O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50

17
yozuvi  25  harfdan  iborat  bo‘lgan.  Xat  chapdan  o‘ngga  tomon 
ko‘ndalangiga yozilgan.
eftallar  o‘t  (olov)  va  quyoshga  sig‘inuvchi  otashparast  bo‘l-
ganlar.  Markaziy  Osiyodagi  boshqa  xalqlar  esa  budda,  nasroniy 
va  zardushtiylik  dinlariga  e’tiqod  qilishgan.  Ularning  so‘nggi 
avlodlari  o‘zbek,  turkman  va  turk  elatlari  tarkibiga  singib  ket-
gan.  Zamonamizgacha  turkman  va  anatoliyalik  turklar  tarkibida  
«abdal»  nomli  etnik  guruh  saqlangan.  Shu  tariqa  turkiy  dunyo 
kengayib kamol topgan va Yevrosiyoda muqim o‘rin egallagan.
Bu  davrda  Xitoy,  Hindiston  va  eron  bilan  iqtisodiy  hamda 
madaniy aloqalar kengayib boradi. V asrda o‘rta osiyolik shisha-
sozlar  Xitoy  hunarmandlariga  rangli  shisha  va  shisha  buyumlar 
yasashni o‘rgatadilar. O‘rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqli-
gi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy 
imperatorlari o‘z saroylarini bezashda O‘rta Osiyodan keltirilgan 
rangli shishadan foydalanganlar. Shunday qilib, O‘rta Osiyo aho-
lisining madaniy an’analari qo‘shni mamlakatlar, xususan, Hindis-
ton va eron tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashib, ilk o‘rta asrlar 
madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan.
1. eftallar davlatida aholining etnik tarkibi qanday bo‘lgan?
2. eftallar davlatida xo‘jalikning qaysi sohalari rivoj topgan?
3. Yer egaligida qanday o‘zgarishlar yuz bera boshladi?
4. eftallar davlatida qanday hayotiy o‘zgarishlar yuz berdi.
5. Savdoda qanday tangalar muomalada bo‘lgan?
6. Madaniy hayot haqida nimalarni bilib oldingiz?
7.  Aholi  qanday  tillarda  so‘zlashgan,  qanday  yozuvlardan  foy-
dalangan?
4-§.  O‘RTA  OSIYO  XALQLARI  TURK
XOQONLIGI  DAVRIDA
Tayanch tushunchalar: Turk xoqonligi; Xoqonlik boshqaruvi; 
Eftallar davlatining barham topishi; Xoqonlikning bo‘linishi
VI  asr  o‘rtalarida  Oltoy  va  Janubiy 
Sibirda  yashagan  turkiy  qabilalarni  bir-
lashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu 
davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi 
Bumin edi. 552-yilda Bumin «xoqon» deb e’lon qilindi.
Xoqonlikning
tashkil topishi


18
Oltoy  xoqonlikning  markazi  qilib  belgilanadi.  Turklarning 
g‘arbga  tomon  yurishlariga  Istami  boshchilik  qiladi.  Unga 
«Yabg‘u  xoqon»  degan  unvon  beriladi.  Tez  orada  Yettisuv  va 
Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabila-
lar bo‘ysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi 
bo‘ylarigacha cho‘zilgan  keng o‘lkalarni egallaydilar. Xoqonlik 
chegarasi eftallar davlati hududlariga tutashib ketgan.
TURKIY
  
QABILALARN
ING 
 SILJISHI
Bag
‘dod
Gurgon
Nisa
Nishopur
Tus
Saraxs
Marv
Balx
Termiz
Buxoro
Urganch
Samarqand
O‘zgan
Xo‘jand
O‘tror
Isfijob
Talos
Jand
Bolosog‘un
Qoshg
‘or
Yorkand
Xo‘tan
Kucha
Qarashar
Turfak
Bulg
‘or
Salsin
Konstantinopol
XAZAR
DENGIZI
Jand
dengizi
BANDI
AZ
DENGIZI
Azov
dengizi
VIZANTIYA
IMPERIYASI
ARMANISTON
OZARBAYJON
Dajla
Frot
Dunay
Dnepr
Itil
Kama
X A Z A R
L A R
B
I
J
A
N
A
K
L
A
R
B
U
L
G‘
O
R
L
A
R
Yoyiq
(Ural)
K
I
M
A
K
L
A
R
O‘
G‘
U
Z
A
L
R
Sayhun
MANG
‘ISHLOQ
XORAZM
Qizilqum
Qoraqum
UY
G
‘URLAR
QARLUQLAR
QORAXONIYLAR
DAVLATI
POMI
R
TYANSHAN
FARG
‘ONA
G‘AZNAVIYLAR
DAVLATI
XUROSON
YAG‘M
A
Tarim
Chu
Issiqko
‘l
Lobnnor
k.
Ko‘hcha
dengizi
Irtish
Zaysan
k.
YETTISU
V
Elsuvi
TURKLAR-O
‘G‘UZLAR
BIJANAKLAR
QIPCHOQLAR
KIMAKLAR
Jayhun
Q
I
P
C
H
O
Q
L
A
R


19
558-yilda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo‘ylarini zabt 
etadi.  575–576-yillarda  Shimoliy  Kavkazning  bepoyon  yerlari-
ni  egallab,  Qrim  yarimoroliga  kirib  boradilar.  Natijada  eftallar 
davlatining  shimoliy  hududlari  xavf  ostida  qoldi.  Bunday  qulay 
vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston va Chag‘oniyonni 
eftallardan tortib oladilar. 
Turk  xoqonligining  eftallar  bilan  to‘q-
nashishi muqarrar edi. Bunday murakkab 
siyosiy vaziyat xoqonlikni eron, so‘ngra 
Vizantiya  bilan  yaqinlashtiradi.  Uzoq  vaqt  eftallar  tazyiqida 
yashagan  sosoniylar  bu  davlatning  tamomila  barbod  bo‘lishidan 
manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531–579) tashabbusi bi-
lan yuzaga kelgan o‘zaro harbiy ittifoq eron shohining Istamiga 
kuyov bo‘lishi orqali yanada mustahkamlanadi.
eron askarlarining Balxga hujumi ko‘magida turklar 563-yilda 
eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vo-
diysi va uning markazi Choch shahri ishg‘ol qilinadi. Sirdaryodan 
Eftallar davlatining
qulashi
Qo‘sh tasvirli 
Chag‘oniyon
jez tangasi.
Turkiy balbal,
mozortosh 
haykali.
o‘tib,  Zarafshon  vodiysiga  kirib  boradilar. 
Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab
Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz kun davom 
etgan  shiddatli  jangda  eftallar  qo‘shini  yen-
giladi.  Shunday  qilib,  janubdan  eron  soso-
niylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 
563–567-yillarda  zarbaga  uchragan  eftallar 
davlati  tamomila  barbod  bo‘ladi.  Natijada 
mag‘lub  davlatning  merosi  o‘zaro  bo‘linib, 
Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘l- 
gan  viloyatlar  eron,  uning  o‘ng  sohillari 
bo‘ylab Kaspiy dengizigacha cho‘zilgan yer-
lar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi.
eftallar  davlati  qulagach,  vaziyat  tubdan 
o‘zgaradi.  endilikda  o‘z  chegarasini  shimo-
li  sharqqa  tomon  kengaytirib  olgan  eron  
Amudaryodan  to  Suriyaga  qadar  Ipak  yo‘li 
ustida  haqiqiy  sarbon  bo‘lib  oladi.  Uzoq 
Sharqdan  eron  hududlarigacha  karvon  yo‘li 
nazoratini    o‘z  homiyligi  ostiga  olgan  turk-
lar  esa  eron  orqali  Vizantiya  bilan  bevosita 
savdo qiladigan bo‘ldi.


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə