O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., A. A. Kushakov., G. M. Axmedova mehnat ta’limining qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi


§2.3.KULTIVATOR OZIQLANTIRGICHLARNING VAZIFASI, TUZILISHI VA ISHLASHI



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/13
tarix24.04.2018
ölçüsü0,64 Mb.
#40123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
§2.3.KULTIVATOR OZIQLANTIRGICHLARNING VAZIFASI, TUZILISHI VA ISHLASHI
KPH-4,2, KOP-4,2 kultivator-o’simlik oziqlantirgichlari asosan KON-2.8 PM kultivatori kabi tuzilgan.

KON-2,8PM kultivatorini ishga tayyorlashda u o’simlik qatorlari va himoya zonasining kengligi chizilgan (10-rasm) tekis maydonchaga o’rnatiladi. Traktorda talab qilingan koleya kengligi o’rnatiladi. So’ngra kultivator traktorga o’rnatiladi va qalinligi tuproqni yumshatish chuqurligiga teng bo’lgan brusga chiqariladi. Traktorning o’rnatma sistemasi markaziy tortqisi va o’ng kashagi uzunligini o’zgartirib kultivator brusiyiyg yuqorigi tokchasi gorizoital vaziyatga keltiriladi. Kultivatorning seksiyalari va ularning ish organlari belgiga muvofiq o’rnatib chiqiladi.

Tayanch va moslanuvchan gildiraklar ostiga qalinligi yumshatish chuqurligiga teng bo’lgai g’ildiraklarni. tuproqqa botishini hisobga olib 20...30 mm kamaytirilgan yog’och bruschalar qo’yiladi. Taranglash gaykasiii aylantirmb seksiyaning yuqorigi zvenosi uzunligini o’zgartirish yo’li bilan gryadillar gorizontal vaziyatga o’rnatiladi. Ish organlari ularning chekka nuqtalari himoya zonasi chegarasidan chetga chiqmaydigan qilib mahkamlanadi. Begona o’tlarni to’la-to’kis qirqish uchun tig’li panjalar va o’q-yoysimon panjalar qator oralarida 30...60 mm chiqarib o’rnatiladi.

Ish organlarini gryadil uzunligi bo’ylab joylashtirishda o’toq qiluvchi panjalar o’simlik qoldiqlarn va tuproqqa erkin kirishi uchun ularning qanotlari orasi kamida 30 mm qilib o’riatiladi. Tuproqqa yaxshi moslanishi uchun okuchnik seksiyaning g’ildiragiga yaqinroq joylashtiriladi.


§2.4.G’O’ZA QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISH MASHINALARI
G’o’za qator oralariga ishlov berishda chopiq traktorlariga o’rnatiladigan kultivator-oziqlantirgichdan foydalaniladi. Chigit to’rt qatorli seyalka bilan kengligi 60 sm li kilib ekilgan dalalarda T-28x4M markali (ketingi g’ildiraklar orasi 2400 mm) chopiq traktoriga o’rnatiladigan KRX-4 kultivatori, qator orala-rining kengligi 90 sm bo’lgan dalalarda T-28x4M (ketingi g’ildiraklar orasi 1800 mm) traktoriga o’rnatiladigan KRX-3,6 kultivatori va MTZ-80X traktoriga o’rnatiladigan KRT-4 kultivatori ishlatiladi. Sanoatimiz 1984 yildan boshlab KXU-4 markali universal kultivator-oziqlantirgich ishlab chiqarmoqda. Universal kultivtor g’o’za qatorlari orasiga ishlov berishga mo’ljallangan; uni qanday traktorga o’rnatilganligiga qarab, to’rt qatorli chigit seyalkasi bilan ekilgan 90 sm li qatorlar orasida qam, 60 sm li qatorlar orasida ham ishlatish mumkin. G’o’zalarni parvarish qilishda kultivator-oziqlantirgich quyidagi ishlarni bajaradi: qatorlarning himoya zonasidagi qatqaloqni yumshatadi; qatorlar tuprog’ini yumshatadi; begona o’tlarni yo’kotadi (ildizni kirkadi); g’o’zalar vegetasiya davrida sug’orilgandan keyin qatorlar orasiga ishlov beradi; qator (pushta) larning yon tomonlariga va qator­lar orasidagi egatchaning o’rtasiga mineral o’g’it sepadi; sug’orish egatlari ochadi. Kultivatorning turli ish organlarini baravar ishlatish yo’li bilan bir kancha texnologik operasiyalarni bir yo’la bajarish, masalan, sug’orish egatlari ochish vaktida o’g’it solib ketish, tuproq, yuzidagi katkalok bilan birga qatorlar orasini ham yumshatib ketish mumkin va xokazo.

KRX-4 markali kultivator-oziqlantirgich. KRX-4 markali kultivator-oziqlantirgichdan to’rt qatorli seyalkalar bilan kengligi 60 sm qilib ekilgan g’o’za qatorlari orasiga va boshqa chopiq talab ekinlarga ishlov berish, shuningdek, tuproqqa mineral o’g’itlar va ularning ara-lashmasini sepish maksadida, foy-dalaniladi. KRX-4 kultivatori T-28X4M markali traktorlarga ayrim uzellarini, detallarini o’rnatib ishlatiladi. KRX-4 kultivatoriga tuproqqa mineral o’g’itlar va ularning aralashmalarini sepadigan moslama o’rnatilgan. Bu moslama o’g’itlash apparatlari, yuritish mexanizmi, o’g’it o’tkazgichlar va o’g’itni tuproqqa ko’madigan ish organlaridan iborat. O’g’itlash apparatlarini traktorning yon tomondagi kuvvat olish vali harakatlantiradi. Gryadillarning hammasi parallel vaziyatda ko’tariladigan kilib to’rt zvenoli osmaga o’rnatilgan hamda gryadillarni ko’taradigan povodokli sistemasi va tayanch g’ildiragi bor; povodoklar sistemasidagi prujina ish organlarini tuproqqa botirish uchun xizmat qiladi, tayanch g’ildirak esa ish organlarining tuproqqa botish chuqurligini cheklaydi. Kultivator ish organlarining stoykalari gryadilga tutkichlar va kulflar yordamida mahkamlanadi. Kultivator har xil ishlarni bajara olishi uchun almashma ish organlari bilan ta’minlangan

KRX-3,6 markali kultivator-oziqlantirgich. KRX-3,6 kultivatoridan to’rt qatorli seyalka bilan ekilgan kengligi 90 sm li g’o’za qator oralariga va boshqa chopiq talab ekinlarga ishlov berish, shuningdek, oziqlantirish davrida tuproqqa mineral o’g’itlar va organikmineral o’g’itlar aralashmalari solish maksadida foydalaniladi. Bu kultivator T-28X4M markali (еtakchi g’ildiraklarining orasi 1800 mm) traktorga ayrim uzellar, detallar yordamida o’rnatiladi. Ish organlari chiqarma gidravlik silindrlar yordamida tuproqqa botiriladi va transport holatiga ko’tariladi. O’g’itlash apparatlarini traktorning yon tomonidagi kuvvat olish vali aylantiradi. KRX-3,6 markali kultivator-oziqlantirgich tuzilishi jihatidan KRX-4 kultivatoriga o’xshaydi.



KRT-4 markali kultivator-oziqlantirgich. Bu kultivator ham to’rt qatorli seyalkada ekilgan kengligi 90 sm li g’o’za qatorlari orasiga va boshqa chopiq talab ekinlarga ishlov berishga mo’ljallangan. KRT-4 markali kultivatorning KRX-3,6 kultivatoridan farqi shuki, u 1,4 t.k. klassiga mansub bo’lgan MTZ-80X markali traktorga o’rnatiladi. Kultivator-oziqlantirgich traktor ramasiga bikr o’rnatilgan osma agregat kuroldir. U oldingi va ketingi seksiyalar, ular biriktiriladigan kronshteynlar, to’rtta o’g’itlash apparati, ish organlari joylanadigan gryadillar, traktor g’ildirak va gryadillarning himoya to’siqlari (obtekatellar) almashma ish organlari va ularni gryadillarga biriktiradigan qulflardan tashkil topgan. Hamma gryadillar ish organlarini parallel ko’tarish sistemasi, tayanch g’ildiraklar (ish organlarining tuproqqa botish chuqurligini cheklaydi) va olinadigan shtangalar bilan jihozlangan. Oldingi seksiyaga marzalarni tutashtiradigan ish qismi biriktiriladigan ikkita g’ildirakoldi gryadili va to’rtta (qo’shaloq) g’ildirakoldi gryadili, ketingi seksiyaga esa to’rtta (qo’shaloq) markaziy gryadil va еtakchi g’ildiraklar izini yumshatuvchi ikkita gryadil o’rnatilgan. Ish organlarini tuproqqa botirish va transport xolatga ko’tarib qo’yish vazifasini traktorning gidronasosi bilan bog’liq bo’lgan ikkita chiqarma gidravlik silindri bilan bitta asosiy gidravlik silindri bajaradi.
§2.5.AVTOMOBILLARNI KLASSIFIKASIYASI, VAZIFASI, UMUMIY TUZILISHI VA ISHLASHI
Avtomobil (avto. va lat. mobilis - harakatchan)-dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan transport vositasi. Relssiz yo’llarda odam va yuk tashishga mo’ljallangan. Tarixi. 1751-52 yilda Nijegorod gubernyasining dehqoni Leontiy Shamshurenko ikki kishi oyog’i bilan yurgiziladigan aravacha qurdi. Rus ixtirochisi I.P.Kulibin bir qator muhim mexanizmlarni masalan, uzatmalar qutisini taklif qildi, bu mexanizmlar yanada rivojlantirilib hozirgi Avtomobillarda ham ishlatilmoqda. Bug’ mashinasi paydo bo’lpshdan keyin ixtirochilar undan mexanik arava uchun foydalanishga harakat qildilar. 1769-70 yillarda fransuz harbiy injeneri N.J.Kyuno artilleriya to’plari uchun 3 g’ildirakli bug’ aravasi qurdi. Angliyada 1802 yilda Trevitnik bug’ mashinasi o’rnatilgan Avtomobil qurdi. 1830 yilda Peterburg ustasi K.Yankevich bug’ avtomobillariga temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz quvurli bug’ qozoni o’rnatishni birinchi bo’lib taklif etdi. Akkumulyatordan tok olib ishlaydigan elektr dvigatelli Avtomobillar bilan ham ko’pgina tajribalar o’tkazildi. Ichki yonuv dvigatellari ixtiro etilgandan keyingina Avtomobillar muntazam rivojlantirila boshlandi. Avtomobillarga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar o’rnatish sohasida turli mamlakatlarning ko’pgina ixtirochilari ish olib bordilar. Rossiyada 18-asrning 80- yillarida O. S. Kostovich benzin bilan ishlaydigan еngil dvigatel qurdi. 1885- 86 yillarda Germaniyada Daymler benzin bilan ishlaydigan dvigatelni motosiklga, Bens esa uch g’ildirakli Avtomobilga o’rnatdi. Avtomobilni rivojlantirishda temir shinalar o’rniga yaxlit rezina shinalar, 1890 yilda pnevmatik rezina shinalar ishlatila boshladi. Avtomobil ishlab chiqarish dastlab Fransiyada rivojlandi. 1892 yilda avtomobilning o’rtacha tezligi soatiga 24 km.dan oshmagan bo’lsa, 1895 yilda soataga 69 km ga еtdi. 19- asrning oxiridan AQShda ham avtomobil ishlab chiqarila boshladi. Avtomobil konstruksiyasiga rus ixtirochilari katta hissa qo’shdilar. 1908 yilda avtomobillar Rigadagi Rus Boltiq zavodida ishlab chiqarila boshlandi, ammo atigi 450 avtomobil ishlab chiqarildi. avtomobilning transport, maxsus va poyga xillari bor. Transport avtomobillari: еngil avtomobil, avtobus va yuk avtomobillariga bo’liiadi. Max­sus avtomobil ma’lum ishlar uchun mo’ljallanadn va tegishli asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. Ut o’chirish avtomobillari, еmish tashish avtomobillari, sani­tariya avtomobillari, suv sepadigan avtomobillar, axlat tashiydigan avtomobillar, avtovishkalar, avtokranlar, avtoyuklagichlar va boshqalar maxsus avtomobillar jumlasidandir. Poyga avtomobillari avtomobil sportida ishlatiladi. Avtomobil o’tuvchanligi jihatidan tekis va qiyin yo’llardan yuradigan xillarga bo’linadi. Avtomobilning barcha asosiy mexanizmlarni to’rt gruppaga: dvigatel, kuch uzatmasi (transmissiya), boshqarish mexanizmlari va yurish qismiga bo’lish mumkin. Avtomobil tarkibiga kuzov ham kiradi. Dvigatel, ko’pincha, avtomobilning old qismiga o’rnatiladi ammo dvigateli orqaga o’rnatilgan avtomobillar ham bor: masalan, «Zaporojes» еngil mashinasi. avtomobillarga, asosan, еngil yonilg’i (benzin) bilan ishlaydigan (karbyuratorli) dvigatellar o’rnatiladi. Katta yuk avtomobillariga og’ir yonilgi (kerosin, ligroin va boshqalar) bilan ishlaydigan dvigatellar o’rnatiladi. Karbyuratorli dvigatellarda yonuvchi aralashma (ish aralashmasi) elektr uchqunidan o’t oldiriladi, og’ir yonilg’i bilan ishlaydigan dvgatellardg esa yonilg’i siqish natijasida qizib, o’z-o’zidan yonib ketadi. Dvigateldan quvvat avtomobil еtakchi gildiraklariga kuch uzatmasi (transmissiya) mexanizmlari orqali uzatiladi. Kuch uzatmasi mexanizmlari jumlasiga friksion mufta, uzatmalar qutisi, kardan uzatma, asosiy uzatma, differensial va yarim o’qlar kiradi. Quvvat dvigatelning tirsakli validai frik­sion muftaga, undan uzatmalar qutisiga, uzatmalar qutisidan kardan uzatmaga, undan esa asosiy uzatmaga beriladi; quvvat asosiy uzatmadan differensial va yarim o’qlar orqali avtomobil еtakchi gildiraklariga o’tkaziladi.

Avtomobil dvigateli avtomobilni harakatga keltiruvchi qurilma hisoblanib 4, 6, 8 va 12 silindrli bo’lib, ular bir qator- yoki «V» tartibida joylashtiriladi. Karbyuratorli dvigatel porshenlari, ko’pincha, alyuminiy qotishmalaridai dizellarnikn esa cho’yandan quyiladi. Elektr uchquni bilan o’t oldiriladigan hozirgi zamon avtomobil dvigatellari to’rt taktli, dizellar esa to’rt va ikki taktli bo’ladi. Avtomobil dvigateli quyidagi mexanizm va sistemalardan tuzilgan: 1) krivoship shatunli mexanizm (porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantiradi), 2) gaz taqsimlash mexanizmi (silindrni ish aralashmasi (yoki havo) bilan ta’minlaydi va yonish mahsulotlarini chiqarib tashlaydi), 3) sovitish sistemasi (dvigatelning qizigan detallarini sovitadi va ularning temperaturasini zarur darajada saqlab turadi), 4) moylash sistemasi (dvigatelning barcha ishqalanuvchi detallarini moylab, еyilishini kamaytiradi), 5) ta’minlash sistemasi (karbyuratorli dvigatelda yonuvchi aralashma tayyorlab, uni silindrlarga kiritadi, dizellarda esa silindr ichiga yonilg’ini purkaydi va havo kiritadi), 6) o’t oldirish sistemasi (karbyuratorli dvigatelda silindr ichidagi ish aralashmasini yondiradi).

Keyingi yillarda zavod bu modelni takomillashtira bordi. 1969 yilda GAZ-24 markali yangi mo­delni ishlab chiqara boshladi GAZ-24 ga quvvati 72 ket (98 o k.) bo’lgan 4 taktli, 4 silindrli dvigatel o’rnatilgan. «Volga»ni soatiga 145 km gacha tezlik bilan haydash mumkin; 100 km yurganda 11-13 l yonilg’i sarflanadi.

O’zbekistonda Samarqand shahrida yo’lovchi va yuk tashishga mo’ljallangan

Mamlakatimizda Asaka shahrida еngil avtomobil ishlab chiqaradigan zavod faoliyat kursatmoqda.Ushbu zavodda еngil avtomobillarning “Daеvo” va “Shevrolet” markalari ostida neksiya,damas,matiz, tiko,lasseti va nomlardagi turlari ishlab chiqarilmoqda. Quyidagi 6-rasmda zavodda ishlab chiqarilayotgan еngil avtomobillarni ko’rinishi va tavsifi ko’rsatilgan. Samarqandda vtomobillar chiqaradigan zavod ishlamoqda.Quyidagi rasmlarda zavodda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning tavsiflari keltirilgan (8,9-rasm).





§2.6.QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI SUG’ORISHDA ISHLATILADIGAN MOSLAMA VA MASHINALAR
Ekinlarni normal sug’orish, suvni texnika va qo’l mehnatini еngillashtirish maqsadida turli sug’orish moslama va mashinalari ishlatiladi.

Solma - ekin maydoniga suv uzatuvchi maxsus moslamavtomobil Qadimgi Xorazm vohasida qo’llanilgan. Uning katta-kichikligi sug’oriladigan еrning hajmiga bog’liq bo’lgan. Solmaning boshlang’ich qismiga «tungurtqa» (yog’och quvur) o’rnatilgan. Katta ariqdan ekin maydoniga suv uzatuvchi Solmi «oyoq solma» va chig’iriqdan tushgan suvni tarqatuvchi Solma«chig’ir solma» deb atalgan. Solma Xorazmning ba’zi joylarida hozir ham mavjud.



Nasos-suyuqliqlarni bosim ostida so’rish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik mashina, apparat yoki asbob). Suyuqliqlarni bosimsiz harakatlantirish uchun mo’ljallangan qurilmalar suv ko’tarish mashinalari deb ataladi. Nasosning asosiy parametri - ma’lum vaqt ichida (vaqt birligida) xaydaladigai suv miqdori. Ba’zi Nasoslar uchun bosim (R yoki N), iste’mol quvvati N va foydali ish koefisenti ham muhim. Qadimgi zamonlarda ham Nasos yaratishga urinilgan. Masalan, qadimgi O’rta Osiyo teritoriyasida charxpalaklar yordamida suv chiqarishgan. 19-asr o’rtalarida porshenli bug’ nasoslari keng ishlatila boshladi. Shu davrda parrakli nasos ham paydo bo’ldi. 20 asrni 20-30-yillaridan boshlab, ba’zi sohalarda porshenli nasos o’rniga markazdan qochma, rotorli nasoslar ishlatila boshladi nasos, asosan, parrakli, uyurma va hajmiy xillarga, bular esa yana bir necha turlarga bo’linadi. Parrakli nasos dvigateli g’ildirakni aylantirganda parraklari suyuqliq, oqimiga ta’sir qiladi va uni harakatlantiradi. Parrakli nasosning markazdan qochma (q. Markazdan qochma nasos), diagonal va o’q xillari bor. Bular suyuqliqni so’rish xususiyatiga ega bo’lmagani uchun ularni yurgizib yuborishda so’rish trubasi va g’ildirakka suyuqliq quyiladi. Parrakli nasos 1- 2500 m suyuqlik, ustuniga teng bosim kerak bo’lgan joylarda ishlatiladi. F. i. k.- 90- 92%. Uyurma nasosda dvigatel energiyasi uyurma hosil qiladi; uyurma suyuqliqni ilashtirib, harakatlanishga majbur qiladi. Uyurma nasos qovushoqligi kam suyuqliqlarni haydash uchun quvvati bir necha kvt dan osh-maydigan stasionar va ko’chma qurilmalarda ishlatiladi. Bosimi parrakli nasosga qaraganda 2-10 marta ortiq, foydali ish koefisenti i. k.- 25-50%. Hajmiy nasosda suyuqlik, nasosning berk bo’shlig’idan truboprovodlarga porshen (plunjer), shesternya, vint, kulachok va boshqalar ta’sirida o’tkaziladi. Nasosga kirayotgan va undan chiqayotgan suyuqliqning solishtirma eiеrgiyalari farqi bosim deyiladi. Hajmiy nasosning por­shenli (plunjerli), membranali ( Mem-branali nasos), rotorli va boshqa xillari bor. Porshenli nasosda suyuqliq, ish kameralari hajmining o’zgarishi hisobiga harakatlanadi. Porshen o’nga harakatlanganda nasos ish kamerasinnng hajmi ortadi, bosim esa pasayadi, natijada so’rish truboprovodidan chiqayotgan suyuqliq kamerani to’ldiradi. Porshen chapga harakatlanganda kamera so’rish trubo­provodidan ajralib, bosim truboprovodi bilan birikadi va u orqali yuqorigi rezervuarga tutashadi. Shu vaqtda ish kamerasining hajmi kichrayadi va undan suyuqliq bosim truboprovodi orqali rezervuarga haydaladi.



Plastinkali nasos, shiberli nasos - hajmiy rotorli nasosning bir turi; ish organi - rotorida bo’ylama o’yiqlari bo’ylab plastinkasimon shiberlar bo’ladi (10-rasm).Shiberlar korpus devorlariga markazdan qochma kuch, prujinalar bilan yoki rotor o’qi tomonidan keladigan suyuqlik bosimi ostida siqiladi. Rotor aylanganda kuraklar ostidagi (shibor). bosim pasayadi, natijada suyuqlik suriladi; kuraklar ostidagi boshqa bo’shliq esa kichrayib, suyuqlikni bosim truboprovodiga haydaydi.

Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda ishlatiladigan ariq kovlagich va tekislagichning 11-rasmdagi sxemada tuzilishi ko’rsatilgan. Mashinaning ishchi qismlariga qo’sh ag’dargichli ariq kovlagich, ariq ko’mgich va ikkita o’qariq olgichlar kiradi. Mashinaning ariq oluvchi qismi chopiq traktorining orqasiga, ariqni tekislaydigan ko’mgichini traktorning oldiga o’rnatib ishlatiladi. Olinadigan ariq chuqurligi vintli tortqichlar bilan sozlanadi. Ramaga ko’ndalang qo’yilgan brusga gryadil ular o’rnatilib, ularga o’qariq olgich biriktiriladi. Gryadilning orqa qismi g’ildirakka tayanib turadi. Uqariq olgich ko’ndalang brus bo’yicha siljitilib, ariq bilan o’qariq orasidagi masofa 110 sm gacha o’zgartiriladi. O’qariklarni ariqni kovlash bilan bir vaqtda yoki alohida olish mumkin. Ko’mgich ikkita, bir-biriga teskari qaratilib o’rnatilgan surgichlardan va ularning o’rtasiga mahkamlangan yoyish taxtasidan iborat. Ko’mgichni traktorga nisbatan o’rnatish balandligi vintlar hamda ko’tarib-tushirish esa gidrosilindr 3 yordamida bajariladi. Ko’mgich surgichlarini buldozer surgichidek o’rnatib foydalanish mumkin.

Universal ariq kovlagich-ko’mgich ariq kovlash, uni ko’mish, uvatni yasash va uni tekislash, urug’ ekishdan oldin еrni tekislash va tuproqni chizellash kabi ishlarni bajara oladi. Ishchi qismlar to’plami uch variantda tayyorlanadi. Bu mashina (12-rasm) universal rama 1 ga ega bo’lib, bajariladigan ishga qarab, unga yuqoridagi ishchi qismlarning tegishlisi o’rnatiladi. Ishchi qismlarning tuproqqa ishlov berish chuqurligi ikkita tayanch g’ildirak yordamida sozlanadi. G’iddiraklarning balandligi tishli sektor 2 dagi stopor yorda­mida belgilanadi. Har bir g’ildirak rama uzaytirgichi 10 ga nisbatan uchta holatda o’rnatilishi mumkin. Ariq kovlagich ish vaqtida chang’i 5 ga tiralib yuradi. Ariq chuqurligi 30 sm kovlansa, tubining kengligi 50 sm qilinadi, agar chuqurligi 25 sm kovlansa, tubining kengligi 30 sm bo’lishi mum­kin. Ariqning yuqoridagi o’lchamlarini ta’minlash uchun kovlagichga tegishli pichoq va lemex o’rnatiladi. Ariqni ko’mish uchun rama uzaytirgich 10 hamda orqa balkaga surgich 7larni keng tomoni oldinga qaratib o’rnatiladi (12-b rasm).

Surgich 7larning oxiriga, harakat yo’nalishiga perpendiku­lyar qilib silliklovchi taxta 8 va zichlovchi g’altak 9 o’rnatiladi. Surgichlarning boshini bir-biriga 210; 250 yoki 280 sm qilib qo’yish mumkin. Tuproqni uvat ko’rinishida uyumlash uchun (20- v rasm), surgich 7lar ariq ko’mishdagidek o’rnatiladi. Surgichlarga uzaytirgich 12 lar biriktiriladi, taxta va g’altak qo’yilaydi. Surgich uchlarining oralig’i maksimal, ya’ni 280 sm qilib qo’yiladi. Agregat ilgarilab yurganida, 12...20 sm chuqurlikdagi tuproqni surgichlar orqaga siljitib, balandligi 40 sm, asosining kengligi 90 sm bo’lgan uvatni yuzaga keltiradi. Uvatni tekislash uchun (12-g rasm) surgich uzaytirgichining joyi almashtiriladi, surgichlarning boshini birlashtirib biriktiri­ladi. Chizel-kultivator variantida (12- rasm) tishlar 12...25 sm chuqurlikda pog’onalab o’rnatiladi. Ramada tishlar „shaxmat" tartibida joylashtiriladi. Chizelning qamrov kengligi 3 m.


§2.7. EKINLARNI YOMG’IRLATIB SUG’ORISH AGREGAT VA MASHINALARI
Yomg’irlatib sug’orishda tomchilar diametri 1...2 mm dan oshmasligi lozim, chunki yirik zarrachalar ekinga mexanik zarar keltirishi, tuproqni zichlashi, suv tuproqqa shimilib ulgurmasdan, ko’lmak hosil qilishi mumkin. Yomg’irlatish jadalligi, tuproqning suvni shimib olish xususiyatiga bog’liq. Qumloq еrlarda yomg’irlatish jadalligi 0,5...0,8 mm/min, o’rta tuproq uchun 0,2...0,3 mm/min, og’ir tuproq uchun 0,1...0,2 mm/min dan oshmasligi kerak, aks holda suv ko’lmaklanib qoladi. Yomg’irlatib sug’orish uchun har xil turdagi tizimlardan foydalaniladi. Har qanday yomg’irlatish tizimi nasos stansiyasi, quvurlar, gidrooziqdantirgich, suvni dala bo’ylab taqsimlash tuzilmalaridan iboratdir. Ulardan eng soddasining sxemasi 13- rasmda ko’rsatilgan. Nasos stansiyasi 3 suvni manba 1 dan so’rib olib, magistral quvur 10 ga uzatadi. U qo’zg’almas yoki ish vaqtida ma’lum tezlik bilan harakatlanib turadi. Nasos stansiyalari past bosimli (0,25 MPa), o’rta (0,25...0,50 MPa) va yuqori bosimli (0,5 MPa dan ortikroq) turlarga bo’linadi.

Gidrooziqlantirgich yordamida sepilayotgan suvga o’g’it aralashtirilishi ham mumkin. Suvni yuzalatib sug’orishda sifonlardan keng foydalaniladi. Sifon egri naycha bo’lib, u plastmassadan yasaladi. Uning teshigi 20,25, 32, 40 va 50 mm bo’lishi sababli, sug’orilayotgan dala sharoi-tida kerakli suv miqdorini ta’minlaydigani tanlab olinadi. Sifondan foydalanilsa, jo’yakka beriladigan suvning miqdori o’zgarmas bo’ladi.O’qariq o’rnigauzunligi 100... 120 m keladigan plastmassa quvurlar bir-biriga ulanib, quvurdagi teshiklardan suvni jo’yaklarga еtkazish mumkin. Bunday quvurlar 0,04...0,06 MPa bosim ostida ishlaydi. Quvurdagi teshiklar orasi sug’orilayotgan daladagi qator oralig’iga moslanadi. Ish tugaganidan so’ng, quvurni barabanga o’rab qo’yiladi. Bunday tartibda ishlaydigan traktorga osilgan mashinaning sxemasi 14-rasmda ko’rsatilgan. Uning qismlari: nasos 7, reduk­tor 6, so’ruvchi 8 va haydovchi 9 quvurlar, egiluvchan quvur 10 lar-dir. So’ruvchi quvur 8 ning uchiga filtr kiydiriladi. Haydovchi quvurga suvni teskari tomonga oqmasligi uchun klapan o’rnatilgan. Traktorning tutun chiqaruvchi mo’risi so’ruvchi quvur bilan ejek­tor orqali ulangan.

Traktor lonjeroniga o’rnatilgan ramada baraban - konteyner 3, chig’iriq va ishga tushirish mexanizmi joylashgan. Trosni chig’i-riq 1 o’ziga o’rab, baraban 3 ni aylantiradi va egiluvchan quvurni unga o’raydi. Harakat gidromotor 2 dan olinadi. Har birining uzunligi 120 m, diametri 350 mm bo’lgan 4 ta quvur bitta mashinaga o’rnatiladi. Quvurda har 60 yoki 90 sm oraliqsagi teshiklardan sekundiga 0,2 dan 2,0 litrgacha suv chiqadi. Mazkur mashinaning ish jarayoni uchta operasiyadan iboratdir: egiluvchan quvurni yoyish (14-a rasm); sug’orish (14-b rasm) va quvurni yig’ishtirib olish (14-v rasm). Nasos stansiyasini ishga tushirish uchun teskari klapan bilan haydovchi quvur mo’tlaq yopiladi va ejektor 4 ishga tushiriladi. Traktor motoridan yonib chiqqan gazning katta tezligi ta’sirida ejektor ariqdan suvni so’rib, so’ruvchi quvur va nasosning ichki bo’shlig’ini to’ldiradi, keyin ejektor o’chirilib, nasos ishga qo’shiladi.

Suv sarfi sekundiga 150...200 litrga еtadi, bosimi 0,04...0,05 MPa, qamrov kengligi 300 m. Sug’orish tugagandan so’ng, traktor dala chetida turib, tros bi­lan quvurlarni tortib oladi va uni barabanga o’raydi. Mashinaning yomg’irlatish apparati suvni bevosita tomchilarga aylantiradigan ishchi qismidir. Hosil qilingan suv favvorasining otilish masofasiga qarab, apparatlar yaqin separ (ta’sir radiusi 5...8 m), o’rta separ (ta’sir radiusi 35 m gacha) kabi va uzoq separ (ta’sir radiusi 35 m dan ortiqroq) kabi turlarga bo’linadi. Hosil qilingan tomchilar oqimi shakliga qarab, yakka favvorali va ko’p favvorali bo’lishi mumkin. Apparatning asosiy qismi uchlikdir. Ko’p favvorali apparatda uchliklar suvdan еlpig’ichsimon oqim yasaydilar. Ularga deflektorli, tirqishsimon va markazdan qochirma uchliklar kiradi. Deflektorli uchlik (15-a rasm) uzun qanotli mashinalarda ishlatiladi. Suv otilib chiqadigan jo’mrak o’qining ro’parasiga konussimon deflektor o’rnatilgan. Unga urilgan favvora yoyilib, tarnovsimon plyonkaga aylanib, keyingi tarqalishida tomchilarga bo’linadi. Yuqoriga yoki pastga qaratilib o’rnatiladi. Tirqishli uchlik suvni bir tomonga purkaydi (oddiy po’lat quvurcha pachoqlanib, tor tirqishni tashkil qiladi). Markazdan qochirma uch­lik (15-b rasm) da suv girdoblash kamerasiga urinma yo’nalishida katta tezlikda kirib boradi. Suv kamera qalpog’ining o’rtasidagi teshikdan chikayotganida, kuchli aylanma harakatga kelib, konussimon parda ko’rinishida tomchi­larga parchalanadi. Favvorasimon apparatdan chiqayotgan suv bir nechta assimetriq favvorachalarga ajralib, aylanma harakatda bo’ladi. Bundam apparat qo’zg’almas korpus (15-v, g rasmlar), aylanuvchan jo’mrak, parchalagich hamda jo’mrakni burovchi moslamadan iboratdir (15-d rasm). Favvorasimon apparatdan suv katta (30 m/s gacha) tezlik bilan otilib chiqadi va havoning qarshiligi ta’sirida tomchilarga ajraladi.

Tomchilatib sug’orishda suvni, bevosita har bir o’simlikning iddizi joylashgan joyga еtkazib berilishi nazarda tutiladi. Tom­chilatib sug’orish tizimiga maxsus hovuzlarda tinitilgan suvni so’rib oluvchi nasos 2 ni aylantiradigan elektromotor (16-rasm), suv berkitkich 3, filtr 4, suv o’lchagich 5, manometr 6, suvga mineral o’g’itni aralashtiruvchi oziqlantirgich 7, injektor 8, magistral kuvur 9, taqsimlovchi naychalar 10, tomchilatkich 7 lar kiradi.

Tomchilatib sug’orish tizimidagi bosim 0,07...0,28 MPa bo’lib, arzon naychalardan foydalanish mumkin. Tomchilatkichning konstruksiyasi shunday qilinganki, suv bosimining sezilarli o’zgarishiga qaramasdan bir xil me’yordagi (1,2 l/soat) suvni tomizadi, undan tashqari, suvdagi mikroaralashmalar deyarli tiqilib qolmaydi. Hamma quvur va naychalar qora rangli plastmassadan tayyorlanadi, chunki shu tadbir bilan ularning ichidagi mikroo’simliklar rivojlanishini oldi olinadi. Taqsimlovchi naychalar orasi ekin ekilgan usulga (paxtachilikda 60 yoki 90 sm, bog’dorchilikda daraxtlar qator oralig’iga), naychalardagi tomchilatkichlar oralig’i (pax­tachilikda 0,5 m) sharoitga bog’liqdir. Kerakli vaqt davomida uzluksiz tomchilab to’rgan suv, tuproqning 1 m chuqurlikdagi va diametri 1...2,5 m bo’lgan qismida muvofiq namlikni saqlab turadi. Bevosita ekin ildizi tarqalmagan еrdagi tuproq quruq holatida qolaveradi. Shu sababli tomchilatib sug’orishda suv sarfi 2...4 marotaba kamayishi mumkin. Bundan tashqari, tomchilatib sug’orishda, dalalarni tekislash talab qilinmaydi. Natijada ekin hosildorligi ortib, mahsulot tannarxi kamayadi.

Tizim quyidagi tartibda ishlaydi. Tomchilatkichlar tiqilib qolmasligi uchun suvni tozalashga katta ahamiyat beriladi. Shu sa­babli suvni nasosga berishdan oldin uni deyarli katta hovuzda yaxshilab tindiriladi. Nasos haydayotgan suv bir necha marta mayda qum solingan filtrdan o’tkaziladi. Magistraldagi suv sarfi va bosimi tegishli asboblar yordamida kuzatilib turiladi. Suvga mineral o’g’it va eritilgan mikroelementlar, kerak bo’lsa, gerbisid qo’shilib, tomchilar orqali ekin rivojlanishi uchun optimal sharoit yaratilib, hosildorlikni oshirish mumkin. Bunday sug’orish maxsus kompyuter tizimi yordamida ekinni obdan chanqagan paytini aniqlab, so’ngra amalga oshiriladi.

Yomg’irlatish ustanovkasi qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishni mexanizasiyalash uchun ishlatiladigan mashina, O’ziyurar, osma, ko’chma bo’lishi mumkin. Yomg’irlatish ustanovkasiga suv sug’orish tarmog’i yoki nasos stansiyasidan beriladi. Suv purkash uzoqligi (5-80 m) ga qarab qisqa o’rtacha va uzoqqa purkaydigan xillarga bo’linadi (17-rasm). DDA-YuOMA yomg’irlatish mashinasi. DDA-YuOMA markali yomg’irlatish agregati DT-75 traktori (18-rasm), ikki konsolli fer­ma, fermani traktorga biriktiradigan uzel, so’rish va bosim liniyalari bor nasosli qurilma hamda fermaning qiyaligini keragicha o’zgartirib turadigan gidravlik sistemadan tashkil topgan. Ikki konsolli fermaning ko’ndalang kesimi uch burchak shaklida yasalgan, uning pastki qismi ikkita trubadan iborat bo’lib, ular suv purkash nasadkalariga suv keltiradi. Fermaning yuqorigi qismi cho’zuvchi kuch ta’sirida ishlovchi sterjendan iborat. Shuning uchun bu sterjenning ko’ndalang kesimi fermaning markazidan uchlariga tomon kichrayib boradi. Fermaning pastki qismidagi suv o’tkazuvchi trubalarning diametri ham mashinaning markazidan konsollarning uchi tomon kichrayib boradi. Trubalarga deflektor tipidagi nasadkalar o’rnatilgan. Har bir nasadkadan chikayotgan suv sarfi bir xilda bo’lmog’i uchun nasadkalarning diametri fermaning markazidan konsollarning uchiga tomon oz-ozdan (11 mm dan 13,5 mm gacha) kattalashib boradi. Fermaning o’rta qismida burish doirasi bor; ferma biriktirish uzeliga shu doirasi bilan tayanadi va shu doyra yordamida vertikal o’q atrofida traktorga nisbatan burilishi mumkin. Ferma transport holatga o’tkazilganda uning bo’ylama o’qi traktorning bo’ylama o’qiga to’g’ri keladi, ish holatiga ko’chirilganda esa ferma traktorning bo’ylama o’kiga nisbatan ko’ndalang joylashadi. Fermani biriktirish uzeli to’rtta gidravlik silindrni o’z ichiga oladi; ana shu silindrlarning shtoklariga fermaning burish doirasi tayanib turadi.



Gidravlik silindrlar traktorning transport va ish holatlarida fermaning joylashish qiyaligini keragicha o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Bu esa sug’orish kanali bo’yidagi notekis yo’llarda mashinaning o’tuvchanligini oshiradi. Traktorning ketingi ko’prigiga o’rnatilgan 8K-12 markali markazdan qochirma nasos fermaga ham, nasadkalarga ham suv yuborib turadi. Nasos suvni muvakkat arikdan so’rish va trubasi klapani orkali so’rib oladi. So’rish klapani kanaldagi suvda muallaq holda turadi va uning sathiga avtomatik ravishda moslashadi. DDA-100M yomg’irlatish mashinasi yurib keta-yotib ishlaydi. Markazdan kochirma nasosning zarur tezlikda (1450 ayl/min) aylanishini va traktorning zarur tezlikda (400-500 l/soat) harakatlanishini ta’minlash uchun traktorga odatda uzatmalar kutisi o’rniga harakat tezligini kamaytiradigan moslamali maxsus uzatmalar qutisi o’rnatiladi. Mashina bir o’tishda 3 mm qalinligida suv sepadi, demak, ekinni belgilangan normada sug’orish uchun, masalan, 30 mm kalinlikda (gektariga 300 j3) suv sepish uchun u daladan 10 marta o’tishi lozim. Suv sarfi-100 l/s. Sug’orish normasi gektariga 300 m3 bo’lganda ish unumdorligi soatiga bir gektarni tashkil etadi.

DDA-YuOMA markali yomg’irlatish agregatining ishlash texnologiyasi. 19-rasmda sug’orish tarmoqlarining sxemasi berilgan. Sug’orish ariqlari muvaqqat bo’ladi, sekundiga kamida 120-130 litr suv sarflashga mo’ljallab va sug’orish zonasining kengligiga qarab bir-biridan 120 m masofada o’tkaziladi. Ishga tayyor agregat dalaga chiqarilib, o’qariq yoniga o’rnatiladi. So’rish trubasi ariqqa tushiriladi, bunda so’rish klapani va dastaki nasosning shlangi suvga 5-10 еl chuqurlikda botib turishi, klapan va to’r filtr ariqning devorchalaridan va tubidan kamida 10 sm oralikda turishi lozim. So’rish liniyasiga dastaki nasos yordamida suv to’ldiriladi. Shundan keyin traktorning kuvvat olish vali aylantirila boshlaydi va nasos ishga tushadi.

O’ziyurar DMU «Fregat» yomg’irlatish mashinasi donli, texni­ka, sabzavot poliz ekinlari, shuningdek, o’tloq va yaylovlarni yomg’irlatib sug’orishga mo’ljallangan. Ikki g’ildirakli gidroyuritmasi bor telejka 4 ga o’rnatilgan doira bo’ylab harakatlanuvchi ko’p tayanchli truboprovod 3 (20-rasm) mashinaning asosi hisoblanadi. Truboprovod sug’oriladigan uchastkaning markaziga joylashtirilgan yopiq sug’orish tarmog’ining gidranti 1 stoyaki 2 ga biriktirilgan. Gidrant ustida buriluvchi g’ildirakli qo’zg’almas tayanch joylashgan bo’lib, uning tevaragida truboprovod 3 aylanadi. Ularga doira bo’ylab harakatlanuvchi o’rtacha olislikka otadigan yomg’irlatish apparatlari 5 va to’rt burchakli uchastkanipl burchaklarini sug’orish uchun oxirgi apparat 7 montaj qilingan, u sektor bo’ylab 25 m radiusda sug’oradi.

Truboprovod nasos stansiyasidan yopiq sug’orish tarmog’i orqali uzatilayotgan suv energiyasi hisobiga doira bo’ylab siljiydi. Sug’orish normasi oxirgi telejkaga o’rnatilgan va uning gidroyuritmasiga suv o’tkazishni o’zgartiruvchi regulyator jo’mragn yordamida truboprovodning harakatlanish tezligini o’zgartirib o’rnatiladi. Qolgan aravachalarning harakatlanish tezligi mashinalar harakatini sinxronlash avtomatik sistemasi vositasida rostlanadi. G’ildiraklarni gidravlik yuritish mexanizmn quyidagicha ishlaydi.

Suv truboprovod 3 dan filtr 11, shlang 10 va klapan-regulya­tor 8 orqali taqsimlagich-klapani 20 ga kelib, undan trubasimon shtok orqali gidrosilindr 22 ning ish bo’shlig’iga uzatiladi. Suvning kuchi ta’sirida silindr ko’tariladi, u bilan birikkan rchag 14 esa burilib, prujina 15 ni tortadi va turtkichlar 16 ni oldinga siljitadi, ular richag 14 tortqi 13 dagi yuqorigi cheklash shtifti 12 gacha ko’tarilmaguncha g’ildiraklarni buraveradi. Tortqi ko’tarilayotganda u bilan birikkan vilka 19 buriladi, natijada taqsimlagich klapan 20 ning shtogi pastki vaziyatga o’tadn va silindr bo’shlig’iga suv kirishi to’xtaydi. Prujinalar 15 ta’sirida richag 14 teskari yuialishda buriladi va gidrosilindrni tushiradi, bu vaqtda suv silindrdan to’kish trubasiga siqib chiqariladi. G’ildiraklar churtkichlari ketinga suriladi va keyingi tuproq tishlagich bilan tishlashadi. Taqsimlagich-klapan 20 vilka 19 yordamida richag 14 bilan ko’tariladi va telejka gidroyuritmasining ish prosessi takrorlanadi.

DKSh-64 «Voljanka» yomg’irlatish mashinasi past bo’yli dala va sabzavot ekinlari, shuningdek o’tloq hamda yaylovlarni sug’orish uchun xizmat qiladi. Yomg’irlatkich bir vaqtning o’zida mine­ral o’g’it sepish uchun gidrob zahlantirgich bilan ham ishlay oladi. Mashina yopiq sug’orish tarzda ishlab, unga suv nasos stansiyasidan uzatiladi. Yomg’irlatkich buyurtmachiga qanotlarining uzunligi 400, 350,. 250, 200 va 150 mm li oltita modifikasiyada еtkazib beriladi.

Mashina asosini ikkita yomg’irlatkich qanot tashkil etib, ular sug’orish truboprovodining ikkala tomoniga bir-biridan 18 m masofada joylashtiriladi. Qanot 32 ta g’ildirakka tayaiuvchi 32 ta truba - seksiyalar, ichdan yonar dvigatelli yuritish telejkasi va ikkita soploli o’rtacha uzoqlikka otadigan yomg’irlatish apparatidan tashkil topgan. Yomg’irlatish apparatlari o’z-o’zidan o’rnatiluvchi maxsus mexanizmlarga o’rnatilgan bo’lib, ular yukli stoyaklar bilan ta’minlangan, shuning uchun truboprovod har xil vaziyatda joylashganda ham stoyakning apparat bilan birga vertikal vaziyati saqlanadi. Stvolni aylantirish mexanizmi kurakchali tebranuvchi koromislodan iborat. Soplodan chiqayotgan suv oqimi kurakchaga nisbatan burchak ostida o’rnatilgan koromisloga uriladi va apparat 3...50 burchakka buriladi. Apparat prujina kuchi ta’sirida dastlabki vaziyatga qaytadi. Har bir trubaning flanesiga to’kish klapani montaj qilingan; suvning kuchi ta’sirida rezina manjet to’kish teshigiin berkitadi va yomg’irlatish apparatlari ishga tushadi. Sug’orish tugagach, gidrant zadvijkasi berkitiladi va qanot undan ajratib olinadi. Bosim kamayishi bilan klapan manjeti ochiladi va suv truboprovoddan o’zi oqib tushadi. Mashinaning har bir qanoti bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga aravaga g’ildiratib o’tkaziladi, u ichki yonuv dvigatelidan yuritiladi. Frantal ishlovchi DF-120 «Dnepr» yomg’irlatish mashinasi don­li va texnika ekinlari, o’tloq hamda yaylovlarni yomg’irlatib sug’orish uchun mo’ljallangan. Bir-biridan 54 m masofada joylashgan yopiq sug’orish tarmog’i gidrantidan suv olib pozision tarzda ishlaydi. Tarmoqning truboprovodlari orasidagi masofa 920 m. Suv keltiruvchi truboprovod mashinaning asosini tashkil etib, u elektr dvigatelidan harakatga keltiriluvchi o’n еttita o’ziyurar aravachaga o’rnatilgai; truboprovodga «Rosa-3» yomg’irlatish anparati bor 13,7 m uzunlikdagi yon qanotchalar biriktirilgan. YuMZ-6 traktoriga o’rnatilgan elektr stansiyasi yuritish elektr dvigatellarini ta’minlash uchun xizmat qiladi. KI-50A «Raduga» irrigasion jihozlari komplekti turli qishloq xo’jalik ekinlari, bog’lar, o’tloqlar va yaylovlarni yomg’irlatib sug’orish uchun mo’ljallangai hamda SNP-50/80 ko’chma nasos stansiyasi, diametri 105 mm li alyumin trubalardan yasalgan, uzunligi 126 m dan bo’lgan to’rtta ko’chma yomg’irlatish qanotlari, magistral truboprovod, ikkita taqsimlash truboprovodi vavtomobil qismlarga tez ajratiladigan birikmali suv taqsimlash armaturasidan tashkil topgan. Har bir yomg’irlatkich qanotda bir-biri­dan 36 m masofada o’rtacha uzoqlikka otadigan to’rttadan «Rosa-3» yomg’irlatish apparati o’rnatilgai. Yomg’irlatkich qurilmaga mineral o’g’itlar sepish uchun gidrooziqlantirgich qo’shib beriladi. Bir vaqtning o’zida ikkitadan qanot ishlaydi, boshqa ikkitasi esa bu vaqtda yangi joyga olib o’tiladi.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə