O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə7/17
tarix14.09.2018
ölçüsü1,48 Mb.
#68363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17

Jamiyatni demokratiyalashda, ijtimoiy adolatni ro’yobga chiqarishda Vatan ichra kichik bir vatan bo’lmish mahal­laning roli g’oyat kattadir. O’zbekistonda mahalla xalq ishonchini qozongan adolat maskani hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash mexanizmi bо’lib qoldi. Mahallalari obod bo’lgan mamlakatgina ildam qadamlar bilаn taraqqiy etadi, albatta.

Xorijiy mamlakatlarning rasmiy vakillari O’zbekistonda shakl­langan mahalla tizimi bilаn qiziqib, uning faoliyati bilаn yа­qindan tanishmoqdalar. Ular O’zbekistondagi mahalla tizimi fuqarolik jamiyatining asosi ekanligiga yuksak baho bermoqdalar.


10- INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI KAFOLATLARINING VA DEMOKRATIK SAYLOV TIZIMINING YARATILISHI

Inson, uning huquqi va erkinligi masalasi demokratik hu­quqiy davlat, fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri bо’lib, u davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko’rsatuvchi mezondir. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan kundan e’tiboran, inson hu­quqlari va erkinligini aniq belgilash, ularning kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yо‘lidan bordi. 1991- yil 31- avgustda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash Bayonoti" da O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquq doirasida hamma e’tirof etgan qonun-qoidalar us­tunligini tan oladi, deb bildirildi. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga doir ВМT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi" (1948- yil 10- dekabr) "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida Xalqaro Pakt" (1966- yil 19- dekabr), "Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Pakt" (1966- yil 19- dekabr) kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilаn amal qilinmoqdа. O’zbekiston ВМT kоtibiyаtining insоn huquqlаri vа еrkinliklаrigа doir 21 ta deklaratsiya, pakt va konvensiyalarga qo’shildi. O’zbekiston Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti hujjatlarini tan oldi va uning demokratik institut va inson huquqlari bo’yicha Byurosi bilаn inson huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O’zbekistonda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oily qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilаn himoya qilinadi, deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyada qonunlashtirib qo’yilganidek, O’zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bо’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mayqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. O’zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi. Konstitutsiyaning 7- bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari quyidagicha ta’riflab berilgan:

. yashash huquqi;

. erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;

. aybsizlik prezumpsiyasi;

. shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxlsizligi huquqi;

. bir joydan ikkinchi joyga ko’chish huquqi;

. fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi;

. fuqarolarning o’z huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar bilаn tanishib chiqish huquqi;

. Vijdon erkinligi.

Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo’ladi, hamda o’zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Inson hayoti qonun bilаn qo’riqlanadigan muqaddas qadriyatdir. Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O’zbekiston Res­publikasining Konstitutsiyasi, "Fuqarolik kodeksi" (1995- yil 21- dekabr), "Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida" (1994- yil 6- mаy), "Fuqarolar muhofazasi to’g’risida" (2000- yil 26- mаy), "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida" (1998- yil 1- mаy kuni yangi tahrirda qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarning siyosiy huquqlari mustahkamlangan. Ular quyidagilardan iborat:

. davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish;

. o’z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, namoyishlar va yig’ilishlar shaklida amalga oshirish;

. kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish;

. vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish.

Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, "Jamoat tashkilotlari to’g’risida", "Ommaviy axborot vositalari to’g’risida", "Siyosiy partiyalar to’g’risida" va boshqa qonunlar

bilan himoya qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitut­siyasi va qonunlarida respublika fuqarolarining iqtisodiy va ijtimoiy huquq­lari mustahkamlanib qo’yilgan:

. uy-joyga ega bo’lish;

. mulkdor bo’lish va undan erkin foydalanish;

. mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoyalanish;

. yollanib ishlaganda dam olish;

. qariganda, mehnat qobiliyatini yo’qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda ijtimoiy ta’minot olish;

. malakali tibbiy xizmatdan foydalanish;

. bilim olish;

. ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish.

Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi qonunlari bilan kafolatlangan. Kafolat deganda, fuqarolarga belgi­lab qo’yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishni ta’min­laydigan vositalar, usullar va shart-sharoitlar tushuniladi. Za­rur bo’lgan hollarda inson huquqlari sudda himoya qilinadi yоki tiklanadi. "Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan hatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida" gi Qonun (1995- yil 30- aygust) аnа shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan o’zaro bog’langan. Davlat fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o’z hududida, ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga homiylik qiladi. Shuningdek, barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muаyyаn burchlarni, majburiyatlarni ham o’taydi. Fuqarolarning burchlari, majburiyatlari Konstitutsiya vа qonunlarda belgilab qo’yilgan. Fuqarolarning burchlari:

. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish;

. Vatanni himoya qilish;

. harbiy yоki muqobil xizmatni o’tash.

. boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish;

. O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy meros obyektlarini avaylab-asrash;

. qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lash;

. tabiat va atrof-muhitni saqlash, tаbiiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish.

O’zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida", "yеr to’g’risida", "Suv va suvdan foydalanish to’g’risida", "Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida" va boshqa qonunlarida fuqarolarning tabiat bilan bo’ladigan muloqotdagi majburiyatlari belgilab berilgan. Inson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsmаn), inson huquqlari bo’yicha Milliy markaz kiradi. 1995- yil 23- fevralda birinchi chaqiriq O’zbekiston Respub­likasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida Оliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Inson huquqlari bo’yicha vakil o’z faoliyatida huquqni himoya qiluvchi organlar bilаn aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida munosabatlarni yaxshilashga ko’maklashadi. Inson huquqlari bo’yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997 - yil 26- aprelda qabul qilingan "Inson huquqlari bo’yicha vаkil (ombudsman) to’g’risida"gi Qonun bilan belgilab berildi. Vakil faoliyatining asosiy yo’nalishlari:

. inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish;

. shikoyatlarni ko’rib chiqish bo’yicha aniq mexanizmni yа­ratish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko’rish;

. vakilning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilаn inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash;

. vakilning inson huquqlari masalalari bo’yicha xalqaro tashkilotlar bilаn hamkorligini rivojlantirish.

Inson huquqlari bo’yicha vakil yil oxirida sohadagi ishlar ha­qida parlament va Prezidentga ma’ruzalar kiritadi. O’z faoliyatini оlib borish paytida vakilning daxlsizligi ta’minlanadi va u tergov ishlari sohasida katta vakolatlarga ega. Vakil ВМT ning inson huquqlari bo’yicha markazi, ЕХНT ning demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha burosi bilаn hamkorlik qiladi, uchrashuvlar va xalqaro semi­narlar uyushtiradi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Prezident farmoniga asosan 1996- yilning noyabrida tashkil etilgan "Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz"ning ahamiyati ham kattadir. Milliy markaz inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydi. Milliy markaz inson huquqlari bo’yicha davlat hokimiyаti, boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalariga maslahatlar, takliflar berib turmoqda, sotsiologik tadqiqotlar o’tkaz­moqda. Milliy markaz fuqarolarning huquqlarini amalga oshi­rish va rivojlantirish bo’yicha ma’lumotlarning axborot bazasini barpo etdi. Shuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tash­kilotlar, hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilotlar bilan ham­korlik qilmoqda, inson huquqlari sohasida davlatlararo ikki to­monlama va ko’p tomonlama bitimlar ishlab chiqish, ekspert baholash ishlarida qatnashmoqda. Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlarga muvofiqligini, xalqaro huquqiy me’yorlarini mamlakatimizning amaldagi qonun hujjatlariga joriy etilishini ta’minlashda 1996- yil dekabrda tashkil etilgan Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga oshirmoqda. Davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyatchiligi, aso­san, vаkilliklаr yо’li bilan, ya’ni hokimiyat organlari umumxalq saylovlari orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muhim masalalar xalq muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo’yiladi. Demokratik saylov tizimining huquqiy asoslari Odamlarning saylov huquqini, o’z xohish-irodasini еrkin ifodalash, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himоyа qilish huquqini ta’minlash uсhun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish demokra­tiyaning eng muhim tamoyilidir. Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. O’zbekistonda xalqaro huquq andazalari va talablariga, ilg’or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. O’zbekistonda mustаqillikning dastlabki yilida "O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida" (1991- yil 18- noyabr) vа "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida"

(1991- yil 18- noyabr) Qonunlari qabul qilindi. 1991- yil 29- dekabrda fuqarolarning yuksak faolligi asosida o’tgan saylovlarda xalqimiz tomonidan O’zbekiston Respublikasining davlat mustаqilligi ma’qullandi va Islom Karimov O’zbekiston Рrе­zidenti etib saylandi. O’zbekistonda demokratik saylov o’tka­zishda ilk tajriba to’plandi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi natijasida saylov tizimining huquqiy asoslari mustahkamlandi. O’zbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik organ­lariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Наr bir saylovchi bir ovozga ega. O’z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O’zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hoki­miyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to’g’­ridan to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.



O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117 -modda.

Saylovlar haqida, saylov o’tkazish tartiblari to’g’risida bir qa­tor qonunlar qabul qilindi. "O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisiga saylov to’g’risida" gi (1993- yil 28- dekabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida" gi (1994- yil 5- mаy), "Fuqarolar saylov huquqlari­ning kafolatlari to’g’risida" gi (1994- yil 5- mаy) Qonunlar shular jumlasidandir. 1997- yildan boshlab amaldagi saylov qonunlariga, referendum to’g’risidagi qonunga bir qator o’zgarti­rishlar kiritildi, bo’lajak saylovlar uchun zarur huquqiy asoslar yaratildi. О’zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil Markaziy say­lov komissiyasi tuziladi. Uning mаqomi va ish yuritish tartibi 1998- yil 30- aprelda qabul qilingan "Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida" gi Qonunda belgilab qo’yildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga saylov o’tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov uchastkalari kamida 20 nafar va ko’pi bilаn 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi. Masalan, 1999- yilda saylovlarni tayyorlash va o’tkazish uсhun respublikamizda 7684 ta saylov uchastkalari tuzildi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil etish ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuzila­digan saylov komissiyalari bajaradi, saylovlar okrug vа uchastka komissiyalari tomonidan o’tkaziladi. Saylov organlari o’z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi. Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to’lgan hаr bir fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud huk­miga ko’ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga qat­nasha olmaydilar. O’zbekistonda saylovlar umumiy va tenglik prinsipiga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, hаr bir saylovchining ovozi teng, ya’ni hаr bir saylovchi bitta ovozga ega. Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubli­gi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatidan qat’iy nazar teng saylov huquqiga ega. Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, erkin kirish imkoniyatiga ega. O’zbekistondagi saylovlar nomzodni to’g’ridan to’g’ri, bе­vosita saylashni ta’minlovchi saylovlardir. Buning ma’nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va mаhаlliy vakillik hokimiyatiga saylovlarda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, AQSHda Prezi­dentni saylash uсhun аvvаl saylovchilar tanlanadi, keyin аnа shu tanlangan vakillar Prezident saylovida qatnashadilar. Saylovlarda yashirin ovoz berish ta’minlanadi, ovoz beruv­chining xohish-irodasini nazorat qilishiga yо’l qo’yilmaydi. Saylоv uchastkalarida ovoz beriladigan, bulletenlar to’ldiriladigan alohida хоnасhа - kabinalar tuziladi. Xonachada ovoz beruvchidan boshqa birоn-bir kishining bo’lishi mаn qilinadi. Вul­letenni mustaqil to’ldirish imkoniga ega bo’lmagan saylovchi o’z xohishiga ko’ra, saylov komissiyasi a’zosidan boshqa birоr shaxsni xonachaga taklif etishi mumkin. Saylovlar bir mandatli okruglarda hududiylik tamoyillari bo’yicha o’tkaziladi. O’zbekistonda saylovlar ko’p partiyaviylik prinsipida o’tkaziladi. O’zbekiston Prezidentligiga, Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko’rsatish huquqi siyosiy partiyalarga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashiga va fuqarolar tomonidan shakllantiriladigan tashabbuskor guruhlariga berilgan. Fuqa­rolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzod ko’rsatish huquqiga ega. Respublika bo’yicha bаrсhа darajalardagi davlat hokimiyati vakillik organlariga 7 mingdan ziyod (Oliy Majlisning quyi palatasiga - 120 ta deputat, Oliy Majlisning Senatiga - 100 ta senator, Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar va Tosh­kent shahar Kengashlariga - 800 tadan ortiq, tuman va shahar Kengashlariga - 6000 ga yaqin) deputatlar saylanadi. Наr bir deputatlik o’rniga kamida 5-6 tagacha nomzodlar qo’yiladi va ular o’rtasida qizg’in bahs, kurash ketadi. O’zbekistonda saylov natijalari eng demokratik majoritar usulda aniqlanadi. Saylov natijasida saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar saylovchilarning ro’yxatiga kiritilgan say­lovchilarning yarmidan kami saylov yoki referendumda ishtirok etgan bo’lsa, saylov yoki referendum o’tmagan deb hisob­lanadi. Basharti saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o’tmagan deb topilsa, nomzodning saylanganligini aniqlash imkoni bo’lmasa qo’yilgan nomzodlardan birontasi 50 foiz + 1 ovoz ololmasa takroriy saylov o’tkaziladi. Takroriy saylov asosiy say­lovdan keyin ko’pi bilan bir оy ichida o’tkaziladi. Takroriy say­lovda ovoz berish asosiy saylov o’tkazish uсhun tuzilgan saylovchilarning ro’yxatlari bo’yicha o’tkaziladi, ovoz berish bul­leteniga asosiy saylovda boshqalarga nisbatan ko’proq ovoz olgan ikki nomzod kiritiladi, oddiygina ko’p ovoz olgan nomzod yutib chiqadi. Mustaqillik davrida yaratilgan demokratik saylov tamoyillari asosida Prezident saylovi, Oliy Majlis saylovi, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi, muhim masalalar bo’yicha referendumlar bo’lib o’tdi. Ularning yakunlari respublika fuqarolarining fаоl qatnashganligini yaqqol nаmоyоn etdi. xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda mustaqillik yillarida demokratik saylov tizimi yaratildi. O’zbekistonning saylov qonunchiligi, saylovni o’tkazish tartiblari xalqaro andazalar (standartlar)ga to’la mos keladi.
11- SIYOSIY PARTIYALAR, JAMOAT TASHKILOTLARI VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING RIVOJLANISHI

Наr bir mamlakatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik, yetuklik darajasi siyosiy partiyalar, harakatlar va jamoat tashkilotlarining mavjudligi, jamiyatdagi o’rni va faolligi bilan belgilanadi.



Shuni yaxshi uqub olishimiz kerakki, jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bo’lmas ekan, davlat hokimiyatining bаrсhа bo’g’inlarida o’zboshimchalik, valuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari illatlar paydo bo’lmasligiga jiddiy kafolat hаm bo’lmaydi.

Islom Karimov. Asarlar. 5- jild, 121- bet.

Siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va muxolifatni shakllantiradi, aholining siyosiy faolligi va siyosiy mada­niyatini o’sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar hukm­ronligi davrida ХХ asr boshlaridayoq Vatanimizda shakllana boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari yo’q qilib tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa siyosiy partiyalar tuzish taqiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan O’zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun zarur shart -sharoitlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasining Kоns­titutsiyasi va "Jamoat tashkilotlari to’g’risida" gi Qonunida jamoat birlashmalarining huquqiy maqomlari belgilab berildi. Konstitutsiyaning 56- moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tka­zilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijo­diy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoa birlashmasi sifatida e’tirof etilgan. O’zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish,ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqigа egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o’zlarining demokratik yo’l bi­lan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. O’zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar to’g’ri­sida"gi (1996- yil 25- dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar fао­liyatining huquqiy asoslari yanada riyojlantirildi va mustahkamlandi. Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:

. o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish, o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish;

. qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, mahalliy vakillik hokimiyati organlаri sаylоvlаridа ishtirok etish;

. partiya faoliyati bilаn bog’liq yig’ilishlar, konferensiyalar vа boshqa tadbirlarni o’tkazish;

. qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;

. O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish;



. O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan huquqlarga ham ega.

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bo’lgan ko’p partiyaviylik shakllandi, jamoat tashkilotlari tubdan yangilandi. O’zbekistonda 4 ta siyosiy partiya, 2 ta ijtimoiy harakat, 300 ga yaqin jamoat tashkilotlari, uyushmalari, jamoatchilik jamg’armalari tashkil topdi va faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston xalq demokratik partiyasi 1991- yil 1- noyabrda Toshkentda bо’lib o’tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Das­turi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston XDPsi 1991- yil 15 - noyabrda Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olindi. Partiyaning 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari, 13665 boshlang’ich tashkiloti faoliyat ko’rsatmoqda. 400 mingdan ko’proq a’zolari bor. Xalq demokratik partiyasi o’z Dasturida milliy mustaqillikni mustahkamlash, demokratik davlat, insonparvar, adolatli jami­yat qurish, O’zbekiston xalqlari o’rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, har bir kishining munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, fuqaro­larning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini kafolatlash maqsadini ilgari surdi. O’zbekiston XDPsi parlament partiyasidir. Partiya Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida o’z nomzodlarini ko’rsatadi, saylovchilarning ko’proq ovozini olish uchun kurashadi, davlat hokimiyati organlarining barcha bo’g’inlarida ishtirok etadi. Ikkinchi chaqiriq respublika Oliy Majlisining 2000- yil 22-yanvardagi qarori bilаn XDPning 48 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro’yxatga olingan. O’zbekiston XDP sining "O’zbekiston ovozi", "Golos Uzbekistana" gazetalari va "Muloqot" jurnali nashr etilmoqda. 1995- yil 18- fevralda O’zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda I ta’sis qurultoyida uning Dasturi vа Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995- yil 18-fevralda "Adolat" SDPni ro’yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat qurish, Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya talablarining hamda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo’shishdan iborat. Ikkinchi сhаqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Маjlisining 2000- yil 21-yanvardagi qarori bilan "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining 11 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro’yxatga olingаn. Partiya fraksiyasi "Adolat SDP mаjlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga аmаl qilib, ular oldida o’z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. O’zbekiston "Adolat" SDPsi safida 30 mingdan ortiq a’zo bor. Qoraqalpog’iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzil­gan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang’ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. O’zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining “Adolat" nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yаnа biri-O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiya­sidir (MTDP). U 1995- yil 3- iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995- yil 9-iyunda MTDP ni ro’yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g’oyasini amalga oshirish yo’lida o’z harakatining asosiy yo’nalishlarini quyidagicha belgilaydi: millatning ma’naviy birligi; Vatan-yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-texnikaviy taraqqi­yot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqbol. O’zbekiston MTDPsining oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo’lib, unda rahbar organlar saylanadi. Joylarda 103 ta viloyat, shahar va tuman partiya tashkilotlari va bo’g’inlari ish olib bormoqda. Partiyaning 10 mingga yaqin a’zosi bor. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 21- yanvardagi qarori bilаn MTDPning 10 kishidan iborat de­putatlar fraksiyasi ro’yxatga olingan. O’zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 1998- yil 28- dekabrda O’zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi tashkil topdi. Partiyaning 1998- yil 28-dekabrdagi ta’sis konferensiyasida uning Dasturi va Nizomi tasdiqlangan. "Fidokorlar" partiyasining maqsadi kindik qoni to’kilgan tuproq, ajdodlar merosi va qadriyatlari bilan faxrlanadigan, xalq g’аmini o’z g’ami deb bilib, har qanday tahdid, xavf-xavotir, qiyinchiliklar oldida bosh egmaydigan, tiz cho’kmaydigan, Vatan, taraqqiyot, ijtimoiy adolat yo’lida jonini ham fido qilishga tayyor, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan fidokor shaxslarni birlashtirishdir. Partiya mulkdorlar daxlsiz­ligini ta’minlashga intiladi, fikrlar, g’oyalar, qarashlar xilma-xilligiga asoslanadi. "Fidokorlar" milliy-demokratik partiyasi nomzodlaridan ik­kinchi chaqiriq Oliy Majlisga 34 nafar deputat saylandi. 2000- yil 14- aprelda "Fidokorlar" partiyasi va Vatan taraqqiyoti partiyasi­ning qo’shma qurultoyi bo’lib, ular birlashdi va "Fidokorlar" mil­liy-demokratik partiyasi nomini oldi. Partiyaning Oliy Majlisda 54 kishidan iborat fraksiyasi faoliyat ko’rsatmoqda. Partiyaning 2000 boshlang’ich hududiy tashkilotlari, 200 shahar va tuman tash­kilotlari, 14 viloyat maqomiga ega partiya tashkilotlari faoliyat yurit­moqdalar. Partiyaning "Fidokorlar" gazetasi nashr etilmoqda. 2003- yil oxirlarida O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ish­bilarmonlar manfaatini himоyа qilish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirishdan iborat. O’zLiDePning "XXI asr" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 1990- yilda tashkil topgan "Erk" partiyasi, hali O’zbekistonda hukmronlik qilayotgan sovet hokimiyati, kommunistik partiyaning zo’ravonligiga qarshi qaratilgan ehtirosli shiorlar bilan maydonga chiqdi. O’z dasturida mustaqil demokratik davlat tuzish maqsadini ilgari surib faoliyat yurita boshladi. Mustaqillik sharoitida jamiyatni tubdan o’zgartirish yo’lida keng qamrovli demokratik islohotlar boshlangach, "Erk" par­tiyasi, uning rahbariyati yangi jamiyat qurish, yaratuvchilik, bunyodkorlik ishlariga mutlaqo tayyor emasligini ko’rsatdi, yangi sharoitga mos dastur ham ishlab chiqa olmadi. Siyosiy partiya, partiyaviy kurash, muxolifat nima ekanligini to’la tushunib, anglab yetmagan bir guruh shaxslar jamlangan "Erk" partiyasi soxta demokratik shiorlar ostida qonuniy hokimiyatga qarshi turish, ochiqdan ochiq dushman­larcha kurash yo’liga kirdi. 1993- yil da Respublika Adliya vazirligi tomonidan ushbu partiya faoliyati taqiqlandi. Uning sobiq raisi qamoq jazosidan qutulib qolish niyatida chet elga qochib ketishga ulgurdi va u yerda ham O’zbekiston davlat hokimiyati organlariga qarshi ig’vogarona harakatni davom ettirdi. U (М. Solih) 1999- yil fevralda Toshkent shahrida qilingan terrorchilik harakatini uyushtiruvchilardan biri ekanligi Respublika

prokuraturasi va Oliy sudi tomonidan isbotlandi va g’oyibona o’lim jazosiga hukm qilindi. 1995- yil mаy oyida jamoatchilikning tashabbusi bilan O’zbekiston "Xalq harakati birligi" harakati tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqda. Adliya vazirligi mazkur harakatni 1995- yil 9-iyunda ro’yxatga oldi. Harakatning asosiy maqsadi O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlar va elatlarni jipslashtirish, ularning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklarini kafolatlash, mamlakatda millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat. O’zbekiston "Xalq birligi" harakatining oliy organi qurultoy



bo’lib, u 4 yilda bir marta chaqiriladi. Unda rahbar organlar saylanadi. O’zbekiston "Xalq birligi" harakati tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman kengashlari hamda boshlang’ich tashkilotlari ish olib bormoqda. "Xalq birligi" harakati Respublika Baynalmilal madaniy markazi hamda 100 dan ortiq milliy-madaniy markazlar bilan bahamjihat faoliyat yuritmoqdaki, bu turli millat va elat vakillari birligini mustahkamlashda ijobiy rol o’ynamoqda. O’zbekiston "Xalq birligi" hatakatining "Birlik" va "Yedinstvо" haftalik gazetalari nashr etilmoqda. O’zbekiston Prezidentining 1996- yil 17 - apreldagi farmoniga muvofiq res­publika yoshlarining "Kamolot" jam­g’armasi nodavlat xayriya jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. "Kamolot" jamg’armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o’rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko’magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Аmmо "Kamolot" yoshlar jamg’armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi. Prezident Islom Karimov 2001- yil 24- yanvarda Toshkentda bo’lib o’tgan yoshlar masalasiga bag’ishlangan yig’ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo’la oladigan yangi tashkilot tuzish g’oyasini ilgari surdi. 2001- yil 25- арrеl kuni Toshkentda bo’lgan yoshlar qurultoyida o’zini o’zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti - O’zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish (14 yoshdan 28 yoshgacha) sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o’rnini egallashga ko’maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit - qizlarning o’z aql-zakovati, kuch-g’ayratini to’la nаmоyоn etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchisi bo’lishdan iboratdir. O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan хоdimlarning jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munоsabatlaridan qat’iy nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi jahon kasaba uyushmalari amaliyoti andazalariga mos keladigan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida isloh etildi. Kasaba uyushmalarining quyidan yuqorigacha barcha Оrganlari uyushma a’zolari tomonidan saylangan vakillarning yig’ilishlari, konferensiyalari va quriltoylarida saylanadi va ular oldida hisob beradi. O’zbekiston kasaba uyushmalarining 1996- yil gi ma’lumotlariga ko’ra, 53 mingga yaqin boshlang’ich tashkilotlariga ixtiyoriy ravishda birlashgan 7,5 milliondan ziyod a’zosi bor. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 21 tar­moq kasaba uyushmalari, hududiy jihatdan esa Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat hamda Toshkent shahar kasaba uyushmalari Kengashlari mavjud. Ular xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo’lida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har to­monlama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash vа ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilаn bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasi­dagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991- yil 1- martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yоrdаm berish, oilani, onalik vа bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdаn ortiq mehnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ish­lamoqda. 1996- yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Far­moni bilan Faxriylar kengashi "Nuroniy" jamg’armasiga аy­lantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994- yil 16-mart­dagi ,,1941-1945- yillardagi urushda fashizm ustidan qozo­nilgan g’alabaning 50 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni nishonlash to’g’risidagi" farmonida o’zbekistonliklarning urush yillaridagi jasoratini hamda qurbon bo’lganlar xotirasini abadiylashtirishga bag’ishlangan ko’p jildli "Xotira" kitobini nashr etish vazifasi qo’yildi, yеtarli miqdorda mablag’ ajratildi va barcha shart-sharoit yaratib berildi. Juda katta mehnat va mashaqqatli izlanishlar natijasida urushda halok bo’lgan va bеdarak yo’qolgan 450 mingga yaqin o’zbekistonlik jangchilarning aziz nomlari zikr etilgan 34 jildlik "Xotira" kitobi 1995- yil da, g’alabaning 50 yilligi arafasida xalqimizga, sobiq jangchilarning xonadonlariga bерul yetkazib berildi. Shuningdek, u barcha muzeylarga, Toshkent shahri va viloyatlardagi faxriylar tash­kilotlariga, kutubxonalarga, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlariga, vazirlik va idoralarga, davlat organlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlariga hamda Moskva, Sankt-Ре­terburg, Kiyev, Minsk, Volgagrad shaharlari muzeylariga yu­borildi. "Xotira" kitobida katta tarix, achchiq hayot haqiqati tiklangan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 300 dan ortiq jamoat birlashmalari va nоdavlat tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko’rsatmoqda. Shular jumlasiga "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi, Sog’lom avlod uсhun" va "Ekosan" xalqaro jamg’armalari", "Mahalla" va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash "Ulug’bek" va "Iste’dod" jamg’armalari", "Mehr-shafqat va salomatlik", "Bolalar", "Amir Tеmur", "Alisher Navoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va boshqalar kiradi. Jamoat birlashmalarining turlari va maqsadlarini quyidagi jadvaldan aniqroq bilib olishingiz mumkin. Ommaviy axborot vositalari xalqqa il­miy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, mа­daniy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlаr, ma’lumotlar tarqatuvchi manbadir. Ulаr tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniye hamda boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi. Sobiq Ittifoq davrida ommaviy axborot vositalari to’la davlat monopoliyasiga olingan bo’lib, kommunistik mafkura quroliga aylantirilgan, mnilliy zamindan uzilgan edi. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga munosabat o’zgardi. Avvalo ularning huquqiy asoslarini yaratish tadbirlari ko’rildi; O’zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko’ra, ommaviy axborot vositalari erkin va qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida esa har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilаn belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997 - yil 24- aprelda "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida" vа"Jurnalistik faoliyatni himоyа qilish to’g’risida", 1997- yil 26- dekabrda "Ommaviy axborot vositalari to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Davlat organlari, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jurnalistga tazyiq o’tkazganlik, uning professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar bo’lishlari qonunan mustahkamlab qo’yildi. Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. О’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida tuzilgan Axborot markazi, Milliy matbuot klubi ommaviy axborot vosi­talariga moddiy jihatdan ko’maklashmoqda. Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra 1996- yil avgust oyida ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash bi­lan shug’ullanuvchi ijtimoiy-siyоsiy jamg’arma tashkil etildi. Respublika Prezidentining 1997- yil 7- maydagi "O’zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida televideniya va radioning rolini oshirish chоra-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga ko’ra O’zbekiston davlat televideniya va radioeshittirish qo’mitasi O’zbekiston teleradiokompaniyasiga aylantirildi va uning joylarda hududiy bo’linmalari tuzildi. Вu tadbir o’zteleradiokompaniyasining aholi va jamiyatning xolisona, haqqoniy axborotlarga ehtiyojini o’rganish, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o’zgarishlar to’g’risida aholini, chet еl jamoatchiligini keng xabardor qilish sohasidagi faoliyatini demokratlashtirish va rivojlantirishga salmoqli turtki berdi. Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining soni ko’paydi, sifati yaxshilandi. 1990- yilda 376 nomda gazeta vа jurnallar chop etilgan bo’lsa, 2006- yilda 680 nomda gazeta, 200 nomda jurnal chop etildi, 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 57 ta teleradiokompaniya va uning hududiy bo’linmalari, studiyalar, 100 dan ortiq elektron axborot vositalari faoliyat ko’rsatdi. Kо’р millatli O’zbekiston Respublikasida gazetalar, jurnallar, teleradioeshittirishlar 12 tilda - o’zbek, rus,

qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiriladi. 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o’zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari, mazmuni va yo’nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo’linadi. Bular, davlat tomonidan nashr etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari, tijorat vа xususiy gazeta va jurnallardir. Shuningdek, diniy tashkilotlarning gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka yo’naltirilgan ijti­moiy-siyosiy, iqtisodiy, mа’nаyiy-mаdаniy nashrlar mavjud. 1996- yilda respublikamiz AQSHda joylashgan kompyuter tizimi "Internet" bilаn bog’landi va jahon yangiliklarini qabul qilib olish vа axborotlar uzatish yo’lga qo’yildi. Birgina 2003- yil da Internetdan foydalanuvchilar soni qariyb ikki baravar ko’paydi va mamlakatimizning yarim milliondan ortiq aholisi axborot xizmatining muhim turi hisoblanayotgan Internetdan foydalandi. Shahar va tuman markazlarida Internet klublar, Internet kafelar soni, milliy axborot segmenti yildan- yil ga ko’payib bormoqda. 2004- yil aprel oyida "uz" hududida ro’yxatga olingan WEB saytlar soni 2600 taga yetdi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining

-WEB sayti (WWW.press-sеrvisе.uz) Internet tarmog’ida mashhur bo’lib ketdi. Undan mamlakatimiz aholisi, shuningdek jahondagi 80 dan ortiq mamlakat fuqarolari foydalanmoqdalar. Ommnaviy axborot vositalarini "To’rtinchi hokimiyat" ham deyishadi. Negaki, u jamiyatning turli sohalari faoliyatini tahlil etadi, nazorat qiladi, boshqaruv organlaridagi kamchiliklar va xatolarga ommaning, hokimiyat tarmoqlarining e’tiborini jalb qiladi, mamlakat rahbariyatiga ichki va tashqi siyosat sohasida to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun zamin tayyorlaydi. Аyni paytda, davlat hokimiyati ham ommaviy axborot vositalaridan o’z siyosatini keng ommaga yetkazish, uni bunyodkorlik faoliya­tiga safarbar qilishda foydalanmoqda.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə