O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50

54
boshlig‘i  «hojib  ul-hujob»  yoki  «hojibi  buzruk»  deb  yuritilar  
edi.  Bunday  unvon  Somoniylar  saroyidagi  oliy  unvon  hisob-
lanardi.
* Amid ul-mulk – davlat hujjatlari va elchilik aloqa-
 
lari vaziri
* Vazir – devonxona boshlig‘i, bosh vazir
* Mustovfiy – moliya vaziri
* Sohibi shurat – harbiy ishlar vaziri
* Ulamo – din olimlari
* Hojib – harbiy unvon
* Xonaqoh – g‘aribxona, musofirxona
 
1.  Somoniylar  qanday  qilib  Arab  xalifaligidan  mustaqil  bo‘-
ladi?
2. Ismoil Somoniy haqida bilganlaringizni so‘zlab bering.
3.  Nima  sababdan  Movarounnahrning  mustaqillikka  intilishi 
Arab xalifalariga yoqmagan?
4.  Nima  sababdan  safforiylar  bilan  somoniylar  o‘rtasida  urush 
kelib chiqdi?
5. Somoniylarda boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan?
6. Somoniylar islom diniga qanday e’tibor berdilar?
7. Somoniylarda mudofaa ishlari qanday yo‘lga qo‘yilgan edi?
15-§. SOMONIYLAR DAVRIDA  
IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT
Tayanch tushunchalar: Iqtisodiy hayot; Ichki va tashqi savdo;  
Pul muomalasi
Movarounnahr_va_Xorazm'>IX–X  asrlarda  Movarounnahr  va  
Xorazm  aholisining  asosiy  qismi 
sug‘orma  dehqonchilik  bilan  shug‘ul-
lanar  edi.  Sug‘orish  tarmoqlari  vositasida  sug‘orilib  obod  
etilgan  serunum  vohalarda  g‘allakorlik,  sholikorlik,  paxtachi-
lik,  sabzavotchilik,  polizchilik  va  bog‘dorchilik  yuqori  darajada  
rivoj  topgan  edi.  Vohalarda  paxtachilik  kattagina  o‘rinni  
egallagan.
Qishloq  
xo‘jaligi


55
  Bog‘dorchilik  madaniyati  keng  ravnaq 
topgan  edi.  Movarounnahr  va  Xorazm-
da  sabzavot  va  poliz  ekinlari  ham  serob 
bo‘lib, qovunlari nihoyatda shirali bo‘lardi.
Dehqonchilik  solig‘i  –  xirojdan  xazinaga  tushadigan  daro-
mad  davlat  kirim-chiqimining  kattagina  qismini  qoplar  edi.  
Shuning  uchun  ham  somoniylar  mamlakatda  dehqonchilik 
xo‘jaligini rivojlantirishga katta e’tibor berdilar.
IX–X  asrlarda  Movarounnahr  va  Xurosonda  chorvachi- 
lik  yuksak  darajada  bo‘lgan.  Mamlakatning  dasht  va  tog‘oldi 
yaylovlarida  qo‘y  va  echkilar,  yilqilar  va  tuyalar  boqilgan. 
Qishloqlarda,  ayniqsa,  qoramollar  behisob  bo‘lgan.  Chorvachi-
lik  mamlakat  aholisini  chorva  mahsulotlari  bilan  ta’minlabgina 
qolmasdan,  xo‘jalikning  hamma  sohalari  uchun  ot-ulovlar  ham 
yetkazib  bergan.  Ayniqsa,  davlatning  harbiy  qo‘shinlari,  xusu-
san,  suvoriy  qismlarni  ot-ulov  bilan  ta’min  etish  muhim  aha- 
miyat kasb etgan.   
Movarounnahr  va  Xorazm  shaharla-
rida  to‘qimachilik,  kulolchilik,  chilan-
garlik,  miskarlik,  zargarlik,  shishasozlik  va  duradgorlik  kabi 
kasb-hunarlar rivoj topadi. Natijada shaharlarning umumiy qiyo-
fasi  tubdan  o‘zgaradi.  Unda  katta-katta  gumbazli  toq-u  ravoqli 
va  peshtoqli  imoratlar,  ustaxonalar,  masjid,  madrasa,  maqbara,  
xonaqoh  va  karvonsaroylar  qad  ko‘tardi.  endilikda  shaharlar  
o‘ndan  ortiq  darvozali  kattagina  hunarmandchilik  markaziga  
aylanib qoldi.
Shaharning  do‘nglik  yerida  joylashgan  arkda  odatdagidek  
podshoning  qarorgohi  –  dargoh,  shuningdek,  xazina,  chaqa-
tangalar  ishlab  chiqaradigan  zarbxona  va  qamoqxona  bo‘lardi. 
Uning  markazida  registon  maydoni,  devonlar,  mahkama  saro-
yi,  shuningdek,  amirzodalar,  saroy  a’yonlari,  ruhoniylar,  mulk-
dor  dehqonzodalar  va  davlatmand  savdogarlarning  hashamatli  
qasrlari,  qurol-yarog‘,  asbob,  egar-jabduq  yasaydigan  usta-
xonalarhunarmandchilik do‘konlari va savdo rastalari joylash-
gan.
Samarqandda  yuqori  navli  qog‘oz  ishlab  chiqarilar  edi. 
Shosh  o‘zining  ko‘nchilik  mahsulotlari  va  charm  mollari  bilan, 
Eloq  esa  kumush  va  qo‘rg‘oshin  konlari  hamda  kumush  tanga 
Bog‘dorchilik
va chorvachilik
Hunarmandchilik


56
chiqaradigan  zarbxonasi  bilan  mashhur  edi.  Xorazmda  qayiq-
sozlik  taraqqiy  topadi.  Xorazm  va  Termizda  yasalgan  qayiqlar 
Amudaryo  bo‘ylab  to  Orol  dengizigacha  muttasil  mol  tashib  
savdogarlarning yukini yengil, uzog‘ini yaqin qilgan. Bu davrda 
shaharlar  bilan  bir  qatorda  qishloqlar  ham  mamlakatning  iqti- 
sodiy  hayotida  katta  o‘ringa  ega  edi.  Buxoroning  Zandana 
qishlog‘ida to‘qilgan mallarang bo‘z «zandanicha», Samarqand-
ning  Vador  qishlog‘ida  tayyorlangan  mato  «vadoriy»  nomlari 
bilan Sharqda mashhur edi.
Movarounnahrning  tog‘li  mintaqalarida 
qadimdan  davom  etib  kelayotgan  kon-
chilik  IX–X  asrlarda  nihoyat  darajada  taraqqiy  qiladi.  Zaraf- 
shon  va    Farg‘ona  vodiysi  tog‘laridan  temir,  qo‘rg‘oshin,  ku-
mush,  simob,  mis,  qalay,  feruza,  novshadil  qazib  chiqarilgan. 
Hatto Farg‘onadan o‘sha vaqtlardayoq toshko‘mir va neft topilib 
ishlatilgan.  Konlarning  yaqinida  rudalarni  eritib  ma’dan  oluvchi 
temirchilar  va  konchilarning  qishloqlari  bo‘lardi.  Eloq  viloyati 
kumush  va  qo‘rg‘oshinlarni  qazib  olishning  yirik  markazlaridan 
biri edi.
IX–X  asrlarda  mamlakatda  ichki  va 
tashqi  savdo  kengaydi.  Qadimgi  karvon  
yo‘li  bo‘ylab  quduqlar  qazilib,  har  bir 
bekatda  rabotlar  bino  qilinadi.  Karvonlar  o‘tadigan  shahar  va 
qishloqlarda karvonsaroylar quriladi.
Shimoliy  yo‘l  orqali  Janubiy  Sibir  va  Mo‘g‘ulistonga  
Movarounnahrning  shahar  va  qishloqlaridan  bo‘z,  kiyim- 
kechak,  egarjabduq,  qilich,  idishlar,  zargarlik  buyumlari,  dori-
darmon,  quruq  meva,  kunjut  va  zig‘ir  moyi  va  boshqa  shu  
kabi  mollar  olib  borilgan.  Sibirdan  turli  xildagi  qimmatba-
ho  mo‘ynalar,  chorva  mollari  va  chorvachilik  mahsulotlari  
keltirilgan.  Mutaxassis  olimlarning  ta’kidlashicha,  VII–IX  
asrlarda  Xitoy  bilan  bo‘lgan  savdoda  choy,  ipak  mato,  tuz  
va  ot  asosiy  o‘rinda  turgan.  Har  bir  ot  Xitoy  bozorida  (to‘pi 
12,8  metrli)  50  o‘ram  ipak  matoga  ayirbosh  (barter)  qilingan. 
Choy  bahosida  har  bir  otning  bahosi  56  kg  oliy  navli  choyga 
teng  bo‘lgan.  Bir  necha  «jin»  (600  g)  choyga  bir  bosh  qo‘y  
almashtirilgan.
Konchilik
Ichki va tashqi
savdo


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə