O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50

5
I    B  O  B
O‘RTA  ASRLARDA  YERGA  EGALIK  QILISH
MUNOSABATLARINING  SHAKLLANISHI
VA  RIVOJLANISHI
1-§.  IJTIMOIY-IQTISODIY  O‘ZGARISHLAR
Tayanch tushunchalar: dehqon; Kashovarz; Kadivar; chokar
Qadimgi  Turon  diyorida  zamonasining  buyuk  davlatlaridan 
Qang‘  davlati  va  Kushon  podsholigi  ravnaq  topgan  davrda 
yuksalish boshlangan edi. Bu siljishlar oqibatida mamlakat aho-
lisining  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy  va  siyosiy  hayotida  muhim 
o‘zgarishlar  ro‘y  berdi.  Shaharlarning  soni  ko‘paydi  va  hududi 
kengaydi.  Shahar  ilk  o‘rta  asrlardan  boshlab  hunarmandchilik, 
savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylandi.
Vohalarda  yirik  sug‘orish  tarmoqlari  qazilib,  sug‘orma  deh-
qonchilik maydonlari kengaydi. Suv tegirmoni, chig‘ir va charx-
palak  kabi  suv  inshootlari  kashf  etildi.  Oqar  suv  sathidan  bir-
muncha  balandlikda  joylashgan  maydonlarga  suv  chiqarib  obod 
etildi. Ziroatchilikda g‘allakorlik, sholikorlik va polizchilik bilan 
bir qatorda paxtachilik va bog‘dorchilik maydonlari kengaydi.
* «Charxpalak» – sug‘orish inshooti
ekin  maydonlarini  sug‘orish  va  ishlov  berishning  takomilla-
shuvi  tufayli  aholi  dehqonchilikdan  mo‘l  hosil  oladigan  bo‘ldi.
Shaharlarda  aholining  gavjumlashuvi,  hunarmandchilik,  ich-
ki  va  tashqi  savdoning  rivoj  topishi  bilan  qishloq  xo‘jalik  mah-
sulotlariga  bo‘lgan  ehtiyoj  ortib  bordi.  Natijada  mamlakatning 
iqtisodiy  hayotida  xomashyo  yetkazuvchi  qishloqlarning  nufuzi 


6
ko‘tarildi.  Bir  tomondan,  yerga,  ziroatkor  maydonlarga  bo‘lgan 
munosabat, ularga egalik qilish shakli asta-sekin o‘zgara boshla-
di.  Ikkinchi  tomondan  esa,  o‘troq  ziroatkor  aholi  bilan  chorva-
dor qabilalar o‘rtasidagi aloqalar rivojlandi. Mamlakatning dasht 
va  tog‘oldi  mintaqalarida  yashovchi  ko‘chmanchi  va  yarim 
ko‘chmanchi  aholining  o‘troq  hayot  tarziga  o‘tishi  kuchaydi.  
Oqibatda  dehqonchilik  uchun  yaroqli  obikor  yerlarga  bo‘lgan  
ehtiyoj  tobora  oshib  borishi  natijasida  qo‘riq  va  bo‘z  yerlarga  
suv  chiqarilib,  katta-katta  ekin  maydonlari  barpo  etildi.  Bunday 
obodonchilik  ishlarini  amalga  oshirishda  mamlakat  ijtimoiy  ha-
yotida  kattagina  nufuzga  ega  bo‘lgan  mulkdor  tabaqa  vakillari,  
qishloq oqsoqollari hamda qabila boshliqlari sarkor-ishboshi sifa- 
tida faol qatnashadilar. Qo‘riqlarda ochilgan yangi yer maydon-
larining  ma’lum  bir  ulushi  ularning  qo‘liga  o‘tadi  va  merosiy 
mulkiga  aylanadi.  Shu  tariqa  kattagina  yer  egaligiga  asoslangan 
mulkdorlar tabaqasi shakllanadi.
Sarkorlar o‘zlariga tegishli yer maydon-
la rini  sug‘orish  tarmoqlarining  yuqori 
qismidan,  ayniqsa,  to‘g‘on  boshi  atrofi-
dan  ajratib  oladilar.  Bu  yo‘l  bilan  ular  suvdan  dehqonchilikda 
bemalol  foydalanish,  suv  taqsimotini  nazoratga  olib,  qishloq 
aholisi  ustidan  o‘z  ta’sirini  o‘tkazish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi. 
Shu tariqa ular ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. 
O‘sha zamonda ular dehqonlar deb atalgan.
Dehqonlar  shaharlarda  hashamatli  qasr  va  saroylarga,  savdo  
va  hunarmandchilik  do‘kon-u  rastalaridan  iborat  kattagina 
Mulkdor dehqon oilasi.
Dehqonlar va ular 
xo‘jaligidagi hayot
xo‘jalikka  ham  ega  edilar.  Qishloqlarda 
esa  ekinzor  paykallardan  tashqari,  ular-
ning  ko‘shk  va  istehkomli  qo‘rg‘onlari, 
objuvoz-u  moyjuvoz  hamda  tegirmonlari 
bo‘lardi.  Qul,  cho‘rilardan  iborat  ko‘pdan 
ko‘p xizmatkorlar dehqonlarning xo‘jaligi-
da qishin-yozin mehnat qilganlar. Bulardan 
tashqari har bir katta yer egasining 30–40, 
50–100  va  ba’zan  undan  ortiq  maxsus  
askariy guruhi – chokarlari bo‘lgan.
Chokarlar  baquvvat  va  abjir  hamda 
o‘z  xojasiga  sadoqatli  o‘spirinlardan  tan-


7
lab olingan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dehqon-
lar yov hujumi  paytlarida dushmanga qarshi harbiy yurishlarda  
qatnashardi. Osoyishtalik zamonda esa chokarlarga suyanib, qish-
loqning ziroatkor ahli ustidan hukmlarini o‘tkazardi.
Avvalda  o‘z  qaramog‘idagi  xizmatkor-
lari  mehnatidan  foydalanib  kelgan  deh-
qonlar  keyinchalik  turli  yo‘llar  bilan 
qishloq  jamoalari  ustidan  hukmronlik 
qiladigan,  bora-bora  ular  kuchidan  foydalanadigan  bo‘ladilar. 
Shunday  qilib,  mamlakatda  yerga  egalik  qilish  munosabatlari-
ning shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer egalari 
bo‘lmish  dehqonlar  bilan  bir  qatorda  kadivarlar  tabaqasi  ham 
paydo  bo‘ladi.  Mamlakatda  yer-suv  mulkchiligining  xususiyli-
gi  ortib  borishi  bilan  kadivarlarning  soni  asta-sekin  ko‘payib, 
dehqonchilik xo‘jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlaridan 
biriga aylanadilar.
V asrning o‘rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma’lum 
bir  qismi  mulkdor  dehqonlar  qo‘l  ostidagi  mulklardan  iborat 
bo‘lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy 
qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog‘ida edi. 
* Obikor – sug‘oriladigan yer maydoni
Yer egaligining tarkib topishi oqibatida mamlakatning ijtimo-
iy  hayotida  keskin  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Ushbu  o‘zgarishlar 
ayniqsa  qishloqlarda  sezilarli  bo‘ldi.  Qishloq  jamoalari  yerli 
mulkdor  dehqon  va  unga  qaram  bo‘lgan  yersiz  va  erksiz  ka-
divarlarga  ajralib  bordi.  Qishloq  jamoalari  yerlarida  yashab  yer 
va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar 
Varaxsha. Olqor (tog‘ echkisi) ovining ganchkor bo‘rtma tasviri.
Qishloq  
jamoalarining 
tabaqalanishi


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə