O‘zbekiston tarixi” fanidan talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha uslubiy qo’llanma tuzuvchi: katta o’qituvchi B. Mamarahimova


-mavzu: “Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi



Yüklə 30,93 Kb.
səhifə7/12
tarix29.04.2022
ölçüsü30,93 Kb.
#86108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O‘zbekiston tarixi” fanidan talabalarning mustaqil ishlari bo‘yi-fayllar.org

7-mavzu: “Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi

Mavzu bo‘yicha mustaqil ishlarni bajarish uchun referat, fotoalbom, slayd-taqdimot, buklet, ma’ruza, ilmiy, o‘quv va



badiiy adabiyotlar tahlili,

hujjatli tarixiy filmlar taqdimoti va tahlili, urush qatnashchilari bilan suhbatlashib

muloqotda bo‘lish va natijalarini taqdim etish kabi shakllarni tavsiya etish mumkin. Mavzuni rejalashtirganda ikkinchi


jahon urushining kelib chiqishi sabablarini ochib berish, SSSR tarkibida yashagan barcha xalqlar kabi o‘zbek xalqi ham

birinchi kunlardanoq og‘ir sinovlarga qaramasdan Vatan himoyasiga otlanganligi, frontda va front ortida ko‘rsatgan

fidoyiligi, matonati, insonparvarligi, qaxramonligi kabi masalalarni yorqinna’munalar, faktlar asosida  yeritish, bugungi

kunlarda urushda xalok bo‘lgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirishda Prezidentimiz I.Karimov boshchiligida

olib borilaetgan tadbirlar, urush veteranlariga ko‘rsatilaetgan hurmat va g‘amxo‘rlik kabi jihatlarni ko‘rsatish tavsiya

etiladi.

Taklif etiladigan adabietlar:

1. Velikaya Otechestvennaya voyna. M., 1965

2. O‘zbekiston Ulug‘ Vatan urushi yillarida T, 1965

3. Jo‘raev T. O‘zbekistonlik Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari T., 1965

4. “Xotira” kitobi.

5. O‘zbekiston tarixi. T., 1967. 4-jild

6. O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida.T.:”Sharq”, 2000.

Mavzuga 4 soat ajratiladi. Reyting baholashda qo‘shimcha shakllardan - hujjatli tarixiy filmlar taqdimoti va tahlili,

urush qatnashchilari bilan suhbatlashib muloqotda bo‘lish va natijalarini taqdim etish uchun -4-5 ball. Mustaqil ishlarni

qabul qilishda mavzu bo‘yicha tayerlangan eng yaxshi ma’ruzalar asosida, qo‘shimcha slayd-, xarita-taqdimotlar,

fotoalbomlar, bukletlar  yerdamida, hujjatli tarixiy filmlar xamroxligida urush qatnashchilarini taklif etgan holda

konferensiya-muloqot darsini tashkillashtirish tavsiya etiladi. Bu  yeshlarni vatanparvarlik, insoniylik tuyg‘ularini

rivojlantirishga, mustaqil ta’limni bajarishda faollashishiga, mavzuni chuqurroq o‘rganishiga olib keladi.







Yüklə 30,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə