O'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix12.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#148652
  1   2
O\'ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O\'ZGARISHLAR



O'ZBEKISTONDA 
IJTIMOIY SOHADA 
AMALGA 
OSHIRILAYOTGAN 
O'ZGARISHLAR


O’zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirilayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga
o’tilayotgan bir davrda ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekistonnning
o’z tiklanish va taraqqiy etish yo’liga asoslangan tamoyillardan biri ham bu kuchli ijtimoiy
siyosatdir. Kuchli ijtimoiy siyosat deganda “O’zbekistonning har bir fuqarosi millati, dini va
e’tiqodidan qat’iy nazar shaxs sifatida shakllanishi, o’z qobiliyatini namoyon etishi, hayotini
yanada farovon, munosib, ma’naviy boyroq qilishi uchun” zarur sharoitlarni yaratishga
qaratilgan aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha ijtimoiy kafolat va choralarning ta’minlanishi
tushuniladi. Fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’makni ko’rsatish imkonini beruvchi aholini
ijtimoiy himoyalash tizimining vujudga kelishi ushbu yillardagi ijtimoiy siyosatning tabiiy
yutuqlaridan bo’lib hisoblanadi. Mustaqillik yillari mobaynida mavjud real iqtisodiy va
demografik vaziyatni inobatga olgan holda bozor iqtisodiyoti sari bosqichma bosqich o’tish
asnosida aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi yaratildi. Dastlabki bosqichlarida bu barcha
aholini ijtimoiy himoyalanishini ta’minlovchi yo’li bo’lib, u o’z o’rnida insonlar hayoti
darajasining keskin ravishda tushib ketishini oldini olish, mamlakatda turg’unlikni saqlab
qolish imkoniyatini berdi. Islohotlarning chuqurlashib borishi barobarida aholiga manzilli
yordam ko’rsatilishiga katta e’tibor qaratildi.


Mamlakatimizni 2017

2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar strategiyasi doirasida
o’tgan
davr mobaynida
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan
300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod
O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti
qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini
ta’minlash
, davlat
organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati
institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining
siyosiy faolligini oshirish
bo’yicha
tizimli ishlar amalga oshirildi. Milliy iqtisodiyotni
isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish,
tadbirkorlikni
qo’llab
-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq
xo’jaligi
mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni
jadal
rivojlantirishni
ta’minlash
bo’yicha
ta’sirchan
choralar
ko’rildi
.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va
kambag’allikni
qisqartirish
davlat siyosatining ustuvor
yo’nalishi
sifatida belgilanib, aholini yangi ish
o’rinlari
va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va
ta’lim
xizmatlari, munosib
yashash sharoitlari bilan
ta’minlash
sifat jihatidan yangi bosqichga
ko’tarildi
.
So’nggi
besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda


Yangi
O’zbekistonni
barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
ilmiy-
ma’rifiy
asoslari yaratildi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə