O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., A. A. Kushakov., G. M. Axmedova mehnat ta’limining qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/13
tarix24.04.2018
ölçüsü0,64 Mb.
#40123
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


O’ZBEKISTON XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

M.Z.MURTOZAYEV., A.A.KUSHAKOV., G.M.AXMEDOVA

MEHNAT TA’LIMINING

QISHLOQ XO‘JALIK ASOSLARI YO‘NALISHI

O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi tavsiyasi bilan darslik sifatida tasdiqlangan o‘quv dasturlariga binoan Davlat grant loyihasi asosida kengaytirib tayyorlangan
UMUM O’RTA TA’LIM MAKTABLARINI VI-SINFLARI UChUN DARSLIK
«Fan va texnologiya» nashriyoti

TOSHKENT 2012 y

UDK_____372.864(075)

BBK 74.200.52.M 47 Ya 72.
Ushbu darslik mehnat ta’limining qishloq xo‘jalik asosalari yo‘nalishi bo‘yicha 6-sinfga mo‘ljallangandir. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilish texnologiyasi va qishloq xo‘jaligi mehnatiga mo‘ljallagan mavzularga tegishli kengaytirilgan holdagi dars materiallarini milliylik asosida mavjud darsliklardan, ensiklopediyalardan tarixiy va zamonaviy, ilmiy va uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga harakat qilingan.

Ushbu darslik Buxoro viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Angren Davlat pedagogika instituti, Samarqand viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Jizzax viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 62- son umum o‘rta ta’lim maktabi, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani № 10 –son umum o‘rta ta’lim maktabi, Jizzax shahar № 36–son umum o‘rta ta’lim maktabi, Jizzax tumani № 54-son umum o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilari tomonidan ko‘rib chiqilgan va bevosita mehnat ta’limi o‘qituvchilari va o‘quvchilariga tavsiya qilinadi.

A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti ilmiy kengashda (2010 yil 29 dekabr, № 4) va Jizzax viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi o’quv uslubiy kengashida (2012yil 14 iyun № 4) nashr etishga таvsiya qilingan.
TAQRIZCHILAR:


  1. Angren Davlat Pedagogika instituti o‘quv ishlari prorektori dosent I.A.Husanov. (mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari chop etilgan darsliklarining muallifi).

  2. Samarqand viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ”Mehnat ta’limi” kafedrasining mudiri dosent B.M.Mironov.

  3. Jizzax viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ”Mehnat ta’limi” kafedrasining mudiri dosent U.M.Maxmudov.

  4. Respublika Ta’lim Markazi “Musiqa, san’at, mеhnat ta’limi, Jismoniy kamolat va salomatlik” bo‘limi еtakchi mеtodisti U. Tohirov.

  5. Jizzax tumani № 54-son umum o‘rta ta’lim maktabi mehnat ta’limi o‘qituvchisi A.Yu.Yuldoshev. (mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari chop etilgan o‘quv qullanmalarining muallifi).

  6. Jizzax shahar № 13 –son umum o‘rta ta’lim maktabi mehnat ta’limi o‘qituvchisi N.Olmishov. (mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari chop etilgan o‘quv qullanmalarining muallifi).

  7. Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani № 10–son umum o‘rta ta’lim maktabi mehnat ta’limi o‘qituvchisi A.Aktamov. (mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari chop etilgan o‘quv qullanmalarining muallifi).

ISBN:978-9943-10-761-8

«Fan va texnologiya» nashriyoti



KIRISH
Umum o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim jarayonini milliylik asosida amaliy saviyasini oshirish mustaqillikning ilk davrlarida boshlangan dolzarb muammolarni yechish masalalaridan bo’lgandi. Ta’limning milliylik asosida tub isolohot qilish uchun yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng miqyosda qullash, o’rgatish jarayonini chuqur pedagogik va psixologik tahlil buyicha tashkil qilish va eng asosiysi yosh avlodga urgatish matariallarini milliylik ruhi bilan sug’orilgan manbalar bilan boyitish kerak bo’ladi. Jumladan tabiy aniq fanlar va ishlab chiqarish o’rtasida ko’prik bo’lgan, yosh avlodda umum mehnat ko’nikmalarini shakllantirish va ularni ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirish maqsadida o’qitilayotgan mehnat ta’limi fanining barcha yo’nalishlari bo’yicha o’qitishdagi dars materiallarini milliylik va milliy xalq hunarmandchilik texnologiyalari asosida boyitilgan o’quv dasturlari va darsliklari tuzish zarurdir.

Hozirda umum o’rta ta’lim maktablari uchun mavjud darsliklarda milliylik va milliy xalq hunarmandchilik tenologiyalariga oid manbalar juda ham kam va deyarli yo’q hisobidir. Shu boisdan tuzuvchilar ushbu 6-sinflarga mo’lljallangan o’quv darsligini milliylik asosida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini doimiy xususiyatlarini hisobga olib mavjud darsliklardan, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning asoslarini bo’yicha darsliklar yaratgan olimlar U.S.Nishonaliyev, D.Yormatova, T.X.Ikromov, U.Xoldorov, I.Husanov va boshqa olimlarning ishlaridan mehnat ta’limiga moslashtirilgan holda, tarixiy va zamonaviy, uslubiy-ilmiy va ommabop materiallardan, barcha ensiklopediyalardan foydalanish orqali kengaytirilgan darslik tuzishga harakt qilishdi. Tuzilgan darslik asosan 6-sinflarga mos holda qishloq xo’jalik ekinalari va hayvonlarni parvarish qilish texnologiyalarini yoritishga qaratilgan. Darslik bilan tanishgan va unga nisbatan ko’rsatilgan barcha kamchiliklar uchun tuzuvchilar oldindan minnatdorchilik bildirishadi.



BOB I. O’SIMLIKSHUNOSLIK.
§1.1.TUPROQLARNI XOSSA VA XUSUSIYATLARI HAQIDA
Tuproqning xususiyati deganda, uning suv o’tkazuvchanligi va bug’latishi, suvni uzoq, muddat o’zida ushlab tura olishi; tuproqning isishi, issiqlikni o’tkazishi va uni tarqatishi hamda tuproqdagi havo almashinuvi tushuniladi. Tuproqning bu xususiyatlari ko’p jihatdan uning tuzilishi va tarkibiga bog’liq.

Tuproqning donadorligi. Tuproq strukturasi-tuproqning struktura elementi yoki agregat donachalari. Tuproqning mexanik tarkibidagi mayda mineral zarralar turli faktorlar, xususan, chirindi va kalsiy karbonat birikmasi ta’sirida yopishib, donador holatga o’tishi natijasida paydo bo’ladi. Agregatlarning kattaligi 0,25-10 mm bo’lsa, tuproq makrostrukturali, 0,25 mm dan kichik bo’lsa, mikrostrukturali deyiladi. S. A. Zaxarov struktura bo’lakchalarining geometrik shakli, xarakteri va kattaligini e’tiborga olgan holda ularni tip, tur va xillarga ajratib, maxsus klassifikasiya ishlab chiqdi (1-rasm). Donador tuproqlarda o’simliklar uchun zarur barcha sharoit-suv, havo, issiqlik oziq rejimlari yaxshi sharoit baravar bo’ladi. Natijada tuproqda organik moddalar tez parchalanadi. O’simliklar uchun yetarli miqdorda mineral moddalar hosil bo’ladi. Strukturali tuproqlarning unumdorligi ancha yuqori. Tuproq strukturasining paydo bo’lishida o’simliklarning, ayniqsa, ko’p yillik g’allasimon va dukkakli o’tlarning ahamiyati katta. Tuproqda ko’p miqdorda organik qoldiqlar chirishi natijasida ustki 20-30 sm qatlamdagi mexanik zarralar bir-biriga mahkam yopishib, tuproqni donador qiladi.

T
uproqning strukturali bo’lishi uchun ilg’or agrotexnika tadbirlarini, har qaysi zonaga mos almashlab ekishni amalga oshirish, tuproqqa muntazam ravishda organik va mineral o’g’itlar, kislotali tuproqlarga ohak ishqoriy (sho’rtob) tuproqlarga gips solish, yerni yaxshilab haydash, begona o’tlarni yo’qotish, sho’rni yuvish; strukturasi yetarli bo’lmagan, chirindisi kam sug’oriladigan bo’z tuproq va taqirlarda sun’iy struktura hosil qilish uchun ligninli, oqsilli, guminli organik moddalar va K-4, K-5. K-6 preparatlaridan foydalanish keraq

Tuproqning suv o’tkazuvchanligi, o’zida suvni uzoq vaqt ushlab turishi va bug’latishi tuproqning donadorligiga bog’liq. Tuproqdagi suv o’simlikning o’sishi va rivojlanishidagi asosiy omillardan biri ekanligi sizlarga avvalgi darslardan ma’lum. Tuproqning suvni shimib, uni yuqori qatlamidan quyi qatlamiga o’tkazish xususiyati suv o’tkazuvchanlik deyiladi. Tuproq qancha donador bo’lsa, ular o’rtasidagi bo’shliqlar shuncha katta bo’ladi, bunday tuproq qatlamlaridan suv osonlik bilan o’tadi. Aksincha, mayda zarrachali tuproqlarda zarrachalar orasidagi bo’shliqlar kichik bo’lib, suv sekin shimiladi. Tuproq donadorligi suvga chidamsiz bo’lsa, ya’ni sug’orilganda u darhol ivib, batqoqlanib ketsa, tuproqning usti qatlamida suv shimilmay turib qoladi va bo’shliqlarini suv egallaydi. Toshloq, yirik qumli tuproqlar o’zidan suvni yaxshi utkazadi, lekin ular suvni o’zida saqlab turmaydi. Shuning uchun ular o’simlikni nam bilan uzoq muddat ta’minlay olmaydi. Qumli tuproqlarning suvni o’zida saqlab turish qobiliyati ham past bo’ladi va uni tuproqning pastki qatlamlariga o’tkazib yuboradi. Chirindisi yetarli, donador qumloq tuproqlar o’zidan suvni yaxshi o’tkazadi va uni o’zida uzoq muddat saqlab turish qobiliyatiga ega bo’ladi.

Tuproqdagi suvning ko’p qismi bug’lanib ketadi. Suvning bug’lanishi ham tuproqning donadorligiga bog’liq. Tuproq chang zarrachali bo’lsa, suvni tez bug’latib yuboradi, chunki bunday tuproqlarda ingichka kapillyar yo’llar ko’p bo’lganligi uchun pastki qatlamlardan suv yuqoriga tez ko’tariladi va bug’lanadi. Tuproq donador bo’lsa, undagi suv kam bug’lanadi. Tuproqdagi suvning bug’lanishiga yer betining tekis bo’lmasligi ham sabab bo’ladi. Tuproq yuzasi o’nqir-cho’nqir, qiya, ayniqsa nishabi kunga qaragan bo’lsa, suv tez bug’lanib ketadi. Shuningdek havoning harorati yuqori, shamol kuchli bo’ladigan ochiq yerlarda o’simlik bilan qoplangan yerlarga nisbatan suv tez bug’lanib ketadi.

O’simlik hayotida tuproq issiqligi ham muhim ahamiyatga ega. Tuproq asosan quyosh nuri ta’sirida isiydi. Quyoshning qanchalik isitishi tuproqning hususiyatiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun tuproqdagi issiqlik bir xil bo’lmaydi va tez o’zgarib turadi. Bundan tashqari, tuproqdagi o’simliq xayvon qoldiqlari va go’ngning chirishi natijasida ham ma’lum miqdorda issiqlik hosil bo’ladi. Ba’zi tuproqlar issiqlikni yaxshi singdiradi. Masalan, qora va to’q tusli tuproqlar och tusli tuproqka nisbatan issiqlikni yaxshi singdiradi va tez qizdiradi. Nami kam va quruq tuproq sernam tuproq, kunga qaragan yerlar, soya yerlarga nisbatan tezroq qiziydi. Ochiq yerdagi tuproqlar, o’simliklar bilan qoplangan yerga nisbatan issiqlikni ko’proq singdiradi. Tuproqdagi issiqlikning bir qismi atmosferaga tarqalib turadi. Sernam tuproqlar issiqlikni ko’proq tarqatadi va tez soviydi. Shuning uchun kunning jazirama issiq paytida o’simliklarni sug’orib turish bilan tuproq haroratini biroz pasaytirish mumkin. Issiqlikni havo yomon, suv yaxshi, mineral jismlar juda yaxshi o’tkazadi. Chirindi issiqlikni juda sekin o’tkazadi, lekin unda issivlik uzoq vaqt saqlanadi. Kam chirindili, mayda zarrachali zich holdagi tuproqlar issiqlikni yaxshi o’tkazsa ham, uni uzoq vaqt saqlab tura olmaydi. Demaq tuproqda chirindi moddalarni ko’paytirish, tuproqni donador qilish, suv va havo sharoitini yaxshilash bilan uning issiqlik xossalari ham yaxshilanadi.

O’simlikning yaxshi o’sishida tuproq havosi ham muhim ahamiyatga ega. O’simlik ildizi orqali tuproqdagi havo bilan nafas olishini siz o’tgan darslardan bilasiz. Tuproqda yashaydigan ayrim bakteriyalar uchun tuproq havosi muhim rol o’ynaydi. Tuproqda havo yetishmasa, bunday bakteriyalar xayot kechira olmaydi va natijada o’simliq xayvon qoldiqlari va go’ng yaxshi chirimaydi, bu esa oziq moddalar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Tuproqdagi havoning ko’p yoki kam bo’lishi tuproq donadorligiga bog’liq. Donador va qumli tuproqlar havoni yaxshi o’tkazadi va o’zida ko’p to’playdi, chang zarralari ko’p bo’lgan tuproqlar esa aksincha havoni yaxshi utkazmaydi va kam to’playdi. Tuproqdagi havo doimo almashib turadi. Harorat ko’tarilib, tuproq qizishi bilan havo ham kengayib, uning bir qismi tuproqdagi bo’shliqlardan chiqadi, harorat pasayishi bilan havo atmosferadan tuproq bo’shliqlari tomon harakat qiladi. Shuningdek o’simlik qator oralarini ishlash va yerni haydash natijasida tuproqqa havo kiradi. Yomg’ir va qor suvlari hamda ekinlarni sug’orish natijasida tuproq oralaridagi bo’shliqlar suv bilan to’ladi va havoni siqib chiqaradi, kunning isishi tufayli tuproqdagi suv bug’lanib, uning o’rnini havo egallaydi. Demaq o’simliklar uchun zarur bo’lgan tuproq havosi inson ta’sirida ta’minlanadi.

Tuproq namining bug’lanish hamda o’simliklar foydalanishi hisobiga sarf bo’lishi: suvning qatlamlardagi xarakati va o’zgarishini belgilovchi barcha xodisalar tuproq suv rejimiga kiradi. Tuproq suv rejimi iqlim sharoiti, joyning relyefi, o’simliklar, tuproqning suv xossalari, yer osti suvining chuqurligi va insonning dehqonchilikdagi faoliyatiga bog’liq. Suv tuproqdagi fizik kimyoviy, bioximiyaviy va biologik prosesslarda muhim rol o’ynab, o’simlik va mikroorganizmlar hayotiy talabini ta’min etuvchi muhim sharoitlardan biri hisoblanadi. Tuproqda suv mo’tadil bo’lsa, undagi ijobiy prosesslar rivojlanadi va unumdorlik yaxshilanadi. Ijobiy sharoit tuproqning orga­nik mexanik tarkibi, strukturam, fizik va fizik-mexanik xossalariga bog’liq. Tuproqda suv har xil fizik holatda (bug’simon, gigroskopik parda, kapillyar va gravitasion) bo’ladi. Bug’simon va gigroskopik xili o’simliklar uchun deyarli foydasiz, parda suv yerga qisman, kapillyar va gravitasion suvlar esa yaxshi singadi va foydali hisoblanadi. Tuproq suv rejimi quyidagi tiplardan iborat:



Muzloq tuproq suv rejimi shimoliy oblastlarga xos, bunda yer muzlab yotadi, faqat yozda yuza qatlami bir oz eriydi. Tuproq doim sernam bo’ladi. Yuviladigan tuproq suv rejimi shimoldagi o’rmon-o’tloq va sernam subtropik oblastlarga xos, bunda yog’ingarchilik ko’p va bug’lanish kam bo’lishi sababli tuproq sernam bo’ladi, doimo namlik yuqoridan pastga sizib o’tadi va yer osti suvlariga qo’shiladi. Davriy yuviladigan tuproq suv rejimida o’rmonli-dashtlar tuproqlari bahor va yoz oylarining birinchi yarmida qor va yomg’ir hamda atrofdan oqib keladigan suv hisobiga chuqur namlanadi. Issiq va qurg’oqchilik oylarida tuproqning quyi qatlamidagi namlik yuqoriga ko’tariladi va bug’lanadi, yer osti suviga qo’shilmaydi. Yuvilmaydigan tuproq suv rejimi dasht va cho’llardagi quruq iqlimli oblastlarga xos, bunda yog’ingarchilikka nisbatan bug’lanish ko’p bo’lgani sababli tuproq uncha chuqur namlanmaydi (cho’llarda 10-20 sm, bo’z tuproqli zonada 1-2 m, qora tuproqli zonada 2-4 m namlanadi). Issiq va qurg’oqchilik davrlarida suv bug’lanib ketib, tuproq­ning ustki qatlamidagi moddalar gorizontning quyi qatlamiga yuvilib ketmaydi va yer osti suviga qo’shilmaydi. Terlaydigan tuproq suv rejimi yer osti suvlari yuza joylarga xos, bunda tuproq hamma vaqt nam, bug’lanish va transpirasiyaga yog’in suvidan ko’proq miqdorda suv sarflanadi. Shuning uchun quruq oblastlarda yer osti suvi va tuproqning ona jinsi tarkibidagi tuzlar xisobiga tuproq sho’rlanadi, hatto, sho’rxoklar paydo bo’ladi. Yer osti suvi chuchuk bo’lsa, ona jins tarkibida tuz deyarli bo’lmasa, mergellanish va gleylanish hodisalari ro’y beradi. Irrigasion tuproq suv rejimi obikor dehqonchilik qilinadigai janubiy qurg’oqchilik oblastlarga xos. Bunda sug’orish natijasida tuproq chuqur namlanadi, sug’orilmaydigan davrda namlik bug’lanish va transpirasiyaga sarflanadi. Tuproq suv rejimi agrotexnika va agromeliorativ tadbirlar sistemasi yordamida tartibga solinadi.

Tuproq eritmasi - tuproqning suyuq tarkibiy qismi. Yog’in va sug’orish suvlari tuproq qatlamiga shimilib, undagi karbonat angidrid, kislorod, azot, ammiak gazlari va kalsiy, magniy, natriy, kaliy tuzlari va b. ni eritishi natijasida hosil bo’ladi. Tuproqning harakatchan va aktiv qismi tuproq paydo bo’lish jarayonida, tuproqdagi har xil kimyoviy, bioximiyaviy, fizik-kimyoviy hodisalarda, shuningdek o’simlik oziqlanishida ahamiyati katta. Tuproq eritmasi tarkibida mineral, organik va organik-mineral birikmalardan iborat har xil moddalar, gazlar va kolloid zarralar bo’ladi. Chimli-podzol va torfli-podzol tuproqlar eritmasida organik birikmalar mineral moddalarga nisbatan ko’proq, qora tuproqlarnikida deyarli baravar. Sho’rlanmagan tuproqlarda suvda eriydigan birikmalar juda oz sho’rxok va sho’rtob tuproqlar eritmasida esa ko’p. Paxtachilikda tuproq qatlamidagi namlikning miqdori va tuproqdagi biologik bioximiyaviy va kimyoviy hodisalar, shuningdek guminlapish va minerallapish prosesslari ta’sirida tuproq eritmasi tarkibi va konsentrasiyasi o’zgarib turadi. Dehqonchilikda qo’llanadigan agrokompleks tadbirlari tuproq eritmasiga ta’sir etadi tuproq eritmasi reaksiyasi kuchli ishqoriy yoki kislotali bo’lsa, o’simliklarning o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va ularni nobud qiladi.

Tuproqning kislotaliligi-tuproqning o’simliklar rivojlanishiga va mikroorganizmlar faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadigan asosiy xossalaridan biri. Tuproq eritmasida vodorod ioni konsentrasiyasi gidroksil ioni konsentrasiyasidan oshiq, ya’ni reak­siya xarakterini ifodalovchn RN 7 dan kichik bo’lsa, tuproq kislotali bo’ladi. RI 3,5 dan kichik (kuchli kislotali) va 9 dan katta (kuch-li ishqorli) bo’lganda ko’pchilik o’simlik o’sa olmaydi. Lavlagi, bug’doy, beda va g’o’zaning normal o’sishi uchun tuproq reaksiyasi neytralga yaqii (rN-6,5-8) bo’lishi lozim. Kislotalilik aktual (aktiv) va potensial (yashirin) bo’ladi. Aktual kislotalilik erkin holdagi vodorod ionlariniig tuproq suyuq fazasida ko’p miqdorda, potensial (yashirin) kislotalilik esa singdiruvchi kompleksda to’planishi tufayli vujudga keladi. Tuproq eritmasining aktual kislotalilik holati gumifikasiya vaqtida hosil bo’lgan va suvda eriydigan organik kislotalar hamda karbonat kislota ta’sirida paydo bo’ladi. Potensial kislotalilik almashinuvchi va gidrolitik kislotalilikka bo’linadi. Almashinuvchi kislotalilik tuproq eritmasi hamda singdiruvchi kompleksning o’zaro ta’siri va almashinish reaksiyasi natijasida hosil bo’ladi. Almashinuvchi kislotalilikda natriy xlorid, kalsiy xlorid singari tuzlar singdiruvchi kompleksida vodorod bo’lgan (masalan, podzol) tuproq. bilan o’zaro ta’sir etishidagi almashinish reaksiyasi tufayli, tuzlar katnoni singdiruvchi kompleksdagi vodorod nonini siqib chiqarib, uning o’rnini oladi, siqib chiqarilgan erkin vodorod esa eritmaga o’tib, kislota hosil qiladi. Kuchsiz kislota va kuchli asos tuzlarining singdiruvchi kompleksdagi vodorod ionlarini siqib chikarishi natijasida gidralitik kislotalilik paydo bo’ladi. tuproq kislotaliligi yuqori bo’lsa, tuproq oxaklanadi.

Tuproqning agronomik xossalari - tuproqning o’simliklarning urug’dan unib chiqishi, o’sishi, oziqlanishi va hosil qilishiga imkon beradigan xossalari. Bu xossalar tuproqning mexanik organik hamda mineral tarkibi, strukturasi, fizik va fizik-mexanik xossalari hamda singdirish qobiliyati va reaksiyasiga bog’liq. Qumoq tarkibli tuproqning agronomik xossasi eng yaxshi, chunki bunday tuproq yuzasida yog’indan keyin qatqaloq hosil bo’lmay, suv, havo, issiqlik hamda oziq. rejimlari eng muvofiq holda bo’ladi, shu sababli unda fiziq fizik-mexanik fizik-kimyoviy va bioximiyaviy prosesslar uchun qulay sharoit vujudga keladi. Mexanik tarkibiga ko’ra, og’ir soz hamda qumli va qumoq tuproqlarda suv, havo va issiqlik rejimi, shuningdek agrotexnika sharoiti noqulayligidan agronomik xossalar ham yaxshi bo’lmaydi. Qumoq tarkibli serchirindi va donador strukturali tuproqdagi sharoit o’simliklar hayoti uchun qulay, uning agronomik xossalari ham yaxshi. Tuproqning fiziq kimyoviy va bioxi­miyaviy xossalari mo’tadil bo’lsa, agronomik xossalari ham yaxshi bo’ladi.

Tuproqning fizik xossalari - tuproq hajm og’irligi va kovakligi. Tuproqning sof- ma’lum hajmdagi tuproq qattiq qismi og’irligining shunday hajmdagi iliq (4°) suv og’irligiga bo’lgan nisbati. Tuproqning sog’lomligi uning organik va mineral tarkibiga bog’liq. Yengil tog’ jinslaridan paydo bo’lgan serchirindi tuproqning s.. 2,2-2,6; og’ir tog’ jinslaridan paydo bo’lgan va chirindisi kam tuproqlariiki esa 2,9, shuning uchun o’rta hisobda 2,5-2,6 olinadi. Tuproqning hajm og’irligi-tabiiy holati saqlangan ma’lum hajmdagi tuproq og’irliginiig shunday hajmdagi suv og’irligiga bo’lgan nisbati. Hajm og’irligi tuproqning organik va mineral tarkibiga, xususan, uning strukturasiga, shuningdek ishlanish darajasiga bog’liq. Hajm og’irligi tuproqning turiga va qatlamlariga qarab, 0,9 dan 1,8 gacha bo’ladi, shuning uchun o’rta hisobda u 1,5-1,6 olinadi.

Tuproqning solishtirma va hajm og’irligini aniqlash dehqonchilikdagi bir qancha masalalarni hal etishda va tuproqning tarkibiy qismini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Tuproqning kovakligi. Tuproq tarkibidagi mehanik zarralar va agregatlar bir-biriga qirralari bilangina yopishganligi tufayli, har qanday tuproq ma’lum miqdorda kovak bo’ladi. Qovaklikning turi va hajmi tuproqning strukturasi va zichligiga bog’liq. Tuproq qanchalik strukturali bo’lsa, kovaklikning umumiy hajmi shunchalik ortadi, chunki strukturali tuproqda zarralar aro bo’shliqdan tashqari, agregatlar orasida va ichida ham bo’shliqlar bor. Tuproqning kovakligiga uning mexanik va organik tarkibi ham ta’sir etadi. Qumli tuproqga qaraganda qumoq tuproq, organik qoldiqlari kam tuproqqa qaraganda chirindisi ko’p tuproq kovakligining umumiy hajmi ortiq. Partov yerlardagi tuproq ustki qatlamining kovakligi ekin ekiladigan yerlar­dagi tuproq ustki qatlamining kovakligidan ancha kam. Ko’pchilik tuproq kovakliginipg umumiy hajmi 50-55%. Tuproq kovakligi kapillyar va nokapillyar bo’ladi. Tuproqniig mexanik tarkibi za strukturasiga qarab, ba’zi tuproqlarda ka­pillyar, ba’zilarida esa nokapillyar kovakliq Kapillyar kovaklik mayda zarralar va mikroagregat oralig’ida, nokapillyar kovaklik esa yirik zarralar va mikrostruktura elementlari oralig’ida vujudga keladi. Tuproqda kapilyar va nokapilyar kovaklar baravar nisbatda bo’lganda suv, havo va boshqa moddalarning xarakati uchun qulay sharoit tug’iladi. Tuproqning kovakligiga odatda prosent bilan ifodalanadi va formula yordamida aniqlanadi. Bunda R-kovakliq d-tuproqning solishtirma og’irligi, d1-tuproqning hajm og’irligi.


§1.2.TUPROQLARNI TAHLILI, XOSSA VA XUSUSIYATLARINI ANIQLASH
Tuproqning xolatini aniqlash va uning unumdorligini oshirish uchun ular tarkibini va xossa hamda xususiyatlarini aniqlash ishlari ya’ni tuproqlar tahlil qilinadi.

Mexanik kimyoviy, mineralogik va mikrobiologiya analizlar o’tkaziladi. Mexanik analizda tuproqdagi har xil diametrli zarralarning miqdori aniqlanadi. Analiz zlak va tomizg’ich (pipetka) yordamida o’tkaziladi. Tuproqdagi fizik gil (zarralari 0,01 mm dan kichik) va fizik qum (zarralari 0,01 mm dan katta) miqdoriga qarab, tuproq mexanik tarkibi bo’yicha biror turga (masalan, o’rtacha qumoq yoki qumloq tuproqqa) kiritiladi.Kimyoviy a n a l i z da tuproqiing kimyo­viy tarkibi aniqlanadi, Asosiy bo’limlari: umumiy yoki elementlar analizi-tuproqdagi karbon (S), volfram (W), silisiy (Si), alyu­miniy (AI), temir (Fe), kalsiy (Sa), magniy (Mg), fosfor (R), oltingugurt (S), kaliy (K), natriy (Na), marganes (Mp) kabi elementlarning umumiy miqdorini aniqlashga imkon beradi; tuproqning suv so’rimi analizi tuproqdagi suvda eriydigan moddalarning miqdorini, o’g’itlarga talabini va tuproq tarkibidagi zararli birikmalarni aniqlash imkonini beradi. Mineralogi kanalizda tuproqdagi birlamchi va ikqilamyai minerallar miqdori aniqlanadi, tuproqning gepezisi va fizik-kimyoviy xossalari o’rganiladi. Mikrobiologik analizda tuproq mikroflorasining turlari o’rganilib, tuproqning bioximiyaviy va biologik aktivligi haqida xarakteristika beriladi. Tuproq mikroorganizmlari: bakteriyalar, aktinomisetlar, zamburug’lar, shuningdek tuproq suv o’tlari, eng sodda jonivorlar asosiy vakillarining miqdori aniqlanadi. Tuproqdan aniq natijalar olishda daladan tuproq, namunalari olib, ularni to’g’ri saqlash muhim rol o’ynaydi. Tuproq genezisini o’rganish uchun tuproqning har bir qavatidan yoki dalaning bir necha joyidan namuna olinadi. Tuproq analiz natijalaridai tuproq kartalari tuzishda, shuningdek tuproqning agroximiyaviy xossalarini tekshirishda foydalaniladi.



1. Tuproq tarkibini elash usuli bilan aniqlash.

Kerakli jixozlar: teshiklari har xil kattalikdagi maxsus (2-rasm), har xil tuproq namunalari, tosh-tarozi. Xar xil tuproqlardan tarozida 100 g dan tortib oling va ularni teshiklari xar xil kattalikdagi ustma-ust qo’yilgan elaklarga soling (eng ustiga yirik teshikligi, so’ng mayda teshikligi) va ularni elab ajratyng. Birinchi elakda eng yiriq ikkinchi elakda undan maydaroq uchinchisida esa qum va chang zarralari ajraladi. Birinchi va ikkinchi elakdagi tuproqlarni tarozida tortib, uning og’irligini daftaringizga yozib qo’ying.

Qum bilan changni bir-biridan ajratish uchun staqandagi suvga oxirgi elakdagi tuproqni solib, yaxshilab aralashtiring va uni tindiring. Stakan tagiga qum cho’kadi, sung loyqa va eng ustiga suv ajralib chiqadi.

2. Xar xil mexanik tarkibli tuproqlarni aniqlash.

Kerakli jixozlar: soz, qumoq, qumloq va qumli tuproqlar, lupa.

Birinchi jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib soz, qumoq va qumli tuproqlarni aniklang.

1- jadval.

Xar xil mexanik tarkibli tuproqlarni aniqlash.


Tuproqlar

Barmoqlar orasida ishkalaganda

Lupada ko’rganda

Quruq xolatda

Nam holatda

Ezilgan yoki dumaloqlanganda

Soz tuproq

Juda mayin, bir xil kukun

Yirik kum zarrachalari ko’rinmaydi

Juda zich

Qovushqoq,

Uzun arqonsimon cho’zish va dumalash mumkin

Qumoq tuproq

Xar xil, kukun

Chang zarrachalari orasida kumlari kurinadi

Zich

Qovushqoq

Uzun arqonsimon, cho’zilmaydi, dumaloqlash mumkin, lekin yoriladi

Qumloq tuproq




Kum zarrachalari ko’p, chang zarrachalari kam

G’ovak

Kovushqoq emas

Uzun arkonsimon chuzilmaydi, dumaloqlanmaydi

Qumli tuproq




Kum zarrachalari juda ko’p




Sochilib turadi

Cho’zilmaydi, dumaloqlanmaydi

3. Tuproq tarkibidagi chirindini kuydirish yo’li bilan aniqlash

Kerakli jihozlar: tuproq namunalari, spirt lampa, sim to’r, chinni kosacha.

Chinni kosachaga bir osh qoshiq tuproq solib shtativning sim to’ri ustiga joylashtiring va spirt lampada kizdiring, bunda siz nimani kuzatasiz?

Tuproqdagi o’simliq hayvon qoldiqlari va chirindi moddalar kuyib tutay boshlaydi. Tuproq avval sarg’ayadi, so’ng oqaradi.

4. Tuproqning suv o’tkazuvchanligini aniqlash.

Kerakli jixozlar: shtativ, uzunligi 12-16 sm, diametri 2-3 sm keladigan uchta shisha silindr, filtr koroz, doka va xar xil tuproq. namunalari.

Uchta silindrning xar biriga 8-10 sm qalinlikda: birinchisiga yirik zarrachali- ikkinchisiga qumli va uchinchisiga changli tuproq solib, ularni shtativga o’rnating. Hammasiga bir vaqtda suv quying va suvning tuproq orqali o’tishini kuzating. Qaysi idishdagi suv tez o’tib ketsa, uning o’tkazuvchanligi yaxshi xisoblanadi. Yirik zarrachali tuproqlardan suv tez, changli tuproqlardan esa sekin o’tadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə