O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Yüklə 3,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/145
tarix27.12.2023
ölçüsü3,7 Kb.
#163008
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   145
O\'zbekiston tarixi 9-sinf

Davlat nomi
hududi
Aholisi
Boshqaruvi
yer egaligi va 
soliq tizimi
http://eduportal.uz


11
sug‘orish inshootlari, yo‘llar, ko‘priklar qurish va 
ularni ta’mirlash kabi ishlarni majburiyat tarzida 
bajar ganlar. Mehnat majburiyati aholining ishlab 
berishi bo‘lib, u 
begar
deb ham nomlangan.
Bu davrda aholidan 
xiroj, zakot, suv, te gir­
mon, tuz, mulk, tomorqa, bog‘ solig‘i
va boshqa 
so liqlar yig‘ilgan. Xiva xonligida asosiy soliq 
solg‘ut
deb atalgan. Harbiy majburiyatda har 
bir erkak kishi oziq-ovqati, qurol-aslahasi bilan 
birga qatnashishi kerak bo‘lgan. Chorvador 
aholi chorva mollaridan 
zakot
solig‘i, yaylov va 
suvdan foydalangani uchun ham soliqlar to‘lagan. 
Shaharlar aholisi – hunarmand va savdogarlardan 
savdo puli, do‘kon puli, 
tarozi puli
kabi soliqlar olingan. 
O‘rta Osiyo hududi va uning iqlimi qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari yetishtirishga qulay bo‘lgan. Bu soha 
taraq qiyoti sug‘orish ishlarining holati va suv 
ta’mino tining qay darajada ekanligiga bog‘liq edi. Shuning uchun ham 
sug‘orish va suv ta’minoti sohasi O‘rta Osiyoda muhim hamda davlat 
ahamiyati darajasiga ko‘tarilgan. Qolaversa, xazinaga tushadigan asosiy 
daromadni dehqonlardan yig‘iladigan soliqlar tashkil qilgan. 
Har bir hududda aholi va ma’muriyat vakillari sug‘orish sohasiga 
mas’ul va javobgar bo‘lgan. Sug‘orish ishlarini yuritish va nazorat qilish 
bilan bu sohaning mutaxassisla ri – 
miroblar
shug‘ullanganlar. Ular 
sug‘orish ishlari, suv inshootlarining qurilishi, ta’minoti, ta’mirlanishi, 
tozalanishi, suv taq si motini yaxshi bilgan kishilar bo‘lgan. O‘rta Osi-
yoda sug‘orish tizimi qadim dan rivojlanib kelgan soha hisoblanadi. 
Mazkur ishlar, asosan, hashar yo‘li bilan bajarilgan.
Aholisi, asosan, sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan Farg‘ona 
vodiysida sug‘orish tizi mi ga katta e’tibor qa ra-
tilgan. Vodiy hududida yirik sug‘orish inshoot-
lari – Shahrixonsoy, Andi jonsoy, Marg‘ilonsoy, 
Yangiariq, Ulug‘nor, Qo ra daryo kabilar bo‘l-
gan. Suv chiqishi qiyin bo‘l gan joylarga max-
sus qurilmalar – 
chig‘irlar
yordamida suv 
chi qarilgan. Amudaryo, Sirdaryo suvlari turli 
sun’iy sug‘orish tizimlari – kanallar hamda 
uning bo‘ylariga qurilgan to‘g‘onlar orqali ekin 

Yüklə 3,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə