O`zbekistonda ipakchilikni rivojlanisi. Buyuk ipak yo’li arxiv uz



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#137627
  1   2
BUYUK IPAK YO’LI


BUYUK IPAK YO’LI




REJA:



  1. O`zbekistonda ipakchilikni rivojlanishi

  2. Pillachilik O’rta Osiyoda tarqalishi

  3. Ipakchilikni ilmiy asosda yanada rivojlantirish

O’zbekiston pillachiligi tarixi ya’ni yurtimizga pillani kirib kelishi va ipakchilikni rivojlanishi tarixiy manbalarda qo’yidagicha bayon etilgan. Ipakchilik O’rta Osiyo davlatlariga IV-asrda kirib kelish sabablaridan biri Xitoydan ipakchilik


O’zbekistonga yashirincha yo’l bilan olib o’tilgan, ya’ni Xitoy malikalaridan biri Xitoyning G’arbiy chegarasidagi Xotan davlati shahzodasiga turmushga chiqib, o’z jonini xavf ostida qoldirib, turmush o’rtog’iga sadoqati sifatida sochining turmagi ichida ipak qurti tuxumini yashirib, Xotan davlatiga olib kelgan (Xotan shahri Xitoyning uyg’ur avtonom rayonida joylashgan. U ba’zi tarixiy manbalarda
Serinda deb atalgan. Yunoncha «Serin» so’zi «ipak» degan ma’noni bildiradi.)

10-rasm


Soch turmagiga ipak urug’ini joylashtirib, Xotan davlati shahzodasiga
turmushga chiqgan Xitoy malikasi
Malika ipak qurtini boqishni juda yaxshi ko’rib, u bilan shug’ullanish uchun ipak qurt urug’ini o’z bilan birga olib o’tganligi rivoyat qilinadi.
Yana bir manbada Art Stalkerni “Shelkovodstvo” kitobida yozishicha Buxoroning kichik Amiriga kelin bo’lib kelgan Xitoy Imperatorini qizi o’z yoriga sovg’a sifatida soch turmagiga pillani yashirib olib kelganligi bayon qilingan. Shu bilan ipakchilik yangi bir mamlakatda rivojlanishiga sababchi bo’lgan, ipakchilik O’rta Osiyo va undan Eron davlatiga tarqalgan.
Ipakchilik qaysi mamlakat bo’lmasin, bu mavjudotni o’z chegarasidan tashqariga olib chiqib ketishlariga qarshilik qilingan, shunga qaramay, pillachilik turli yo’llar bilan sekin-asta boshqa davlatlarga ham tarqaldi.
Pilladan ipak ajratib olish tasodifan kashf etilgan, deyiladi. Xitoy
Imperatorini rafiqasi Xitoy malikasi bog’da choy ichib o’tirganda uning piyolasiga tut daraxtidan pilla tushgan. Pilla piyolada ma’lum vaqt qolib ketgandan keyin, tasodifan qo’lga olinganda undan ipak tola ajrala boshlagan.


11-rasm. Xitoy malikasi choy ichib o’tirgan bog’dagi tut daraxti


Tarixiy manbalardan ma’lum bo’lishicha, Xorazm vohasi o’tmishda pillachilik markazlaridan biri bo’lgan. Geograf olim Maqsudiy (940-985) u erda X asrlardayoq rivojlangan pillachilik hunarmandchiligining mavjud bo’lganligini yozadi. Geografiya lug’atini tuzgan mashhur sayyoh Yoqut Hamaviy Xorazmda ko’plab tut daraxtlari o’stirilganligi va pillachilik-ipakchilik ishlari rivojlanganligi haqida yozadi.
Pillachilik O’rta Osiyoda tarqalishi bilan N.Petrovskiyning (1874) ma’lumotlariga ko’ra, ipakchilik Chorjo’ydan Amudaryo bo’ylab shimol tomonga, to G’ijduvongacha, undan Xiva xonligigacha tarqalgan. Buxorodan Zarafshon daryosi bo’ylab Kattaqo’rg’on va Samarqandgacha, undan Shahrisabzgacha borib yetgan. Namangan, Marg’ilon, Andijon okruglari va undan shimol tomonga - Toshkent, CHimkent va Turkistonga qadar tarqalgan. Pillachilik yetib borgan joy borki, o’sha yerli halq ipak qurti boqish bilan mashg’ul bo’lgan.
Demak, Marg’ilon, Namangan, Andijon, Qo’qon. Xo’jand, Xiva, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Chimkent shaharlari va uning atrofidagi viloyatlar juda qadim zamonlardayoq pillachilik va har xil ipakli matolar tayyorlash bilan mashhur bo’lgan.
O’rta Osiyo pillachiligi tarixiga oid boshqa bir manbada (Ibrohimov, 1964) ko’rsatilishicha, bu yerda ipakchilik boshqa davlatlarga bog’liq bo’lmagan holda mustaqil ravishda yuzaga kelgan, deyiladi. Ilmiy kuzatishlar O’rta Osiyoda Yer tarixining uchlamchi davrida ham tut daraxtlari va yovvoyi pilla qurtlari bo’lganligi haqida dalolat beradi. Bunday qurtlar asta-sekin xonakilashtirilgan, deyishga asos bo’ladi. Bu haqida muallif bir qancha tarixiy, lingvistik, folklor va etnografik faktlar ham mavjudligini yozadi.
Ipakdan shoyi matolar to’qish dastlab Markaziy Osiyoda bundan 4 ming yil ilgari vujudga kelgan va mustaqil ravishda Farg’ona vodiysi, Zarafshon daryosining bosh qismi va O’zbekistonning janubida rivojlana boshlagan. Bunga miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikdan shu paytgacha saqlangan tabiiy ipakdan to’qilgan mato namunalari dalildir.
Yuqorida keltirilgan ikkita manbaning o’zi pillachilik va ipakchilik xitoyliklarga bog’liq bo’lmagan holda ulardan bir asr oldin yurtimizda ma’lum va mashhurligini isbotlaydi.
O’rta Osiyoning pillachilik markazi o’tmishda Farg’ona vodiysi
hisoblangan. Buning isboti sifatida u joylarning tabiiy sharoiti ipak qurti uchun qulayligi, tutzorlar barpo qilish uchun sug’oriladigan yerlarning mavjudligi, xalqning o’troq holda yashashi kabi dalillarni keltirish kifoyadir.
1917 Osiyoda asosiy pillachilik rayoni Farg’ona viloyati bo’lib, u yerda O’rta Osiyoda tayyorlanadigan umumiy pillaning 80 foizdan ko’prog’i tayyorlanar edi. Pillachilik hatto viloyatning gerbida ham o’z aksini topgandi (ipak qurti kapalagi tasviri tushirilgan edi). Bu viloyatda pillachilik bilan Qo’qon, Namangan,
Andijon, O’sh uezdlari shug’ullanardi.
Farg’ona viloyatida 1900 yilda 101,4 ming 1910 yilda qariyib, 164 ming va 1914 yilda–161 ming put pilla tayyorlangan.
Turkiston o’lkasida birorta ham pillakashlik fabrikasi bo’lmaganligi tufayli har yili ko’p miqdorda pilla tashqi mamlakatlarga chiqarilar edi. Masalan, 1907 yilda Chor Rossiyasida 4570 tonna pilla tashqariga chiqarilgan bo’lsa, uning 4170 tonnasi O’rta Osiyoniki edi. «Шелководство и шелковая промышленность»[4] jurnalida yozilishicha, Rossiya pillalari Marselga (Fransiya) jo’natilar, u yerdan esa ipak holida yana Rossiyaga qaytar edi. Bu degan so’z katta mehnat evaziga tayyorlangan pillalar katta mablag’lar sarflanib, boshqa yurtlarga yuborilib, ipak xoliga keltirilar edi.
Birinchi pillakashlik fabrikasi 1921 yil Farg’onada, 1927 yil Samarqandda,
1928 yilda Buxoroda sungra Marg’ilon shahrida qurilib, ishga tushrildi. 1959 yilda Toshkent pillakashlik fabrikasi, keyinchalik 1980-85 yillarda Urganch,
Shaxrisabz, Namangan, Buloqboshi, Urganch, G’ijduvon, Sho’rchi, pillakashlik korxonalari ishga tushdi.
1924 yilda Farg’onada ipakchilik ilmiy stansiyasi ochildi.
Ikki yillik kursdan tashqari, 1925 yilda Toshkent va Farg’onada pillachilik bo’yicha instruktorlar tayyorlaydigan 3 oylik kurslar ham ochildi.
Mazkur kursning bitiruvchilari joylarda ishbilarmon tashkilotchi va mutaxassis sifatida o’sha paytlarda sohaning rivoji uchun o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.
Hukumat tomonidan pillachilikka e’tibor berilishi va uni ilmiy asosda rivojlantirish masalasi qo’yilar ekan, endi bu sohaning o’z ilmiy muassasasi bo’lishini hayotning o’zi ko’rsatdi.
O’rta Osiyo Davlat universiteti agronomiya fakultetida 1927 yilda tashkil qilingan ipakchilik kursi ochildi.
Bo’limda ikki oylik (qishloq instruktorlari), bir yillik (rayon instruktorlari), ikki yillik (ipar qurti urug`chilik korxonalari uchun mutaxassislar) kurslar faoliyat ko’rsatgan. Ikki yillik kursga asosan O’rta Osiyo davlat universitetining agronomiya va biologiya fakultetining bitiruvchilari qabul qilingan.
O’rta Osiyoga pillachilik hunarining markazi Farg’ona vodiysi bo’lganligi qayd etilgan. Farg’ona viloyatida 1946-52 yillarda ipak qurtining boqish va hosildorligini oshirish ishlari olib borilishi ya’ni O.Sultonovaning jadal qurt boqish usulini ishlab chiqishi sababli pilla hosili 21,6 % dan 37 % gacha ya’ni 1 qutidan o’rtacha 56,6 kg dan olganligini jadal qurt boqish usulida yozilganidan bilish mumkin. (O.Sultonova.O’zdavnashr.Toshkent 1953 y)
Buxoroda pillachilik rivojlangani haqida quyidagilarni yozadi: Ipak xom - ashyosi bo’yicha mutaxassis V.V.Linde (1917, keyinchalik u Moskva
To’qimachilik institutining rektori, professori bo’lgan) «1785 yilda Buxoro xoni Shomurotbek Marv hokimligini zabt etib, uning 12 ming nafar xalqini qul sifatida Buxoroga olib keladi. Marvliklar qadimdan pillachilik bilan shug’ullangan Shu bois ular bu yerlarda tut daraxtlarining ko’pligini ko’rib pillachilik-ipakchilik bilan
shug’ullanibgina qolmay, balki mahalliy xalqni ham shunga o’rgatdilar.
Buxoroliklar pillani qaynatib, so’ngra ipak yigirishni o’rganishgan.
Ipak to’qish hunari bilan asosan shahar bilan qo’shni bo’lgan qishloq aholisi shug’ullangan. Qo’l kuchi bilan ishlatiladigan to’quv dastgohlari odatda hunarmandning uyiga o’rnatilar edi. Bitta xonada ikki va undan ko’p to’quv
dastgohlari bo’lib, ularda shoyi yoki yarim ipakli matolar, ro’mol, atlas matolari to’qilgan.
Mato to’qish ishi boshlangunga qadar ko’p mehnat talab etiladigan bir qancha ish jarayonlarini bajarish talab etilardi. Jumladan, bozordan sotib olinadigan ip kalavalarga qo’shimcha ishlov berish, ularni ishqorlash, rang berish, kraxmallash, ipni mokining naychasiga o’rash kabi ishlar qilinardi.
Naychaga ip o’rash odatda charx yordamida bajarilardi (charx - ip yigirishda ishlatiladigan maxsus asbob, unda asosan paxta, jun, ipak tolalari yigirilib, ip tayyorlanadi, u o’tmishda keng ishlatilgan).

13- rasm .[18] Pillani yigirishda ishlatiladigan ipak yigirish charxi.
O’sha paytdayoq qurt urug’i sifatlarini yaxshilash ustida ham izlanishlar olib borilganligi ma’lum. Turkistonning ko’zga ko’ringan jamoat arbobi A.X.Yunusov birinchi bo’lib, Yaponiyadan O’rta Osiyoga sifatli urug’ zotlari olib kelib, ko’paytiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, O’rta Osiyoda o’tgan XVIII asrning 90yillarigacha qurt urug’i tayyorlaydigan birorta ham korxona bo’lmagan. Shu sababli pillachilar o’zlari urug’ tayyorlab olishardi. Bunday urug’lar kasalliklarga beriluvchan (ayniqsa pebrinaga) bo’lganidan olinadigan pilla hosili ham kamayib ketgan. Qurt boquvchilar asta-sekin bu kasbdan yuz o’gira boshlaydilar. Shundan so’ng hukumat G’arbiy Yevropa mamlakatlarida bo’lganidek, qurt urug’chiligi stansiyalari tashkil qilinib, sog’lom urug’lar tayyorlash yo’lini qidira boshlaydi

  1. asrning 60-yillari oxirida L.Paster tomonidan ishlab chiqilgan sellyulyar urug’ tayyorlash usuli G’arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqaldi. Fransiya va Italiyadan boshqa mamlakatlar qatori Turkistonga ham ko’plab sifatli urug’lar keltirila boshlandi.

  2. asr boshlarida pilla yetishtirilishiga qaramay sanoat ko’rinishidagi ipakchilik korxonalari bo’lmagan. Tabiiy ipakdan qimmatbaho nafis gazlamalarga extiyoj katta bo’lgan.. O’zbekiston sobiq Ittifoq davrida yetishtiriladigan ipakning 60-65 foizni yetkazib bergan. Umuman, ipakchilik sohasi bilan Ittifoq davrida 11 ta respublika shug’ullangan. Ipak qurtlari Moldova, Ukraina, Ozarbayjon,

Armaniston, Gruziya, Rossiya, O’zbekiston. Qirg’iziston. Tojikiston, Qozog’iston, Turkmaniston respublikalarida boqilgan. Keyinchalik Moldova hamda
Armanistonda ipak qurtini boqish to’xtagan. Ipak qurtlar tabiatan beozor bo’lib, xalqimiz uni ardoqlab o’zi yashab turgan uylarida boqishgan. Shuningdek, Navro’z arafasida onaxonlar xonaki tayyorlangan yoki bozordan sotib olingan qurt tuxumlarini matoga o’rab qo’ltiqqa yoki kiymalarini iliqroq joylarga qo’yishib, ipak qurtlarini tut daraxtlarining qaldirg’och tilidek bark ochilishiga mo’ljallab qurtlarni ochirishgan. Ma’lum vaqtdan so’ng tuxumlar jonlanib, undan qurtlar chiqa boshlagan va uylarida tayyorlangan qurtxonalardagi so’kchaklarga joylashtirib boqishgan va pilla hosili olganlar. Ipak qurti uy sharoitiga shunchalik ko’nikkanki, u hech qayoqqa o’rmalab ketmaydi, inson yaratib beradigan sharoitdan boshqa sharoitda yashay olmaydi.
Pillachilik bo’yicha mutaxassislar Moskva va Tiflis (Tbilisi) ipakchilik tajriba stansiyalari bitiruvchilaridan iborat edi. Keyinchalik esa Moskva va Zakavkaze universitetlarining pillachilik bo’limlari va o’sha paytda yagona bo’lgan Toshkentdagi pillachilik ilmiy tadqiqot instituti pillachilik sohasini kadrlar bilan ta’minlangan (A.Mirinov, 1931).
Ipakchilikni ilmiy asosda yanada rivojlantirish maqsadida o’lkamizdagi tabiiy shart-sharoitlar tufayli 1927-yilda O’rta Osiyo ipakchilik stansiyasi va
«Туркшелк» boshqarmasining ipakchilik madaniyati bo’limi bazasida O’rta
Osiyo ipakchilik va ipakshunoslik instituti, keyinchalik O’rta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti (SANIISH) tashkil etildi.
Toshkent shahrida joylashgan 1931 - 91 yillarda O’rta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqotlar instituti.
1998 yildan “O’zbek ipagi” Birlashmasi tarkibidagi "Pilla xolding" xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. Institutda ipak qurti seleksiyasi, ipak qurti naslchiligi, ipak qurti genetikasi, ipak qurti tuxumchiligi, ipak qurti kasalliklariga qarshi kurash, ipak qurti agrozootexnikasi, tut seleksiyasi va agrotexnikasi, tut kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash, pillaga dastlabki ishlov berish va standartlash, ipakchilikni mexanizatsiyalash, ipakchilik iqtisodiyoti laboratoriyalari, ilmiy ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil qilish bo’limi mavjud.
O’rta Osiyoda birinchi ilmiy tadqiqot muassasasining ochilishi hududlarda ipakchiligini rivojlantirish bilan bog’liq asosiy masalalarni ishlab chiqishi va
O’zbekistonga sobiq Ittifoq respublikalaridan taklif etilgan olimlarni kelishi natijasida, ipakchilik birmuncha rivojlana boshladi. Ishlab chiqarishda ishlar yaxshi bo’lishligi uchun Samarqand, Farg’ona naslchilik stansiyalari tashkil etildi. Olimlar yaratgan zotlar stansiyalarga berilib, stansiyalar o’z xo’jaliklarida, o’zlari uchun tuxum ishlab chiqarib superelita, elita tuxumlari yetkaza boshlashdi.
Institut olimlari tomonidan ipak kurtining 60 dan ortiq zot va duragaylari yaratilgan. Hozirgi davrda O’zbekiston 5, O’zbekiston 6, Ipakchi 1 x Ipakchi 2, Ipakchi 2 x Ipakchi 1 kabi yuqori mahsuldor tolasi ko’p bo’lgan duragaylar ishlab chiqarishga joriy etilgan. Ipak qurti jinsini sun’iy boshqarish borasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi va jinslari bo’yicha boshqariladigan (100% erkak jinsli) duragaylar yaratildi Sifatli kurt tuxumi yetishtirish, sifatli pilla olish, ipak qurti va tut daraxtining kasalliklari va zararkunandalariga karshi kurash usullari, quruq va tirik pillalarning davlat standartlari, ipak qurti tuxumi tayyorlashdagi ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va boshqa masalalar o’rganilgan.
Institut faoliyati F. Poyarkov, B. L. Astaurov, V. A. Strunnikov, U. Nasrillaev, X. Rasulov, M. G’anieva, O. Po’latov, O’. Qo’chqorov kabi olimlarning nomlari bilan bog’liq. Institutda pillachilikning eng muhim muammolarini o’rganish bo’yicha katta yutuqlarga erishildi. Tut ipak qurtining xavfli kasalligi bo’lgan pebrinaga qarshi kurashning yagona biologik usuli ishlab chiqildi [prof. E. F. Poyarkov (1885-1955)], sanoatbop qurt boqishda duragaylardan foydalanish, ipak qurti naslchiligi, partogenezi va sitogenetikasi o’rganildi, ipak qurtining jahon geno-fondi yaratildi [prof. B. A. Astaurov (1907 -
1975)], ipak qurti genetikasi o’rganildi, 100% erkak jinsli duragaylar yaratildi (prof. V. A. Strunnikov), ipak qurtining serpushtlik va mahsuldorlik belgilari o’zgaruvchanligi, irsiylanish, naslchilik ishining texnologik reglamenti, oilalarni baholash va tanlash usullari ishlab chiqildi (prof. U.Nasrillaev), pillachilikka oid darsliklar, monografiyalar yaratildi. Institutda ipak qurti zotlarining 100 dan ortiq, tut navlarining 20 dan ortiq O’zbekiston, Surxtut, Tojikiston urug’siz tuti, Mankent, Pioner, SANIISH 33 kabi 9 navi yaratildi va rayonlashtirildi. Ipak qurtlari zotlarini takomillashtirib, ulardan yaratilgan duragaylarni ishlab chiqarishni joriy etishda qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Olimlarimizdan
D.K. Shodibekova (1986); B.S. Azizov (2001); U.N.Nasirillaev, S.S. Lejenko, Sh.R. Umarov,B.S. Azizov (2002) va E.X. Tadjiev, N.Nodiralieva, A.B. Yakubov (1994) larning mashaqqatli olib borgan izlanishlari natijasida ishlab chiqarishga quyidagi duragaylar joriy etildi: Orzu, Yulduz, Ipakchi-1, Ipakchi-
2 va ularning duragaylari: O’zbekiston-5, O’zbekiston-6, Turon-I, Ipakchi-1 x Ipakchi-2, Ipakchi-2 x Ipakchi-1. Tabiat injiqliklarini, ya’ni qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurasha oladigan texnologiyalarni yaratishni davr taqozo etadi. Yangi g’oya va texnologiyalarni seleksiya ishlarida qo’llashni quyidagi olimlarning munosib hissalari bor: ulardan A.I. Emmanuilov (1958), N.V. Shurshikova (1971), A.M. Safonova (1978), v.A. Strunnikov, L.M.
Gulamova (1957, 1959, 1969), U.N. Nasirillaev (1967, 1978) lardir. Institutda
60 ilmiy xodim ishlaydi, ularning 6 nafari fan doktori va 13 nafari fan nomzodi (2002).Institutda kutubxonasida 10 mingga yaqin soxaga oid asarlar mavjud; ilmiy maqolalar, to’plamlar, asarlar nashr qilinadi.[5]
Pillachilik va uning tarixi haqida hikoya qilar ekanmiz, pilla mahsuli bo’lgan ipak tufayli qadim zamonlarda yuzaga kelgan karvon yo’liga oid ma’lumot berishni lozim topdik.
Xitoy, O’rta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarini bog’laydigan Buyuk ipak yo’li miloddan avvalgi II asrdan to XV asrgacha mavjud bo’lib, Xitoydan, asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Buyuk Ipak yo’li» deb nomlangan. Fanga bu nom nemis olimi Ferdinand Fond Rixtgofen tomonidan XIX asrda kiritilgan. [22].
Arab xalifaligi tashkil bo’lgunga qadar Xitoy ipagini G’arb mamlakatlariga sotishda Eron va So’g’d savdogarlari vositachilik qilar edilar. Keyinchalik esa bu vazifani o’z qo’liga olish uchun Rim imperiyasi bilan Parfiya o’rtasida o’rtasida qattiq kurash borgan. Turli davrlarda Buyuk ipak yo’lining turli yo’nalishlari mavjud bo’lgan. Uning o’rta asrlardagi yo’nalishi qo’yidagicha:
Buyuk ipak yo’li Xitoyning o’sha paytlaridagi poytaxti Chanyan (hozirgi Sian) shahridan boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan. Bu yerda yo’l ikkiga ajralgan – shimoliy va janubiy yo’llar.
Shimoliy yo’l: Dunxuan- Turfon- Qashg’ar-hozirgi Qozog’istonning Taroz (Jambul) shahri, Mankent qishlog’i – Isfijob (Sayram) orqali Chimkent shahridan Binkent (Toshkent) va undan Jizzax orqali Samarqandgacha borgan. Bu yo’l Samarqandda ikkiga ajralib, Buxoroga borgan: Varaxsha orqali va ikkinchisi esa Kesh
(Shahrisabz) – Nasaf orqali, Buxorodan – Poykend orqali Amu (Chorjo’y) ga kelgan.
Amuda yo’l ikki tomonga: Gurganch (Urganch) orqali Astraxan tomonga yo’nalgan, Marv va Nishopur orqali Damashqqa undan Quddus orqali Misrgacha borib yetgan.

Karvon yo’lining Nasafga kelgan tarmog’i Termiz va Baqtriyaning poytaxti Zariaspa (Balx) orqali Hindiston bilan bog’langan.
Janubiy yo’l: Dunxuan-Xo’tan-Yorkent-O’zgan (Qirg’izistondagi shahar) Axsikat – Jizzax orqali Samarqandga kelgan

15- rasm. Buyuk ipak yo’lini O’zbekistondan utganini izohlovchi xarita
«Buyuk ipak yo’li» Xitoy, Hindiston, O’rta Osiyo, Eron, Yaqin Sharq, O’rta dengiz mamlakatlari o’rtasida savdo va madaniy aloqalarning rivojlanishida muhim ro’l o’ynagan.
M.Muxamedovning (1996) yozishicha, Bag’dod orqali O’rta dengizgacha keltirilgan mollar kemalarga ortilib Vizantiya, Rim va G’arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlariga yetkazilgan.

16-rasm [19] Buyuk ipak yo’lini O’zbekistondan utganini izohlovchi xarita.
Mo’g’ullar hukmdorligi (1220-1360) yillarida ko’p shaharlar talon-taroj qilindi. 1336-1405 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari asosida barpo etilgan
Amir Temur xokimiyati davrida Buyuk ipak yo’lidagi Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Farg’ona vodiysi shaharlari obodonlashtirildi. Bu davrda pillakashlik, ipakchilik va shoyi matolar to’qish san’ati rivojlandi,ipakka zar aralashtirib, shoyi gazlamalar to’qila boshlandi. Olimning ta’kidlashicha, karvonlar Xitoydan ipak matolar, Misrdan don va o’simlik yog’i, Eron bo’g’ozi sohillaridan marvarid, Afrikadan oltin va fil suyagi keltirilgan. Markaziy Osiyodan Xitoyga qilich, pichoq, ip-gazlama buyumlar, quruq meva, no’xat, qimmatbaho metallar, Farg’ona vodiysidan esa yilqi olib borilar ekan.
Buyuk ipak yo’li XV asrdan boshlab, dengizlari orqali suv yo’llarining kengayishi natijasida o’z ahamiyatini yo’qotgan. Lekin uning nomi turli xil xalqaro sport musobaqalari ilmiy-amaliy anjumanlar, bank va shu kabi boshqa muassasalarning nomlanishida saqlanib qolgan. Buning sababi «Ipak yo’li» ning o’z ahamiyati tufayli halqimiz o’tmishidan chuqur o’rin olganligi va ongimizga singib ketganligidandir.
XXI asr bo’sag’asiga kelib «Buyuk Ipak yo’li» ni qayta tiklash zarurati tug’ildi. Ma’lumki, hozirgi zamon talabi turli davlatlar va butun mintaqalarning o’zaro integratsiyalashuv jarayonlarini tezlashtirishni taqozo etmoqda. Bu o’rinda Yevropa va Osiyoni bog’lovchi ko’prikni tiklash muhim ahamiyat kasb etadi. 1998 yilning 7-8 sentyabrida Boku shahrida «Buyuk Ipak yo’li» ni tiklash bo’yicha Halqaro anjuman bo’lib o’tdi. Mazkur anjumanda jahonning 32 mamlakat rahbarlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki kabi 10 dan ziyod nufuzli halqaro tashkilotlardan vakillar qatnashdi, «Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagi» -TRASEKAni rivojlantirishga bag’ishlangan bu konferensiya qarorlarining amalga oshirilishi
O’zbekistonni Yevropa va Osiyo transport tarmoqlariga tutashtiradi, eksport imkoniyatlarimizni oshiradi. Loyihada ishtirok etuvchi mamlakatlar bilan savdo aloqalarini yanada kengaytiradi. Konferensiyada O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimovning nutqi katta e’tibor bilan tinglandi. «Loyihaning amalga oshirilishi,- dedi notiq o’z nutqida, -o’z mahsulotlarining Kavkazorti va Markaziy
Osiyoning ulkan bozorlariga kirib kelishi, mazkur mintaqalarda o’z ta’siri kuchayishini istaydigan Yevropa mamlakatlari uchun ham birdek manfaatlidir».
Hozirgi paytda O’zbekiston transport kommunikatsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Qirg’iziston, Xitoy va O’zbekiston hamkorligida Toshkent - Andijon - O’sh - Qashqar yo’lini qurish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. « Buyuk ipak yo’li»ning bir qismi hisoblanmish bu yo’nalish Yevropa mamlakatlarini Tinch okeani hamda Janubiy -Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bog’laydi.
Asrlar davomida insoniyatga xizmat qilgan Buyuk Ipak yo’li endilikda TRASEKA deb qayta tiklanayotgan ekan, bu yo’l ham mamlakatlar o’rtasidagi do’stlik, madaniyat, iqtisodiy ravnaq yo’li sifatida mustaqilligimizni 25 yilligi oldidan ochilgan “Angren - Pop ”temir yo’lining ochilishida yangi ahamiyat kasb etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Turkistanskie” vedomosti jurnali 1871y.№ 47,48 son


  2. Yüklə 5,28 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə