O’zbekistonda arxeologiya. Madrimov Sh


Bop.III. 3.1.O’zbekistonda arxeologiya fanining paydo bo’lishi va



Yüklə 471,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/25
tarix22.05.2022
ölçüsü471,74 Kb.
#87674
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
ozbekistonda arxeologiya fanining paydo bolishi va taraqqiyoti

Bop.III. 3.1.O’zbekistonda arxeologiya fanining paydo bo’lishi va 
rivojlanishining bosqichlari 
O’rta Osiyo sharoitida ham dastlabki arxeologik qazishma ishlari deyarli 
Rossiyadagi kabi XIX asrning ikkinchi yarmida faqat topilmalar topib kollektsiyalar 
yig’ish uchun qazishmalar o’tkazishni boshlaganlar. Usha davrning yirik 
sharqshunos olimlari, tabiatshunoslar va boshqa ko’plab olimlarning Turkiston 
xududiga kelishi bilan bu erda ham dastlabki o’lkashunoslik, tarixni o’rganish uchun 
yozma va arxeologik materiallarni to’plash ishlari boshlandi. Rossiyalik yirik 
sharqshunos olimlarning bu erda boshlagan ekspeditsiyalarida mahalliy ilmli-bilimli 
odamlar ichida turk va fors tillarini biladigan, arab alifbosida yozilgan 
qo’lyozmalarni o’qiy oladigan odamlarni olib yurib birinchidan qadimgi tariximiz 
bo’yicha juda ko’plab materiallar to’plagan bo’lsalar, ikkinchidan shu mahalliy 
aholi orasidan chiqqan yoshlarni arxeologik qazishmalar olib borib tarixni 
o’rganish mumkinligini tushuntirishdi. 


46 
Xuddi shunday mahalliy havaskor o’lkashunoslardan biri Akram Asqarov 
bo’lib, uning o’zi savdogar, ipak tolalaridan gazlamalar to’qiydigan hunarmand 
bo’lsa ham, bularga qo’shimcha ravishda qadimgi asori-atiqalardan kollektsiyalar ham 
to’plagan. N.
Đ
.Veselovskiy tashkil etgan qazuv-qidiruv ishlarida bevosita qatnashgan, 
turli davrga oid tangalarni davri, zarb qildirgan podshoning nomlarini juda yaxshi 
bilgan. Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand va Buxorodagi ekspeditsiyalarda qatnashgan. 
Akram Asqarovni bemalol birinchi o’zbek arxeologlaridan edi deb qo’rqmay aytsa 
bo’ladi. Rus sharqshunos olimi N.
Đ
.Veselovskiy Akram Asqarovga baho berib 
«Agar Akram Asqarov bo’lmaganda men bunchalik muvaffaqiyatlarga erishmagan 
bo’lar edim» deb juda yuqori baholagan. 1887 yili «Rus arxeologiya jamiyati» Akram 
Asqarovni «Arxeologiya rivojiga ko’shgan hissasi uchun» kichik kumush medali bilan 
mukofotlaydi. Ko’p o’tmay u Parijdagi «ilmiy arxeologiya jamiyatining azosi» etib 
saylanganligi ma’lum bo’ldi. 
Yana bir mahalliy aholi vakillaridan biri Mirza Abdulla Buxoriy bo’lib, u aslida 
savdogar-ziyoli oiladan chiqqan edi. Ko’p yillar davomida arxeologik ashyolarni 
to’plash va ularni o’rganish bilan shug’ullangan va natijada oddiy asori-atiqalarni 
to’plovchi odamdan mahalliy o’lkashunos, numizmat va havaskor arxeolog 
darajasaga ko’tarilgan. 
Mahalliy havaskor - numizmag, samarqandlik hattot Abu Said Maxsum bo’lib, 
uning Samarqand shahrining obidalaridagi ko’chirmalaridan N.
Đ
.Veselovskiy, 
V.A.Krachkovskaya, A.A.Semyonov kabi taniqli sharqshunoslar o’z ilmiy 
tadqiqotlarida foydalanishgan. Hatto, Samarqandlik sharqshunos va arxeolog olim 
V.L.Vyatkinga Ulug’bek rasadxonasini o’rnini XVI asr vaqfnomalarini o’rganib 
turib ko’rsatib bergan ham Abu Said Maxsum bo’ladi. Demak, «tarixiy manbalarni 
o’qib turib, u yoki bu yodgorlikni topish usulini ham birinchilardan bo’lib o’zbek 
ziyolilari ixtiro qilgan», desak xato qilmagan bo’lamiz. 
Abu Toxirxwja Samarqandiyning qalamiga mansub bo’lgan «Samariya» asarini 
1899-yilda N.
Đ
.Veselovskiy tomonidan fors tilida, 1904 yilda V.L.Vyatkin tomonidan 
rus tilida nashr qilinishiga sababchi bo’lgan ham Abu Said Maxsum bo’ladi. 
Chunki, Abu Said Maxsum birinchi marta bu qo’lyozmani topib, undan bir nusxa 
ko’chirib 
N.
Đ
.Veselovskiyga 
bergan 
edi. 

umrining 
oxiriga 
qadar 
V.L.Vyatkinning Afrosiyobdagi qazishmalariga borib turgan, ammo og’ir 


47 
xastalikka uchragan Abu Said Maxsum rasadxona ochilganidan ko’p o’tmay 1910 
-yilda vafot etdi. 
Turkisgonning Ettisuv viloyatida yana bir havaskor arxeolog Turdi 
Mirg’iyosov faoliyat yuritgan bo’lib, u 16 yil davomida asori atiqalarni to’plagan. 
Uni o’sha davrdagi arxeolog A.A.Divaevga yozgan xati O’zbekiston Davlat 
Markaziy arxivida saqlanib qolgan. Unda To’qmoq tumani atrofida saqlanib 
qolgan irrigatsiya inshootlari, ko’hna shahar harobalari, u erda qazishmalar 
o’tkazilganini, u erda topilgan topilmalar to’g’risida yozgani holda, yodgorliklarni 
saqlash ishlari yaxshi bo’lmayotgani, jumladan, mahalliy aholi tomonidan 
obidalarning g’ishtlari ko’chirib olib ketilayotganligi to’g’risida xabar qilinadi. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, bizda boshlangan arxeologik qazishma 
ishlarini ibtidosida mahalliy aholidan chiqkan ziyoli, havaskor o’lkashunos, o‘z 
xalqini tarixini o’rganishni orzu qilgan havaskorlar turadi. 
V.V.Bartoldning sa’y-harakati bilan 1895-yilda Toshkentda Turkiston 
Arxeologiyasi havaskorlari to’garagi tashkil etildi. Bu to’garak ishlarida o’z 
davrining yirik sharqshunos va qadimshunoslari V.V.Bartold, N.
Đ
.Veselovskiy, 
M.S.Andreev, A.A.Divaev, N.S.Likoshin, N.G.Mallitskiy, N.P.Ostroumov, 
V.L.Vyatkin, A.A.Semyonov kabi atoqli olimlar shug’ullanganlar. 
O’rta Osiyoning qadimgi va o’rta asrlari bo’yicha yirik mutaxassis, arxeolog 
olim V.M.Massonning fikricha O’rta Osiyo arxeologiyasini shakllanishida Sankt-
Peterburg sharqshunoslarining o’rni juda katta bo’lgan edi. Ayniqsa V.V.Bartold, 
N.
Đ
.Veselovskiy, A.Yu.Yakubovskiy kabi yirik sharqshunoslar boshlagan va 
A.M.Belenitskiy oxiriga yetkazgan arxeologik manbalardan tarixni yoritishda 
foydalanish usuli «Sankt-Peterburg arxeologiya maktabiga» aylandi. 
Ammo XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Turkiston xududining 
anchagina qismida arxeologik izlanishlar olib borish bilan o’z zamonasining yirik 
bilimdon sharqshunos olimlari shug’ullanishgan bo’lishsa ham, ularning hammasi 
oddiy «kollektsiya yig’uvchi mutaxassis» darajasidan nariga o’tmadilar. Buning 
sababi asosan bitta edi. U ham bo’lsa bu «arxeolog»larni O’rta Osiyo sharoitida 
oddiy tuproqdan yasalgan (paxsa, xom g’isht, guvalak, sinch, erto’la, yarim erto’la 
va h.k.) arxitektura obidalarini nurashi, ularni ko’p qatlamligi sharoitida paydo 
bo‘lgan arxeologik qatlamlarni ajrata olmaganliklarida, yodgorliklarni tarixiy 


48 
manba sifatida ishlatishni bilmaganliklarida edi. Bu ishni bilish uchun o’sha 
qazilayotgan obidani yodgorlik shaklga kirgunga qadar bo’lgan tarixini tasavvur 
qilaoladigan odamgina bu yodgorlikni qaziy olishi, arxeologik obidani yaxlit bino 
sifatida tasavvur qila olishi mumkin edi. Buning uchun albatta arxeolog-
mutaxassislar kerak edi. 
Bizning xududlarimizga kelib qazishmalar olib borgan dastlabki sharqshunos-
arxeologlar 
Yevropa 
xududlaridan 
kelganliklari 
uchun 
ular 
ko’proq 
Qoradengizbwyi, Kavkaz, Yevropaning janubiy qismlaridagiday toshdan 
ko’tarilgan imoratlarni qazib o’rganishgan, yoki o’zlari bevosita qatnashmagan 
bo’lsalar ham, ular to’g’risidagi ma’lumotlarni chop etilgan adabiyotlardan bilishar 
edi. Shuning uchun ular O’rta Osiyoga kelib dastlabki qazishmalarni o’tkazishgan 
davrda katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadilar, chunki ular mahalliy sharoitdagi 
tuproqdan bo’lgan imoratlarni qoldig’ini qazishni bilishmas edi. 
O’zbekistonda arxeologiya fani hatto o’tgan asrning 30-yillarini oxirlarigacha 
o’zining shakllanish bosqichida edi. Bu davrda V.L.Vyatkin Afrosiyob 
yodgorligida, B.P.Denike qadimiy Termizda, M.E.Masson Ohangaron vodiysida 
va Amudaryo bo’yidagi Ayritomda, Termizda, A.Yu.Yakubovskiy Zarafshon 
vodiysi 
yodgorliklarida, 
V.A.Shishkin 
Varaxshada, 
S.P.Tolstov 
va 
Ya.G’.G’ulomov Xorazm vohasida, A.P.Okladnikov Teshiktosh va Machay 
g’orlarida, V.V.Grigorev va A.
Đ
.Terenojkin Toshkent viloyati va Samarqand 
shahrida qazishmalar olib bordilar. 
Bu olimlarning aksariyat qismi o’z sohasining yetuk darg’alari bo’lishsa ham, 
ularning ichida O’rta Osiyo iqlimiy sharoitidagi tuproqdan bo’lgan arxitektura 
obidalarini qazish, yodgorlikni qatlamma-qatlam o’rganishning eng dastlabki 
namunalarini hayotga joriy etgan dastlabki arxeologlar bu G.V.Grigorev, hamda 
A.
Đ
.Terenojkin bo’ladilar G.V.Grigorev Samarqand shahridagi Tali-Barzu 
yodgorligida olib borgan qazishmalaridan topilgan juda ham yaxshi, qatlamma-
qatlam olingan kulolchilik komplekslari hozirgi payitgacha «tozza komplekslar» 
sifatida o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Bunday ish O’rta Osiyo sharoitida 
birinchi marotaba o’tkazilganligi tufayli va olingan stratigrafik ma’lumotlar juda 
aniq davrni ko’rsatsa ham, o’sha davrning arxeologiyasiga katta xizmat ko’rsatgan 
G.V.Grigorev bu ma’lumotlarni aniq davrini aniqlashda katta xatolarga yo’l 


49 
qo’ydi. Albatta bu uning aybi emas, balki arxeologiya fanining ilk rivojlanish 
bosqichlaridagi to’g’ri yo’lni qidirish edi. 
Xuddi shunday fikrni urushdan keyingi qiyinchilik yillarida Samarqandning 
Afrosiyob harobalaridagi jarliklar, eski qazishmalarni kesmalari, mudofaa 
devorlarini tozalash va ularni tushunish ishlarini muvaffaqiyatli bajargan, hamda 
bu sohada yirik tajriba to’plagan olim A.
Đ
.Terenojkin to’g’risida ham aytsa bo’ladi. 
Bu olimning o’sha turli kesmalarni, jarlik va mudofaa devorlarini tozalash usullari 
bilan Samarqand shahri tarixini davrlashtirishi va ayniqsa uning olgan 
komplekslarini tozaligi o’z kuchini hozirga qadar yo’qotgani yo’q. 
O’zbekistonda arxeologik bilimlarni to’planishida, mamlakatimiz uchun 
ko’plab arxeolog kadrlar yetkazib berishda hozirgi Milliy universitetning 
arxeologiya kafedrasini ochilishi (1940 y.), O’z.FA qoshida dastlab Arxeologiya 
bo’limini, sal o’tib tarix va arxeologiya institutini tashkil etilishi (1943 y.), 
yurtimizda qadimshunos mutaxassislarni ko’plab paydo bo’lishida o’zining 
munosib hissasini qo’shdi. Bu kafedrani bitirib chiqqan olimlar ichida O’rta Osiyo 
tarixi va arxeologiyasi bo’yicha eng yirik ishlarni qilgan qadimshunoslar - 
B.A.Litvinskiy, V.M.Masson, V.
Đ
.Sarianidi, Yu.F.Buryakov, E.V.Rtveladze, 
R.H.Sulaymonov. G.V.Shishkina, B.D.Kochnev, A.S.Sagdullaev, Z.Usmonova, 
Đ
.Axrorov, Sh.Pidaev kabi olimlarni misol qilib keltirish mumkin. Aynan shu 
kafedrani bitirib chiqqan olimlarni alohida qazish usullari, arxeologik materiallarni 
talqin qilish usullarini birligi uchun ham bu olimlarni O’rta Osiyo 
arxeologiyasining «Toshkent maktabi» deb atash rasm bo’lgan. 

Yüklə 471,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə