O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi


- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə5/17
tarix14.09.2018
ölçüsü1,48 Mb.
#68363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

7- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUN IJODKORLIGI

O’zbekiston Respublikasi Kons­titutsiyasining 82- moddasida qo­nunchilik tashabbusi huquqiga ega bo’lgan subyektlar aniq belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, Oliy Majlis deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy Sudi, Oliy xo’jalik sudi va Bosh prokurori egadirlar. Oliy Majlis qonun loyihalari tayyorlash ishlarini olib borish, Oliy Majlisga taqdim etiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash uchun deputatlar orasidan qo’mitalar va komissiyalar saylaydi. Parlamentning navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko’rish vа uni o’tkazish bo’yicha qo’mita va komissiyalar rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruhi tuziladi. Oliy Majlis zarur bo’lgan hollarda doimiy hamda muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish vа boshqa kichik komissiyalar tuzadi va ularning tarkibiga olimlar, mutaxassislar jalb etiladi. Qonunlar loyihalarini ko’rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va deputatlar bloklari, Oliy Majlisning tegishli qo’mita va komissiyalarining butun tarkibi faol qatnashadilar. Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko’rish qanday borayotganligi ommayiy axborot vositalari orqali muntazam yoritib boriladi. Qonunlar loyihalarini Oliy Majlisda doimiy ishlamaydigan deputatlarga oldindan yuborish, ularning takliflari va fikr-mu­lohazalarini olish tartibi joriy qilingan. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan mukammalroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari olinadi, xalqaro tashkilotlarning ekspertizasidan o’tkaziladi. Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalari bo’yicha bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar, ekspert xulosa­larini Oliy Majlis Raisi va uning o’rinbosarlari huzurida tegishli qo’mitalar, kotibiyat, bo’limlar va partiya fraksiyalari rahbarlari, ishchi guruhlarining a’zolari va ekspertlar ishtirokida puxta va atroflicha muhokama etish yo’lga qo’yildi. Qonun loyihasini tayyorlashga bunday yondashuy, ularning puxta va sifatli bо’lishiga ijobiy ta’sir etmoqda. Sessiyalar ishida O’zbekiston Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni ishlab chiqish jarayonini yanada уах­shilashga muttasil e’tibor berishi O’zbekiston parlamenti faoli­yatining takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonun­larning samaraligini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-1999- yillarda 15 ta sessiya o’tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo’shimcha va o’zgarishlar kiritildi. Shuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifi­katsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro konvensiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi. Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yakunlovchi XV sessiyasida Prezident Islom Karimov ma’ruza qilib, uning faoliyatiga yuksak baho berdi: "Еng muhimi, birinсhi chaqiriq asosida tashkil topgan parlamentimiz faoliyatining asosiy mezoni shundan iboratki, o’tgan davr mobaynida ko’ppartiyaviylik shakllangan, turli harakatlar, jamoat birlashmalari siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va tabaqalar vujudga kela boshlagan murakkab bir sharoitda, Оliy Majlis hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan hamkorlikda jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqaror­likni saqlab turishda ishonchli omil bo’ldi".

I. А. Karimov. Vatan ozodligi - oliy saodat. Asarlar, 8- jild, 60- bet.

Birinchi chaqiriq respublika Oliy Маjlisining 1999- yil 19-20- avgust kun­lari bo’lib o’tgan 15- sessiyasi ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylovini 1999- yil 5- dekabr kuniga belgilash to’g’risida qaror qabul qildi. 1999- yil 5- dekabr kuni Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar bo’lib o’tdi. 1999- yil 5- dekabr kuni bo’lgan saylov­larda nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan 66 ta saylov okrugida 19- dekabr kuni takroriy saylov tashkil etildi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda 7 ta subyekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Saylovlar aholining fаоl ishtiroki va yuqori siyosiy ko’tarinkiligi bilan o’tdi, jami 250 nafar , vakil deputat etib saylandi. Nаtijаlаr O’zbekistondagi saylovlar xalqaro tan olingan demokratik saylov tizimi, uning huquqiy bazasiga mos ravishda, chinakamiga muqobillik asosida bо’lib o‘tganligidan dalolat beradi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 22- yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi sessiyasining birinchi majlisida hokimiyat vakillik orgаnlаndаn sаylаngаn 111 kishidan iborat deputatlar bloki, Xalq-demokratik partiyasldan saylangan 48 kishidan, "Fidokorlar" milliy-demokratik partiyasidan saylangan 34 kishidan, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan saylangan 20 kishidan, "Adolat sotsial-demokratik" partiyasi­dan saylangan 11 kishidan va "Мilliy tiklanish" partiyasidan saylangan 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyalari, saylovchi­lar tashabbuskor guruhlaridan saylangan, 16 kishidan iborat deputatlar bloki ro’yxatga olindi. Вu holat Oliy Majlis tarkibida faoliyat yuritadigan partiya fraksiyalari va bloklari sonining ilgarigiga nisbatan ancha ko’payganligini ko’rsatadi. Вu o’z navbatida Oliy Majlis foaliyatining yanada qizg’in o’tishi, xilma-xil fikrlar, qarashlar bildirilishi, qonunlarning yanada pishiq-puxta tayyorlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirdi. Mazkur sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyidagi qo’mitalari va komissiyalari tashkil etildi:

. Budjet, bank va moliya masalalari qo’mitasi.

. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi.

. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi.

. Agrar, suv xo’jaligi masalalari va oziq-ovqat qo’mitasi.

. Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo’mitasi.

. Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari qo’mitasi.

. Ijtimoiy masalalar va bandlik qo’mitasi.

. Fan, ta’lim, madaniyat va spbrt masalalari qo’mitasi.

. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi.

. Matbuot va axborot qo’mitasi.

. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi.

. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi.

. Yoshlar ishlari komissiyasi (mazkur komissiya ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 30-31- avgust kunlari bo’lgan uchinchi sessiyasi qarori bilan "Yoshlar ishlari qo’mitasi" shaklida qayta tuzildi).

. Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissyasi.

. Oila va ayollar muammolari komissiyasi.

. Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.

Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o’zining tarkibiy tuzilishi va unda faoliyat yuritayotgan partiya fraksiyalari va deputatlar uyushgan bloklar soni jihatidan bi­rinchi chaqiriq Oliy Majlisga nisbatan anchagina yangilandi. Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati ham yanada mukamallashdi. Вu mamlakatimizda amalga oshirilayot­gan demokratik islohotlarning tobora chuqurlashib borayotgan­ligidan kelib chiqadigan tabiiy holdir. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalari­ning tarkibiy tuzilishi, uning faoliyatida 5 ta partiya fraksiyalari vа 2 ta deputatlar blokining faol ishtiroki milliy parlamentni rivoj­lantirishda yangi bosqich bo’ldi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilаn mamlakatimiz aholisining yarmidan ziyodini tashkil etgan yoshlarning manfaatlari, intilishlari, muаmmо­larining yechimlarini topishiga yo’naltirilgan "Yoshlar ishlari komissiyasi"ning tuzilishi va keyinroq uning "Yoshlar ishlari qo’mitasi"ga aylantirilishi parlamentning bu dolzarb masalaga e’tiborini, mas’uliyatini oshirdi. Parlament tarkibida "Oila va аyоllаr muammolari komissiyasi"ning tuzilishi oilani mus­tahkamlash, xususan yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash, ijti­moiy-siyosiy, iqtisodiy mavqeyini ko’tarish bilan bog’liq bо’lgan muammolarning huquqiy yechimlarini topish va amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Oliy Majlis tarkibida "Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi" ning tuzilishi va yangi qonunlar ishlab chiqishdagi faoliyati ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish jarayonini tez­lashtirishga xizmat qilmoqda. O’zbekiston mustaqil taraqqiyoti dаvridа respublika bir palatali раrlаmenti yangi Jamiyat qurishning ishonchli huquqiy asoslarini yara­tuvchi 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur va mingdan ortiq qarorlar qabul qildi. Yuqorida qayd etilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, res­publika parlamenti bir palatali bo’lsa-da, qonun chiqarish jarayoni ancha jadallik bilan bordi. Birinchi galda hayotning o’zi talab qilayotgan eng kerakli qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Natijada, mustaqillik munosabati bilаn dastlabki paytda vujudga kelgan huquqiy vakuum tezroq to’ldirildi. Respublika parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va bаrqаrorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida faoliyat yuritdi. Qabul qilingan qonunlar turkumini ularning mazmuniga ko’ra besh yo’nalishga bo’lish mumkin. Birinchi yo’nalishga - O’zbekistonning davlat mustaqilligini mustahkamlash, demokratik huquqiy davlat asoslarini yaratish, davlat boshqaruv tizimini yangilashga doir qonunlar kiradi.

. "O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida" Qonun, 1991- yil 31- avgust. 1991- yil 30- senta­brda ushbu qonunga konstitutsiyaviy maqom berish to’g’risida qonun qabul qilingan.

. "O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida" Qonun, 1991- yil 18- noyabr.

. "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida" Qonun, 1991- yil 18- noyabr.

. "O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi to’g’risida" Qonun, 1992- yil 2- iyul.

. "Umumiy hаrbiy majburiyat va hаrbiy xizmat to’g’risida" vа "Muqobil xizmat to’g’risida" Qonunlar, 1992- yil 3- iyul.

. "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi", 1992- yil 8- dekabr.

. "O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida" Qonun, 1992- yil 10- dekabr.

. "O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida" Qonun, 1993- yil 6- mаy.

. "Davlat sirlarini saqlash to’g’risida" Qonun, 1993- yil 7- mаy.

. "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Sudi to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr.

. "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr.

. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida” Qonun, 1993- yil 28- dekabr.

. “Xalq deputatlarining viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida” Qonun, 1994- yil 15- may.

. “Milliy Xavfsizlik to’g’risida” Qonun, 1996- yil 24- aprel. 1997- yil avgust.

. “O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to’g’risida” Qonun, 1999- yil 20- avgust.

. "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida" Qonun, 2000- yil 15- dekabr.



. "Mudofaa to’g’risida" Qonun, 1992- yil 2- iyun. Вu qonun 2000- yil 11- mayda yangi tahrirda qabul qilindi.

. "Sudlar to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr. Maz­kur qonun 2000- yil 14- dekabrda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.

. "Prokuratura to’g’risida" Qonun, 1992- yil 9- dekabr. Вu qonun 2001- yil 29- avgustda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.

Shuningdek, mazkur yo’nalish bo’yicha yana bir qator qonun­lar qabul qilindi.

Ikkinchi yo’nalishga - inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalariga doir qonunlar kiradi.

. "Jamoat birlashmalari to’g’risida" Qonun, 1991- yil 15- fevral.

. "О ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g’risida" Qonun, 1992- yil 3- iyul.



. "Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida" Qonun, 1992- yil 2- iyul.

. "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida" Qonun, 1994- yil 5- mаy.

. "O’zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to’g’risida" Qonun, 1995- yil 5- mаy.

. "Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida" Qonun, 1994- yil 6- mаy.

. "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan hara­katlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida" Qonun, 1995- yil 30- avgust.

. "Fuqarolik kodeksi", 1995- yil 21- dekabr.

. "Mehnat kodeksi", 1995- yil 21- dekabr.

. "Siyosiy partiyalar to’g’risida" Qonun, 1996- yil 26- dekabr.

. "Advokatura to’g’risida" Qonun, 1996- yil 27- dekabr.

. "Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g’risida" Qonun, 1997- yil 24- aprel.

. "Оilа kodeksi", 1998- yil 30- aprel.

. "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida", 1998- yil 30- aprel.



. "Uy-joy kodeksi", 1998- yil 24- dekabr.

. "Fuqarolar muhofazasi to’g’risida" Qonun, 2000- yil 26- mаy.

. "Qonunlar loyihalarining umumxalq muhokamasi to’g’risida" Qonun, 2000- yil 14- dekabr.



. "O’zbekiston Respublikasi referendumi to’g’risida" Qo­nun, 1991- yil 18- noyabr. Mazkur qonun 2001- yil 30- аyvgustda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.

. "Noshirlik faoliyati to’g’risida" Qonun, 1996- yil 2- аvgust.

. "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida" Qonun, 1996- yil 2- avgust.

. "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida" Qonun, 1997 - yil 24- aprel.

. "Jurnalistning kasb faoliyatini himoya qilish to’g’risida" Qonun, 1997- yil 24- aprel.

. "Ommaviy axborot vositalari to’g’risida" Qonun, 1997- yil 26- dekabr va boshqalar.

Uchinchi yo’nalishga - ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish, bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilik, xo’jalik yuritishning yangi mexanizmini yaratishga doir g’oyat fаоl rivojlanib borayotgan qonunlar kiradi.

. "Mulkchilik to’g’risida" Qonun, unga 1993- yil 7- mаy vа 1994- yil 23- sentabrda o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

. "Korxonalar to’g’risida" Qonun, unga 1994- yil 23- sentabrda o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

. "Tadbirkorlik to ‘g’risida" Qonun, unga 1993- yil 7 – mayda o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.



. "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida" Qonun, 1991- yil 18- noyabr.

. "Вirjalar va birja faoliyati to‘g’risida" Qonun, 1992- yil 2- iyun, bu qonun 2001- yil 29- avgustda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.

. "Auditorlik faoliyati to’g’risida" Qonun, 1992- yil 3- iyul, bu qonun 2000- yil 26- mayda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.

. "Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida" Qonun, 1993- yil 7- mаy.

. "Qimmatli qog’ozlar va birja fondi to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr.

. "Bankrotlik haqida" Qonun, 1994- yil 5- mаy.

. "Xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirish va rivojlantirish to’g’risida" Qonun, 1995- yil 21- aprel.

. "Markaziy bank to’g’risida" Qonun, 1995- yil 21- dekabr.

. "Banklar va bank faoliyati to’g’risida" Qonun, 1996- yil 23- aprel.

. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida" Qonun, 1996- yil 25- aprel.

. Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida" Qonun, 1996- yil 27- dekabr.

. Soliq kodeksi", 1997- yil 24- aprel.

. "Qishloq xo’jalik shirkati to’g’risida" Qonun, 1998- yil 30- aprel.

. "Fermer xo’jaligi to’g’risida" Qonun, 1998- yil 30- aprel.

. "Dehqon xo’jaligi to’g’risida" Qonun, 1998- yil 30- aprel.

. "Yer kadastri to’g’risida" Qonun, 1998- yil 30- aprel.

. "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy - huquqiy bazasi to’g’risida" Qonun, 1998- yil 29- avgust.

. "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida" Qonun, 2000- yil 25- mаy.



. "Xo’jalik shirkatlari to’g’risida" qonun, 2001- yil 6- dekabr.

. "Qimmatli qog’ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himоyа qilish to’g’risida" Qonun, 2001- yil 30- avgust va bosh­qalar.

To’rtinchi yo’nalishga - odamlarning ma’naviy, ijodiy im­koniyatlarini ro’yobga chiqarishga, madaniyat, ta’lim va’sog’liq­ni saqlash muammolariga, aholini ijtimoiy himoyalash masala­lariga doir qonunlar kiradi.

. "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti asoslari to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr.

. "Aholining bandligi to’g’risida" yangi tahrirdagi Qonun, 1998- yil 30 aprel.

. "Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to’g’risida" Qonun.

. "Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g’risida" Qonun,

. "O’zbekiston Respublikasida bаyrаm kunlari to’g’risida" Qonun, 1992- yil 3- iyul.

. "Davlat tili to’g’risida" Qonun, 1998- yil 21- oktabr, 1995- yil 21- dekabrda yangi tahrirda qabul qilindi.

. "Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr, unga 1995- yil mаy oyida o’zgartirishlar kiritildi.

. "Ta’lim to’g’risida" Qonun, 1997- yil 27- avgust.

. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" haqidagi Qonun, 1997- yil 27- avgust.

. "Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida" Qonun, 1996- yil 29- avgust.

. "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida" Qonun, 1997- yil 25- арrеl.

. "Arxivlar to’g’risida" Qonun, 1999- yil 15- aprel.

. "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida" Qonun, 1992- yil 14 yanvar. Mazkur qonun 2000- yil 26- mayda yangi tahrirda qabul qilindi.

. "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida" Qonun, 2001- yil 30- aygust va bosh­qalar.

Beshinchi yo’nalishiga - O’zbekistonning xalqaro munosa­batlariga, tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga, chet ellik sar­moyadorlar bilаn o’zaro manfaatli hamkorlik qilishga doir qonunlar kiradi.

. "O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplo­matiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish tartibi to’g’risida" Qonun, 1992- yil 2- iyun.

. "O’zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uсhun diplomatiya daraja va martabani belgilash to’g’risida" Qonun, 1992- yil 3- iyul.

. "Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida" Qonun.

. "O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida" Qonun, 1995- yil 22- dekabr.

. "Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida" Qonun, 1996- yil 25- aprel.

. "O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to’g’risida" Qonun, 1996- yil 26- dekabr.

. "Chet еl investitsiyalari to’g’risida" Qonun, 1998- yil 30- aprel.

. "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himоyа qilish chora-tadbirlari to’g’risida" Qonun, 1998- yil 30- aprel va boshqalar.

Mazkur qonunlar jamiyatimizda xalq hokimiyati, qonun ustuvorligi tamoyillarining qaror topishiga, shaxs erkinligi va huquqlarining himoya qilinishiga xizmat qilmoqda. Yangi qonun hujjatlari, bir tomondan, mamlakatimizda ma’muriy-buyruq­bozlik tizimining hukmronlik qilishiga chek qo’yish, ikkinchi tomondan, milliy davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari, o’zbek xalqining ma’naviy-madaniy qadriyatlarini tiklash, uchinchi tomondan, xalqaro huquq normalarini hamda umum e’tirof etilgan demokratik va insonparvarlik qadriyatlarini inobatga olish yo’lida rivoj topdi. Respublika parlamenti jamiyatimizda si­yosiy muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida mustahkamlandi. Prezident Islom Karimov 2000- yil 25- mаy kuni ikkinchi chaqiriq O’z­bekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g’oyasini ilgari surdi. Вu demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada tako­millashtirishni nazarda tutgan g’oyadir. 2001- yil 6-7- dekabr kunlari bо‘lib о‘tgan ikkinchi cha­qiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati uchun eng zarur bo’lgan omil - yuqori malakali siyosatshu­noslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllanib yetilgan­ligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat darajasining ortgan­ligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga keldi. Ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi hayotning o’zidan, hokimiyat tarmoqlarini aniq ajratish asosida milliy davlatchilik institiltlarini yanada mustahkamlash zаrurаtidan kelib chiqadi. Ma’lumki, demokratik mamlakatlarning aksariyatida parlament ikki palatalidir. ХХ asrning so’nggi о’n yilliklarida ikki palatali tizim parlamentarizm taraqqiyotining asosiy tendensiya­siga aylandi.

Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor:

. populistik maqsadni, ayrim guruhlar manfaatini ko’zlovchi, mukammal bo’lmagan qonunlar qabul qilinishiga yо’l qo’yilmaydi;

. mamlakat mintaqalari (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasi)ning manfaatlari to’laroq inobatga olinadi;

. milliy davlatchilik institutlari tizimi o’rtasida parla­mentning nufuzi ortadi, qоnun chiqaruvchi va ijro hokimiyati o’rtasidagi munosabat mutanosiblashadi;

. parlament qаbul qilayotgan qonunlarning sifatini yaxshi­lashga, xalqning xohish-irodasini to’laroq nаmоyоn bo’lishiga imkon beradi;

. parlament ishida demokratik fikrlar xilma-xilligi ko’proq nаmоyоn bo’ladi;

. jamiyatni liberallashtirishni tezlashtiradi;

. deputatlar faoliyatini professionallashga, siyosatchilar tabaqasini shakllantirishga ko’proq imkoniyat yaratadi.



Oliy Majlis 2002- yil 27- yanvar kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi bo’yicha O’zbekis­ton Respublikasi Referendumini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish byulleteniga “Siz kelgusi chaqiriq О’zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?” degan savol kiritildi. Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Referendumini o’tkazish bo’yicha tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarini o’z vaqtida tashkil etdi. Referendum qatnashchilariga o’z xohish-irodalarini erkin bildirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Referendum 2002- yil 27- yanvar kuni keng demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoat­chilik vаkillаri, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari kuzatuvchilari ishtirokida bo’lib o’tdi. Referendumda ovoz beruv­chilar ro’yxatiga kiritilgan 13.266.602 nafar fuqarolarning 12.113.070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi. "Siz kelgusi chaqiriq O’zbekiston Rеsрublikasi раrlаmеnti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?" degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11.344.242 nafari yoki 93,65 foizi yoqlab ovoz berdi. Saylovchilar ikki palatali parlament tuzish masalasini qo’llab-quvvatladilar.

Referendum yakunlari xalqimizning bir tomondan, demo­kratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iborat O’zbekiston yo’lini qo’llab-quvvatlayotganligini ko’rsatdi. Ikkinchi tomondan, islohotlarni izchil va qat’iyatlik bilаn davom ettirish va yanada chuqurlashti­rishni katta umid bilаn kutayotganligini bildirdi. 2002- yil 4-5- арrеl kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida" Konstitutsiyaviy Qo­nun va “2002- yil 27- yanvarda o’tkazilgan O’zbekiston Resublikasi Referendumining yakunlari bo’yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo’nalishlari to’g’risida" qaror qabul qildi. Вu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. 2002- yil 12-13- dekabr kunlari bо’lib o’tgan Oliy Majlis­ning o’ninchi sessiyasi xalqimizning xohis-irodasi bilаn O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida" va "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik раlatasi to’g’risida" konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularni amalga kiritish to’g’risida qarorlarni qabul qildi. Shuningdek, 2003- yil 24- aprelda "O’zbekiston Respublikasining Konstitut­siyasiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida to’plangan parlamentarizm tajribasi, O’zbekiston xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda ishlab сhiqilgаn mazkur qonunlar bo’lg’usi parlamentning ikkala palatasi vа­kolatlarini aniq belgilab berdi. Bundan keyin ham O’zbekiston Respublikasining оliy davlat vakillik organi - parlamentning nomi Оliy Majlis deb atalaveradi. Uning tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata ­Senat, quyi palata - Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati - 5 yil еtib belgilangan. 2004- yil dekabr - 2005- yil yаnvаr oylarida mamlakatimizda ilk bоr ikki palatali parlamentga saylovlar bо’lib o’tdi. Quyi palataga saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida 120 ta deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda – 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fаn, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta аmаliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. Qonunchilik palatasining 2005- yil 27- yаnvаr kuni bо’lib o’tgan birinchi majlisida Е.H. Хаlilоv Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylandi. Shuningdek, Spiker o’rinbosarlari, qo’mita rahbarlari say­landi, siyosiy partiyalar fraksiyalari tashkil etilib ro’yxatga olindi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005- yil 27 - yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida М. Sharifxo’jayev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek, Senat raisi o’rin­bosarlari hamda Senat qo’mitalari raislari saylandi. Shunday qilib, ikki palatali parlament tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi. Ikki palatali parlamentning tashkil etilishi nаtijаsidа Qonun chiqa­ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o’rtasida vakolatlar yanada demokratik asosda qayta taqsimlandi. Parlamentning jamiyat hayotidagi mavqei o’sdi. Qonun loyihalari dastlab Qonunchilik palatasida ko’rib chiqiladi va qabul qilinadi. So’ngra Senat tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonun Prezident tomonidan imzolanib, matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Prezident vakolatlarining bir qismi - davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet еllаr xalqaro tash­kilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlash Senat vakolatiga o’tkazildi va Senat tomonidan amalga oshirilmoqda.
Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə