O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50

20
Turk  xoqonligi  qanchalik  katta  bo‘lma-
sin,  chinakam  markazlashgan  davlat  
emas  edi.  Uning  asosi  turkiy  tilda  so‘z-
lashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo‘lgan. Bu ittifoqni xoqon 
boshqargan.  Hukmdorning  hokimiyati  urug‘-aymoq  udumlariga 
tayangan  harbiy-ma’muriy  boshqaruvga  asoslangan.  Mamlakat 
ko‘chmanchi  chorvador  va  o‘troq  dehqon  aholiga  bo‘linardi. 
Ko‘chmanchi  chorvador  aholi  «budun»  yoki  «qora  budun» 
nomlari  bilan  yuritilgan.  Budun  o‘z  navbatida  qabilalar  ittifoqi 
birlashmasini  tashkil  etardi.  O‘n  o‘q  budun  yoki  elning  hokimi 
«yabg‘u» yoki «jabg‘u» nomi bilan atalardi. Yabg‘u darajasiga 
faqat  xoqon  urug‘iga  qon-qarindosh  bo‘lganlargina  ko‘tarilardi. 
O‘n  o‘q  el  sardori  bir  tuman  (ya’ni  o‘n  ming)  suvoriyni  safga 
tortar edi. Bunday harbiy bo‘linmaning tumanboshisi «shod» deb 
yuritilgan.
VI  asrda  Chirchiq,  Zarafshon,  Qashqadaryo  va  Amudaryo 
havzalarida  o‘ndan  ortiq  voha  hokimliklari  mavjud  edi.  Ular-
ning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi mahalliy sulola hukmdorlari 
qo‘lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish 
bilan cheklanadilar.
Katta-katta  qabilalar  yoki  qabilalar  itti- 
foqi  markaziy  hokimiyatga  bo‘ysunmas-
likka  intilganlar.  Turk  xoqonligi  tasar-
rufida  bo‘lgan  hududlardagi  hokimlar  mustaqil  bo‘lishni  istar  
edilar.  Bu  omillar  xoqonlikning  mustahkam  markazlashgan  
davlatga aylanishiga imkon bermagan.
Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqa-
ruv  tartibi  xoqonlikni  tobora  zaiflashtira  borgan.  Buning  ustiga, 
Vizantiya, Xitoy va eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini 
yanada og‘irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80-
yillari  oxirlarida  ikkiga:  Sharqiy  turk  xoqonligi  va  G‘arbiy 
turk xoqonligiga bo‘linib ketadi. Buyuk turk xoqonligi barpo etil-
Xoqonlikning
bo‘linishi
* Budun – chorvador aholi
* Xoqon – buyuk hukmdor, podshoh, imperator
* Yabg‘u xoqon – xoqon urug‘idan bo‘lgan yurt hokimi
* Shod – o‘n ming qo‘shin qo‘mondoni
* Yasoq – dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq
Turk xoqonligining
boshqaruvi


21
gan el-yurt Oloy tog‘lari sharqidan to Uzoq Sharqqacha bo‘lgan 
hudud,  ya’ni  Janubiy  Sibir,  Urxun  havzasi  (Mo‘g‘uliston),  Shi-
moliy  Xitoy  Sharqiy  xoqonlik  tasarrufida  bo‘lgan.  Mazkur  xo-
qonlikning  poytaxti  O‘tukan  vodiysi  (Mo‘g‘uliston)da  qaror 
topgan. Oloy tog‘larining g‘arbida joylashgan o‘lkalar: Yettisuv, 
Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ular-
ga  tutashgan  hudud  G‘arbiy  xoqonlik  tomonidan  idora  etilgan, 
qarorgohi  Yettisuvda  joylashgan.  G‘arbiy  xoqonlik  o‘troq  voha 
va  viloyatlarni  boshqarishda  qator  mavjud  mahalliy  sulolalarni 
saqlab  qolgan.  Muhim  ahamiyatga  molik  ayrim  o‘lkalarda  esa 
turkiy  hokimiyatni  tashkil  etish  maqsadida  xoqon  xonadoniga  
tegishli mansabdorlar tayinlangan.
Xoqonlik hududlari 
va boshqaruv
*  Mustahkam  markazlashgan  davlat  —  bu  barcha 
hududlari  yagona  hukmdor  hokimiyati  tomonidan 
idora qilinuvchi davlatdir
1.  Turk  xoqonligi  qachon  va  qayerda  tashkil  topdi,  unga  kim 
asos soldi?
2.  Nima  maqsadda  Turk  xoqonligi  bilan  eron  o‘rtasida  harbiy 
ittifoq tuzildi?
3. Turk xoqonligining O‘rta Osiyoga yurishi qanday oqibatlar-
ga olib keldi?
4. Turk xoqonligi qanday boshqarilgan?
5. Turk xoqonligi qanday sabablarga ko‘ra bo‘linib ketgan?
5-§. G‘ARBIY TURK XOQONLIGI
Tayanch tushunchalar: G‘arbiy turk xoqonligi; Yabg‘u;  
Boshqaruv tartibi; Ijtimoiy hayot; Abruy qo‘zg‘oloni
G‘arbiy  turk  xoqonligi  tasarrufiga  O‘rta 
Osiyo  va  Sharqiy  Turkistonning  bir  qis-
mi  kirardi.  Uning  markazi  Yettisuv  edi. 
G‘arbiy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy 
xoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. Sharqiy xoqonlik aholisining 
asosiy  qismi  chorvador  ko‘chmanchilar  edi.  G‘arbiy  xoqonlik 
aholisining kattagina qismi esa o‘troq dehqonchilik, hunarmand-
chilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul edi.


22
VII asrning birinchi choragida G‘arbiy xoqonlik nihoyatda 
kuchayadi.  Uning  sharqiy  chegarasi  Oltoyga,  janubda  esa  Sind 
(Hind)  daryosi  bo‘ylariga  borib  taqaladi.  Xoqon  To‘ng  yabg‘u 
(618–630)  hukmronlik  qilgan  davrda  boshqaruv  tartiblari  isloh 
qilinadi.
Viloyat  hokimlarini  xoqonlik  ma’muriyati  bilan  bevosita 
bog‘lash  va  ularning  ustidan  nazoratni  kuchaytirish  maqsadida 
mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning «yabg‘u» unvoni beriladi.
Natijada  ular  xoqonning  noibiga  (vakiliga)  aylanadilar.  Shu 
bilan  birga  O‘rta  Osiyo,  Sharqiy  Turkiston  va  Toxaristonning 
deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiri-
ladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari – tudunlar yuboriladi. 
Biroq  ichki  kurash  oqibatida  G‘arbiy  turk    xoqonligi  zaiflashib 
boradi.
Turk  xoqonligiga  birlashgan  aholining 
hayoti  ham,  xo‘jaligi  ham  turlicha  edi. 
Ko‘chmanchilarning asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan.
G‘arbiy  turk  xoqonligiga  birlashgan  aholining  o‘troq  qismi 
madaniy jihatdan ilg‘or bo‘lib, xoqonlikning ijtimoiy va iqtisodiy 
turmushida yetakchi rolni o‘ynagan.
Xoqonlikda  shaharlar  va  qishloqlar  ko‘p  bo‘lgan.  Aholisi  
dehqonchilik,  hunarmandchilik  va  savdo-sotiq  ishlari  bilan  shu-
g‘ullanardi. Turk hunarmandlari yasagan zeb-ziynatlar va qurol-
yarog‘lar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajralib turar-
di.  Sug‘d'>Far g‘ona  va  Sug‘dda  oltin,  mis,  temir  va  simob,  Eloqda 
qo‘rg‘oshin, kumush va oltin qazib olinardi.
Ichki  va  tashqi  savdo-sotiq  ishlari  esa  shahar  aholisining  
asosiy  mashg‘ulotlaridan  biri  edi.  Bu  sohada  ayniqsa  Sug‘d  
savdogarlarining mavqeyi baland edi. 
VII  asrning  birinchi  yarmida  G‘arbiy  turk  xoqonligi  bilan 
Xitoy  o‘rtasida  ayniqsa  iqtisodiy  aloqalar  faollashdi.  Bu  davr-
da  Xitoyga  to‘qqiz  marotaba  savdo  elchiligi  yuboriladi.  Birgina  
627-yilning  o‘zida  Buxoro,  Samarqand,  Ishtixon  va  Ust-
rushona (Jizzax va O‘ratepa viloyatlari)dan birlashgan juda katta 
savdo karvoni Xitoyga yetib boradi.
VI–VII asrlarda O‘rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni 
egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. Yer va suvdan 
ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor – kashovarzlar 
Ijtimoiy hayot


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə