O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., A. A. Kushakov., G. M. Axmedova mehnat ta’limining qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə9/13
tarix24.04.2018
ölçüsü0,64 Mb.
#40123
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
§3.12. JO’XORI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Jo’xori (Sorghum Pers)-g’alladoshlar (g’allagullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’simliklar urug’i. Ildizi yaxshi rivojlangan. Poyasi pukakli, tik (0,5-4 l), shoxlari, yig’imli. Bargi yirik xanjar shaklida, mum g’ubor bilan qoplangan. poyaning har bo’g’imida bittadan joylashgan. Tupguli ruvak Ruvagi tarvaqaylagan yoki g’uj, tik. Doni dumaloq, silliq, oq yoki qizg’ish. 1000 donasi 15-30 g. Tarkibida 65-75% kraxmal, 10- 12% ossil va 3,5% gacha yog’ bor. 1 kg jo’xori doni 1,18-1,22 oziq birliga teng. Donidan yorma, un, spirt, kraxmal tayyorlanadi, mol va parrandalarga tuyimli em sifatida beriladi. Ko’k massasi siloslanadi. Gulli o’simliklar issiqsevar, sovuqqa chidamsiz, lekin qurg’oqchilikka chidamli. Sug’oriladigan unumdor erlarda mo’l ko’kpoya va don hosili beradi. Jo’xorining 34 turi bor. Eron. Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, AQSh va Afrikada ekiladi. Shundan 8 turi O’rta Osiyo respublikalari, Janubiy Ukraina. Shimolpy Kavkaz va Boltiqbo’yi respublikalarida tarqalgan. O’zbekistonda Jo’xorini ko’proq Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari, Markaziy Farg’ona va Mirzacho’lning sug’oriladigan shur erlarida o’stiriladi. Don Jo’xori, shirin Jo’xori va supurgi jo’xori gruppalariga bo’linadi. Don Jo’xori (S Vulgare Pers) gruppasiga eng issiqsevar o’simliklardan hisoblangan oq jo’xori, gaolyan va boshqalar kiradi O’suv davri 100-150 kun. Doni chorva mollariga em sifatida beriladi, kraxmal va spirt tayyorlashda, goho g’alla sifatida ishlatiladi shirin Jo’xori (S. saccha-ralum Pers) issiqsevarligi don jo’xoriga nisbatan pastroq, o’suv davri 100-140 kun Doni pardali, sal achchiq. Poyasi sershox va sershira, shirasi tarkibida 12-18% qand bor. Donidan em sifatida foydalaniladi sharbat tayyorlanadi. Poyasidan silos bostiriladi. Xitoy yantari-813 (shirin), Kuban yantari, Qizil yantar. Saxarnoe 28/435 va b. navlari bor. Supurgi jo’xori (s technicum Roschev) tezpishar, sovuqqa nisbatan chidamli, o’suv davri 125 kun. Ruvagidan supurgi tayyorlanadi, poyasidan silos bostiriladi yoki quritib mollarga beriladi Ertagi supurgi, Supurgi 623, Supurgi 149 va boshqa navlari bor. Ko’p yillik o’t o’simliklaridan sudan o’ti (S. Sudanense) va g’umay (S. halepense) ham jo’xori turiga mansub.

Oq jo’xori, Qo’qon jo’xori (Sorghum cernuum) - boshoqdoshlar (g’allagullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’simlik jo’xorining bir turi. Ertapishar navlarining poyasi 1-1,5 m, o’rtapisharlariniki 2-3 m, kechpisharlariniki 4-5 m, ildizi yoyiq, erga 100-150 sm kiradi. Bargi nashtarsimon. To’pguli zich ro’vaksimon, tik yoki egilgan. Doni dumaloq, qobiqli yoki qobiqsiz. 1000 donasi 20-40 e. Donidan oziq-ovqat sanoatida, ko’k poyasidan silos bostirishda foydalaniladi. Vatani Afrika. Hindiston, Xitoy va O’rta Osiyoda ham tarqalgan. O’zbekistonda qadimdan o’stiriladi, Xorazm, Buxoro, Farg’ona viloyatining Qo’qonda ko’p ekiladi. Oq jo’xori issiqsevar o’simlik urug’i 10-12° da unib chiqadi. Sho’r va kam suv erlarda ham hosil beradi. Gektaridan 500-600 s ko’k poya, 40-50 s don olish mumkin. Urug’i O’zbekistonning janubiy tumanlarida aprelning birinchi yarmida, Xorazm viloyatida aprel oxiri - may boshlarida 60X30 sm, 90X60 sm fipos uchun 30X20 sm sxemada ekiladi. Urug’ sarfi gektariga 12-15 kg. Silos uchun 25-35 kg. O’suv davrida sug’oriladi, qator oralari yumshatiladi. O’zbekistonda Oq jo’xorining katta bosh, xo’raki, chillaki, Xitoy qahrabosi 813, oranjevoe 160 va boshqa navlari ekilmoqda.

Jo’xori turli xil maqsadlarda foydalaniladigan don ekinlari qatoriga kiradi. Uning doni chorva mollari uchun to’yimli oziq va omixta em, kraxmal va spirt ishlab chiqarish sanoati uchun qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Undan yorma ham olinadi. Afrika, Hindiston, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo va boshqa bir qator mamlakatlarda jo’xori asosiy ekin sifatida ekiladi. Jo’xori oziq-ovqat ekini sifatida dunyo bo’yicha bug’doy va sholidan keyin uchinchi o’rinda turadi. Jo’xorining ko’k poyasi mollarga beriladi yoki silos bostiriladi. Uning silosi tarkibi jihatidan makkajo’xori silosiga yaqin turadi. Jo’xori poyasi dag’allashguncha o’rilsa, yaxshi pichan bo’ladi. Jo’xorining makkajo’xoridan ustunligi shuki, u o’rilsa yana qayta ko’karadi. Jo’xorining 100 kg doni 119, ko’k massasi 23,5, silosi 22,0, pichani 49,2 oziq birligiga teng. Doni tarkibida 15 foiz protein bo’lib, lizinga boy. Shirin jo’xori navlari poyasida 10-15 foiz qand bo’lib, shakar tayyorlash uchun ishlatiladi. Jo’xori ro’vagidan supurgi va cho’tka tayyorlanadi. Jo’xorini qor to’suvchi hamda garmseldan himoyalovchi ihota ekini sifatida ekish mumkin (60-rasm).

Ma’lumotlarga ko’ra, jo’xorining don hosildorligi gektariga 30-50 s, siloslanadigan ko’k poya hosili 400 dan 450 s gacha etadi. Ilg’or xo’jaliklar gektaridan 800-1000 s gacha ko’k poya o’rib olishi mumkin. Yer sharida jo’xori asosan qurg’oqjoylarda ekilib, dehqonchilik qilib kelinadi. Jami ekin maydoni 44 mln. ga o’rtacha hosildorligi 1,39 t bo’lib, shundan asosiy qismi Afrikada 21,1 mli, Hindistonda 12,8 mln, AQShda 3,63 mln, Markaziy Osiyo mamlakatlarida jo’xori juda qadimdan ekib kelingan. Qurg’oqchilikka chidamli bo’lgani uchun oziq-ovqat tayyorlashda ishlatilgan. Ammo bizda jo’xori maydonlari 1950-yillarga kelib qisqarib ketdi.

Sorghum Moench (pers)ning em-xashak texnikaviy, oziq-ovqat maqsadlarida ekiladigan 4 ta madaniy turi: jo’xori S. Vulganell Pers, Qo’qonjo’xori-S ssgpit Host, Gaolyan (yapon-jo’xorisi)-5. cliinensi, em-xashak ekin sifatida ekiladigan sudano’t-S Sudanense tarqalgan. Ildizi popuk ildiz bo’lib, tuproqqa 2 m chuqur kirib va atrofga 90 sm gacha tarqashib o’sadi. Poyasining bo’yi 2,5- 3,5 m, tropik mamlakatlarida 6-7 m gacha etadi. Barglari enli, tuksimon g’ubor bilan qoplangan, har tup o’simlikda 10-25 ta gacha va undan ko’p bo’ladi. To’pguli ro’vak ro’vagining har bir shoxchasi uchida 2 tadan boshoqcha joylashgan. Jo’xori asosan chetdan changlanadi. Doni po’stli va po’stsiz, yumsshoq, tuxumsimon, oq, jigarrang, sariq, qo’ng’ir tusda bo’ladi. 1000 donasining vazni 25-40 g keladi. Har bir ruvagida 1600 dan 3500 tagacha don bo’ladi. Endospermi qo’ng’ir yoki qizg’ish bo’lgan doni tarkibida tanin gruppasiga kiradigan oshlovchi moddalar bor. Bu moddalarning bo’lishi uningozuqalik jihatidan kamchiligi bo’lsa, lekin spirt va maltoza ishlab chiqarish sanoatlari uchun muhim rol o’ynaydi. Jo’xori ro’vagi shakliga ko’ra 3 ta turga bo’linadi: yoyilib o’suvchi (supurgi), ro’vagi uzun, shoxi siyrak bo’ladi. Ro’vagi tig’iz, qisqa poyasining uchi tik o’sadigan yoki egilgan bo’ladi. Asosan g’uj ro’vakli jo’xori ko’p ekiladi.

Jo’xori eng qurg’oqchil o’simlik transpirasiya koeffisienti 200 ga yaqin, u jazirama issiqqa eng chidamli don ekinlaridan biri. Jo’xori urug’i tuproq harorati 12-14°Cda yaxshi, 16-18°C da tez unib chiqadi. Yosh va voyaga etgan o’simliklari mutlaqo sovuqqa chidamsiz. Havo harorati 35-40°C da ham o’sa oladi. Urug’i ekilgandan pishib etilguncha 2250-2500°C foydali harorat yig’indisi zarur. Yorug’likka talabchan, qisqa kun o’simligi. Bulut kam bo’lgan quyoshli tumanlarda yuqori hosil beradi. Jo’xorining transpirasiya koeffisienti boshqa don ekinlariga qaraganda past, ildizlari tuproqqa chuqur kirib, bor namlikdan tejab foydalanadi. Hosildor, unumdorligi yuqori bo’z, o’tloqi bo’z, qora, kashtan tuproqlarda yaxshi o’sib yuqori hosil beradi. Jo’xori tuproqqa unchalik talabchan emas, sho’r erlarda ham yaxshi o’sadi. Lekin suv va havo aerasiyasi yaxshi tuproqlar uning uchun juda mos keladi. Hamma tariqsimon ekinlar singari jo’xori ham dastlabki paytda sekin o’sadi va dalani o’t bosishiga chidamsiz bo’ladi. Jo’xori ekilgandan 10-15 kundan keyin maysalaydi, 25-30 kundan keyin tulanish fazasiga kiradi. Maysalagandan 40-50 kundan keyin nay o’raydi, 55-65 kundan keyin ro’vak chiqaradi. Ro’vak chiqargandan 5-6 kundan keyin gullaydi. Navlarning tez pisharligiga qarab o’suv davri 90-145 kun davom etadi.


§3.13. TARIQ YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Tariq, - qo’noq (Panioum 1.)-boshoqdoshlar (g’allagullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’simlik. 400 dan ortiq turi bor. Doni uchun bir turi - oddiy T. (P. miiiaceum L.) ekiladi. Oddiy Tariq ro’vagining shakliga qarab yoyiq, chochoq, siqiq, oval yoki yarim g’uj hamda g’uj kenja turlarga bo’linadi.

Ildizi popuksimon, 150 sm chuqurlikkacha boradi. Poyasi - poxolpoya (45-150 sm). Barglari nashtarsimon, tukli yoki tuksiz, yashil yoki qizg’ish, uzunligi 18-65 sm, to’pguli ro’vak (10-60 sm). Guli ikki jinsli. Mezlsi - pardali don, dumaloq, oval yoki cho’ziq, oq, sariq, qizil, jigar rang.1000 donasi 4-9 g. O’suv davri 60-120 kun. Tariq issiqsevar, qurg’oqchilikka, sho’rga chidamli. Doni 10-12° da ko’karadi, 20-25° da yaxshi o’sib rivojlanadi. Maysalari va voyaga etgan o’simligi sovuqqa chidamsiz - 2° da nobud bo’ladi. Tariq donida 10-15% oqsil, 59% uglevod va b. bor. Tariq muhim donli ekinlardan. Donidan un hamda parranda va cho’chqalarga to’yimli oziq tayyorlanadi. Tariq qadimgi o’simlik. Osiyo, Yevropa va Shimoliy Afrikada (mil. av. 3 ming yillikdan) o’stirilgan. O’zbekistonda ko’pincha bahorikor erlarga ekiladi. Tariq ekiladigan er gektariga 20-40 t chirigan go’ng, sof holda 30-40 kg azot, 45-60 kg fosfor, 30-45 kg kaliy hisobidan o’g’itlanadi, 20- 22 sm chuqurlikda haydaladi. Almashlab ekishda tariq urug’i chopiq qilinadigan ekinlar (qand lavlagi, kartoshka)dan so’ng, don seyalkasida keng qatorlab (qator oralari 45 sm), 3-4 sm chuqurlikda ekiladi. - Urug’ sarfi gektariga 10-30 kg. O’suv davrida 1-2 kultivasiya qilinadi, 2-3 sug’oriladi, o’taladi. O’rtacha hosildorligi gektaridan 7-15 s. Kasalliklari qorakuya, bakterioz; zararkunandalari: poya parvonasi, tariq chivini va boshqalar

Tariq eng ko’p tarqalgan yorma beruvchi ekinlardan biri. Tariq yormasi yoki so’ki o’ta to’yimliligi va shirin ta’mi bilan boshqa yormalardan ajralib turadi. Tariq doni barcha parrandalar uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi. 100 kg donida 97 ozuqa birligi bor. Somoni va yormadan chiqqan chiqindilar chorva mollar uchun xush ozuqa hisoblanadi. Tariq er sharidagi eng qadimgi ekinlardan biri, taxminan er sharida eramizdan 2700 yil burun ekila boshlagan. Kelib chiqish vatani Xitoy hisoblanadi. Yevropaga Osiyodan, Amerikaga esa Yevropadan o’tib borgan. Yer sharida ekin maydoni 37,7 mlnni tashkil qiladi va o’rtacha hosildorligi 28,1 s.

Tariq bitta murtak ildiz bilan rivojlanadi, keyin tuplanish bo’g’imidan ikkinchi tartib ildizlar chiqaradi. Ildizning qanchalik rivojlanganligi uning erga chuqur kirib borishiga qarab emas, balki atrofga taralishi (115 sm gacha) va ildizpoyalari soniga qarab (120 tagacha) aniqlanadi. Tariq ro’vak chiqarguncha ildiz tizimini shakllantirib ulguradi va boshqa g’alla ekinlariga qaraganda namdan to’la foydalanadi. Lekin ob-havo qurg’oqchil kelgan hollarda ildiz bo’g’inlardan hosil bo’lishi kechikadi va yarim egilgan maysalar uzoq vaqtgacha murtak ildizlar hisobiga yashaydi. Tariq ildizining o’zlashtirish xususiyati suli va arpa ildizinikiga qaraganda past bo’ladi.

O’suv davrining boshida sust o’sadi, shuning uchun begona o’tlar ko’payib ketadi. Unib chiqqaniga 15-25 kun bo’lgandan so’ng tuplanish fazasi boshlanadi va 10-15 kun davom etadi. Harorat 18-20°C bo’lsa yaxshi to’planadi. Ro’vak tortish fazasi 30-35 kunda, ertapishar navlarda 42-45, kechpisharlarida 18-20 kunga cho’ziladi va keyin gullaydi. Bu faza juda tez o’tadi yoki 8-10 kunda bir ro’vak to’liq gullaydi. Ro’vakda urug’lari yuqoridan pastga va chetdan o’rtasiga qarab pishadi, shuning uchun eng uchki urug’lari pishgan bo’lsa, o’rgadagilari mum pishish davrida, pastkilari esa sut pishish davrida bo’ladi.

Tariq urug’i 8-10°C da una boshlaydi, 12-15°C da qiyg’os maysa chiqaradi. -2,-3°C da maysalari qattiq zararlanadi, -3°Cdan past sovuqda butunlay nobud bo’ladi. Tariq keyingi fazalarda ham issiqni ko’p talab qiladi. Gullashi uchun 16°C, o’sishi uchun 18-24°C eng qulay harorat hisoblanadi. Unib chiqqandan urug’i pishib etilguncha 1700-2000°C, havo harorati yig’indisi talab qiladi. Tariq boshqa don ekinlariga qaraganda yuqori haroratga yaxshi chidaydi. Chunki uning barglaridagp og’izcha xo’jayralari hatto 38-40°C da ham 48 soat davomida haroratni rostlab turish xususiyatiga ega. Kuzgi bug’doyda esa bundan yuqori haroratda og’izcha hujayrasi 15-25 soat ochiq tursa, tariqda 48 soat davomida ochiq turadi. Tariq boshqa don ekinlariga qaraganda namga unchalik talabchan emas. Shunga ko’ra, urug’i unib chiqishi uchun o’z vazniga nisbatan 25% suv talab etadi. Transpirasiya koeffisienti 200-250 ga teng. Tariqning ildizi tuproqdagi suv zaxirasini yaxshi o’zlashtirish xususiyatiga ega. Tariq qurg’oqchilikka o’ta chidamli bo’lgani uchun Afrikada ko’p ekiladi, bu erda undan yiliga 4-5 marta hosil olish mumkin. Tariq qurg’oqchilikka juda chidamli bo’lishiga qaramay, sug’orishga tasirchan ekin. Tuproqning optimal namligi dala nam sig’imiga iisbatan 60-80% bo’lishi kerak. Tariq yorug’sevar, qisqa kun o’simligidir. U shimoliy tumanlarga kirib borgan sari vegetasiya davri ham uzayib boradi. Angizga ekiladigan bo’lsa, vegetasiya davri ancha (15-20 kunga) qisqaradi. Tariq unumdor erlarga ekilsa, yuqori hosil beradi. O’tloqi bo’z, bo’z tuproqlarda tariq yuqori hosil beradi. Ang’izga ekish yoki o’zidan keyii ekish ham iqtisodiy jihatdan samaralidir.

Tariqning 30 s don hosili va 60 s poxoli o’rta hisobda 90 kg azot, 42 kg fosfor, 106 kg kaliy va 31 kg kalsiyni olib chiqib ketadi. Azot o’zlashtirish bo’yicha u bahori bug’doyga yaqin turadi va qolgan 1 guruh g’alla ekinlaridan ustunlik qiladi, ayniqsa tuproqdan kaliy, kalsiy va fosforni ko’p o’zlashtiradi. Ekinning hosildorligi ekish muddati, usuli va me’yoriga ko’p jihatdan bog’liq. Urug’lar ekishdan oldin albatta 75% li beklat (2 kg/t) bilan ishlanib eqilishi kerak. Agar dalada ikki pallali begona o’tlar ko’p bo’lsa, u holda urug’lar 2,4-D gerbisidi bilan ishlanadi. Ekish usuli tor qatorli 15 sm, keng qatorli 30, 45 va 60 CM kenglikda qilib ekilishi mumkin. Keng qatorlab ekilganda qator oralarini ishlash mumkin. Tariq maysalari, odatda bir tekis chiqmaydi, ynib chiqishi anchaga cho’ziladi, urug’ining unuvchanligi past (o’rta hisobda 52%) bo’ladi. Shunga ko’ra, unuvchanligi yuqori bo’lgan urug’larni tanlab ekish kerak shunda o’sish davri boshlarida tariq tez rivojlanadi. Tariq qulay muddatda, ya’ni tuproqning urug’ ekiladigan qatlamda nam etarli va harorat 18-20°C ga etganda ekiladi. Urug’lari 3-4 sm chuqurlikka tashlanadi. O’zbekistonda tariqni ang’izga ekish ijobiy natija beradi. Donli ekinlardan keyin dalalar begona o’tlarga nisbatan toza bo’ladi va erdan ikki marta hosil olish imkoniyati bo’ladi. O’sish davrida 2-3 marta sug’oriladi. Uzoq vaqt suvsiz qolganda tariq deyarli so’lib qoladi, ammo sug’orilgandan so’ng darhol yashnab ketadi. Hosil o’rim-yig’imi davrida poyasi hali sersuv va ko’k (namligi 50-60%) bo’ladi. Dastlab, ro’vayuparning uchki qismidagi doni etilgan paytda yuqoridagilari erga to’kila boshlaydi. Shunga ko’ra, hosilni oldin o’rib, keyin yig’ib olish usuli eng samarali hisoblanadi, bunda urug’ erga kam to’kiladi, don va poxolning sifati yaxshilanadi, shuningdek hosil o’rim-yig’imida foydalaniladigan mashinalarning ish unumdorligi ortadi. Tariq doni mum pishiqlik davrida (3-4 kun ichida) oldin o’rib, keyin yig’ishtirib olinadi. Bu, nobudgarchilikka chek qo’yadi. Poyalari qurigandan so’ng yanchib olinadi.
§3.14. SHOLI YETISHTIRISH TEXNLOGIYASI
Sholi (Oryza)-boshoqdoshlar (g’allagullilar oilasi)ga mansub bir va ko’p yillik o’simliklar turkumi. 19 turi bor.

Madaniy turi ekma Sh. (O Sativa) bir yillik o’simlik. Ildizi popuk ildiz, uzun. Poyasi poxol-poya, 50 sm dan 3-5 m gacha. Asosan, 3-5, siyrak ekilganda va ko’p oziqlantirilganda 50 va undan ortiq poya chiqaradi. Yetib qolmaydigan navlarining poyasi mustahkam Bargi yashil, qizg’ish yoki binafsha rang, to’pguli shingil, bo’yi 10-30 sm Bir gulli boshoqchalari 2- tartib shoxchalarida joylashgan. Mevasi po’st (parda)li don; yapon sholisi dumaloq va enlik hind sholisi uzun, ensiz; sindirilganda oq, shishasimon, yarim shishasimon yoki unsimon; 1000 donasi 26-45 g. Ekma Sholi bahorgi, issiqsevar o’simlik. Vegetasiya davri 90-165 kun. Urug’i tuproq harorati 10-12°C da unib chiqadi; 22-27°C da yaxshi o’sib rivojlanadi. Sholi sug’orib o’stiriladi. Tuplanish, naychalanish fazalarida 5- 25 sm qalinlikda suv bostiriladi. Mum pishiqlik davrida suv chiqarib tashlanadi. Sholi qora, kashtan, botqoq tuproqlarda o’sadi.

Sholi ko’pchilik mamlakatlarning asosiy donli ekini. Doni (guruch) dan, yormasidan turli ovqatlar tayyorlanadi; ko’pchilik xalqlarda non o’rnini bosadi. Sholi doni qayta ishlanib spirt, kraxmal, pivo, poxolidan sifatli qog’oz, arqon, shlyapa va boshqalar tayyorlanadi. Terti (kepagi) mollarga beriladi; yog’ olinadi. Sholi qadimgi ekinlardan biri. Qaerdan kelib chiqqanligi to’g’risida aniq ma’lumot yo’q. Ammo, N.I.Vavilov va boshqa olimlar Hindiston, Xitoy, Afrikada bir necha ming yil ilgari Sholt ekilgan degan fikr bildirishgan. Yevropada 8-asrdan, AQShda 17-asrdan ekila boshlagan. O’rta Osiyoda mil.av. 2-3-asrlarda ekilganligi ma’lum Dunyo bo’yicha etishtiriladigan Sholining 90%ini Osiyo mamlakatlari (Hindiston, Xitoy) beradi. Ekiladigan asosiy navlari: Krasnodarskiy-424, Dubovskiy-129, Kuban-3, Donskiy-163, Primorskiy-10 va boshqalar. O’zbekistonda UzROS-7, UzROS-7-13, UzROS-269, Uzbekskiy-15, arpa sholi, Dubovskiy-129 va boshqalar ekiladi. Sholi seleksiyasining asosiy yo’nalishi hosildor (gektaridan 80-90 s hosil beradigan), kasallik va zarrkunandalarga chidamli, donining texnologik sifati jahon standarti talabiga javob bera oladigan navlarni yaratishga qaratilgan. Sholi sholi-sug’orish va sholi almashlab ekish sistemasida o’stiriladi. O’zbekistonda o’g’itlashda nav xususiyatiga qarab gektariga PO-200 kg N, 90-120 kg R205, 100-150 kg K-20 solinadi. Aprelda, asosan, qatorlab 1-2 sm chuqurlikda ekiladi. Gektariga 5,5-7,5 mln. dona don sarflanadi. Parvarishi: sharoitga qarab sug’oriladi (cheklar 5-10 sm qalinlikda suv bilan to’ldiriladi), begona o’tlar yo’qotiladi, oziqlantiriladi. Sholi alohida hamda to’g’ridan-to’g’ri kombayn bilan o’rib-yig’ib olinadi. Zararkunandalari: sholi pashshasi, sholipoya uzunburuni va kasalliklari: pirikulyarioz, chirish, gelmintosporioz, nematoda kasalliklari va boshqalar

Respublikamizda Sholini rivojlantirishga ahamiyat berildi, mexanizasiya va ximizasiya ancha rivoj topdi. Sholi etishtiruvchi xo’jaliklar konsentrasiyalandi va ixtisoslashtirildi. Tabiiy-iqtisodiy sharoit hisobga olinib, ixtisoslashtirilgan sholikorlik jamoalari ko’p tarmoqli xo’jaliklar barpo etildi. Sholini rivojlantirish, navlarni yaxshilash va yangi navlar etishtirish, hosildorlikni oshirishda sholi agrotexnikasining progressiv usullarini ishlab chiqish, sholi iqtisodi, mexanizasiya va ximizasiyalash ustida O’zbekiston sholikorlik ilmiy tadqiqot instituti ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.



Avangard navini o’suv davri 86-111 kun, 1000 dona urug’ vazni 30-32 g, oqsil miqdori 9-19 foiz. Nukus-2. O’suv davri 124 kun. 1000 dona urug’ vazni 28- 30 g, oqsil miqdori 8-9 g hosildorligi 62-65 s. O’zbekistonda keyingi yillarda sholining olimlar tomonidan (Ye. P. Gorelov va R. Xudoynazarova) suvga kam talabchan navlari o’rganilmoqda (62-rasm). Tajribalar natijasidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, sholi navlarini suv bilan bostirib sug’ormasdan makkajo’xorini sug’organdek tez-tez sug’orib ham hosil olish mumkin. Bu borada Jomboy tumanida olib borilgan tajribalarimiz ham suv bilan bostirmay turib hosil olish mumkinligini ko’rsatdi. Sholi bostirib sug’orilganda bir gektar er 35-40 ming suv sarflaydi, oddiy usulda sug’orib o’stirilganda suv sarfi gektariga 12-13 mingni tashkil qiladi. O’zbekistonda, suv tanqis mamlakatlarda sholining suvga kam talabchan navlarini ekib ustirib, ularning seleksiyasi va texnologiyasi ustida ilmiy ishlar olib borish kerak. Yer sharining ko’pgina sholi ekadigan mamlakatlari. Xitoy, Birma, Yaponiya va boshqalarda ana shunday sholi navlari ekiladi.

Sholi issiqqa talabchan bo’lib, urug’lari 11 - 12°C da una boshlaydi, ammo unib chiqish cho’zilib ketadi. 14-15°C maysalar tez hosil bo’ladi. To’plash fazasida harorat 15-18°C dan yuqori bo’lishi kerak gullashda 20-22°C, dastlabki pishish davrida harorat 23-25°C dan yuqori bo’lishi kerak. Rivojlanishi uchun yuqori harorat 40-42°C, eng qulay harorat 30-32°C hisoblanadi. Sholi mutlaqo sovuqqa chidamsiz, foydali harorat yig’indisi ertapishar navlarga 2200°C, o’rtapishar navlarga 2700°C kechpishar navlar uchun 3200°C, o’suv davri - 90-140 kun.

Sholi yoruqqa talabchan qisqa ko’pli o’simlik. Ertapishar navlari kun uzunligiga qarab o’zgarmaydi, ayniqsa boshoq tortgandan so’ng havoda bulo’tlar ko’p bo’lsa, hosildorligi kamayib ketadi. Doni kichik bo’lib etiladi.

Suvga bo’lgan talabiga ko’ra sholi gigrofit o’simlik hisoblanadi. Sholi o’simligi o’sish davrida 10-15 sm qalinlikda suv bilan bostirib turiladi. Eng yuqori (500-800) transpirasiya koeffisientiga ega, ayniqsa ro’vaklash fazasida suvga talabi katta bo’ladi. Ildiz va bargining so’rish kuchi past Tukchalari yo’q navlariga qarab 2 guruhga: uzoq muddat suv bosib turishni talab qiladigan va vaqti-vaqti bilan suv bostirishni talab qiladigan navlarga bo’linadi. Yog’in sochin ko’p (200 mm gacha) bo’ladigan mamlakatlarda (Indoneziya, Vetnamda) sholi ba’zan sug’orilmasdan ham etishtiriladi. Havo namligi 70-80 foiz bo’lishi kerak. Sholi uchun bu optimal hisoblanadi.

Sholi mamlakatimizda suv bostirib etishtiriladi. Shuning uchun bir tekis suv bostirish va suv oqishi uchun sug’oriladigan karta va pollar yaxshilab tekislangan injenerlik tipidagi zamonaviy sug’orish tizimi relefi va nishabligi ko’pi bilan 0,0003-0,005 bo’lgan massivlarda tortiladi. Bunda, ko’ndalang marzali maydonlar sug’oriladigan va tashlama kanallar yordamida quritiladigan kartalarga bo’linishi. Eni 200-300 m, bo’yi 600-1500 m bo’lgan sugorish kartalari balandligi 35 sm va eni 20 sm bo’lgan yuzasi tekislangan (gorizontal 5 sm farq qiladigan) to’g’ri shaklli, kartaga ajratiladi. Keyingi yillarda pollar maydoni 10-20 ga, sugorish ko’lami keng bo’lgan sholi kartalari ajratish rasm bo’ldi. Bu hol texnikadan ancha samarali foydalanishga, ayni bir kanaldan sug’orish va ortiqcha suvni tashlab yuborishni tez amalga oshirishga imkon beradi. Sholi navbatlab ekishda ko’p o’simliklarga qaraganda o’ziga xos agrotexnikaga ega. Bostirib sug’orilishi, navbatlab ekishga muhtoj emasligi, er tanlamasligi kabi xususiyatlari bor. Ammo sholi o’stirilgan maydonlarda, sholi takroriy ekilsa, er tez botqoqlashadi. Yoki shurlanadi, aerob mikroblarining chala oksidlangan birikmalari. Bularning hammasi erda begona o’t ko’payib, organik moddalarning kamayib ketishiga va hosilning keskin pasayishiga sabab bo’ladi. Sholi bir joyga 3-4 yil uzluksiz ekilishi mumkin.

Sholipoyalarga doimiy suv bostirib qo’yilishi er osti suvlariiing yuza bo’lishi sababli tuproqda ko’p miqdorda oksidli birikmalar tuplanadi, bu tuproq fizikaviy xossalarining yomonlashuviga va hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Shunga ko’ra, sholikor xo’jaliklarda sholipoyalarni vaqt-vaqti bilan quritish va shamollatib turish kerak. Bu, erning unumdorligini oshiradi. tuproqning fizikaviy xossalarini yaxshilaydi va mul xosil etishtirish uchun qulay sharoit yaratali. Bu xildagi tadbirlar navbatlab ekishdan tashqari, erni to’g’ri ishlash tizimini ko’llashdan iborat. Yerni bunday ishlash tizimi faqat tuproqning suv havo va boshqa xossalarini yaxshilabgina qolmay, balki sholining acociy kushandasi bo’lgan begona o’tlarni yo’qotishga ham imkon beradi. Sholipoyalarni tekislash tadbirlari ham erni ishlash tizimiga kiradi.

Sholi o’g’itlarga juda ta’sirchan bo’ladi. Sholi I t don va shunga muvofiq poxol tuplashi uchun bir gektar erdan 19,3 kg azot, 2,6 kg fosfor va 25 kg ga yaqin kaliy o’zlashtiradi. Ammo bu davrda unga oziq elementlari ayniqsa, fosfor va azot etishmasa o’sishdan orqala qoladi. Organik o’g’itlar ham hosilni oshirishga kagga yordam qiladi. Gumus tuproqda eruvchan oziq moddalarni yuvilib ketishdan saqlaydi. Sholi ekiladigan erlarga gektariga 30-40 t gung solish kerak. Oziq moddalarning asosiy qismini 70 foizdan ko’p azotni. 90 foiz fosfor va 80 foiz kaliyni boshoqlashdan gullashgacha bo’lgan davrda o’zlashtiradi. Sholi o’sib to’rganda mineral o’g’itlar samolyotlar bilan sepilganda ijobiy natija beradi. Bir tonna sholi doni uchun 20-24 kg N,8-13 kg R,0., 25-32 kg Q0 sarf bo’ladi. Qoraqalpog’istondagi o’rtacha sho’rlangan o’tloq taqir quruq erlarni birinchi va ikkinchi o’zlashtirishda oriq tuproqli erlarda xar gektariga 180 kg azot, 60-90 kg fosfor va 60 kg kaliy, unumdorligi bir oz yuqori bo’lgan erlarga esa 120-150 kg azot, 60 kg (1) osfor va 60 kg kaliy solinadi. Yangidan o’zlashtirilgan sho’r erlarda (Mirzacho’l, Farg’ona va boshqa joylarda) fosforli o’g’it solish me’yori sho’rlanmagan erlardagiga qaraganda ikki baravar oshiriladi. Qurukda o’sadigan o’rniga ekiladigan sholi, bitta-bitta, o’g’itlanishi kerak. O’tmishdosh ekinlar hosili kam bo’lgan vaqtda uning o’rniga ekilgan sholining xar gektariga 90-100 kg dan azot va fosfor solish kerak. Ikkinchi va uchinchi yili iyulida ekilganda esa azot va fosfor me’yori oshirilgani holda yana gektar boshiga 90-120 kg dan kaliyli o’g’it ham solinadi. Agar oldingi ekindai yuqori hosil olingan bo’lsa, sholiga beriladigan azotli va fosforli o’g’itlar normasi kamaytiriladi. Sholi dukkakli o’tlar va dukkakli don ekinlari o’rniga ekilganda esa azot normasi yarmigacha kamaytiriladi. Mineral o’g’itlarni erga bo’lib bo’lib, fosforli o’g’itninghammasi, azotli o’g’itning 30-40 foizi va kaliyni-50 foizi epni ekish oldidan ishlash vaqtida solinadi. O’simliklar 3-4 ta barg chiqarganda, ya’ni birinchi oziqlantirishda azotning 30-35%, tuplanish davrida. ya’ni ikkinchi oziqlantirishda qolgan 30-35% va kaliyning qolgan qismi solinadi. Kaliy kichik me’yorda (gektariga 30-60 kg) solinadigan bo’lsa, uning hammasi ikkinchi oziqlantirishda solinadi. Yerga ekin ekish oldidan solinadigan o’g’itlarni kultivator bilan 10-12 sm chuqurlikda ko’mish kerak.

Sholi urug’larini ekishdan oldin bir qator agrotexnik tadbirlar o’tkaziladi. Maysalar chiqishini tezlashtirish uchun sholi urug’i ekish oldidan ivitiladi yoki undiriladi. Bunda urug’ suvda (18-20°C) 2-3 kun saqlanadi, keyin sochiladigan bulguncha quritiladi. Urug’ni undirish uchun 24-26°C haroratli suvda 24 soat saqlab, keyin nish urguncha 24-28 soat davomida saqlanadi. So’ngra sochiladigan bo’lgancha quritish uchun salqin joyga yupqa qilib yoyib qo’yiladi, chunki ochiq joyda quyosh nurlari nish otgan urug’ni nobud qiladi. Urug’ni undirishda formalin eritmasi bilan yarim quruq dorilash (1 tonna uruqqa 30 l, 0,5 foizli aritmahisobidai) usuli qo’llaniladi. Urug’ning sifatini yaxshilash va biologik jihatdan to’la qimmatli .hamda vaznli sholi fraksiyasini ajratib olish uchun sholi urug’i ammoniy sulfatning to’yingan eritmasiga solinib. solishtirma og’irligi bo’yicha saralanadi, bunda 27 qism , 100 qism suvda eritiladi. Himjon don va begona o’tlar urug’i eritma yuziga chiqadi, sholining bo’liq doni esa (solishtirma og’irligi 1,16 va undan ortiq) cho’kadi. Sholi eng kech ekiladigan ekin. Tuproq harorati 14-15°C gacha isiganda ekishga kirishiladi. Ekishdan oldin urug’lar dorilanadi. Bu, bizda aprelning oxiri may oyining boshlariga to’g’ri keladi. Sholi urug’lari 0,5-1 sm chuqurlikda tashlanadi va darhol 6-8 sm qalinlikda suv bostiriladi. Maysa unib chiqqandan so’ng gerbisid bilan ishlanadi. Tomorqa xo’jaliklari va dehqon-fermer xo’jaliklarida sholi suv bostirilgan poyalarga sochib ekiladi. Ekish me’yori gektariga 5-6 mln don urug’i tashlanadi yoki 180-220 kg. Ko’chat usulida etishtirish ko’pchilik Osiyo mamlakatlarida qo’llaniladi yoki dunyoda ekiladigan sholining 80- 85% shu usulda ekiladi. O’zbekistonda ham kuzgi arpa va ertapishar bug’doylardan so’ng sholini ko’chat usulida o’stirib hosil olish tajribasi isbotlandi. Buning uchun avval urug’lar maxsus ko’chatxonalarda o’stiriladi. Ko’chatxonalarga 20-25 maylarda sholi urug’lari ekiladi va 25-30 iyungacha parvarish qilinadi. Ko’chatxonalardagi ko’chat sholilar to’plash fazasida dalaga o’tqaziladi. Buning uchun bir gektariga 20-22 mln. dopa yoki 650-750 kg sholi urug’i sepiladi. Ko’chatxonada tuproq oziqa bilan to’liq ta’minlangap bo’lishi va sholi ekilgandan so’ng ham sug’orilib, oziqlantirib turiladi.

Sholini turli sug’orish rejimida etishtirish mumkin. Odatda, doimiy, qisqa muddatli, bo’lib va vaqti-vaqti bilan suv bostirib sug’orish usuli bor. Bunda suv qatlami sholining butun o’suv davri mobaynida hosil qilinadi va saqlanadi. Maysalar to’liq chiqquncha poyalarga 8-10 sm qalinlikda suv qo’yilmaydi, sholi o’sgan sayin suv qalinligi asta-sekin 12-15 sm gacha oshirib boriladi va sholi etilguncha shu holda saqlanadi, shundan keyin asta-sekin chiqarib yuboriladi. Gerbisidlar past bunli begoia o’tlarga yaxshi tegishi uchun ularni purkash vaqtida pollardagi suvning sathi 3-5 sm gacha pasaytiriladi. Sholini sug’orish me’yori yuqori bo’lib, qatlam osti suv o’tkazmaydigan og’ir tuproqli erlarda gektariga 10000- 12000 m biroz engil Typroqli erlarda 18000-20000 m va undan ham ko’proq suv sarflanadi. Yerda nam etarli bo’ladigan tumanlarda sholi 4-5 sm chuqurlikda ekiladi va yoppasiga maysalangan hamda gerbisidlar bilan ishlov berilgandan keyin dalaga 6-8 sm qalinlikda suv bostiriladi. Hamma o’simliklar er yuzasiga chiqqanda, suv qatlamining qalinligi asta-sekin 12-15 sm gacha oshiriladi.

Bo’lib bo’lib suv bostirishda urug’ning unib chiqishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi va sug’oriladigan suvdan tejamli foydalaniladi. Bunda vaqti-vaqti bilan suv bostirib keyin chiqarib yuboriladi. Bo’lib - bo’lib suv bostirish rejimi sholining biologik xususiyatlariga eng ko’p mos keladi. Vaqti-vaqti bilan namiqtirib turish maysalar chiqquncha tuproq namligini 65-70% saqlash lozim Keyinchalik esa dala nam sig’imining 75-80% miqdorida saqlab turishdan iborat. Yer turlicha: sug’orilib, yomg’irlatib namiq tiriladi. Dalaga 12 martagacha suv qo’yiladi, umumiy suv sarfi gektariga 8-10 ming migacha kamaytiriladi. Vaqti-vaqti bilan namiqtirish usulidan sholining suvsiz yoki suvga chanqoq navlarini etishtirishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkii. Sholi ro’vak chiqarishi va gullashi davrida pollarda suv sathi 12-15 sm bo’lishi kerak. Ana shudavrda sholi sug’orilmasa yoki uzoq oralatib sug’orilsa, to’la changlanmasdan hosilsiz, boshoqlari siyrak donli bo’lib qoladi. Sut pishiqlik davrining oxiri va mum pishiqlik davrining boshida ayulining suvga bo’lgan talabi keskin kamayadi, shuning uchun pollarda, albatta, suv bo’lishi shart emas. Ro’vaklarda hosilni oshirish va ularda yon boshoqchalar hosil bo’lishi uchun sholi 7-9 ta barg chiqargandan keyin pollarlagi suvning qalinligini oshirish yoki suv oqib kirib-chiqishi yo’li bilan uning haroratini pasaytirish kerak. Sholini o’g’itlashdan 2-3 kun oldin pollarga suv qo’yilmaydi. O’g’it solingandan va pollardagi suv singib ketgandan keyin yana suv bostiriladi. Sug’orishni qulay holda, ya’ni zanjirli usulda (bir poldagi suv ikkinchisi, undan uchinchisiga oqib o’tadigan va hokazo) sug’orishda sholipoyalarga suvni doimiy ravishda oqizib qo’yish talab etiladi. Lekin sholi pollarda doimo suv oqib turishi talab etmaydi. Shunga ko’ra pollarga kirib turadigan suv sholining transpirasiya prosessida tabiiy yo’qoladigan va tuproqqa singib ketadigan suv miqdoriga to’g’ri kelishi kerak. Bu xilda sug’orish tizimida sug’oriladigan sholipoyalarga mos keladi.

Hosilni yig’ish. Sholi ro’vagida dastlab yuqorigi boshoqchalar etiladi. Sholi asosiy poya ro’vagining o’rta qismi boshoqlaridagi don to’liq etila boshlaganda o’riladi. Bu vaqtda 60-70 foiz don to’liq etilgan bo’ladi. Sholi don to’g’ridan-to’g’ri kombaynlar bilan yig’ib olinadi, ba’zan avval sholilar o’rib yotqizilib, qurigandan keyin yanchilib olinadi. Birinchi yanchishda olingan don ancha yirik etilgan va kam shikastlangan bo’ladi. Ikkinchi yanchishda olingan don tovar sifatida ishlatiladi. Sholining namligi yuqori (15 foiz dan ortiq) bo’lsa, unuvchanligini tez yo’qotadi, shuning uchun yanchilgandan keyin darhol yaxshilab tozalab, namligi 11-12% ga kelguncha quritish kerak.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə