishhga xizmat etsin.-T: O‘zbekiston, 1998.-30 b.

  4. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda: O‘zR Prezidenti I.A.Karimovning Birinchi chaqiriq O‘zR Oliy Majlisining O‘n tO‘rtinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. 1999 yil 14 aprel.-T.: O‘zbekiston, 1999.-48 b.

  5. N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y.

  6. .

  7. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.



QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR RO‘YXATI


  1. Sayidahmedov N.Yangi pedagogik texnologiyalar. T. “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. – 171 b.

  2. M.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. “Nasaf”2000 y.-80 b.

  3. Talipova J.O., G’ofurov A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari: O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari biologiya o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. – T.: O’qituvchi, 2002.

  4. U. Tolipov, M.Usmanbayeva. pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005.

  5. O‘. Tolipov. Oliy pedagogik ta‘lim tizimida umummehnat va kasbiy kO‘nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari. T. “Fan”.-167 b. 2004y.

  6. O‘. Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005 y.-205 b.

  7. T.G‘afforova, A.Qurbonov, E.Godfri. Ta‘limning ilg‘or texnologiyalari. Qarshi “Nasaf”. 2003y.-112 b.

  8. Farberman. B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. T.,2001

  9. Choriev A. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma‘ruzalar matni, Qarshi 2000.

  10. Fаrbеrmаn B. Ilg‘or еdаgogik tехnologiyalаr – T.: 1999.

Asosiy tushunchalar: Pedagogik texnologiya, jarayon, tizim, turkumlashtirish, pedagogik tizim, didaktik vazifa, ta‘lim texnologiyasini, didaktik vazifa, anglash faoliyati.


1.Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganib kelindi va u turli faoliyat doiraisda edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda ham imkoniyatlar mavjud. Nazariya va amaliyot birligining ta‘minlanishi zamonaviy pedagogik texnologiyaning mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi.

Pedagogik texnologiyalarni quyidagicha turkumlashtirish mumkin: qo‘llanish darajasiga ko‘ra, falsafiy asosiga ko‘ra, yetakchi omiliga ko‘ra, ilmiy konsepsiyasiga концепциясига ko‘ra, anglash faoliyatini tashkil etish va boshqarish turiga ko‘ra va boshqalar.

Pedagogik texnologiya, o‘z tamoyillariga, binoan, tegishli tabiiy qobiliyatga va zaruriy o‘qituvchilik ish tajribasiga ega bo‘lgan yetuk pedagoglar tomonidan loyihalanadi. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari, qayta takrorlanadigan o‘rgatuvchi sikl sifatida ro‘yobga chiqariladigan o‘quv jarayonini yaratishhga imkon beradilar.

Qayta takrorlanadigan o‘qitish shakli sifatida, qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibi (tuzilmasi) 1.5-rasmda tasvir etilgan. Pedagogik texnologiya quyidagi asosiy elementlardan iborat:

O‘ta aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish. Ularni o‘lchash va baholash mezonlarini o‘rnatish;

O‘quv maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan, o‘quv jarayonini ishlab chiqish va aniq tasvirlash;

Butun o‘quv jarayonini, o‘qitish natijalariga kafolatli erishishga qaratish;

Pedagogik texnologiyalarni yaratishh amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, o‘ta aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish uchun, amerikalik pedagog-olim B.Blum taksonomiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘lchov mezonlarini o‘rnatish va ularni baholash ishlab chiqilgan diagnostik testlar yordamida bajariladi.

Bunda, har bir o‘quv materialining minimal o‘zlashtirilish darajasini belgilash muhit ahamiyatga ega. Butun o‘quv jarayoni, unga qaratilgan taqdirdagina, o‘quv maqsadlariga erishish mumkin bo‘ladi.

O‘quv jarayonini o‘quv maqsadlariga erishishga yo‘naltirish, o‘quv rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Birinchi navbatda o‘quv rejadagi har bir fanning, mutaxassis tayyorlashdagi o‘rni va va ahamiyatini aniq o‘rnatish zarur. Bu esa, Davlat ta’lim standartlari va mutaxassis fao­liyatining chuqur tahlili asosida bajariladi. O‘quv fanining mutaxassis tayyorlashdagi roliga ko‘ra, mashg‘ulotlar turlari – ma’ruzaviy, amaliy (seminar), laboratoriya, mustaqil ishlar orasidagi munosabatlar o‘rnatiladi.

Yo‘nalish fanlari uchun amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga ajratilgan o‘quv soatlari ma’ruzaviy soatlardan ko‘p bo‘lishi kerak, chunki bu yerda olingan bilimlarni qo‘llash, tahlil etish, sintez, baholash


1.5-rasm. «Pedagogik texnologiya» ning blok-sxemasi

darajasida bo‘lishi muhimdir. Ya’ni, mutaxassis faoliyati uchun zarur bo‘lgan malakalarga ega bo‘lishi lozim. Boshqa turdagi o‘quv fanlari uchun mashg‘ulotlar turlari orasidagi munosabat o‘zgacha nisbatlarda rejalashtiriladi.

Shu bilan bir qatorda Oliy maktab o‘quv jarayonining tashkil etish samaradorligiga, auditoriya soatlari va mustaqil ish uchun ajratilgan soatlar orastdagi nisbatlarni maqbullashtirish ta’sir ko‘rsatadi.

Ta’lim kursi oshishi bilan mustaqil ishlash malakalari va zaruriyati oshib boradi. Zero, ta’lim kursi oshishi bilan, malakalarni shakllantirish mutaxassis kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish talablari oshib boradi.

O‘quv jarayonining tashkil etish samaradorligiga ta’sir etuvchi, keyingi omil, o‘quv grafigini maqbullashtirish hisoblanadi. O‘qitish jarayonining samaradorligi nuqtai nazardan, bir haftaga ajratilgan auditoriya soatlarning eng kam miqdori to‘rt soatni tashkil etishi kerak. Haftalik auditoriya soatlari bundan kam bo‘lgan fanlar uchun o‘quv jarayonini blokli tashkil etish tavsiya etiladi. O‘quv maqsadlariga erishishda, o‘quv jarayonining muhim tarkibiy elementi sifatida, o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishga alohida o‘rin ajratiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari samarali hisoblanadi. O‘qitishning ushbu texnologiyalari, talabaning tabiiy qobiliyati darajasida fanlarni o‘zlashtirish uchun sharoit yaratadilar, shaxs rivojiga imkoniyat tug‘diradilar.

O‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga kafolatli erishish, o‘qitish jarayonini texnologik tashkil etish va boshqaruvchanligi orqali ta’minlanadi.

O‘qitish jarayoni sifati, olingan bilim va malakalarni muntazam joriy diagnostik testlar o‘tkazish, o‘qitish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar vosita va usullari yordamida tuzatishlar kiritish, orqali ta’minlanadi. Rejalashtirilgan natijalarga erishilganlik, yaknuniy nazorat orqali baholanadi.

Pedagogik texnologiya, ishlab chiqarish-texnikaviy sohaning jarayonlariga xos barcha texnologik belgilarga ega, shu jumladan uning qayta takrorlanishi, ushbu belgi, tuzilgan pedagogik-texnologik xaritalarni qo‘llash orqali ta’minlanadi. Shuning uchun pedagogik texnologiyada, o‘qitish natijalarini rejalashtirish va unga kafolatli erishishni ta’minlash imkoniyati mavjud.


Pedagogik texnologiyaning farqli xussiyatlari va afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • o‘quv jarayonning qayta takrorlanish imkoniyati;

  • uzluksiz teskari aloqani ta’minlash, o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritish o‘rgatuvchi sikllarning mavjudligi;

  • o‘qitish natijalarini rejalashtirish va unga erishishni kafolatlaydi.

Pedagogik texnologiya usuli tizimli, texnologik yondashuvlarga asoslanadi. Sistema /tizim/ yunoncha so‘z bo‘lib, yaxlit tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikkan ma‘nosini anglatadi.

Pedagogik tizim-pedagogik texnologiyaning asosi, zamini hisoblanadi. Pedagogik tizim-bir butun, harakatlanuvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo‘lib: o‘quvchi /1/, Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi /2/, mazmuni /3/, o‘quv jarayoni /4/, o‘qituvchi yoki texnik vositalar /5/ va ta‘lim-tarbiyaning tashkiliy shakllaridan /6/ tuzildi. /Bespalko V.P. «Slagaemqe pedagogicheskoy texnologii” , M. 1989, 6-7- betlar/.

Ta‘lim tarbiyaning maqsadi ob‘ektiv harakterga ega. U har bir jamiyatning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlaridan hosil bo‘ladi, ijtimoiy buyurtma sifatida davlat hujjatlarida umumiy tarzda ifodalandi. Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi tizim xosil qiluvchilik xususiyatiga ega. Pedagogik tizimning barcha qismlari ta‘limning maqsadiga bog‘lik va uni ruyobga chiqarishga xizmat qiladi. Shaxsni, mutaxassisni shakllantirish maqsadi ta‘limning mazmuni /o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, darsliklar/ni belgilaydi.

Pedagogik tizim didaktik vazifa va ta‘lim texnologiyasini o‘z ichiga oladi. Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi va mazmuni-didaktik vazifa; didaktik jarayon, o‘qituvchi va texnik vositalar, ta‘lim-tarbiya shakllari usullari-ta‘lim texnologiyasiga kiradi. Pedagogik amaliyotda didaktik vazifani ta‘lim texnologiyasi yordamchi o‘quvchi, talaba o‘zlashtirib oladi.

Pedagogik texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, u birinchidan, ta‘lim-tarbiya jarayonini oldindan loyihalash va so‘ngra, sinfda, auditoriyada o‘quvchilar bilan birga loyihani qayta ishlab chiqishni nazarda ttadi. Bu masalani “didaktik vazifa”, “ta‘lim texnologiyasi” tushunchalarini qo‘llash bilan hal etishh mumkin.

Ikkinchidan, an‘anaviy pedagogikada metodik ishlanmalar o‘qituvchi dars o‘tishi uchun tuzilsa, pedagogik texnologiya-o‘quvchini o‘quv-bilish faoliyatining shakllari va mazmunini tasvirlaydigan ta‘lim jarayoni loyihasini ishlab chiqishni taklif etadi.

Uchinchidan, pedagogik texnologiyaning muxim belgisi-maqsad hosil qilishh jarayonidir. An‘anaviy pedagogikada “pedagogik maqsad” masalasiga nazariyachilar ham, amaliyotchilar ham kam e‘tibor beradi, maqsad-metodik adabiyotlarda ham noaniq ifodalanib, unga erishish darajasi ham sub‘ektiv baholanadi.

Pedagogik texnologiyada – pedagogik maqsadni aniqlash asosiy muammo bo‘lib, maqsadni diagnostik ifodalash, bilim o‘zlashtirish sifatini ob‘ektiv baholash nazarda tutiladi.

Nihoyat to‘rtinchidan, ta‘lim-tarbiya jarayonlari tuzilishi va mazmuni jixatidan yaxlitligi-pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim printsipi hisoblanadi. Yaxlitlik printsipi, shuningdek, ta‘limning har turi bo‘yicha bo‘lajak pedagogik tizimning loyihasini ishlab chiqayotganda pedagogik tizimning barcha elementlari (chorak, semestr, o‘quv yili davomida ham, shuningdek butun ta‘lim davomida ham) o‘zaro ta‘sirda bo‘lishiga erishish zarur.

Pedagogik tizimning bir elementi, masalan maqsadi o‘zgarsa uning boshqa qismlari (mazmuni, shakllari, jarayonlar) ham o‘zgaradi.

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA tushunchasi keng ko‘lamli, serqirra tushuncha bo‘lib, u ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika fanida o‘z o‘rniga ega. TA’LIM FAOLIYATining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda INSON FAOLIYATining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni TEXNOLOGIYaga aylanib bormoqda. Shu asosda ta’lim sohasida so‘nggi davrda PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA amal qila boshladi.

Pedagogik texnologiyada ishlov beriladigan material TA’LIM OLUVCHIning aqliy, ruxiy, axloqiy sifatlari bo‘lib, ularga TA’LIM BERUVCHI tomonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida har turli ta’sirlar o‘tkaziladi.

Dastlab bu tushuncha 1940-50-yillar o‘rtasigacha TA’LIMDA TEXNOLOGIYA deb qo‘llanilib, o‘quv jarayonida audiovizual TEXNIKA VOSITALARidan foydala­nishni ifoda qilgan. Oradan vaqt o‘tishi davomida shu ifodalarni qo‘llash darajasi kengayib borishi natijasida ularning ma’nolari ham tegishlicha o‘zgarib bordi. Hozirga kelib esa PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar asoslab berildi.

Hozirgi ta’lim soxasida keng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan iborat. Ma’lumki, o‘quv-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan O‘Z BILIM VA TAJRIBALARINI o‘sib kelayotgan avlodga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda asosan inson xayoti uchun zarur axborotlarni AVLODDAN AVLODGA uzatish amalga oshiriladi.

Insoniyat xayoti axborotlar bilan chambarchas bog‘liq. Boshqacha aytganda, insonning har bir harakati axborot OLISH, yoki UZATISH, yoki undan FOYDALANISH, yoki uni O‘RGANISH, yoki O‘ZLASHTIRISH, yoki SAQLASH, yoki BOYITIShdan iborat. Shundan xozirgi insoniyat sivilizatsiyasini axborot sivilizatsiyasi deb ataladi. Shu nuqtai nazardan sivilizatsiya tushunchasiga berilgan ta’riflardan biri quyidagicha: «Sivilizatsiya axborotni TO‘PLASH, TAHLIL QILISH va FOYDALANISH hamda atrof-muhit va o‘zi haqida axborot YARATISH uchun eng ko‘p ma’lumot olishga qodir bo‘lgan moddaning yuqori turg‘un xolatidir».

Bu ta’rifdan axborotni avloddan avlodga uzatishning, ya’ni o‘quv-tarbiya ishining ahamiyati qanchalik yuqori ekanligi ko‘rinib turibdi, ya’ni ta’lim siviliza-siyaning mavjudlik sharti hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan sivilizatsiyaning bosh belgisi - axborotni to‘plash, mavhum yoki abstrakt tahlil qilish va undan o‘z turini, o‘z jamoasini uzoq saqlash uchun foydalanishdan iborat hamda axbo-rotni to‘plash, taxlil qilish va undan foydalanishning shakl, usul va vositalarini takomillapggirib borish zarurligi va buning zamirida PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA yotishi tushuniladi.




PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ta’lim-tarbiya jarayoni sifatida ishtirok­chilarining faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va bu jarayonning pirovard maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlan­ti­rish bo‘lib, asosan quyidagilardan tarkib topadi:


o‘qitish va tarbiya berish;


axborotlarni avloddan-avlodga uzatish;


mustaqil fikrlashga o‘rgatish;


  • bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘rgatish va o‘zlashtiri­li­shi­ga erishish;

turli metodikalarni qo‘llash va takomillashtirish;


diagnostika, monitoring olib borish;


  • insonparvarlik, xalqparvarlik va mafkuraviy tamoyil­larga asoslanish;

  • ta’lim oluvchining tayyorgarlik darajasini, psixo­lo­gik, fiziologik, yosh xususiyatlarini va gigiyenik talab­larni hisobga olish;

ta’lim menejmenti, marketingi talablari va xulo-
salarini, ijtimoiy motivlarni hisobga olish.

Ta’lim muasasalar ishining hozirgi nazariyasi va amaliyotida o‘quv-tarbiya jarayonining ko‘plab variantlari mavjud va har bir ta’lim beruvchi peda­gogik jarayonga o‘zining individual ulushini qo‘shadi, lekin ko‘p texnologiyalar o‘z maqsadlari, mazmuni, qo‘llanadigan metodlari va vosi­talari bo‘yicha yetarlicha ko‘p o‘xshashliklarga ega va ularni shu umumiy belgilariga ko‘ra TASNIF QILISH mumkin:



  • qo‘llanish darajasiga ko‘ra;

  • falsafiy asosi bo‘yicha;

  • asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha;

  • o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha;

  • shaxsiy belgi-sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;

  • mazmuni xususiyatlari bo‘yicha;

  • boshqaruv turi bo‘yicha;

  • shaxsga yondashuv bo‘yicha;

  • - ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha;
    — ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha.

Jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedagogqk texnologiyalarni yaratdi. Bular ham yuqorida aytilgan belgilarga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinishi mumkin: o‘yinli o‘qitish, muammoli o‘qitish, darsturlash­tirilgan o‘qitish, interfaol o‘qitish, rivojlantiruvchi o‘qitish, muammoli o‘qitish, masofali o‘qitish va boshqalar.

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYalarni tasniflashda ularning eng yaqqol ajralib turadigan xususiyatlariga asoslaniladi. Aslida esa har bir pedagogik texnologiya sof holda uchramaydi, ularda boshqalariga xos bo‘lgan elementlar albatta mavjud bo‘ladi.





3-илова:

Didaktik masalalarni hal etishh maqsadi shaxs sifatlarini shakllantirish uchun zarurat bo‘lsa, shart-sharoitlar-talabalarning boshlang‘ich sifat ko‘rsatkichlari, axborot esa o‘quv predmetining mazmunidir.

Har bir didaktik masala pedagogik tizmda o‘ziga mos keladigan PT elementlari bilan hal qilinadi, ular: didaktik jarayon pedagog yoki o‘qitishning texnik vositalari hamda o‘qitishning tashkil qilishh shakllari. Yuqorida ijtimoiy buyurtma yo‘nalishi didaktik masalalarga qaratilgan va bu bejiz emas: ta‘lim har doim jamiyat talablarini qondirishga xizmat qiladi va u ongli ravishda yoki intiutiv (ichki his blan, sezib) trzda tez yoki sekinlik bilan bu talablarga mos holda tuzatila boriladi.

Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, pedagog-metodistlar hozirga qadar didaktik masalalarni aniq ifodalashga va unga mos keladigan PTni ishlab chiqishga kam e‘tibor berayotirlar. Shu nuqtai nazardan Milliy dastur ijtimoiy buyurtma sifatida yangi PTn yaratishh va amaliyotga joriy etishh majburiyatini yukladi.

PTga “yangi” so‘zining qo‘shib ishlatilishi nazariyani olimlar va o‘qituvchilarni bir qadar o‘ulantirib qo‘ydi, endilkda ta‘lim-tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish mumkin emasligini anglab etmoqdalar. Shunday ekan PTni qanday yangilash mumkin? E‘tiborni yuqorida keltirlgan pedagogik tizim tuzilishiga qarataylik. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi va ta‘lim tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. “Maqsad” (2) esa pedagogik tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanib, u qolgan elementlarni o‘z navbatida yangilash zaruriyatini keltirib chiqaradi. “Kadrlar tayyorlashh milliy dasturi” ta‘lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishga burdi, ya‘ni “O‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xolos etishh, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma‘naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashh” deb belgilanadi.Demak, ta‘lim-tarbiyaning maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning yangilanishi tabiiydir. Ta‘lim mazmuni o‘quv dasturlari, qo‘llanma va dasrliklarda o‘z ifodasini topadi. Shu munsoabat bilan fan sohalari bo‘yicha ta‘lim mazmunini ishlab chiqish ishlari amalga oshirldi.

Pedagogik tizimda didaktik masalalarning o‘z echimlarini topishi Milliy dastur g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishning muhim bosqichidir.

Agar pedagog qo‘lida bilimga chanqoq, iqtidorli talaba o‘quvchilar, fan maqsadiga mos mazmun-dastur, o‘quv qo‘llanma, darsliklar mavjud bo‘lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib yangi PTni amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishhi mumkin.

Shunday qilib, ta‘lim taraqqiyotining xaqqoniy xarakatlantiruvchi kuchi sifatida mavjud didaktik masalalar va unga mos keladigan pedagogik texnologiya asosida oqilona qurilgan pedagogik tizim xizmat qiladi.

5.O‘qish, o‘qitish-inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir, garchi uning samarasi darxol bevosita ko‘zga tashlanmasa ham. Iqtisodiy tuzumlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishla chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari blan ishlab chiqarayotganligi Bilan biri ikkinchisidan farqlanadi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir.

Pedagog yuqorida ta‘lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

1-muallim “o‘z kuchi blan o‘qitish bosqichi, ya‘ni o‘quvchi uchun axborot manbai –o‘qituvchi bo‘lishi.

2-o‘quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo‘llanilgan bosqich:

3-audiovizual vositalar qo‘llanilgan bosqich;

4-o‘qitishni boshqarishda oddiy avtomatlash vasitalarini qo‘llash bosqichi;

5-o‘qitishni hozirgi zamonaviy EXMlar vositasida boshqarishni avtomatlashtirish bosqichi.

Insoniyatning rivojlanish dasrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarda assotsiatsiya bir-birini eslat. O‘zaro bog‘lish orqali fikran bog‘lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lib, kuchayadi, boyiydi. Bu jarayon borgan sari tobora tezlasha boradi.

Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o‘qituvchi o‘z kuchiga, o‘z bilimi va maxoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo‘lyozma kitoblar yaratildi, lekin o‘quvchi ularning mazmunini o‘qituvchi faoliyati vositasida o‘zlashtiradi. Bunday holat XVII asrgacha-Ya.A.Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida o‘quvchi ta‘lim olishi uchun darslik zarurligini isbotlaguncha davom etdi. Yana bir qancha to‘siqlarni bartaraf etib, darsliklar Evropa mamlakatlarida XU111 asrda keng qo‘llanila boshlandi.

2-bosqich-qog‘oz o‘quv kitobi davri xali nihoyasiga etkazilgani yo‘q, darsliklar yaratishh va ulardan foydalanishh texnologiyasi xamon mukammal emas. Lekin o‘qitishning 1,2,3-bosqichlariga xos ta‘lim vositalari maktablarga jadal kirib kelmoqda.

O‘quv kitoblarini joriy etishh qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo‘lgan. Keyingi davrlarda ham ta‘lim sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar kurashsiz, oson bo‘lmagan. Hozirgi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ruxida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o‘quv vositalarini o‘zlatirib olishga, ta‘lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishhga intilish sust. Vaholanki 1-bosqich o‘quv vositalari o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab etadi va o‘quvchining bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lmaydi.

Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta‘lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o‘qituvchi mexnatining samarasi ortib, yangi texnologiyani qo‘llaydiganlar safi kengaya borgan.

Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasini rivojlangan davlatlar darajasiga chiqarish maqsadida “Kadrlar tayyorlashh milliy dasturi”, “Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun” qabul qilindi. Ta‘lim O‘zbekiston davlati siyosatining ustivor sohasiga aylandi, ulkan ishlar rejlashtirilmoqda, davlat byudjetidan bu soxaga katta mablag‘lar ajratilmoqda. Milliy dasturda rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh, yuksak ma‘naviy-axloqiy fazilatlarni egallagan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashh maqsadi kun tartibiga qo‘yildi. Ilgarigi pedagogik texnologiyalar bilan bu vazifalarni bajarib bo‘ladi? 3,4-pedagogik bosqichlarni chetlab, 5-EXMlarga asoslanib pedagogik texnologiya vositalari va metodlarini o‘zlashtirishga o‘tish mumkinmi? Tajriba bu savolga ijobiy javob beradi.

Hozirgi kunlarda ko‘pchilik sinf xonalariga kirib ta‘lim jarayonini kuzatgan kishi mavjud pedagogik tizim birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos ekanligiga ishonch hosil qiladi. Vaholanki, hozirgi paytda ayrim umumiy ta‘lim maktablarida pedagogik tizimni uchinchi, to‘rtinchi bosqichlar darajasida tashkil etishh uchun imkoniyatlar, shart-sharoitlar mavjud.

Shuni ta‘kidlash lozimki, kompyuterlarni sotib olib, sinf xonasiga o‘rnatish bilan o‘qitishning beshinchi bomqichi vujudga kela qolmaydi. Pedagogik texnologiyani loyihalash va qo‘llash yaxlit jarayonligini doimo yodda tutish va uni amalga oshirishga xarakat qilishh, intilish lozim. Agar pedagogik tizimda ta‘limning texnik vositasi sifatida kompyuter ishlatiladigan bo‘lsa, pedagogik tizimning boshqa elementlari ham shunga mos ravishda tashkil etilishi kerak, shundagina kompyuterning barcha didaktik imkoniyatlarini yuzaga chiqaradigan yangi, takomillashgan pedagogik texnologiya hosil bo‘ladi.


Yüklə 466,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə