O’zbekistonda arxeologiya. Madrimov Sh


Arxeolog-olim Muhammadjon



Yüklə 471,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/25
tarix22.05.2022
ölçüsü471,74 Kb.
#87674
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
ozbekistonda arxeologiya fanining paydo bolishi va taraqqiyoti

Arxeolog-olim Muhammadjon 
Đ
somiddinov. 
Tarix fanlari doktori, professor Muxammad Hasanovich 
Đ
somiddinov 1943 
yili Farg’ona viloyatining Farg’ona tumanidagi Qo’chqorchi qishlog’ida tug’ilgan. 
1962-yili o’rta maktabni tugatgan. 1963-1968 yy. Farg’ona Davlat 
pedagogika institutining tarix-geografiya fakultetida tahsil olgan. O’z faoliyatini 
universitetni geografiya fakultetida o’qituvchi, laborant vazifalarida ishlashdan 
boshladi. 
1971-yildan O’zRFA Arxeologiya institutiga stajer-tadqiqotchi bo’lib ishga 
o’tdi. 1973-1978 yy. SSSR FA Arxeologiya instituti Leningrad bwlimida (hozirgi 
Moddiy madaniyat instituti) avval stajer-tadqiqotchi, so’ngra aspiranturani o’tadi. 
1979 yili «Janubiy Sug’dning antik va o’rta asrlaridagi kulolchilik tarixi» 
mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya etdi. 2000-yili «Samarqand 
Sug’dida shahar madaniyatining genezisi» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini 
himoya etdi. 
M.X.
Đ
somiddinov rahbarligida Sug’dning Yerqo’rg’on, Afrosiyob va 
Ko’ktepa arxeologik yodgorliklarida keng qamrovli arxeologik qazishmalar 
o’tkazilgan. Bir necha olamshumul kashfiyotlar qilgan olimlardan biridir. 
M.X.
Đ
somiddinov tomonidan bir necha fundamental monografik tadqiqotlar e’lon 
etilgan (
Đ
samiddinov M.X., Suleymanov R.X., Erkurgan. Tashkent. 1984). Ayniqsa 
M.X.
Đ
somiddinov boshqargan O’zbek-Fransuz qo’shma ekspeditsiyasining 
Afrosiyobda va Ko’ktepadagi ilmiy izlanishlari muvaffaqiyatli bo’ldi. Ko’p yillik 
izlanishlar samarasi bo’lib yirik monografik tadqiqot «
Đ
stoki gorodskoy kulturı 
Samarkandskogo Sogda» nashr yuzini ko’rdi. Bu xududdagi shaharsozlik 
madaniyati va davlatchilik asoslari haqida yangi fikrlar bildirildi va ushbu 
xulosalar ilmiy jamoatchilik tomonidan quvvatlandi. Masalan, Samarqand quyi 
qatlamlarini 2750 yilligini, Ko’ktepaning esa «Avesto» davriga borib taqalishi 
ilmiy isbot etib berildi. 
1985-yili M.X.
Đ
somiddinov bir guruh olimlar bilan urbanizatsiya jarayonlarini 
o’rganishdagi katta xizmatlari uchun fan va texnika sohasidagi Abu Rayxon 
Beruniy nomidagi Respublika mukofotini olishga muyassar bo’ldi. 
2003-yili «Mehnat shuhrat» ordeni bilan mukofotlangan. Bundan tashqari 200 
dan ziyod ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya muallifidir. Jahonning ko’plab, 


64 
xususan Fransiya
Đ
taliya, Germaniya, Rossiya mamlakatlaridagi ilmiy 
anjumanlarida qilgan maruzalari e’tiborga sazovor bo’lgan. Shaharsozlik 
madaniyati, 
davlatchilik 
munosabatlari, 
ilk 
temir 
va 
antik 
davrlari, 
hunarmandchilik tarixi bo’yicha yirik taniqli mutaxassis. 
Tarix va Arxeologiya institutlari qoshidagidagi tarix fanlari doktori ilmiy 
darajasini beruvchi Maxsus 
Đ
xtisoslashgan Kengashlar a’zosidir. 

Yüklə 471,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə