O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar reja



Yüklə 23,72 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü23,72 Kb.
#136548
  1   2
5O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR


O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR
Reja:

  1. Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi.

Davlat mustaqilligining dastlabki yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi - Ministrlar Sovetining maqomi tamoman o‘zgartirildi. 1990 - yil 24 - martda O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o‘zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o‘zgartirishni talab qildi. 1990 - yil 15 noyabrda O‘zbekiston Prezidentining „O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida“ Farmoni chiqdi. Unga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi.


1992- yil 4 yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O‘zbekistonda davlat ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo‘ldi.
Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati bo‘lib, ijro etuvchi hokimiyatdir.

Yüklə 23,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə