O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50

8
tabaqasi  kashovarzlar  deb  atalardi.  Ularning  ma’lum  bir  qismi 
jamoa yerlaridan mahrum bo‘lib, bora-bora kadivarlarga aylanib 
borganlar.  Ayrim  dehqonchilik  vohalarining  katta  yerlarga  ega 
bo‘lgan  dehqonlari  esa  o‘z  viloyatlarida  hatto  mustaqil  hokim 
bo‘lib oladilar.
* Dehqon (qishloq hokimi) – ilk o‘rta asrlarda mulkdor 
tabaqa
* Kashovarz – ziroatchi oddiy qo‘shchilar
* Kadivar – qishloqning dehqonlarga qaram aholisi
*  Chokar  –  dehqon  mulkini  qo‘riqlovchi,  harbiy  pos-
bon
* Objuvoz – suv kuchi bilan yuradigan, sholi oqlaydigan 
qurilma
*  Moyjuvoz  –  o‘simlik  urug‘idan  moy  olinadigan  qu-
rilma
1. Dehqonchilikda qanday yutuqlar qo‘lga kiritilgan?
2. Qanday  omillar  qishloqlar  nufuzining  ko‘tarilishiga  sabab 
bo‘lgan?
3. Nima sababdan qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj 
kuchaydi?
4. Dehqonlar va kadivarlar tabaqasi qay tariqa shakllandi?
5. Kashovarzlar kim, ular haqida nimalarni bilib oldingiz?
2-§. ILK  O‘RTA  ASRLAR  DAVLATLARI
Tayanch tushunchalar: Afrig‘iylar; Xioniylar; Kidariylar; Eftallar
Zaiflashib  borayotgan  Qang‘  davlatidan 
birinchi  bo‘lib  Xorazm  ajralib  chiqadi. 
Uni  mahalliy  afrig‘iylar  sulolasiga  man-
sub    xorazmshohlar  idora  qila  boshlaydi.    III  asr  o‘rtalarida  
Xorazm  davlatining  poytaxti  dastlab  hozirgi  Qoraqalpog‘iston-
ning  ellikqal’a  tumanida joylashgan  qadimgi Tuproqqal’a  sha-
har xarobasining o‘rnida bo‘lgan.
Poytaxt  mudofaa  jihatidan  nihoyatda  mustahkam  qurilgan. 
Shaharning  mustahkam  darvozaxonasi  bo‘lgan.  Darvoza  qarshi-
sida  shahar  markazini  kesib  o‘tgan  ko‘chaning  har  ikki  tomoni 
bo‘ylab  shaharliklarning  turarjoylari  joylashgan.  Shahar  marka-
Xorazm davlatining 
tashkil topishi


9
zidan  yuqoriroqda  ibodatxona  majmuasi,  uning  yonida  esa  ba-
landligi  25  metr  bo‘lgan  uch  minorali  xorazmshohlar  qasri  qad 
ko‘targan. Bu davrda Xorazmda atrofi mustahkam devorlar bilan 
o‘ralgan shaharlar, istehkomli qishloqlar juda ko‘p bo‘lgan.
Milodiy  305-yilda  Xorazmshoh  Afrig‘  o‘z  qarorgohini  Xo-
razmning  qadimgi  Kat  shahriga  ko‘chiradi.  Kat  qayta  tiklanib, 
Al-Fir qasri ichida shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu 
vaqtdan boshlab Xorazmning afrig‘iy shohlari oldi tarafiga shoh 
surati,  orqasiga  suvoriy  tasvirlari  tushirilgan  kumush  tangalar 
zarb  etib,  mamlakatning  ichki  va  tashqi  savdo  munosabatlarini 
mustahkam o‘rnatib oladilar.
Abu  Rayhon  Beruniyning  yozishicha,  xorazmshohlar  unvoni 
dastlab  siyovushlar  sulolasi  tomonidan  qabul  qilingan.  Beruniy 
bu haqda «Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan... 
tarix  oldilar.  Shu  vaqtdan  Kayxusrav...  turk  podsholari  (usti-
dan) hukmronligini yurg‘izgan edi» deb yozgan. O‘sha zamonda  
Kayxusrav,  Saksafar,  Farasman,  Xusrav  kabi  hukmdorlar 
«Xorazmshoh» unvoniga sazovor bo‘lishgan.
*  Xorazmshoh  –  Xorazm  davlati  hukmdorlarining  
unvoni.  Beruniy  asarlarida  keltirilgan  ma’lumotlarga 
qaraganda, dastlab Xorazmshoh unvoni bilan Xorazm-
ni Kayxusrav idora etgan. Quyidagi 4 sulola: afrig‘iy-
lar; ma’muniylar; oltintoshlar; anushteginiylar hukm-
dorlari «Xorazmshoh» unvoniga ega bo‘lganlar
Moddiy-madaniy  topilmalardan  ayon  bo‘lishicha,  III  asrda 
Xorazm  hududida  iqtisodiy-siyosiy  jihatdan  mustaqil  bir  nechta 
sug‘orma  dehqonchilik  vohalarni  boshqargan  mayda  hokimlik- 
lar  tarkib  topgan.  Tuproqqal’adan  qo‘lida  burgut  qo‘ndirilgan 
tojdor  hukmdor  yoki  Anqaqal’a  yaqinidan  esa  qo‘lida  lochin  
tutgan  tojdor  kishi  tasviri  so‘qilgan  tanganing  topilishi,  shubha-
siz,  hukmronlik  ramzidan  dalolat  beradi.  Bu  davrda  Xorazmda 
sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-
sotiq,  ilm-fan,  san’at,  xususan  haykaltaroshlik  yuqori  darajada 
rivoj topgan. III asrdayoq Qang‘ davlatidan ajralib mustaqillik-
ka  erishgan  Xorazm  o‘zaro  kurashlarda  g‘olib  chiqadi.  Natijada 
afrig‘iylar sulolasi hukmronligiga asos solinadi.


10
Xorazm  xioniylar,  kidariylar,  eftallar  hamda  Turk  xoqon-
ligi  davrida  ham  o‘zining  siyosiy  mustaqilligini  saqlab  qoladi.  
Vizantiyalik tarixchi Menandr Xorazm VI asrning 60-yillarida 
Vizantiya  va  turklar  bilan  diplomatik  aloqalar  olib  borganligi 
to‘g‘risida ayrim ma’lumotlarni qayd etgan.
*  Burgut  va  lochin  Xorazmning  hukmronlik  ramzlari 
bo‘lgan.
IV  asr  o‘rtalarida  O‘rta  Osiyoga  Yetti-
suv  va  Sharqiy  Turkistondan  ko‘chman-
chi xion nomli qabilalarning hujumi boshlanadi. 
Xioniylar  353-yilda  o‘z  hukmdori  Grumbat  boshchiligida  
Sug‘dga  bostirib  kiradilar.  So‘ngra  ular  eronda  tashkil  top-
gan  va  tobora  kuchayib  borayotgan  Sosoniylar  davlati  bilan 
to‘qnashadilar.  Dastlabki  janglardayoq  sosoniylar  shohi  Sho- 
pur  II  (309–379)  xioniylardan  yengiladi.  So‘ngra  ular  o‘rtasida 
tuzilgan  sulh  ittifoq  orqali  mustahkamlanadi.  O‘rtadagi  ittifoq  
goh buzilib, goh tiklanib turadi. Nihoyat, IV asrning 70-yillarida  
O‘rta  Osiyoda  xioniylar  hukmronligi  o‘rnatildi.  Sirdaryo  bo‘y-
laridan  to  Amudaryo  havzasigacha  cho‘zilgan  keng  maydonda 
xioniylarning  kuchli  davlati  qaror  topadi.  Bu  davlat  120  yildan 
oshiqroq hukmdorlik qiladi.
V  asrning  20-yillarida  sharqdan  Sir- 
daryo  va  Orol  bo‘ylari  orqali  Xorazm 
hamda  Amudaryo  havzasiga  yana  bir  ko‘chmanchi  chorvador 
aholi  –  toxarlar  kirib  keladi.  Toxarlar  kushonlarning  avlod- 
laridan bo‘lib, Kidar ismli hukmdor ularga yo‘lboshchi edi. Shu-
ning  uchun  ular  kidariylar  nomi  bilan  tilga  olinadi.  Tez  orada 
kidariylar  Amudaryo  havzasi  hamda  g‘arbiy  va  janubiy  Sug‘d 
yerlarini  ishg‘ol  etib,  Xioniylar  davlatining  janubiy  qismida  o‘z 
hukmronligini o‘rnatganlar. Balx shahri esa bu yangi davlatning 
poytaxtiga aylantirilgan.
V asrning 30–50-yillarida kidariylar bilan sosoniylar o‘rtasi-
da ziddiyat tobora kuchayib, ular bir-biriga dushman bo‘lib qol-
gan. Bu ikki davlat o‘rtasida 456-yilda bo‘lib o‘tgan navbatdagi 
to‘qnashuvda  sosoniylardan  qaqshatqich zarbaga uchragan  kida-
riylar  o‘zini  qayta  o‘nglab  ololmaydi.  Buning  ustiga  tez  orada  
Xioniylar davlati
Kidariylar davlati






Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə