O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
12-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
19.10.2022
1114
QO`QON XONLIGIDA SOLIQ VA MAJBURIYATLAR
Xamidov Shukurullo Muqimjon o`g`li
Farg`ona davlat universiteti,
Tarix fakulteti, 19.74-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Qo`qon xonligida joriy etilgan soliq va
majburiyatlar, qirg`iz va qipchoq qabilalariga yuklangan soliqlar, ularni undurish
tartibi, aholining turli xil hashar va majburiyatlarga jalb qilinishi masalalariga alohida
to`xtalib o`tilgan.
Kalit so`zlar:
soliq, hashar, xiroj, tanho, ushr, zakot, tanob
Qo`qon xonligida soliqlar tizimi qadimdan rivojlanib kelgan soliq tizimiga
asoslangan edi. Xonlik joriy qilgan soliq tizimi shariat qonunlariga asoslangan edi.
Qirg`iz va qipchoqlar yashaydigan hududlar xonlik tarkibiga qo`shib
olinishi bilan
ularning hududlari xonlik mulkiga aylandi. Qirg`iz va qipchoq qabilalaridan yer va
chorva mollari soliqlari olina boshlandi
134
.
Xonlikda joriy qilingan soliq tizimi shariat qonunlari
asosida tasniflangan va
tartibga solingan edi. Qo`qon xonlari joriy qilgan soliq tizimi mamlakatning barcha
aholisiga nisbatan birdek tartibda amal qilar edi. Bunda o`zbek, tojik, qirg`iz va
qipchoq kabi xalqlarning soliq to`lash tartiblari bir xil edi.
Xonlikda joriy qilingan
soliqlar tizimi asosan aholi ustidan o`rnatilgan nazoratning bir ko`rinishi edi. Xonlik
viloyatlarining soliq to`lash imkoniyati mahalliy aholining shug`illanadigan
mashg`ulotlariga bog`liq edi.
Aholidan olindigan soliqlar xonlarning kundalik sarf-harajatlarini qoplar edi.
Xonlikning harbiy qo`shinlarining maoshlari xon xazinasidan qoplanar edi.
Bundan
tashqari amaldorlarning maoshlari ham aynan mamlakat aholisi to`laydigan
soliqlardan qoplanar edi. Xonlikdagi barcha yerlar xonning mulki hisoblangan. Xonlar
ushbu yerlarni amaldorlar,
qarindoshlari, qabila boshliqlari va boshqalarga yerdan
olinadigan soliqlarning bir qismini o`zida qoldirish sharti bilan hadya qilar edi.
Xonlikda yer va suv hukmron
tabaqalariniki hisoblanib, yerga egalik qilishning
to`rtta turi mavjud bo`lib ular quyidagilar edi:
1. Xiroj yerlar – yer egalarining xususiy yerlari.
2. Davlat yoki amloq yerlari – xonga qarashli yerlar – o`rmonlar, to`qaylar, yo`lu-
ko`priklar.
3. Xususiy yerlar – xonning maxsus farmoyishi bilan yirik amaldorlarga berilgan
yerlar (suyurg`ol).
4. Vaqf yerlari –
diniy muassalar, ya`ni, masjid, madrasa va mozorlarga qarashli
yerlar.
134
Плоских В. М. Киргизы и Кокандское ханство, Фрунзе, «Илим» 1977, С-256