O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., A. A. Kushakov., G. M. Axmedova mehnat ta’limining qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi


§3.7. GUL O’SIMLIKLARI VA ULARNI PARVARISH QILISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə7/13
tarix24.04.2018
ölçüsü0,64 Mb.
#40123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
§3.7. GUL O’SIMLIKLARI VA ULARNI PARVARISH QILISH TEXNOLOGIYASI
Gulli o’simliklar (Amnophyta) - gul chiqaradigan eng yuksak o’simliklar. Ilgari ba’zi botaniqlar ochiq urug’lilarni ham gulli o’simliklar qatoriga kiritardi. So’ngg vaqtlarda gulli o’simliklar deb faqat yopiq urug’li o’simliklarnigina tushunishadi, chunki ochiq urug’lilarda haqiqiy gul bo’lmaydi, ochiq urug’lilarniig urchish organi qubba. Gulli o’simliklar bir qancha oilalar va o’rug’doshlarga hamda turlarga bo’linadi. Gulli o’simliklarni parvarish qilish deyarli hammasida ekish, o’g’itlash sug’orish va boshqa parvarish qilish texnologiyalari umumiy holda bir xil, lekin ularni xususiy turlari bo’yicha texnologiyalar farq qiladi. Quyida ayrim gulli o’simliklar vakillari bilan tanishamiz.

Gulxayridoshlar, g’o’zadoshlar (Malvaceae)-ikki pallalilardan ayritojlilarga mansub o’t va butalar oilasi. Barglar panjasimon o’yma. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yiriq oq, sariq yoki pushti. Kosachasi ikki qavat. Changchilari juda ko’p, ipchalari tutash. Urug’chisi bitta. Mevasi ko’pchiligida ko’sak. Yer yuzida 80 ga yaqin turkumi va 1500 turi bor. Ko’pi tropik va subtropik tumanlarda tarqalgan. Bulardan gulxayri, g’o’za, kanop, tugmachagul, paxtagul, gulhamishabahor keng tarqalgan. Hozirda Gullarning 12 turkumi va 75 turi, O’zbekistonda 6 turkumi va 17 turi o’sadi. Ularning ko’pidan tola olinadi, dori tayyorlanadi. Manzarali o’simlik sifatida ekiladi.

Rayhon (Ocimum)-labguldoshlar (labgullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’simliklar turkumi. 150 ga yaqin turi subtropik va tropik mamlakatlarda tarqalgan. Manzarali, dorivor va ziravor o’simlik sifatida O’rta Osiyo, Ukraina va Zakavkaziyada o’stiriladi. Evgenol Rayhonning bo’yi 70-100 sm; chala buta. Bargi yiriq tuxumsimon nashtarsimon. Gullari poya va novdalarnnng uchida boshoqsimon to’pgulga yig’ilgan. Gektaridan 40-80 s yashil massa olinadi. Tarkibida 0,3% cha efir moyi, 70% cha evgenol bo’lib, atir upa va oziq-ovqat sanoatida, shuningdek medisinada ishlatiladi. Erta bahorda ekiladi. 18- 20°C temperaturada 10-12 kunda unib chiqadi. Oddiy rayhon O’zbekistonning hamma viloyatlarida o’sadi. Bo’yi 40-60 sm bargi tuxumsimon, yashil, binafsha rangulpar Guli oq yoki pushti, to’pguli boshoqsimon. Urug’i qo’ng’ir rangli. Bargining rangi va shakliga ko’ra bir necha navga ajratiladi, masalan, oq rayhon, osh rayhon, va qora rayhon O’rta Osiyoning tog’li tumanlaridagi dengiz sathidan 800-2200 metr balandliklarida, tog’ yon bag’irlarida rayhonning yana bitta turi tog’ rayhoni tarqalgan. Tabiiy tarqalgan maydonlarning har gektaridan 200-1500 kg xom ashyo (ho’l) olish mumkin. Tog’ rayhoni konservalarga hid berish, bodring, karam, pomidor va tarvuzlarni to’zlash uchun ishlatiladi, quritilgan mevalar (qoqilar)ni qurtlashdan saqlaydi, ziravor sifatida ovqatga solinadi. Xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi. Medisinada undan siydik haydovchi, uxlatuvchi, tish og’rig’ini qoldiruvchi dori sifatida foydalaniladi.

Gulsapcap (Iris sogdiana) - sapsardoshlar (sapsargullilar oilasi)ga mansub ko’p yillik o’t. Bo’yi 30-50 s Barglari qilichsimon yoki kengqalami, eni 1,5-3 s Gulqo’rg’oni yiriq to’g’ri. Ko’sagi cho’ziq, 6 qirrali, uzunligi 2-4 sm, uchida ko’sakning yarmiga teng keladigan tumshuqchasi bor. Gulsapsar tarqalgan joyiga (dengiz sathidan qancha balandlikda joylashganiga) qarab may- iyulda gullab, iyun-avgustda urug’laydi. Gulsapsar adirlarda va tog’larda, sernam yerlarda o’sadi. O’zbekistonda Toshkent, Farg’ona, Samarkand va Buxoro viloyatlarida ko’p tarqalgan.

Gultojixo’roz, tojixo’roz (Gelosia cristata L.)-machindoshlar (machingullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’t. Poyasi tiq bo’yi 10-70 s Barglari yiriq uzunligi 5- 7 sm, eni 2,5 sm, uzun bandli. To’pguli har xil shaklda, asosan, barg qo’ltig’ida joylashgan. Gullari ikki jinsli, gulqo’rg’oni oddiy, changchisi 5 ta. Mevasi ko’p urug’li ko’sakcha. O’zbekistonda manzarali o’simlik sifatida ko’p ekiladi.

Gulpar, naypoya (Heracleum Lehmannianum Rge.) soyabonguldoshlar (soyabongullilar oilasi)ga mansub o’simlik. Yevropa va Osiyoning o’rta mintaqalarida 12, O’zbekistonda Gulparning bitta ekma va 7 ta yovvoyi turi bor. Gulparlar to’qaylarda, sug’oriladigan maydonlarda va boshqa yerlarda uchraydi. Gullari to’g’ri, 5 bo’lakli, ikki jinsli. gulpar dorivor, manzarali o’simliq undan bo’yoq olinadi. O’zbekistonda gulparning ayrim turi manzarali va dorivor o’simlik sifatida ko’p ekiladi. Poyasi 1.5-2 i, yo’g’on, tuklar bilan qoplangan barglari 3-7 bo’lakli, uzun bandli. Gullari yakka-yakka yoki 2-3 tadan barg qo’ltig’ida va poya uchila o’rnashgan, tojbarglari qat-qat joylashgan. Iyun-avgustda gullab, iyul-sentyabryaa urug’laydi. Tojbarglaridan vino, sirka va boshqalarga rang berishda hamda teri shoyi va jun kabilarni bo’yashda foydalaniladi. Gullarning ayrim officinalis turi dorivor o’simlik sifatida medisinada qadrlanadi. Uning ildizidan tayyorlangan sun’iy ekstrakt nafas yo’llari kasalliklarida (ayniqsa bolalarda) balg’am ko’chirish, ko’krakni yumshatish uchun va yallig’lanishga qarshi, me’da ichak kasalliklarida asab o’rab oluvchi dori sifatida ishlatiladi. Barcha turdagi gullar gulxona va gulzorlarda yetishtiriladi va ko’paytiriladi.

Gulchilik o’simlikshunoslikning gul va manzarali o’simliklar bilan shug’ullanuvchi sohasi. Ochiq va yopiq yerdagi gulchilikka bo’linadi. Ochiq yerdagi gulchilikda bir yillik (qashqargul, itogiz. gulbeor, xushbo’y tamaki)- ikki yillik (kapalakgul, bo’tako’z, chinnigul) va ko’p yillik (gulsapsar, pion, floks va boshqa) gullar o’stiriladi. Yopiq yerdagi (teplisa, oranjereya, parniklar) gulchilikda noziq, chiroyli gullaydigan, yaproqlari hamisha yashil o’simliklar (xrizantema, siklamen sinenariya, gortenziya, palma, drasena, fikus va boshqa) o’stiriladi. Gullarni ekishdan oldin gulzor tuprog’i o’g’itlanib, yumshatiladi. gulchilikning o’rta qismi atrofiga qaraganda balandroq yoki pastroq qilinadi. gulxonada o’stirilayotgan gullar yoz davomida bir necha marta o’zgartiriladi. O’rta hisobda gulxonaning har kvadrat metriga bir yillik gullardan 35 tup yoki ko’p yillik gullardan 20 tup va gilam gullardan 300 ga yaqin ekiladi. Gulzor o’simlik chiroyini ko’rsatish uchun maxsus bezatiladi. Hajmiga, joylashgan o’rniga qarab, har xil shaklda (ko’rinishda) barpo etiladi. gulzor ayniqsa, ko’k maysa fonida joylashib, daraxt hamda butalar bilan o’ralgan bo’lsa, ko’rinishi yanada chiroyli bo’ladi. O’simlik tur xillari to’g’ri tanlanib, yaxshi parvarish qilib borilsa, Gulzor manzarasi ko’p yillargacha o’zgarmay turadi. Gulzordagi gullaring tur va xillari vaqt-vaqti bilan yangilanib, shakli o’zgartirib turiladi;

O’zbekistonda gul va manzarali o’simlik ko’chatlari, qalamcha va urug’lari hamda tuvaklarda o’stiriladigan gullar yetkazib beradigan xo’jaliklar, gul va ko’chat sotadigan maxsus «O’zbekiston gullari» firmasi tashkil etilgan Gulchiliklar bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini O’zbekiston FA Botaniqa bog’i, akad.R.R.Shreder nomidagi bog’dorchilik tokchilik va vinochilik ilmiy tekshirish instituti tayyorlaydi.


§3.8. KARTOSHKA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Kartoshka (Solanurn tuberosum L.)-tomatdoshlar oilasiga mansub tuganak mevali ko’p yillik o’tsimon o’simlik asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo’lgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Dehqonchilikda 2 turi qand kartoshkasi (S.andigenum) va chili kartoshkasi yoki yevropa kartoshkasi (S.tuberosum) bir yillik ekin sifatida ekiladi. Kartoshkani Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming yil ilgari ekib kelgan. Yevropaga 1565 yili keltirilgan. O’zbekistonga esa 19-asrning 70-yillaridan bu yerga ko’chib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon bo’yicha kartoshka ekilgan umumiy maydon 17,9 mln. ga, hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 t.ga (1999). O’zbekistonda ekin maydoni 5 ming gektarga yaqin, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). Kartoshka yer sharida eng muhim oziq-ovqat ekinlaridan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat ekini sifatida bug’doy, sholi va makkajo’xoridan keyingi o’rinda turadi. Kartoshka oziq-ovqat sanoatida uning tugunaklari odamlar va chorva mollari uchun eng yaxshi va arzon oziq sifatida ishlatiladi. Kartoshka tugunagida 25% quruqmodda, 14-22% kraxmal, 1,4-3% oqsil, 1% atrofida yog’ochliq 0,3% yog’ va 0,8-1% kul moddasi, vitamin S, V, V,, V2, V6RR va K bor. Yangi tugunagida vitaminlar ko’p bo’ladi. Kartoshkadan yer sharida 200 dan ziyod turli xil oziq-ovqat tayyorlanadi. Kartoshka turli xil tarzda iste’mol qilinadi, qayta ishlatiladi. Chorva mollari uchun kartoshka to’yimli ozuqa hisoblanadi, tugunagi yangi, pishirilgan, dimlangan holda mollarga beriladi. Kartoshka mahsulotlarining 100 kg mida quyidagicha ozuqa qiymati: 100 kg xom tugunagi 29,5 silos, 8,5 yangi barda, 4 quruq barda 52 ozuka birligi saqlaydi. Bir gektardan 150 s tugunak va 80 i barg va poya olinsa, 5500 ozuqa birligi to’planadi. Kartoshka tugunagidan spirt, kraxmal-patoka, dekstrin, glyukoza, kauchuk olinadi. Bir tonna kartoshkadan 112 l spirt, 55 kg suyuq karbonat angidrid, 1500 l barda yoki 170 kg kraxmal olinadi. Kartoshkaning yorug’lik ta’sirida ko’kargan - yashil tusga kirgan tugunaklari iste’mol uchun yaroqsiz, zaharli, tarkibida salanin bor, qaynatilganda salanin miqdori kamayadi.

Ma’lumotlarga ko’ra Belorussiyada bir yilda odam boshiga 175 kg, Polshada 144, Ukrainada 138, Rossiyada 127, AQSh da 60 kg, Kanadada 65, Italiyada 39 kg va O’zbekistonda 48 kg kartoshka yeyiladi. Kartoshkadan ilg’or xo’jaliklarda gektaridan 350-200 s hosil olinmoqda. O’zbekistonda ekilgan Gollandiya navlari eng serhosil bo’lib bizda yaratilgan navlarga qaraganda yuqori hosil beradi. Gollandiya navlari bizning tuproq va iklim sharoitiga juda tez moslashib yuqori hosil berdi.

Kartoshka ko’p yillik o’tsimon tugunakli o’simliq ammo odamlar o’z ehtiyojlaridan kelib chiqib bu ekinni bir yillikka aylantirganlar. U odatda vegetativ yo’l bilan ko’payadi. Kartoshka poyasi deyarli tiq ba’zan egilib o’sadi, poyasi yashil rangda ba’zi navlari qizg’ish qo’ng’ir tusga kiradi. Poyalari qirrali 3-4 qovurg’ali, bo’yi 150 sm gacha bo’ladi. Bir dona tugunagidan 5-8 ta poya beradi. Kartoshka poyalari shoxlashiga ko’ra, ikki guruhga bo’linadi. Ertapishar navlarda poyalar pastdan shoxlamaydi, kechpishar navlarda shoxlash asosan pastdan boshlanadi. Kechpishar navlar poyasi baquvvat va baland bo’yli bo’ladi. Odatda yirik ko’zchalardan ko’p tugunaklar hosil bo’ladi. Mayda tugunaklaridan ingichka va kam poya hosil bo’ladi. Poyaning yer osti qismida qo’ltiq ko’rtaklaridan novdalar stolonlar oq yo’g’on o’simtalarda har bir ko’zchada 3 tagacha ko’rtaklar bo’ladi. Odatda bitta ko’rtak o’sadi. Qolganlari o’smay turadi, agarda noqulay sharoitda poyani sovuq ursa yoki sinib tushsa navbatdagi ko’rtaklardan poya o’sib chiqadi. Shuning uchun bahorda kartoshka poyalarini sovuq ursa yana navbatdagi novdalarning hosil bo’lishini kutish lozim. Tugunakdagi ko’zchalar aylanma holda joylashgan, yuqori qismida ko’zchalar ko’proq, o’rtasi va pastida ko’zchalar kamroq bo’ladi, yuqorida ko’zchalar tezroq o’sib chiqadi. O’sayotgan bargchalar rangi yashil, qizg’ish binafsha va och binafsha tusda bo’ladi. Pishib yetilgan tugunak yupqa pust bilan qoplangan, pishgan paytda tez archilib ketmaydi. Xom chala pishgan tugunaklarda pust tez archilib ketadi va tugunaklar qorayib. sarg’ayib qoladi. Tugunakning ichki qismida chetiga karaganda kraxmal kamroq bo’ladi. Tugunakning nafas oluvchi va suv parlatish yasmiqchalari g’ovak hujayralari ostida joylashgan. Yasmiqchalar soni va yirikligi kartoshka yetishtirish sharoitiga bog’liq. Tugunaklarning shakli juda xilma-xil bo’lib, har bir navda o’ziga xos bo’ladi. Ayrimlari dumaloq, cho’zinchoq, yalpoq ko’rinishlarda bo’lsa, rangi ham har xil oq, oq sarg’ish, pushti, qizil dog’lari bilan ba’zan och binafsha tusda. Stolonlar poyadan ingichka bo’lib, ertapishar navlarda kalta, kechpishar navlarda uzunroq bo’ladi (50-rasm). Ildizlari popuk ildiz bo’lib, ayrim poyalar ildizining yig’indisidir, ular stolonlar yonida to’da bo’lib joylashadi. Ildizlari asosan 30 sm, keyinchalik 50 sm chuqurlikka ayrimlarigina 80-150 sm ga kirib boradi. Kartoshka ildizlari yer usti poyasining 8-10% ini tashkil qiladi. Kartoshka ildizlari tuproqdan ozuqa moddalarni yaxshi o’zlashtiradi. Ildizi yengil qumoq nam tuproqdarda yaxshi shakllanadi.

Barglari oddiy, uzun-uzun toq patsimon bo’lib, bir juftdan uch juftgacha, ba’zan ko’proq barg hosil qiladi. Har bir barglar bir necha jufti yon bargchalar, bo’lakchalar bir-biriga qarama-qarshi joylashadi. Poyaga birikadigan joyda barg o’qi barg bandiga aylanadi, oxirgi bargi yirikroq bo’ladi. Navlarga qarab barg yuzasi tekisroq, g’adir-budur, och yashil, to’q yashil tuslarda shakllanadi. Kartoshkaning guli to’pgul bo’lib, turli tusda bo’ladi oq, binafsha, pushti, guli beshtalik tipda. Gul kosasi tutashib o’sgan, 5 ta gultoji bargi bor. Gulida 5 ta changchisi bor, urug’chisi tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat, kartoshka o’zidan changlanadi. Mevasi yumaloq, ikki uyali, sersuv rezavor meva, urug’lari yapaloq. 1000 dona urug’ining vazni 0,5 g keladi. Hamma navlari ham meva bermaydi. Meva hosil qilishi havo harorati o’ta issiq bo’lganda ham kamayadi. Solanin ko’p saqlagani iste’molga yaroqsiz. Kartoshka tugunaklari qisqargan va o’zgargan novda xisoblanadi. Tugunaklarda dastlabki paytda xlorofillsiz bargcha­lar ko’zga tashlanadi. Tugunakda poya o’sadigan ko’rtaklar yoki ko’zchalar bor, ular nav xususiyatiga ko’ra yuza va chuqurroq joylashadi. Kartoshka tugunagi o’ziga xos biologik xususiyatga, ya’ni tinim davriga ega. Tinim davri kartoshka tugunagida 60-70 kun davom etib, maxsus kimyoviy moddalar ta’sirida o’sish jarayoni tezlashishi mumkin.

Kartoshka o’sish va rivojlanish davri 3 fazaga: unib chiqqanidan gullashgacha bo’lgan davr. Bu vaqtda asosan yer ustki poyalari tez o’sadi, tugunaklar o’sishi deyarli kuzatilmaydi. Gullashdan poyaning o’sishdan to’xtagunicha bo’lgan davr. Bu davrda tugunak shakllanadi va tez o’sadi. Kartoshka poyalari sarg’ayishidan tabiiy qurishigacha tugunakning pishishigacha bo’lgan davr. Bu vaqtda tugunaklar ikkinchi davrga qaraganda sustroq o’sadi. Bu davr hamma navlarda har xil bo’ladi. Ertapishar navlarda birinchi davr tuproq iklim sharoitiga qarab 27-36 kun, ikkinchi davr esa 26-28 kun, uchinchi davr 25-26 ko’p davom etadi. O’rtapishar navlarda 38-42, ikkinchi davr 36- 43 kun, uchinchi davrga 36-38 kun, kechpishar navlarda birinchi davr uchun 46-48 kun, ikkinchi davr 43-45 kun va yana 36-40 kun uchinchi davrga kerak.Kartoshka tugunagi havo harorati 6-7°C da una boshlay-di. Ammo unib chiqish juda cho’zilib ketadi. Havo harorati 37-40°C bo’lganda palak o’sishdan to’xtaydi. Tuproq harorati 16-18°C bo’lganda, o’simlik tez ko’ka-rib chiqadi. Tugunaklarningunib chiqishi uchun 240-300°C foydali harorat yig’indisini talab qiladi. Havo harorati - I - 2°C pasayib ketsa ham tez zararlanadi. Harorat 27-29°C dan oshsa, gul va g’unchalari to’qiladi. Yosh maysalari -2-3°C qisqa muddatli haroratga chidamlidir. Poyalari suvining ko’pligi uchun tez muzlab qoladi. Tugunaklar havo harorati 21-25°C bo’lganda yaxshi rivojlanadi, harorat 30-32°C dan oshganda barglarda foto­sintez jarayoni sustlashadi, bu hol tugunaklarning o’smay qolishiga sabab bo’ladi. Kartoshka o’suv davrida zarur bo’lgan o’rtacha harorat yig’indisi (10°C dan yuqori) ertapishar navlar uchun 1000-1200°C, o’rtapishar navlar uchun 1200-1400°C bo’lishi kerak kechpishar navlar uchun 1400-1600°.

Yorug’likka bo’lgan talabiga ko’ra kartoshka ko’proq qisqa kunlik o’simlik hisoblanadi. Ammo uzun kun ham bu o’simlikning yuqori hosil berishiga to’sqinlik qilmaydi. Qisqa kunda o’suv jarayoni tezlashadi va tugunaklari tezda hosil bo’ladi, uzun kun kartoshka palagining uzun, baquvvat bo’lishiga olib keladi, fotosintez jarayonining tezlashuvi tugunak hosilining yuqori bo’lishiga olib keladi.

Gullash fazasida namga o’ta talabchan hisoblanadi. Bir tup kartoshka palagi havo harorati yuqori bo’lganda 4-5 l suvni parlatadi. Kartoshka gullagandan so’ng tuproq namligi 75-80% bo’lsa, yuqori hosil beradi.

Gullash davridan boshlab kartoshka o’simligi doimo suvga qondirib sug’orilishi lozim.Aks holda, qurg’oqchilikdan so’ng qayta stolonlar o’sishi va tugunakchalar hosil bo’ladi. Bu holat ularning hosilini kamaytiradi. Kartoshka namga talabchan bo’lishi bilan qurg’okchilikka ham chidamli o’simlik tuproqda nam yetishmasa o’sishdan to’xtaydi, ammo nam yetarli bo’lgach yana o’sib rivojlanadi.

Kartoshka oziqa elementlariga talabchan, 1 tonna tugunak va shunga muvofiq barg va poya uchun 50 kg N, 20 kg R205, 90 kg K20 ni tuproqdan olib chikadi, bizning tuproqlarda kaliyning ko’p bo’lishi hosildorlikning yuqori bo’lishiga olib keladi. Kartoshka tuproqdan don ekinlariga qaraganda ozuqa moddalarni ko’p o’zlashtiradi va ularga qaraganda gektar hisobiga ko’p mahsulot beradi. Gullash fazasida 60% azot va 50% kaliyni o’zlashtiradi. Azot yetishmasa, rangi och yashil tusda bo’lib, barglari kichik va siyraq poyalari ingichka bo’ladi. Fosfor yetishmasa, tup soni kamayadi, g’unchalash, gullash fazalari va tugunak hosil bo’lishi kechikadi. Kaliy yetishmasa, oqsil va uglevodlar almashinuvi buziladi.

Respublikada kartoshka erta bahorda ertangi va yoz oyida kechki qilib o’stirish agrotexnikasi ishlab chiqilgan. Kechki kartoshka respublikada ko’proq maydonni eg’allaydi. Shuning uchun kechki kartoshkani yetishtirish texnologiyasiga to’xtalib o’tamiz. Kechki kartoshka uchun kuzgi don ekinlari, sabzavotlar va oraliq ekinlar eng yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Kartoshka o’zi uchun yomon o’tmishdosh ayniqsa, keyingi paytlarda Kolorado qo’ng’izining ko’payib ketishi kartoshkani almashlab ekish dalasiga kiritishni talab qiladi. Yer ekishga tayyorlanadi, buning uchun kuzgi bug’doydai bo’shagan maydonlar yaxshilab sug’oriladi, chizellanib borona qilinadi, kartoshka ekiladigan maydonga 10-12 tonna go’ng, 200-220 kg ammofos va 100-120 kg kliyli o’g’it solinadi. Kartoshka kuzgi bug’doyga qaraganda tuproqdan mineral moddalarni ko’plab olib chikadi, o’suv davrining boshida oziqa moddalarga talabchan emas, o’zi o’sib rivojlangan tugunak evaziga oziqlanadi. Oziqa moddalarga bo’lgan talab yer ustki poyasi va tugunak hosil bo’lish davrida kuzatiladi. Organik va mineral o’g’itlar birgalikda berilsa, hosildorlik yanada oshadi. Unumdor, oziqa moddalarga boy tuproqlarda kartoshka yaxshi o’sib rivojlanadi va yuqori hosil beradi. O’rtapishar kartoshka navlari Lorh Temp, Sulev, Berlixingen, Gollandiya navlaridan Kardinal, Diamant, Dezirya, Pikasso-larni 1-20 iyulgacha, o’rta tezpishar, Ogonyoq Belorusskiy ranniy, Sante, Marfona, Kondorlarni 15 iyundan 5 iyulgacha ekish lozim.

Kechki ekishga tayyorlangan tugunaklar ko’karib ketsa yoki o’simtalari 10-15 sm dan oshib ketsa ularni ekish qiyinlashadi, yaxshi hosil bermaydi, shuninguchun bir marta sindiriladi yoki kesib tashlanadi. Sindirish ishlari ekishga 12-15 kun qolganda o’tkaziladi. Ekishdan oldin tugunaklarning ayniganlari yoki ipsimon o’simta berganlari ajratib olinadi. Tugunaklar hajmiga qarab ajratib qo’yiladi, yaxshi o’sganlari va nishlamaganlari alohida ajratiladi, nishlamaganlari uchun zarur sharoit yaratiladi. Tugunaklar 30-35 g, 50-80 va undan yukrri hajmdagilarga ajratiladi. Yirik tugunaklar kesib ekiladi. Kesish ishlari ekishdan 4-5 kun oldin bajariladi. Eki-ladigan tugunaklar tez o’stiradigan tberellil 0,5 mg/l,va tur-500 mg/l eritmasiga ivitib ekilsa, unib chiqishi tez va hosildorligi yuqori bo’ladi.

Bir gektar yerga 3-3,5 t kartoshka tugunagi sarf bo’ladi. Ekilganiga 12-16 kun o’tgach o’simlik o’sib chiqadi. Ekilgan tugunaklar sog’lom bo’lishi kerak Kechki kartoshkani unib chiqishini kutmay kichikroq miqdorda bo’lsa ham sug’orish kerak ana shunda maydonda tuplar soni to’liqbo’ladi. Endi unib chiqqan maydonlarga o’sishni tezlatish uchun 180-200 kg miqdorda azotli o’g’itlar berilib qator oralari ishlanadi. Kechki kartoshka o’suv davri boshida 2 marta chopiq qilinadi. Birinchi chopiq bo’yi 12-15 sm bo’lganda, ikkinchisi gullash davrida. Kartoshkani sug’orish ekish muddati va yer osti suvlarining joylashishiga qarab belgilanadi. Yer osti suvlari yaxshi o’tloqbo’z tuproqlarda 4-6 marta, yer osti suvlari chuqur joylashgan maydonlarda 10-12 martagacha sug’orish mumkin. Kartoshka palagi har 10-12 kunda bir marta sug’oriladi, hosilni yig’ishtirishga 15-18 kun qolganda sug’orish to’xtatiladi. Urug’lik uchun ekilgan kartoshkalarni qalinroq ekish lozim, tugunaklar mayda bo’lsa, yaxshi urug’lik chiqadi. Bu maydonlarda tup soni 100-120 mingni tashkil qiladi.

Kartoshka o’simligining hosildorligi kasalliklar va zararkunandalar ta’sirida kamayib boradi. Dunyo miqyosida kasallik va zararkunandalardan 30% hosil yo’qotiladi. Zararkunandalardan engxavflisi Kolorado ko’ng’izi o’simlikni jiddiy zararlaydi, bundan tashqari simqurt, kuzgi tunlam va qandalalar ham zarar keltiradi. Kolorado qo’ng’izi mexaniq va kimyoviy yo’l bilan yo’qotiladi, qo’ng’iz terib olinadi, karate, denis, ambut, sambut preparatlaridan eritmatayyorlanib sepiladi.. Zamburg’li kasalliklardan fitoftora ko’p uchraydi. Erta ekilganda bu kasallik tez namoyon bo’ladi. Kartoshka maydonlarini almashlab ekish, virusga chidamli navlarni ekish, hasharot va begona o’tlarga qarshi kurashish, dessikasiya qilish kabi bir qator tadbirlar amalga oshiriladi.

Kartoshka tugunaklari biologik xususiyatiga ko’ra, tinim davrini o’tagandan so’ng ikkinchi marta ko’karadi. Erta pishar kartoshka tugunaklarini yozda kavlab olgandan so’ng uni takroran urug’lik sifatida ekish mumkin. Ertagi kartoshka navlari kavlab olingandan so’ng, albatta iste’mol qilinadi yoki qayta ishlashga sarf bo’ladi. Ammo haligacha bizda kartoshka urug’i taqchilligi bor, shuning uchun kavlab olingan maydaroq tugunaklar maxsus o’stiruvchi stimulyatorlar bilan ishlanib qayta ekiladi. Nishlatuvchi stimulyatorlar tugunakning tinim davrini qisqartirib, tez unib chiqishiga olib keladi. Tugunaklar takroriy ekilgandan so’ng 30-35 kunda unib chiqadi. Tinim davrida tezlashtirish uchun tiomochevinadan foydalanish mumkin. Kartoshka ekilgan maydonlar doimo nam bo’lishi yoki u tez-tez sug’orilib turishi kerak Yangi urug’dan ekilgan kartoshkani yetishtirish jarayonlari bir oz ko’proq va hosildorligi 110-120 s atrofida bo’ladi.


§3.9. QAND LAVLAGI YETISHTIRISH VA PARVARISHLASH

AGROTEXNIKASI
Lavlagi (Beta) - sho’radoshlar (sho’ragullilar oilasi)ga mansub bir, ikki va ko’p yillik o’simliq 10 turi ma’lumakkajo’xori Ekma Lavlagi ikki yillik o’simlik birinchi yili ildiz va barg chiqaradi, ikkinchi yili ildiz mevasidan gulpoya rivojlanib urug’ hosil bo’ladi. Guli ikki jinsli, mayda hasharot va shamol yordamida chetdan changlanadi, mevasi yongoqcha. Ekma lavlagining qizilcha (burak), xashaki va qand lavlagi xillari bor. Qand lavlagi-eng muhim texnika ekini. Ildizmevasi deyarli to’g’ri konus shaklida, vazni 300-600 g va undan ortiq. Tarkibida 20% gacha saharoza, 4-5% kletchatka, 1-1,5% azotli moddalar va boshqalar bor. Gektaridan o’rtacha 300-500 s hosil beradi. Qizilcha (burak) - ovqatga ishlatiladi, tarkibida 82,2% su v, 1,8% azotli moddalar, 14,4% uglevod, 0,7% kletchatka S, V, RR vitaminlar, organik kislotalar va b. bor. Gektaridan 500 s gacha hosil olinadi. Xashaki lavlagi-molga beriladigan sersuv oziq. 100 kg ildizmevasi tarkibida 12,4, bargida 9,3 oziq birligi, sigirlar sutini ko’paytiradigan, oson hazm bo’luvchi uglevod va pektin moddalar bor.

O’zbekiston sharoitida lavlagi martning oxiri va aprelning boshla-rida ekiladi. Bu muddatda ekilgan lavlagidan mo’l hosil olish mumkin. Kechki lavlagi urug’lari ekishdan oldin ivitilib undiriladi, so’ngra sug’orilgan nam tuproqqa eqilishi shart. Uning urug’lari qator oralari 50-60 sm dan bo’lgani holda qo’shqator qilib ekiladi. Qo’shqator orasi 15 sm, har bir qatordagi ekin oralig’i 5 sm dan oshmasligi kerak Urug’lar tuproq nami kamroq bo’lganda chuqurroq (4-5 sm), nam tuproqli yerlarda 2-3 sm chuqurlikka ko’miladi. Uning 400 dan ortiq turi kattalashadi. Uni ekishda boshqa qishloq xo’jalik ekinlari urug’ini ekishdagi singari talablar qo’yiladi. Punktirlab ekishda ekish normasi 1m li qatorda 25...35 ta unib chiqqan maysalar hisobidan o’rnatiladi. Lavlagi mevasi kup urug’li bo’ladi. Odatda uning ana shu mevasi yekiladi. Shunga ko’ra bir uyadan bir nechta urug’unib chiqadi, natijada bar-birini siqib quyadi, o’sgan sari ildizmevalar o’zaro halaqit beradi. Bunday nahollarda unib chiqqach 8-10 kun o’tgach ular yagona qilinadi

Lavlagilarning nihollari nimjon bo’ladi shuning uchun ular qatqaloqdan zararlanadi. Ayniqsa ular erta bahorda ekilgan yog’ingarchilikdan keyin kupincha qatqaloq hosil bo’ladi, buni uz vaqtida yumshatilmasa, tuproqda yoriqlar hosil bo’ladi, namlik ana shu yoriqlar orqali bug’lanib keta boshlaydi. Buning oldini olish uchun qatqaloq hosil bo’lishi bilan yengil barana qilinadi. Ana shu davrda urug’lar unib chiqayotgan bo’lsa, yulduzchali yumshatgichlardan foydalaniladi, shunda maysalar kam zararlanadi. Urug’lar maydaligi tufayli yuza ekilgan maydonlarda qatqaloq ekinni sug’orish, qator oralarini kultavasiya qilish va o’simlik atrofini yuza yumshatish yuli bilan yo’qotiladi. Qatqaloq hosil bo’lishining oldini olish uchun yoniga ekilgandan keyin uning ustiga chirigan go’ng, yog’och qipig’i sepilsa yoki vaqtinchalik plyonka bilan yopib quyilsa, tuproq yuzasi qotib qolmaydi va urug’lar bir tekisda unib chiqadi.

Lavlagini parvarish qilishdagi muhim tadbir yagana qilishdir. Lavlagi mevasi kup urug’li bo’ladi. Odatda uning ana shu mevasi yekiladi. Shunga ko’ra bir uyadan bir nechta urug’unib chiqadi, natijada bir-birini siqib qo’yadi, o’sgan sari ildizmevalar o’zaro halaqit beradi. Bunday nahollarda unib chiqqanlan 8-10 kun o’tgach ular yagona qilinadi. Odatda lavlagining bitta urug’idan bir necha o’simlik unib chiqadi. Uning keyinchalik avj olib o’sishini ta’minlash uchui nihollar paydo bo’lgan davrda darhol ortiqcha tunlari olib tashlanadi. Lavlagi tuplarida ikkita barg hosil bo’lganda birinchi marta yagana qilinib, keyinchalik bu ish yana 2-3 marta takrorlanadi. So’ngi yaganalashdan so’ng har 10 sm masofada bittadan o’simlix qoldiriladi. Keyingi yaganalashlarda yulib olingan o’simliklarni ovqatga (ko’kat sho’rva) qo’shib ishlatish ham mumkin. Sabzi maysalari unib chiqib bir-ikki barg chiqarganda tup orasini 2-3 sm qoldirib nimjon, yahshi rivojlanmagan, kasallangan yoki zararlanganlari olib tashlanadi. Lavlagi mevasi ko’p urug’li bo’ladi. Odatda uning ana shu mevasi yekiladi. Shunga ko’ra bir uyadan bir nechta urug’unib chiqadi, natijada bar-birini siqib quyadi, o’sgan sari ildizmevalar o’zaro halaqit beradi. Bunday nahollarda unib chiqqanlan 8-10 kun o’tgach ular yagona qilinadi. Yaganalashda dalada yengil borona va kultivatorlardan foydalaniladi.

Lavlagini parvarish qilishning muhim omillaridan biri begona o’tlarga qarshi kurashishdir. Yaganalash bilan bir vaqtda begona o’tlar o’toq qilinadi. O’toq ishi nihoyatda kup mehnat talab qilib qiyin bo’lishiga qaramay, o’toq ishi kechiktirilsa, begona o’tlar bosib ketadi va lavlagini o’sishiga xalaqit beradi. Qator oralaridagi begona o’tlar kultivatorlar bilan, lavlagi orasidagi o’tlar qo’lda yulish bilan yo’qotiladi.O’toq qilishdan oldin lavlagi sug’orilib, begona o’tlarni ildizi bilan sug’urishga imkon bo’ladi. Lavlagini oziqlantirish maqsadida o’g’itlantiriladi. Quyuq va suyuq o’g’itlar kamida 120...150 mm chuqurlikka solinadi. O’g’itlashda oldin chiritilgan go’ng va bir gektariga ammiakli selitra 200-300 kg, superfosfat 350-400k g, kaliy o’g’itidan esa 50 kg atrofida beriladi. Lavlagi o’g’itlab bo’lingach sug’oriladi. Lavlagi suvga talabchan bo’lgani uchun chuqur sug’orishni talab qilmaydi. U ildizi tuproqning chuqur qatlamiga kirib borishi tufayli tuproq namidan yaxshi foydalanadi Shunga qaramay bizning sharoitda uni sug’orib turilsa, hosildarlik kamayishi va sifatini yomonlashishini oldi olinadi.

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar

1. Lavlagini to’liq undirib olishda qatqaloqni yumshatishning qanday ahamiyati bor?

2. Lavlagini yagonalash qanday amalga oshiriladi?

3.Lavlagi qanday o’g’itlanadi?

4. Lavlagini sug’orish texnologiyasini ayting?



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə